Xx asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy muammolar


Kanada davlat tuzumi. Aholisi. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari


Download 59.35 Kb.
bet11/21
Sana31.01.2023
Hajmi59.35 Kb.
#1145601
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
G\'arb mamlakatlari zamonaviy tarixi

Kanada davlat tuzumi. Aholisi. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari.

Kanada poytaxti — Ottava shahri. BMT va NATO aʼzosi hamda AQSh bilan „Erkin iqtisodiy savdo aylanmasi toʻgʻrisida“gi shartnomasi tuzgan. Birlashgan qirollik dominioni. 1931-yilda suveren huquqi berilgan. Biroq, mustaqillik eʼlon qilinmagan. Mamlakatni Birlashgan qirollik qiroli (yoki qirolichasi) tomonidan tayinlangan General-Gubernator boshqaradi. Aholi soni 38,3 mln. kishi (2021-yil). Kanada — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibidagi federativ davlat. Amaldagi Konstitutsiyasi 1982-yil 17-aprelda kuchga kirgan. Davlat boshligʻi — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), uning nomidan general-gubernator davlatni boshqaradi. Qirolicha general-gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi bilan, odatda, 5 yil muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator va 2 palatali parlament (senat va jamoalar palatasi) amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomidan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi (1993-yildan bosh vazir Jan Kretyen. Aholisining 1/3 qismi ingliz-kanadaliklar (44 %) va fransuz-kanadaliklar (28 %). Tub aholisi — indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kishi qolgan. Kanadada nemislarukrainlaritalyanlargollandlarvengerlarruslar va boshqalar ham yashaydi. Jami aholisi soni 2021-yil holatiga 38,5 million kishi. Rasmiy tillar — ingliz va fransuz tillari. Fransuz-kanadaliklar katolik dinida, ingliz-kanadaliklarning asosiy qismi — protestant. Aholining 78,6 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: MontrealKalgariTorontoVankuverVinnipegGamilton va boshqalar. Liberal partiya, 1873 yil rasmiylashgan; Progressiv konservativ partiya, 1854 yil tuzilgan; Kanada Kommunistok partiyasi, 1921 yil vujudga kelgan; Kvebek partiyasi, 1968 yil tuzilgan; Yangi demokratik partiya, 1961 yil asos solingan; Kvebek bloki partiyasi, 1990 yil tuzilgan; Kanada isloxrt partiyasi, 1987 yil, tuzilgan; Kanada uyushmasi partiyasi, 2000-yilda tuzilgan. Kasaba uyushmalari birlashmalari — Kanada ishchilar kongressi 1956 yil tuzilgan, Milliy kasaba uyushmalari konfederatsiyasi 1921 yil vujudga kelgan. Kanadada tarixan ingliz va fransuz maktabi tizimlari tarkib topgan. Inglizcha tizim AQSH maktab tizimiga oʻxshash: 12 yillik umumiy taʼlim maktabi 6 yillik boshlangʻich, 3 yillik kichik oʻrta, 3 yillik katta oʻrta maktablardan yoki 8 yillik boshlangʻich va 4 yillik oʻrta maktablardan iborat. Kvebek viloyatida fransuzcha taʼlim tizimi: 6 yillik boshlangich va 5 yillik oʻrta maktab ishlaydi. 5—7 yoshdan 14— 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bepul majburiy toʻliqsiz oʻrta taʼlim joriy etilgan. Davlatga karashli taʼlim bepul boʻlgan maktablar bilan bir qatorda xususiy (pulli), asosan, diniy va etnik guruxlar qaramogʻidagi maktablar ham bor. Ulardagi darslar oʻsha guruhlar tilida olib boriladi. Oliy oʻquv yurtlarida pul toʻlab oʻqiladi. Barcha viloyatlarda universitetlar bor. Yiriklari: Toronto, Vankuver, Kingston, Montreal, Kvebek universitetlari. Ilmiy muassasalari: Kanada qirollik jamiyati, Ijtimoiy fanlar soxdsidagi tadqiqot kengashi (hammasi Ottavada), oʻrmonchilik va qishloq xoʻjaligi sohasidagi bir qancha ilmiy tadqiqot institutlari. Yirik kutubxonalari: Parlament, Xalq, Milliy, Milliy ilmiy (hammasi Ottavada), Montreal va Torontodagi xalq kutubxonalari, shuningdek, Toronto, Montreal, Vankuver universitetlari huzuridagi kutubxonalar. Ottavada Kanada Milliy muzeyi, Milliy galereya, Milliy sanʼat markazi, Ontario viloyatida Qirollik muzeyi, Torontoda Badiiy galereya, Montrealda Badiiy muzey, Kvebek sh.da Kvebek viloyati muzeyi va b. bor. Kanadada 114 ta kundalik gazeta va 1200 ta haftanoma nashr etiladi. Etnik guruhlar (nemis, italyan, xitoy va boshqalar) tillarida 300 ga yaqin gaz. va b. davriy nashrlar bor. Eng yiriklari: ingliz tilida — „Glob eng meyl“ („Butun dunyo pochtasi“, kundalik gazeta, 1844-yildan), „Toronto-star“ („Toronto yulduzi“, kundalik gazeta, 1892-yildan), „Gazett“ (kundalik gazeta, 1778-yildan), „Ottava sitizen“ („Ottava fuqarosi“, kundalik kechki gazeta, 1845-yildan), „Vankuver san“ („Vankuver quyoshi“, kundalik kechki gazeta, 1886-yildan) va b. Fransuz tilida — „Devuar“ („Burch“, kundalik gazeta, 1910-yildan), „Press“ („Matbuot“, kundalik kechki gazeta, 1884-yildan), „Soley“ („Quyosh“, kundalik kechki gazeta, 1896-yildan) va b. „Kanadian leybor“ („Kanada kasaba uyushmalari“, oylik jurnal, ingliz va fransuz tillarida, 1956-yildan), „Maklinz Ka-nadaʼz uikli nyusmegezin“ („Kanada Maklin yangiliklari“, haftalik jurnal, ingliz tilida, 1905-yildan) jurnallari chiqadi. Kanadian Press Milliy axborot agentligi (1917-yilda tashkil etilgan) bor. „Kanadian brodkasting korporeyshn“ — Sibi-si, Kanada radioeshittirish va telekoʻrsatuv korporatsiyasi, 1936-yilda tashkil etilgan. Radioeshittirish 1926-yildan, telekoʻrsatuv 1952-yildan boshlangan. Umuman 115 ta tele va 575 ta radiostansiya ishlaydi.




  1. Download 59.35 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling