Xx asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy muammolar
Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlari
Download 59.35 Kb.
|
G\'arb mamlakatlari zamonaviy tarixi
Oʻzbekiston — Rossiya munosabatlari.
O’zbekiston Respublikasi barcha horijiy sheriklar bilan o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish tarafdori bo‘lib, asosiy tashqi siyosiy harakatlarini qator ustuvor vazifalarni amalga oshirishga, jumladan davlat mustaqilligi va suverenitetini mustahkamlash, mamlakatning xalqaro munosabatlarning teng huquqli sub’ekti sifatidagi o‘rni va rolini oshirish, rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish, O’zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahil qo‘shnichilik muhitini shakllantirish, O’zbekiston Respublikasining xalqaro nufuzini mustahkamlash, mamlakatda olib borilayotgan islohotlar to‘g‘risida jahon hamjamiyatiga xolis axborot yetkazishga qaratadi. O’zbekistonning ushbu tashqi siyosiy usuvor vazifalari barqaror, adolatli, demokratik davlat barpo etish, mamlakatimizning tashqi ochiqligini ta’minlash, mintaqaviy va ko‘p tomonlama o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. O’zbekiston tashqi siyosatining muhim usuvor yo‘nalishi bu - yetakchi xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlar bilan strategik aloqalari muvozanatli strategik sheriklik tizimini shakllantirishdir. Bunday yondashuv iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, barqarorlik va xavfsizlikni saqlash, Markaziy Osiyoda hamkorlik qilish uchun qulay shart sharoitlar yaratish masalalarini samarali hal etishni ta’minlashga qaratilgan. Oliy darajadagi aloqalari samarasida, Toshkent Rossiya bilan munosablarni mutlaqo yangi darajaga olib chiqdi. Rossiya Federatsiyasi bilan ko‘p qirrali strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari izchil rivojlanmoqda. Bundan avval imzolangan strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomalar hamda Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiya yangicha mazmun bilan to‘ldirilib, amaliyotga tadbiq etilmoqda. Bu tendensiyalar O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan ushbu mamlakatga uyushtirgan tashrifida o‘z aksini topdi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, keyingi yillarda O’zbekiston va Rossiya munosabatlarimizda chinakam ulkan yutuqlarga erishildi. Bosh vazirlar darajasidagi qo‘shma komissiya hamda Iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishlari muntazam o‘tkazilmoqda. Keyingi to‘rt yilda O’zbekistonda Rossiya sarmoyasi ishtirokidagi korxonalar soni ikki barobar ko‘payib, qariyb 3 mingtani tashkil etmoqda. Bugun yurtimiz iqtisodiyotida Rossiyadan jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10 milliard dollardan oshdi va jadal o‘sishda davom etmoqda. Koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq cheklovlarga qaramasdan, to‘qqiz oy yakunida besh milliardni tashkil etdi, yil oxirida yetti milliard bo‘ladi. Bundan tashqari, uchta katta tadbir: hududlar, ta’lim va media forumlari o‘tkazildi. Xususan, ta’lim forumi yakunida sheriklikning yangi yo‘nalishlariga doir 35 dan ortiq bitim imzolandi. Qayd etilganidek, so‘nggi uch yil ichida O’zbekistonda Rossiya oliy ta’lim muassasalarining qo‘shimcha 11 ta yangi filiallari faoliyat yuritishni boshladi va yaqinda ochilgan Pirogov nomidagi Rossiya milliy-tadqiqot tibbiyot universiteti filialini hisobga olgan holda, hozirda ularning soni 15 taga yetdi. Biz, parlamentda O’zbekiston rahbarining tashrifi arafasida o‘tkazilgan II Hududlararo hamkorlik forumi natijalarini alohida ta’kidlaymiz. Forum yakunida sanoat, energetika, transport va farmatsevtika, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoatiga doir yangi bitim va shartnomalar imzolandi. Moskvada bo‘lib o‘tgan ushbu II Hududlararo hamkorlik forumi doirasida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan iqtisodiy hamkorlik kompleks dasturi ham imzolandi. Hujjat O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzoqov va Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri M.Reshetnikov tomonidan imzolandi. Download 59.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling