Xx asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy muammolar
Bu bakalavr darajasi (o'rtacha 3-4 yil), magistratura (Bakalavriat kursini tugatgandan keyin 1-2 yil o'qish) va aspirantura (Magistratura kursidan keyin 3 yil o'qish)
Download 59.35 Kb.
|
G\'arb mamlakatlari zamonaviy tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi harbiy xavf-xatarlar.
- Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir.
- Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin.
- Germaniya davlat tuzumi. Aholisi. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari.
Bu bakalavr darajasi (o'rtacha 3-4 yil), magistratura (Bakalavriat kursini tugatgandan keyin 1-2 yil o'qish) va aspirantura (Magistratura kursidan keyin 3 yil o'qish).
Bundan tashqari, universitetlar doktorlik darajasini berishlari mumkin - Dr. Sc. yoki Dr. Fil. (PhD) va hokazo 5-8 yillik ilmiy izlanishlardan keyin. Noakademik muassasalar tor kasbiy faoliyat sohasida 3-4 yillik bakalavriat dasturlarini taklif etuvchi kollejlar bilan ifodalanadi, ularda majburiy amaliy mashg‘ulotlar o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, jurnalistika kabi mutaxassisliklar bo'yicha kadrlar tayyorlaydigan akademik bo'lmagan universitetlar - Andre Vidergaende Uddannelserni ham o'z ichiga oladi. Oliy taʼlimdan tashqari uzluksiz taʼlim muassasalari ham mavjud (bundan keyin)- boshlang'ich tayyorgarlik va universitetgacha yo'nalish bo'yicha 1 yoki 2 yillik kurslarni taklif qiluvchi universitet markazlari. Yana bir mashhur segment ochiq ta'limdir. Ushbu sektordagi muassasalar qayta tayyorlash yoki malakasini oshirishni xohlaydigan allaqachon ishlaydigan odamlar uchun dasturlarni taklif qiladi. Ushbu turdagi muassasalar allaqachon to'langan (bir semestr uchun o'rtacha 400 dan 800 DKK) XX asr oxiri – XXI asr boshlaridagi harbiy xavf-xatarlar. Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholi keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotishga qaratilgan siyosiy kurashning oʻziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali hokimiyatni egallash maqsadida amalga oshiriladi. Terrorchi guruhlar jamiyatda aholining keng qatlami nomidan harakat qilayotgandek taassurot uygʻotish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar. Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri ushbu harakat tarafdorlarining “Kuch ishlatish va zoʻravonlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi”, degan gʻoyaga asoslanib harakat qilishlaridir. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush boʻlmayotgan, demokratik institutlar faoliyat koʻrsatayotgan, tinchlik hukmron jamiyat sharoitida muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zoʻrlik yoʻli bilan hal qilishga intilishda koʻrinadi. Oʻzbekiston mustaqilikka erishgach, mazkur hudud turli manfaatdor kuchlarning nishoniga aylandi. Siyosiy maqsadlarni din niqobi ostida amalga oshirishga intiluvchi diniy-ekstremistik va terrorchilik guruhlari mintaqaga suqilib kirishga harakat qildilar. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish uchun mustahkam asosga ehtiyoj sezildi. 2000 yil 15 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasining “Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Qonunining qabul qilinishi davlatimiz suvereniteti va xalqimiz farovonligi, yurtimiz taraqqiyotiga katta tahdid soluvchi terrorizmga qarshi kurash borasida katta qadam boʻldi. Terrorizm (lotincha “qoʻrqitish”, “vahimaga solish”) – aholining keng qatlamlarida vahima va qoʻrquv uygʻotish, jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Hozirgi davrda u global miqyos kasb etib, xalqaro terrorizm shaklini oldi. Bunday shaklda u xalqaro ijtimoiy-siyosiy aks-sado beradigan qoʻporuvchilik sifatida namoyon boʻlmoqda. Diniy ekstremizm – jamiyat uchun anʼanaviy boʻlgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid boʻlgan gʻoyalarni aldov va zoʻrlik bilan targʻib qilishga asoslangan nazariya va amaliyotni anglatadi. Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bogʻliq boʻlgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir. Diniy-ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi mutaassib fikr va qarashlarning paydo boʻlishidir. Mutaassiblik muayyan gʻoyalarning toʻgʻri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan ketish, “oʻzgalar” va “oʻzgacha” qarash va gʻoyalarga murosasiz munosabatda boʻlish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon boʻladi. Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yoʻnalishlar orasida keskin nizo va toʻqnashuvlar kelib chiqishiga sabab boʻlgan. Ayni paytda, dunyoviy va diniy bilimlarning sayozligi, sof diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik gʻoyalarning tarqalishiga sabab boʻlishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati oʻz nomini muqaddas islom dini bilan bogʻlashga urinadi. Ular oʻzlarini “najot topgan guruh”, qolgan musulmonlarni esa kofir deb hisoblaydilar. “Islom” soʻzining lugʻaviy maʼnolaridan biri “tinchlik” boʻlib, u hech qachon buzgʻunchilikka, qotillikka undamagan va undamaydi ham. Zamonaviy terrorchilar esa buzgʻunchilik va qotillik, odamlarni dahshatga solishni oʻzlarining maslaklariga aylantirib olganlar. Qurʼoni karimda begunoh odamlarning joniga qasd qilish qoralanadi. Jumladan, “Niso” surasining 93-oyatida bunday marhamat qilinadi: “Kimda-kim qasddan bir moʻminni oʻldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir. Yana unga Alloh gʻazab qilgay, laʼnatlagay va unga ulkan azobni tayyorlab qoʻygay”. Hadislarda ham bu borada koʻplab xabarlar kelgan. Jumladan, Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda bunday deyiladi: “Rasululloh (s.a.v.): “Alloh taoloning nazdida bir musulmon kishining nohaq qatl etilishidan koʻra, yorugʻ dunyoning barbod boʻlib ketishi yengilroqdir”, dedilar”. Hozirda dunyoda koʻplab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud boʻlib, afsuski, ularning muayyan qismi islom dini niqobi ostida faoliyat yuritadi. Ular qatorida “al-Qoida”, “Hizbut-tahrir al-islomiy” (Ozodlik islomiy partiyasi), “al-Jihod”, “at-Takfir val-hijra” (Takfir va xijrat), “Turkiston islom harakati”, “Islomiy jihod ittihodi” (Islomiy jihod uyushmasi), “Katibatul Imam al-Buxari” (Imom Buxoriy batalьoni), “Jamoat Ansorulloh” (Allohning yordamchilari jamoasi), “Jabhatun-nusra” (Gʻalaba fronti) va “Islom davlati” kabi tashkilotlarni sanash mumkin. Darhaqiqat, hozirgi kunga kelib diniy-ekstremistik tashkilotlar keng tarmoqli tizimga aylanib ulgurdi. Bu chuqur oʻylangan strategiyaning bir qismidir. Germaniya davlat tuzumi. Aholisi. Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari. Download 59.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling