Xx asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy muammolar


Oʻzbekiston — Ispaniya munosabatlari


Download 59.35 Kb.
bet16/21
Sana31.01.2023
Hajmi59.35 Kb.
#1145601
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
G\'arb mamlakatlari zamonaviy tarixi

Oʻzbekiston — Ispaniya munosabatlari

2017-yilning 14-noyabr kuni Madrid shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Ispaniya Qirolligi Tashqi ishlar va hamkorlik vaziri Alfonso Dastis bilan uchrashdi.


Tashqi siyosat idoralari rahbarlari tomonidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni chuqurlashtirishda istiqbolli yo‘nalishlariga alohida e’tibor bergan holda davlatlararo aloqalarning ko‘plab masalalari batafsil muhokama qilindi hamda “O‘zbekiston-Yevropa Ittifoqi”, “Markaziy Osiyo-Yevropa Ittifoqi” doirasidagi o‘zaro hamkorlik ko‘rib chiqildi va muhim xalqaro muammolar to‘g‘risida fikr almashildi.


Ostona shahrida 2017-yilning 9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Ispaniya Qiroli Filipp VI bilan uchrashuvi azaldan ishonchli va konstruktiv xususiyatga ega O‘zbekiston va Ispaniya muloqotining muhim bosqichi bo‘lganligi mamnuniyat bilan ta’kidlandi.


Ispaniya tomonining iltimosiga ko‘ra, A.Kamilov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 10-noyabrda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” muvzuyidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqining asosiy vaziyatlari va forum yakunlari to‘g‘risida so‘zlab berdi.


Suhbatda, o‘zaro tovar aylanishining o‘sishi, ishlab chiqarish va boshqa sohalardagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish har ikki tomon uchun ham birdek foydali ekanligini inobatga olgan holda O‘zbekiston va Ispaniya ishbilarmon doiralari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri biznes aloqalarini o‘rnatish va kengaytirish uchun diplomatik qo‘llab-quvvatlashga tomonlar tayyor ekanliklari tasdiqlandi. Shuningdek, uchrashuvda turizm sohasidagi aloqalarni rivojlantirish masalalari ham muhokama qilindi. Muzokaralar yakuniga yetgach, vazirlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Ispaniya Qirolligi o‘rtasida avia qatnov to‘g‘risidagi bitim va O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan Ispaniya Qirolligi hukumati o‘rtasida xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi bitim imzoladilar. Mazkur hujjatlar transport-kommunikatsiya sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish uchun huquqiy asos yaratadi, shuningdek, ikki mamlakat milliy yuk tashuvchilarining qatnov geografiyasini kengaytish imkonini beradi.


  1. Download 59.35 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling