Xx asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy muammolar


Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari


Download 59.35 Kb.
bet3/21
Sana31.01.2023
Hajmi59.35 Kb.
#1145601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
G\'arb mamlakatlari zamonaviy tarixi

Oʻzbekiston — Fransiya munosabatlari.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 2018-yil 8-oktabr kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatga keldi.
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan “Orli” xalqaro aeroportida davlatimiz rahbarini Fransiya Respublikasining rasmiy shaxslari kutib oldi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parij shahridagi YUNЕSKO bosh qarorgohida ushbu tashkilot Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashdi.
Prezidentimiz Fransiya Respublikasiga tashrif YUNЕSKOda uchrashuvdan boshlanganida chuqur ramziy maʼno borligini, Oʻzbekistonning ushbu tashkilot bilan hamkorligi izchil rivojlanib borayotganini taʼkidladi.
Odri Azule davlatimiz rahbarini tashrif bilan samimiy qutlab, Oʻzbekiston bilan hamkorlik rivojida ushbu uchrashuv gʻoyat muhimligini qayd etdi.
Mamlakatimiz YUNЕSKO Ijroiya kengashi tarkibiga ikki marta saylangan. Tomonlar Oʻzbekistonning boy maʼnaviy merosini tiklash va chuqur oʻrganish borasida samarali hamkorlik qilib kelmoqda, madaniyat, taʼlim, fan va boshqa sohalarda turli loyihalarni birgalikda amalga oshirmoqda. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabz shaharlaridagi tarixiy-madaniy obyektlar YUNЕSKOning Jahon madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan. Buxoro shahri tashkilotning “Tinchlik tarafdori boʻlgan shaharlar” sovrini bilan taqdirlangan.
Xivadagi “Ichan qalʼa” majmuasi, Samarqand, Buxoro va Shahrisabzning tarixiy markazlari, Chotqol biosferasi YUNЕSKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritilgan. Boysun madaniy merosi, Navroʻz, Shashmaqom, Katta ashula, askiya, osh, atlas va adras ishlab chiqarish texnologiyalari tashkilotning Insoniyat nomoddiy madaniy merosi reprezentativ roʻyxatidan joy olgan. Usmon Qurʼoni va Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar toʻplami YUNЕSKOning “Jahon xotirasi” roʻyxatiga kiritilgan.
Oʻzbekistonning YUNЕSKO bilan hamkorligi oʻzbek mumtoz musiqiy merosini asrab-avaylash, rivojlantirish va ommalashtirishga ham xizmat qilmoqda. Xususan, YUNЕSKO shafeligida Samarqand shahrida har ikki yilda “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali oʻtkazib kelinayotgan boʻlsa, joriy yil sentyabr oyida Shahrisabzda ilk bor Xalqaro maqom sanʼati anjumani tashkil etildi.

Download 59.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling