Xx asr oxiri – XXI asr boshlaridagi etno-ijtimoiy muammolar


Ispaniya davlati maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari


Download 59.35 Kb.
bet5/21
Sana31.01.2023
Hajmi59.35 Kb.
#1145601
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
G\'arb mamlakatlari zamonaviy tarixi

Ispaniya davlati maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari.

6 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun 8 yillik majburiy taʼlim joriy etilgan. 4 yillik boshlangich, 7 yillik oʻrta maktablar bor. Kuchaytirilgan toifadagi hunar-texnika va tijorat maktablari ishlaydi. Boshlanrich maktab oʻqituvchilari 3 yillik ped. bilim yurtlarida, oʻrta maktab oʻqituvchilari universitetlarda tayyorlanadi. Mamlakatda 35 davlat universiteti, 4 katolik universitet, 3 ta politexnika instituti bor. Eng yiriklari: Salamanka (1218), Barselona (1430), Sevilya (1502), Madrid (1508) universitetlari, Sirtqi taʼlim universiteti (1972), Bilbao universiteti (1968), Va-lensiyadagi Politexnika universiteti, Santyago-dekompostela sh.dagi universitet. Mamlakatdagi ilmiy tadqiqot ishlarini 1939-yilda tuzilgan Ilmiy tadqiqotlar Oliy kengashi uyushtiradi va muvofiqlashtiradi. Akademiyalari: Madriddagi Ispan qirollik akademiyasi (1713), Huquqshunoslik va qonunchilik rollik akademiyasi (1730), Kirollik milliy tibbiyot akademiyasi (1732), Bar-selonadagi Fan va sanʼat qirollik akademiyasi (1764), Madriddagi Axlo-qiy va siyosiy fanlar kirollik akademiyasi (1857). Bir qator ilmiy tadqiqot institutlari mavjud. Ispaniyada 57 yirik kutubxona, jumladan, Madriddagi Milliy kutubxona (1712) va universitet ku-tubxonasi, Barselonadagi Kataloniya kutubxonasi bor. Ispaniyada 90 muzey boʻlib, yiriklari Madriddagi Prado muzeyi (1819), Milliy arxeologiya muzeyi (1867), Barselona, Kordova, Valensiya va Sevilyadagi badiiy muzeylardir.Ispaniyada 120 ga yaqin gaz. va 900 jurnal nashr etiladi. Eng yiriklari: "Pays" ("Mamlakat", kundalik gazeta, 1976-yildan), "Vanguardia" ("Ilgor", kundalik gazeta, 1981-yildan), "Diario-16" ("Gazeta-16", kundalik gazeta, 1976-yildan), "Levante" ("Sharq", kundalik gazeta, 1939-yildan), "Kambio-16" (haftalik jurnal, 1972-yildan), "Destino" ("Tak,dir", haftalikjur., 1942-yildan). Ispaniya ax-borot agentligi — EFE 1939-yil 3-noyabrda tashkil etilgan. Ispaniyada radioeshittirish 1919-yildan, telekoʻrsatuvlar 1956-yildan olib boriladi. Ispaniya radiosi va te-lekoʻrsatuvi hukumat hamda siyosiy partiyalar vakillaridan iborat kengash tomonidan boshqariladi, radioeshittirish va telekoʻrsatuvlarni nazorat qiladi. Ispaniya milliy radiosi va Ispaniya telekoʻrsatuvi davlat mahkamasi mavjud. Mamlakatning oliy ta’lim tizimi 13-asrda paydo bo’lgan. O’sha paytdagi dunyodagi eng yaxshi to’rt universitetdan biri bo’lgan Salamanka universiteti 1218 yilda qurilgan. Keyinchalik Barselona va Granadada nufuzli universitetlar paydo bo’ldi. Bugun Madrid, Sevilya va Valensiya universitetlari eng kuchlilar qatoriga qo’shildi. Ispaniyada qonun bo’yicha faqat universitetlarda oliy ta’limga ega bo’lish mumkin. Bugungi kunda mamlakatda 48 ta universitet mavjud bo’lib, ularning aksariyati davlatga tegishli bo’lib, atigi 7 ta universitet xususiy va cherkov homiyligida.
Universitet tizimidagi turli mutaxassisliklar va ta’lim darajalari uchun o’qitishning bir necha turlari mavjud: universitet maktablari, fakultetlar, oliy texnik maktablar va yuqori muhandislik maktablari. Shunday qilib, universitet maktablari ta’limning birinchi bosqichiga (bakalavr darajasiga teng) ega bo’lgan kasb ta’limi olishni istagan talabalar uchun mos keladi. Birinchi bosqich uchun mashg’ulot muddati — 3 yil. Maktablar orasida savdo maktablari ispan va ingliz tillarida MBA va tasviriy san’at maktablariga ega bo’lishadi. Oliy texnik maktablar Ispaniyada texnik fanlar bo’yicha to’liq o’qishni istagan abituriyentlar uchun mos keladi.Texnik fanlarni yoqtirmaydiganlar uchun — universitet fakultetlari. Professional muhandislar, texnologlar va arxitektorlar tayyorlash uchun universitetlarda, oliy muhandislik maktablari alohida ajratilgan. Ular talabgorlarning maxsus tanlovi, yanada murakkab va talabchan dastur bilan ajralib turadi. Ispaniyada to’liq oliy ma’lumotni 6-7 yil muddat davomida olinadi.
Ushbu mamlakatda ta’lim turli xil ijodiy tanlovlar bilan mashhur fakultativ kurslar : raqs kurslari (Ispaniyani flamenko va salsa holda tasavvur etib bo’lmaydi!), Rasm, ashula, arxitektura va haykaltaroshlik iboratdir Ispaniyada ta’limning yana bir shubhasiz afzalligi — bu mahalliy aholining do’stona munosabati va samimiyligi.




  1. Download 59.35 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling