Xx asrning 30 yillarida O'zbekistoda ijtimoiy -iqtisosdiy va madaniy hayot. II jahon urushi yillarida O'zbekiston. O'zbekiston 1946-1985 yillarda


Ko’chirib keltirilgan korxonalarning joylashtirilishi


Download 130.5 Kb.
bet2/4
Sana19.06.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1604593
1   2   3   4
Bog'liq
XX asrning 30 yillarida O\'zbekistoda ijtimoiy -iqtisosdiy va madaniy hayot. II jahon urushi yillarida O\'zbekiston. O\'zbekiston 1946-1985 yillarda.

Ko’chirib keltirilgan korxonalarning joylashtirilishi. Urush bo’layotgan va dushman yaqinlanib kelayotgan hudulardan muhim sanoat korxonalarini, kolxoz, sovxoz va MTS larning mulklarini, madaniy boyliklar va o’quv yurtlarini Sharqqa, jumladan, O’zbekistonga zudlik bilan ko’chirib keltirish, joylashtirish ishlari boshlanib ketdi. Fashistlar tomonidan vayron qilingan shaharlar va qishloqlarning aholisi, ota-onalari halok bo’lgan bolalar, million-million kishilar ulkan oqim bo’lib ko’chib kela boshladilar. Kishilik tarixida bunday katta ko’lamli mudhish voqea birinchi marta sodir bo’ldi. O’zbekistonga yuzga yaqin sanoat korxonasi, jumladan, 48 ta mashinasozlik, metall ishlash, kimyo va boshqa harbiy texnika va mahsulotlar ishlab chiqaruvchi yirik zavodlarning asbob-uskunalari ko’chirib keltirildi, zudlik bilan barpo etilgan binolarga joylashtirildi va montaj qilindi. Ishchi, xomashyo jihozlari bilan ta’minlandi va front uchun mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. Toshkentda joylashtirilgan Rostselmash zavodi «Katyusha» va minomet snaryadlari, aviatsiya zavodi jangovar samolyotlar etkazib bera boshladi.
O’zbek xalqi urushning dastlabki yillarida Rossiya, Ukraina, Belorussiya, Moldaviya, Boltiqbo’yi respublikalaridan ko’chirilib keltirilgan kishilarni, shu jumladan, yetim bolalarni o’z bag’riga oldi.
1941-yil 3-dekabrda O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo’mitasining ko’chirilib keltirilgan fuqarolarni qabul qilish va joylashtirish yuzasidan maxsus qarori chiqdi. Xalq Komissarlari Soveti huzurida 1941-yil 10-iyulda tuzilgan maxsus Respublika komissiyasi va Mahalliy sovetlarning ijroiya qo’mitalari qoshida tuzilgan alohida bo’limlar kishilarni hisobga olish va joylashtirish bilan shug’ullandilar. Ko’chirib keltirilganlar shahar va qishloq tumanlariga joylashtirildi.
O’zbekiston bo’yicha 1942-yil bahorigacha ko’chirib keltirilgan 716 ming kishi qabul qilinib olindi, ishga joylashtirildi, ular uchun yashash sharoitlari yaratildi.
O’zbeklar ko’chirilib keltirilgan ota-onasiz bolalarga alohida g’amxo’rlik qildilar, 200 ming dan ko’proq yetim bolalarni o’z bag’riga oldilar. O’zbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti qoshida bolalarga yordam ko’rsatish bo’yicha maxsus komissiya tuzildi. O’zbekiston xalq maorifi komissarligi tashabbusi bilan bolalarni qabul qilish-taqsimlash markazi tuzildi. Respublikamizning barcha viloyatlari, shahar va tumanlarida bolalarni qabul qilish punktlari ochildi, ularda o’qituvchilar kechayu kunduz navbatchilik qildilar. Militsiya bo’limlari qoshida 30 dan ortiq bolalar xonalari tashkil etildi.
1942-yil 2-yanvarda Toshkent shahrida xotin-qizlarning yig’ilishi bo’lib, unda respublikamizdagi barcha ayollarga qarata murojaat qabul qilindi. Murojaatda yetim bolalarni o’z tarbiyasiga olishga da’vat etildi. Ko’plab oilalar 4000 dan ortiq yetim bolalarni o’zlariga farzandlikka oldilar, topgan-tutganlarini ular bilan baham ko’rdilar.
O’zbekistonga G’arbiy viloyatlardagi janglarda yarador bo’lgan minglab askar va zobitlar ham olib kelinardi. Ularni qabul qilib olish, gospitalga joylashtirish, salomatligini tiklash ishlariga alohida mehribonlik qilindi. Respublikamiz sog’lomlashtirish markazlaridan biriga aylandi. 1941-yil 1-oktabrgacha O’zbekiston sog’likni saqlash xalq komissarligi tizimida 14 ming 950 o’ringa ega bo’lgan 47 gospital barpo etildi va zarur uskunalar bilan jihozlandi. Ayni paytda
Moskvadan, Kalinin, Rostov-Don va boshqa viloyatlardan 15900 o’ringa (krovatga) ega bo’lgan 48 gospital ko’chirilb keltirildi, joylashtirildi va ishga tushirildi. Jami 39140 o’ringa ega bo’lgan 113 gospital yarador va bemor jangchilarga tibbiy xizmat ko’rsatdilar. Sog’ayganlar frontga yoki korxonalarda ishlashga jo’natib qo’yilardi. Nogiron bo’lib qolganlarga zarur yordam ko’rsatildi, holiga yarasha ish bilan ta’minlash choralari ko’rildi.
O’zbekistonliklar orasida mudofaa fondini tashkil etish, front uchun issiq kiyimlar to’plash harakati keng yoyildi. Ishchilar, kolxozchilar va ziyolilar shaxsiy jamg’armalarini, qimmatbaho buyumlarini mudofaa fondiga topshirdilar. Mudofaa fondiga 650 million so’m pul, 22 million so’mlik qimmatbaho buyumlar, 55 kilogramga yaqin oltin, kumush va boshqa qimmatbaho buyumlar to’plandi. Bu jamg’arma hisobiga respublikamizda tank kalonnalari, aviatsiya eskadrilyalari, bronepoyezdlar qurilib frontga jo’natildi. O’zbekistonlik jangchilarga eshelonlab issiq kiyimlar, mevalar jo’natib turdilar. Davlat harbiy zayomlariga yozilish yo’li bilan anchagina mablag’lar to’plandi. Aholidan issiq kiyimlar tayyorlash uchun jun, terilar yig’ib olindi. Aholiga davlat zayomi, pul-buyum lotereyasi sotish hisobiga 4,2 milliard so’m mablag’ yig’ilib g’alaba manfaatlari yo’lida foydalanildi.
Xullas, urushning dastlabki yiliyoq O’zbekistonning butun moddiy va ma’naviy kuchlari fashizmga qarshi g’alaba uchun safarbar etildi, hayot harbiy izga tushirildi, xalq Vatan himoyasiga otlandi.
O’zbekiston sanoati va qishloq xo’jaligi front xizmatida. Respublika sanoati urush manfaatlariga moslashtirilgan holda jadal rivojlantirildi, yangi tarmoqlar yaratildi. 1941-yil oxirlarida O’zbekistonning 300 sanoat korxonasi faqat harbiy mahsulot bera boshladi.
Respublika sanoat korxonalari quvvatlarining kengayishi, yangidan qurilgan zavodlarning ishga tushirilishi elektr energiyasi va yoqilg’i ishlab chiqarishni keskin oshirishni talab qildi. O’zbekiston partiya va hukumati Ittifoq hukumatiga xat yo’llab bu muammoni hal etishda ko’mak so’radi. Tez orada 1942-yil 10noyabrda VKP (b) MQ va SSSR Xalq Komissarlari Soveti «O’zbekiston SSRda beshta gidroelektr-stantsiya qurilishi to’g’risida» qaror qabul qildi. O’zbekistonda metallurgiya zavodi qurish, ko’mir va neft qazib olishni ko’payttirish tadbirlari ham belgilandi.
1943-yilda O’zbekistonda eng yirik gidroelektrstantsiya – Farxod GESi qurilishi boshlandi, qurilish zarur materiallar va ishchi kuchi bilan ta’minlandi. Farxod qurilishi umumxalq qurilishiga aylandi, binokorlik ishlari xashar yo’li bilan bajarildi. 10 oylik fidokorona mehnat natijasida Sirdaryo jilovlandi.
Urush yillarida Bo’zsuv daryosi o’zanlarida Tovoqsoy, Oqqovoq, Salar, Quyibo’zsuv, Oqtepa, Qibray GESlari, shaharlar va yirik korxonalar yonida kichik GESlar ishga tushirildi. O’zbekistonda elektr energiyasi ishlab chiqarish qariyb 2,5 baravarga, ya’ni 1940-yilgi 462 mln kilovatt soatdan 1945-yilda 1187 mln kilovatt soatga ko’paydi. Urush davrida «Angrenugol» ko’mir konida yana uchta shaxta va ochiq usulda ko’mir qazib olinadigan kar’er bunyod etildi. O’zbekiston va Qirg’iziston chegarasida Qizilqiya ko’mir koni foydalanishga topshirildi.
1940-yilda O’zbekistonda atigi 3,4 mln tonna ko’mir qazib olingan bo’lsa, 1945-yili 103 mln tonna, ya’ni 30-marta ko’proq ko’mir qazib olindi. Neft maxsulotlari ishlab chiqarishni keskin ko’paytirish tadbirlari ko’rildi. Neftgeologiya qidiruv tresti, neft tarmog’i qurilish montaj tresti, neft qazib oluvchi 2 ta trest, neft qazib chiqarish asbob-uskunalarini ta’mirlash zavodi, neft mashinasozligi zavodi barpo etildi. Farg’ona vodiysida ishlab turgan «Andijon»,
«Polvontosh», «Changartosh», «Chimyon» neft konlarida mahsulot ishlab chiqarish kuchaytirildi. Yangi neft konlari, neftni haydash zavodi ishga tushirildi.
Urush yillarida Respublikada neft ishlab chiqarish 4-marta ko’paydi va 1945-yilda 478 ming tonnadan ortdi.
G’arbdan ko’chirib keltirilgan zavodlar bazasida 16 ta stanoksozlik, to’qimachilik va mashinasozlik korxonalari tashkil etildi. Urushdan oldin qurilgan respublikamizdagi ko’pgina zavodlar ham turli harbiy asbob-uskunalar, mashinalar, jangovar texnika ishlab chiqarishga moslab qayta qurildi.
O’zSSR XKS 1942-yil 17-iyunda Bekobodda metallurgiya zavodi qurish to’g’risida qaror qabul qildi. Metallurgiya zavodini qurish butun respublika mehnatkashlarining zarbdor ishiga aylandi. Sanoat korxonalari zarur mutaxasislar bilan, kolxoz va sovxozlar ishchi kuchi bilan ta’minlashdi. Zavod qurilishida 30 mingdan ko’proq kishilar ishtiroq etdilar. O’zbekistonning birinchi metallurgiya zavodi 1944-yil 5-mart kuni dastlabki metall mahsulotlarini bera boshladi va tez kunlarda zavodning birinchi navbati, 1945-yil fevraldan ikkinchi navbati ishga tushirildi.
Geologik-qidiruv ishlari natijasida ko’plab qora va rangli metall konlari ochildi. Urush yillaridayoq Langar, Ingichka, Qo’ytosh, Qoratepa, Olmaliq rangli metall konlari, Oqtosh boksit koni o’zlashtirildi. Ulardan qazib olingan volfram, molibden, mis, alyumin va boshqa mahsulotlarni qayta ishlash bilan bog’liq korxonalar qurildi.
Urush yillarida kimyo, qurilish materiallari sanoati, to’qimachilik va poyabzal sanoati, oziq-ovqat sanoati, mahalliy sanoat tarmoqlarini rivojlantirish tadbirlari amalga oshirildi. Faqat 1943-yilda 12 ta yog’ zavodi, 3 ta paxta tozalash zavodi, 4 ta qand va 4 ta konserva zavodlari qurilib ishga tushirildi.
Urush yillarida O’zbekistonda hammasi bo’lib 280 ta yangi sanoat korxonalari qurilib ishga tushirildi. Sanoatning yangi tarmoqlari-aviatsiya, stanoksozlik, og’ir mashinasozlik, qora va rangli metallurgiya va boshqa tarmoqlari vujudga keldi.
Sanoatchilarimizning fidokorona mehnati tufayli O ‘zbekiston Sovet Armiyasining qurol aslahaxonasiga aylandi. O’zbekiston frontga 2090 samolyot, 17342 aviamotor, 2318 ming aviabomba, 1,7 mingdan ortiq minomet, 22 mln mina, 560 ming snaryad, milliontacha granata, 330 ming parashyut, harbiy ehtiyojlar uchun 100 ming km dan ortiq maxsus sim, 125 ming km telefon kabellari va boshqa mahsulotlar etkazib berdi.

Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling