Axborotning haqiqiyligi - Ma’lumotlar signallarni qayd qilishi paytida yuzaga keladi.
Ammo hamma signallar ham "foydali" bo’lavermaydi - doimo qandaydir darajada chet signallar
mavjud bo’ladi, buning oqibatida foydali ma’lumotlar ma’lum darajadagi "axborot mavqei" bilan
birga kuzatiladi. Agar foydali signal chet signallarga qaraganda aniqroq qayd etilgan bo’lsa,
axborotning ishonchliligi ancha yuqori bo’lishi mumkin. Shovqinlar darajasi oshganda
axborotning ishonchliligi pasayadi. Bunday hollarda shu miqdordagi axborotni uzatish (taqdim
etish) uchun yo ko’proq ma’lumotlardan, yo murakkabroq usullardan foydalanish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |