Xxi asr texnologiyalari


Download 0.85 Mb.
Sana04.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1164078
Bog'liq
XXI ASR TEXNOLOGIYALARI word


XXI ASR TEXNOLOGIYALARI” –
O‘YLATADI VA O‘RGATADI

“Bolam, bu matohdan qanday foydalanishni o‘rgatasanmi?”. Smartfon reklamasida yangraydigan ushbu so‘zlar kundalik hayotda ham tez-tez quloqqa chalinadi. Odatda oilada har bir narsani kattalar kichiklarga o‘rgatadi. Kompyuter, telefon kabi zamonaviy texnika vositalaridan foydalanishni esa, aksincha, kichiklardan o‘rganishadi. Ana shu kichiklar – yosh avlodning yangi asr texnologiyalariga qiziqishi ilm-fanga bo‘lgan qiziqishga aylantirilsa, qanday yaxshi!





XXI asrga kelib texnologiyalar
shu qadar
rivojlandiki, go‘yo kashf
qilinmagan yangilik,
yaratilmagan ixtiro qolmadi.
Ammo texnologiyalarning
“nano” ko‘rinishlari bu xulosaning
xato ekanini isbotladi
Mamlakatimizda intellektual salohiyati yuqori, iqtidorli tengdoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, iste’dodlarini yuzaga chiqarish borasida turli ko‘rik-tanlovlar, olimpiadalar o‘tkazilmoqda. Fanga qiziquvchi o‘smir yoshlar uchun ta’sis etilgan va o‘z o‘quvchilarini topib ulgurgan “XXI asr texnologiyalari” jurnaliga ham bu borada o‘ziga xos vazifa yuklatilgan. Bu ham bo‘lsa, intellektual salohiyatli o‘g‘il-qizlarning ilm-fanga, zamonaviy texnologiyalarga qiziqishlarini yanada oshirish, ularning imkoniyatlarini yuzaga chiqarishdir.

Bolalar va o‘smirlarning ilmiy-texnikaviy, ma’naviy-ma’rifiy, ommabop nashri “XXI asr texnologiyalari” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 27 yanvardagi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.


Nashrdagi materiallar o‘smirlar uchun sodda, tushunarli tilda beriladi. Yoshlarbop, qiziqarli mavzular tanlanadi. Masalan, jurnalning 2014 yil 2-sonida chop etilgan “Dunyoda eng ko‘p tarqalgan so‘z” sarlavhali maqolada yoshlarning “sevimli” iboralaridan bo‘lgan “OK” (“okey”) so‘zining kelib chiqish tarixi yoritilsa, “Nima uchun kursor 45 gradusga og‘ib turadi?” maqolasida muallif o‘quvchini hayotdagi oddiy hodisalarning sirlarini topishga undaydi.


Aksariyat nashrlarda mobil telefon, internetning salbiy tomonlari yoritish ommaviy tus olgan bir paytda, “XXI asr texnologiyalari” jurnali ushbu mavzularda o‘quvchi bilan qiziqarli suhbatlar olib boradi. Nashrda internetmaniya targ‘ib qilinmaydi, aksincha, axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanishning ilmiy asoslari tushuntirib beriladi. jahon «o‘rgimchak to‘ri»ning vujudga kelish tarixi hikoya qilinadi. Jurnalning shu sonida “Facebook” asoschisi Mark Sukerbergning hayotiga bag‘ishlangan maqola ham o‘rin olgan.


Guvoh bo‘lganingizdek, jurnal faqat qog‘ozdagina emas, amalda ham yoshlarbop, ularning texnologiyalar sohasiga oid yangiliklarga, qiziqarli materiallarga bo‘lgan ehtiyojini baholi qudrat qondirishga harakat qilmoqda. Uning yanada mazmunli chiqishida ba’zi takliflarni inobatga olish foydadan xoli emas, nazarimizda. Jurnal sahifalarida oddiy moslamalarni yasash bo‘yicha ko‘rsatmalar, chizmalar berib borilsa, ayni muddao bo‘lardi. Bu tajribani Rossiyaning “Znayka” jurnalida kuzatish mumkin. “XXI asr texnologiyalari”da esa bunday ishlanmalarning berilishi auditoriyaning qiziqishiga ham mosdir. Qolaversa, jurnal dizaynini yaratishda internetdan olingan fotolar emas, qurilmalarning real suratlaridan foydalanilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling