Xxi-asrda bolalar kitobxonligi : muammo va vazifalar Davlatova E`zoza Quvvat qizi Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 16-umumiy o`rta ta`lim maktabi
Download 7.39 Kb.
|
Davlatova E`zoza Quvvat qizi
XXI-asrda bolalar kitobxonligi : muammo va vazifalar Davlatova E`zoza Quvvat qizi Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 16-umumiy o`rta ta`lim maktabi Bugungi kunda ilimli yoshlar yoxud “ Uchinchi renessans avlodlari” ni tarbiyalashda kitobning o`rni beqiyos. Kitob - bilim va yuksalish asosi. Har qanday buyuk maqsadlar yo`lida bu ilm manbayi bilan do`st tutinmay turib natijaga erishib bo`lmaydi. Xo`sh, ayni damda kitobxonlikni rivojlantirishga doir qanday chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda ? Yoxud kelajak avlod yaratilgan imkoniyatlardan qay darajada samarali foydalanmoqda . Mamlakatimizda kitobxonlikni yuksaltirishga oid ko`plab shart-sharoitlar , imkoniyatlar qabul qilinishiga qaramay bu masala haligacha dolzarbligini saqlamoqda . Xususan, kitob mutolaasini kuchaytirish borasida ko`plab tadbirlar , marafonlar tashkil qilinmoqda. Binobarin , qilingan ishlar samarasi bilan yildan-yilga yosh avlod orasida kitobga qiziqish oshib bormoqda. Quvonarliysi , har yili o`tkaziladigan “Yosh kitobxon” Respublika tanlovi yaratilgan imtiyozlarning gultoji va kitobxonlikka bo`lgan e`tiborning yorqin namunasidir. E`tirof etish joizki , bu Respublika tanlovi hatto qo`shni mamlakat yoshlarining ham bizga bo`lgan havasini uyg`otdi. Ya`ni g`olib “Spark” avtomobili bilan mukofotlanadi. Xususan , kelajak avlod orasida mutolaa madaniyatini yuksaltirish uchun, eng avvalo , ota-onalar orasida , kattalar orasida kitobxonlikni oshirish kerak. Shundagina bunday ma`rifat nuri bilan belangan muhitda tarbiyalangan avlod kutubxonada ko`proq vaqt o`tkazadi va Vatanimizning rivoji uchun ulkan hissasini qo`sha oladi. Bugun qo`limga qalam olib, insoniyat tarixidagi eng buyuk xazina bo`lmish kitob haqida fiklarimni bayon etar ekanman, so`zimni ardoqli ijodkorimizning ushbu so`zlari bilan boshlashni joiz deb bildim: “ Kitob-boylik. Lekin sotib olingani emas, o`qilgani” . Chindan ham kitob-bebaho xazina . U insonlar hayotida turlicha ahamiyatga ega. Birov uni birinchi , yana kimlardir sakkizinchi mo`jiza deb ta`riflaydi. Kitobdan shunchaki ermak yoki zerikishda qo`l keladigan bir vosita sifatida foydalanish xatodir . Kitob ong va qalb ehtiyojini qondiruvchi omil sifatida insonni tarbiyalaydi. Ilmiy adabiyotlar tafakkurni o`stirsa , badiiy ijod namunalari ruhimizni poklaydi. Ammo chinakam yaxshi asargina beminnat ustoz bo`la oladi. Ingliz yozuvchisi Mark Haddon aytganidek: “ Mutolaa bu –muloqot. Barcha kitoblar siz bilan gaplasha oladi. Biroq yaxshi kitoblargina sizni tinglay oladilar”. Hozirgi kunda ham yurtboshimiz tomonidan yoshlarning ma`nan yetuk bo`lib o`sishi uchun bir qator imkoniyatlar yaratilmoqda . Jumladan , “Yosh kitobxon “ , “Besh tashabbus” kabi tanlovlar bunga yorqin dalil bo`la oladi. Shunday ekan, biz yoshlar yaratilayotgan ushbu imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda kitobxonlikka bo`lgan qiziqishimizni yanada rivojlantirishimiz lozim. Download 7.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling