Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
16
parokandalikka yo‘l bermay, «va kalimatullohi hiyaal-ulya» - «Allohning kalomi 
hamma narsadan ustundir» degan vaqtga bo‘ysunmaydigan va da'vatkor so‘zlarini 
yana bir karra tasdiqlashiga hech qanday shubha yo‘q.  
  
II bob 
Modernizm intihosiga ishonch 
Qulab tushgan minoralar tarkibi axlatdan iborat. 
Filip Larkin 
Ushbu bob tarixga oiddir: u tarix uzluksizligi sinish nuqtasining asosiy jihatiga teran 
nazar tashlaydi.  Uning oldimizga ko‘ndalang bo‘layotgan sinig‘i ayni paytdagi bilish 
tangligi bilan bog‘liqqa o‘xshab ko‘rinadi. 2000 yil musulmonlar uchun ming yillik 
ahamiyatiga ega bo‘lmagan oddiy bir sana bo‘lishi mumkin edi, biroq u o‘q asri va keng 
ma'noda G'arb ratsionalistik an'anasida ustuvorlikni ta'minlab bergan Suqrot inqilobi 
bilan boshlangan intellektual tarixning ulkan bir davriga xotima berganini qayd etishimiz 
mumkin. Butun mavjudligi davomida somiylarning xilma-xil vahiyona bilish 
nazariyasining e'tirozlariga sabab bo‘lib kelgan ushbu an'ana Ma'rifat lumiéres
[9]
 
shaklida o‘zining eng yuqori nuqtasiga yetdi. So‘ngra u nafaqat din, qolaversa, nemis 
idealizmining turli shakllari tomonidan tanqidga uchray boshladi. Biroq ming yillikka 
kelib o‘zining nihoyasiga, yemirilish davriga yetgan Ma'rifatning kashshoflik safari 
qariganga  o‘xshab ko‘rinadi.  G'arb tafakkurining eski va go‘zal hikoyasi yechim 
topmay, sir ochilmay, uning rivojiga yordam bergan bosh qahramonlari u yoki bu 
darajada ahmoq va yo‘lidan adashgan bir holda  nihoyasiga yetgan ko‘rinadi. G'arb 
postmodernist guru Jan-Franko Lotar «ojizlanish davri»
[10]
 deb atagan noaniq va o‘ta 
chigal bir ko‘rinishda na Ibrohim, na Akvinas va Hum hamrohligida tabula rasa
[11]
 
yangi ming yillikka kirib boryapti.   
Ushbu inqiroz keng tarqalmoqda, garchi islom dunyosi rad etgan bo‘lsa-da, keskinlashib 
bormoqda. Nemis faylasufi Gadamer insonning miyasi tabiat bilan dialog tarzida 
tuzilganini isbotlab berdi. Islomning o‘z-o‘zini tushunishi esa tarixiy nuqtai nazardan 
asosan uning ikkita muqobil paradigmadan xabardorligi asosida vujudga kelgan: 
xristiancha inkarnatsionizm
[12]
 va yunon intellektualizmi. Ikkalasi ham Yaqin Sharqda 
islomning paydo bo‘lishidan oldin vujudga kelgan edi. Ushbu ikkita andoza islomiy 
oykumenaning jismoniy chegaralari ichida va undan tashqarida barqaror va reaktiv - aks 
harakatli andozalar sifatida mavjud bo‘lgan, so‘ngra ularning hozirgi inqirozi islomga 
muhim ta'sir ko‘rsatadi. Hisham Juayyitning ta'biri bilan aytganda, G'arb dunyoning 
«superego»
[13]
siga aylandi va uning «sayyora miqyosidagi xaloskorlik vazifasi» ham 
uning barcha ko‘rinishlarini ham o‘zgartirishi kerak. Ushbu bobning oxirlariga borib, 
yetarli tarzda javob berolmasak-da, ushbu savollarning ba'zi birlarini ko‘rib chiqamiz.   
Biroq,  avvalo, bizni bugungi ziddiyatli ahvolga solib qo‘ygan jarayonlarning umumiy 
ko‘rinishini va kimning g‘alabasi ushbu asrning intihosiga to‘g‘ri kelganini  aniqlab 
olishimiz kerak.   
Ikkinchi ming yillik bilimga nisbatan somiy va ellinik yondashuv o‘rtasidagi farqni 
yengishga yangidan-yangi urinishlar davri bo‘ldi. Islom dunyosining eng ulkan 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
17
namoyandalaridan biri ibn Sino hamda Baqilloniy va G'azzoliy kabi olimlar  Aristotelning  
mantiq va metafizikasini asosiy ilohiyotshunoslik diskursiga olib kirishdi. Sa'dya 
Fayyumiy ellinizm bilan o‘zaro ta'sirlashgan mo‘‘tazaliy ratsionalizmini karaitlar
[14]
ga 
qarshi ravvinlik dalili sifatida iudaizmga olib kirdi. Keyinchalik xristian olamida 
Anselm
[15]
  platonizmni ratsionallashtirishni boshlab berdi va bu hol Akvinskiy va 
Skotusday manbalarga eltuvchi zanjir reaktsiyasiga sabab bo‘ldi. Akvinskiy va Skotus 
arab falsafasi va, binobarin, somiy-ellinistik sintez oldida burchlidirlar.  
Ikkinchi ming yillikning o‘rtalariga qadar islom, yahudiy va xristian tafakkuri 
simbiotik
[16]
 qarindoshlik xususiyatiga ega bo‘lib keldi. Renessans davridan boshlab 
Farbning o‘sib borayotgan ratsionalizmi mohiyatan o‘ziga qarama-qarshi bo‘lgan 
qonuniy-mistik sintezga amal qiluvchi iudaizm va islomdan ajralgan bo‘lsa-da, 17-
asrning oxirlariga kelib qat'iy bir shaklga bo‘ldi. O'shandan oldin Renessansning atoqli 
vakillaridan Piko della Mirandola va Marsilio Fichino bir oz vaqt sxolastik o‘tmish bilan 
orani ochiq qilib, nomushohadaviy va intuitiv bilish nazariyasini qo‘llab chiqishgan edi, 
bu hol iudaizm (so‘nggi kabbalistlar
[17]
) va islomdagi (Shahrazuriy, Mulla Sadra va Mir 
Domodning neoplatonizmi) ilmiy qarashlarga hamohang edi.  
Biroq 17-asrdan boshlab xristian dunyosi misli ko‘rilmagan traektoriya bo‘ylab 
harakatlana boshladi. Ba'zi bir sabablarga ko‘ra - ular orasida sezilarlisi Monten vahima 
bilan tilga olgan post-Reformatsiya yetkazgan jarohatlar tufayli Yevropada vujudga 
kelgan e'tiqodning islomda ham, iudaizmda ham kuzatilmagan ijobiy  tangligidir - Dekart 
va Port-Royal mantiqshunoslari mohiyatni falsafani dinning yordamchisi deb bilgan 
an'anaviy bilish nazariyalarini ellinik ratsionalizmga qurbon qilish hisobiga o‘zgartirishga 
ehtiyoj sezgan. 
Bu yerda G'arb tafakkurining shundan so‘nggi tarixini batafsil hikoya qilishga zarurat 
yo‘q, biroq Ma'rifat davri tafakkurining yetarli yoritilmagan  bir jihatiga e'tiborni qaratish 
maqsadga muvofiq bo‘lur edi. Bundan JJ.Klark mustasnodir, u o‘zining «Sharq ma'rifati» 
nomli yangi kitobida uni har bir daqiqasigacha batafsil hujjatlashtirib beradi. Bu 
Ma'rifatning G'arbniki bo‘lmagan tafakkur tizimlaridan olgan qarzi edi. G'arb ming 
yillikning birinchi yarmida islomdan, islom orqali Yunonistondan ko‘p narsani o‘zlashtirdi. 
Renessansdan so‘ng (garchi Paskal va Malbransh, yana balki Leybnits islom merosidan 
bahramand bo‘lib kelishdi) Uzoq Sharqdan kelgan g‘oyalarga qiziqish boshlandi. Bu 
jarayonga dengiz kashshoflik safarlari, iezuit missiyasi va sharqshunoslikning vujudga 
kelishi imkon yaratib berdi. 
Klarkning ta'kidlashicha, 18-asrda Xitoy Yevropani deyarli egallab bo‘ldi. Didro va Volter 
adolatli, barqaror va meritokratik - odamlar o‘z kuch-qobiliyati bilan istagan narsasiga 
erishishi mumkin bo‘lgan Xitoy imperiyasi obro‘sidan tushkun va simoniak
[18]
 xristian 
dunyosining po‘stagini qoqadigan kaltak sifatida foydalanadi. Volterning «Essay sur les 
Moeurs» («Axloq haqida risola») risolasi «Xitoy axloq falsafasiga xos bo‘lgan ustunlikdan 
bahs yuritadi» va Xitoy tajribasiga ratsional deizm
[19]
 sifatida qarashni taklif etadi. 
18-asr xitoyparastlik asri bo‘lgan bo‘lsa, 19-asr Yevropaning Hindistonni kashf etishga 
o‘tishi bilan xarakterlandi. Yevropaning axloq falsafasi Xitoy bilan kutilmagan 
uchrashuvdan so‘ng keskin o‘zgarishga yuz tutdi.  Hindiston ta'siri G'arb metafizikasi va 
bilish nazariyasini o‘zgartirishi kerak edi.  Villiam Jonsning «Sharqiy Hindiston 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
18
kompaniyasi» roziligi bilan «Upanishadlar»ni tarjima qilgani katta shov-shuvlarga sabab 
bo‘ldi. R.Shvab so‘zi bilan aytganda,  
Hind olimlari asarlarining Kalkuttada nashr etilishi  ayrim nemis yoshlarining g‘ayratini 
qo‘zitib yubordi. Ular falsafada Shopenhauer va Shlayermaxerni hisobga olmaganda,  
Shelling, Fixte va Hegelni, she'riyatda Hyote, Shiller, Novalis, Tik va Brentanoni o‘z 
ichiga olar edi.
[20]
 
Shu ma'noda Upanishadlar Germaniyada falsafa rivojiga yangi turtki berdi, deb aytish 
mumkin. Shankara va Ramayana tafsiriy xazinasi qo‘l yetmay joyda ekaniga 
qaramasdan, nemis romantiklari ba'zan hissiy bilish orqali qabul qilingan g‘ayrishuuriy 
mavjudlik xato  ekani haqidagi bosh idealistik qarashni aniqlagan vedalar
[21]
 
metafizikasi xususida ma'lum tushunchaga ega edi. Donishmandning vazifasi haqiqiy 
o‘zligini Brahman orqali anglash ekani xususidagi tushunchani nemislar geist
[22]
 
g‘oyasiga aylantirishdi.  
 Shvab va Klark singari ilg‘or madaniyat tarixchilarining, nemis idealistlari o‘zlarining 
Veda tafakkuri oldidagi qarzlarini uzishi qiyin, degan aqidasini bundan buyongi tadqiqot 
taqqoslarni   oldi-qochdi g‘oyadan batafsil dalillar hokimiyatiga ko‘chirmaguncha to‘la 
isbotlangan deb bo‘lmaydi. Idealistlar o‘z fikrlarining Upanishadlar bilan o‘xshashligini 
aytib jar solayotgan bir paytda bu fikrning kelib chiqishi ularga daxldor emasligi 
ayonligini bilib olish qiyin emas. Baribir, u prima facie
[23]
da yaxshi ta'sir kuchiga 
egaga o‘xshab ko‘rinadi.  
Agar shu to‘g‘ri bo‘lsa, biz Yevropaning ushbu ming yillikdagi  zehniyat tarixini bir necha 
bosqichlarga bo‘lishimiz mumkin: uch asrlik arablar ta'siri, yunonlarning ikki asrlik 
bevosita ta'siridan so‘ng yana iki asrlik bijg‘ish davri, so‘ngra mo‘‘tadil sinofiliya asri va 
undan keyin brahmanlar ontologiyasi hammayoqni zabt etgan 19-asr. 
Biz aynan shunda 20-asrning bilish nazariyasi inqirozining asosiy sababini topishimiz 
mumkin. Tabiatan ksenofobik
[24]
 xarakterga ega bo‘lgan G'arb intellektual an'anasi 
islom, hind yoki xitoy madaniyatlaridan ko‘ra tashqi urug‘lanishga ko‘proq muhtoj 
ekanini namoyish qildi. U uchala madaniyatning ham  integrativ qobiliyatini sarflab 
bo‘lgach, o‘z-o‘zini ham tuta olmaydigan bo‘lib qoldi.  
20-asrdan boshlab  mafkuralar G'arbda ham, uning islom dunyosi va boshqa joylardagi 
diasporasi ichida  ham  bilish tanim
[25]
ini ilohiyotdan inson sub'ekti tomon burib 
yubordi. Shu tufayli u kollektiv inson sub'ektiga aylandi: masalan, kishilik jamiyatlari 
teleologiyasi
[26]
ning ob'ektiv, miqdoriy xususiyatini ta'kidlab ko‘rsatadigan marksizm 
yoki uni rivojlantirgan vorisi Frankfurt maktabini misol qilib keltirish mumkin. Adorno va 
Habermasdan iborat  so‘nggi Frankfurt maktabi Rossiya va Germaniyadagi kuchli 
modernistik falsafiy va ijtimoiy asosga ega bo‘lgan distopik, ya'ni mudhish totalitarizm 
hech bir shubha qoldirmagan «vositali sabab  tanqidi»ni rivojlantirdi.  Ratsionalizm turli 
hamlalarga duchor bo‘ldi, xususan, Adorno uni klassik skeptitsizm bilan emas, «tanqidiy 
nazariya» bilan almashtirishni targ‘ib qila boshlaydi. «Tanqidiy nazariya» haqiqatning 
o‘rnini tarix va jamiyatning mavjud shart-sharoitidan kelib chiqib belgilaydi, metafizika 
va an'anaviy analitik tafakkurni mensimaydi.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
19
Anglo-sakson va nemis ziyolilari o‘rtasida ommalashib borayotgan tanqidiy nazariyaning 
rivojlanishi frantsuz falsafa an'anasining undan-da kattaroq ta'sir kuchiga ega bo‘lgan, 
biroq ma'nosi  bir pulga qimmat postmodernizm nomiga sazovor bo‘lgan maktabga 
tarqalib ketishi bilan bir vaqtda ro‘y berdi. Bu hol va ittifoqdosh tizimlar asl ma'noni 
farqlash uchun kurashmaslikka, biroq shu bilan bir vaqtda uning yo‘qligini, aslida esa 
haddan ziyodligini nishonlashga harakat qilishadi. Metanarratsiya
[27]
larning somiy, 
marksistik va gegelcha  ko‘rinishlari tasdiqlanmagani uchun rad etilishi kerak. Frankfurt 
maktabi hozirgi dunyoning tegishli muqobilini topish borasida jazavaga tushib qolgan 
edi; postmodernistlar esa barcha muqobillarni teng qiymatga ega deb bilishadi. Bizga, 
ob'ektiv haqiqatning o‘rnini germenevtik haqiqat egallashi kerak, muqarrar ravishda 
vujudga kelgan, etnotsentrik va o‘z vaqtida anglangan sabab hech qachon betaraf bo‘la 
olmaydi, deyishadi. Estetik va intellektual qiymat haqidagi qarashlar ijtimoiy voqeliklar 
timsolidir. Fridrix Nitsshening yangi «Asarlar to‘plami»da bir vaqtlar uning qulog‘iga 
chalingan mana bu so‘zlar keltiriladi: «Men shamsiyamni unutib qoldiribman»
[28]

Ma'rifat ratsionalizmining tutilishi (oy, quyosh tutilishiga muqoyasa qilinyapti. -  Tarj.
shunchalik mukammalki, Liotar postmodernizm hozirgi kunning o‘tmishdoshi deb xitob 
qiladi, uning nazaridagi voqelikni  tekis  va uzuq-yuluq his qilish  ixtiyoriygina emas, 
xom-xatala xulosa hamdir, u ibtidoiy odamning intuitsiyasini to‘g‘ri deb maqtaydi, 
chunki uni ishonch bilan sub'ektiv deb baholaydi.
[29]
 
Barcha diskurslarning radikal tengkuchliligi bizning hozirgi sharoitda ancha ko‘zga 
tashlanib qolgan madaniyatning globallashuvi bilan bog‘liq asabiylashuvimizga taskin 
beradi. Liotar: «Eklektizm bugungi madaniyatning 0 darajasidir», deb jar soladi.  
Bugungi kun kishisi regga
[30]
ni tinglaydi, vestern kinosini tomosha qiladi, tushlikka 
Makdonald taomi, kechki ovqatga esa mahalliy oshxona taomini iste'mol qiladi, Tokioda 
Parij atrini sepadi va Hong-Kongda «retro» kiyimlarni kiyadi.
[31]
 
Tafakkur biqiqlashuvi va ommaviy axborot vositalarining oddiy xalq saviyasi darajasiga 
tushishi  oqibatida adabiyot va san'atning qadrsizlangani uchun o‘tgan avlodlarga 
o‘xshab ko‘z yosh to‘kib o‘tirish kerak emas, deydi Liotar. Bugungi kunning savoli 
«Go‘zallik nima?» emas, aksincha «Nimani san'at deb atash mumkin?»dir va bu savolga 
istalgancha javob olsa bo‘ladi. Narsalarning yalpi siyqalashuvi bir to‘xtamga keldi va u 
hamma narsani shoh asarga aylantira oladigan xususiy germenevtik tanlovlar 
qonuniyligi tufayli chidab bo‘ladigan bir holga aylandi. Shunday qilib, Yeyldagi ingliz 
adabiyoti toliblari Niyu Heyvn telefon ma'lumotnomasini o‘rganish mumkin bo‘lgan matn 
sifatida baholashi va fakultet (ma'muriyati) bunga rozi bo‘lishi mumkin. Ma'noning 
yo‘qligi yoki mushkullik mavjudligi o‘rganilayotgan narsaning emas, o‘rganuvchining 
xatosidir. 
Ma'rifatdan so‘nggi «sababdan parvoz qilish»ning epistemologik (bilish nazariyasi) 
barbod bo‘lishini ham shu bilan izohlash mumkin. Uning ilohiyotshunoslik va etikaga oid 
tusam - istaklari ravshanligi barobarida tashvishli hamdir.  Gadamer «Ma'rifatning 
oldindan chiqargan hukmi oldindan chiqarilgan hukmning o‘ziga qarshidir» degan 
mulohazasini oldindan hukm chiqarishni erkinlashtiruvchi deb hisoblagan  Derrida va 
Liotar singari mualliflar yo‘qqa chiqarishgan edi, chunki u hamisha estetika va mahalliy 
tafakkurga asoslanadi, busiz hayot  quruq bo‘ladi va ko‘ngilni aynitadi. Salmon Rushdiy 
satiraga rablecha qo‘l urganidan buyon quruq tahlildan ko‘ra yumor va istehzo mavjud 
qotib qolgan qarashlarga ko‘proq zarba beradigan bo‘ldi. Rushdiy namunasi barchasidan 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
20
muhimdir, chunki u absurd darajasiga tushirmoqchi bo‘lgan metanarratsiya asosiy va 
total logotsentrizmni qo‘llab-quvvatlashda o‘ta o‘jar, to‘lqinlardan yuksak turuvchi, o‘tkir 
va hatto xavfli qoyadir. 
Musulmon mutafakkirlari uchun postmodernizmning ahamiyatini bir qancha yozuvchilar, 
shu jumladan, Britaniyada Akbar Ahmad asoslab berishdi. Sayyid Husayn Nasr uning 
taktik ustunliklarini tavsiflab berdi, u bu hol sharqshunoslik uchun xatarli oqibatlariga 
olib kelishi mumkinligini ta'kidlaydi. Islom tafakkuriga oid g‘arb tadqiqotlari yaqin-
yaqingacha dalilning Yevropada poyoniga yetib borayotgan teleologiyaga ega bo‘lgani 
muhimdir, degan farazga suyanib keldi. Biroq Ma'rifatning barbod bo‘lishi 
yevrotsentrizmning tugashiga sabab bo‘ldi.  Postmodernizmning dialog xarakterga ega 
va yaltiroq «bir necha mualliflik utopiyasi» shuni talab etadiki,  yangi ming yillikda 
Sharqni tadqiq qilayotgan G'arb olimi «nomavjud» tazkirachi bo‘lib qoladi, ilm izlashi uni 
hayrat holatidan olib o‘tib, haqiqatning o‘zidan emas, barcha haqiqatlarga talabgorlikdan 
fano holatiga yetkazadi. Islomga oid ilmiy tadqiqotlar bugundan e'tiboran qadriyatlarga 
qoziliq qilishga yoxud hechqursa ularni mazaxomuz tan olishga chek qo‘yishi va 
an'ananing o‘z-o‘ziga bergan bahosi sharqshunosning bahosidan kam emasligini, hatto 
baland ekanini ko‘rsatib berishi kerak, chunki  ko‘pchilik unga germenevtik nuqtai 
nazardan rioya qiladi va u ijtimoiy jarayonlarga ta'sir ko‘rsatadi. Shu nuqtai nazardan 
qaraganda, Dekart: "Yer yuzida qalbaki tekstual ustunlikka erishish uchun asboblar 
yasagan" imperialist edi. Bugungi tafakkurga nisbatan kuchli aksil-evrotsentrik 
biryoqlama qarash mavjud, u G'arbni, Richard Rorti ta'biri bilan aytganda, "barcha 
madaniyatlarni yamlamay yutadigan yebto‘ymas maxluq"qa o‘xshatadi.  
Shunday qilib, postmodernizm  sharqshunoslik va islomofobik ta'limotning intellektual 
asosi barbod bo‘ladi, deb va'da beradi. Metanarratsiyalardan uzoqlashish oqibatida 
paydo bo‘lgan huquqiy diskurslar o‘rtasidagi ziddiyatlar, masalan, islom va feministik 
tafakkur o‘rtasidagi qarama-qarshilik keskinligicha qolaveradi, biroq bunday bahslar 
o‘zini u yoqdan-bu yoqqa urish yoki Rorti aytmoqchi, «osmon qaroqchilari»dan 
foydalanish - yuksak  bilish nazariyasiga murojaat qilish orqali hal etilmaydi, biroq 
kamsonli millatlar qarashlarini inkor qilishi mumkin bo‘lgan utilitar huquqlar 
xartiyasining murosaga oid moddalari  orqali ko‘rib chiqiladi. 
Bu BMT xartiyasini tuzishga jalb etilgan xalqaro axloqshunoslarning ko‘zqarashidir; ular  
endilikda BMTning mohiyatan yevrotsentrik ekanini ta'kidlashmaydi; bu tashkilot global 
jihatdan o‘zaro kelishuv asosida faoliyat yuritishga intilmoqda. 
G'arb preskriptivizmi
[32]
ning islomga qarama-qarshi o‘laroq yemirilib borishi g‘alati 
ko‘rinadi va amaliy nuqtai nazardan umid uyg‘otadi. Sharqshunoslarning eng yangi 
avlodi orasida Jon Renar singari "ko‘p madaniyatlarga mansub" olimlar eski 
yevrotsentrizm g‘oyalarini keskin rad etishni taklif etadi, boshqa fanlarga qaraganda, 
sharqshunoslik tadqiqotlari, xususan, O'rta Sharq tadqiqotlari umumiy intellektual 
tamoyillardan butunlay uzilib qolmoqda va ko‘pchilik hollarda Bernard Liyusga o‘xshash 
kishilarning hamma narsani o‘z qarichi bilan o‘lchash hollari ham uchrab turibdi.  
Biroq kelgusi yillarda g‘arbiy islom tadqiqotlari unga nisbatan hurmat bilan qarasa va uni 
o‘z qarichi bilan o‘lchash fikridan yiroq bo‘lsa, xursandchilik bilan qarshi olinadigan 
evrilishga sabab bo‘lgan  keskin intellektual o‘zgarish  ko‘pincha muammoli ko‘rinishga 
ega bo‘lgan oddiy murosa va hurmatdan tashqari tsivilizatsiyalarning haqiqiy dialogiga 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
21
zamin hozirlab beradi. Biz yashab turgan ming yillikning birinchi yarmida musulmonlar, 
yahudiylar va xristianlar asosan, bir tilda, yunon tafakkuri kategoriyalarida ifodalangan 
somiycha vahiylar vositasida so‘zlashishgan, shuning uchun ibn Rushdni monastirlarning 
lotin tiliga ravon tarjima qilish mumkin edi. 17-asrdan so‘ng islom va G'arb og‘ma 
traektoriya bo‘ylab harakat qila boshladi. 19-asrda va 20-asrning aksariyat qismida ikki 
dunyo o‘rtasidagi uzoq qarindoshlik Yevropaning, musulmon tafakkuri biror jiddiy ishni 
qilgani yo‘q, qabilidagi  imperialistik  ta'kidlari bilan niqoblanib keldi. Bundan 
imperiyaparastlik dardiga mubtalo bo‘lmagan Shveytsariyaga o‘xshash ayrim 
mamlakatlar mustasnodir. Tarix va postmodernizm imperializmni bir chetga supurib 
tashladi, biroq u bilan birga dialog uchun mavjud bo‘lgan bilish asosi ham yo‘q bo‘lib 
ketdi, endilikda G'arbdagi yetakchi tafakkur maktabi din bilan qanday munosabat 
o‘rnatishni bilolmay garang. 
Shundan beri postmodernizm, yangi, globallashgan ming yillik boshlanmoqda, 
madaniyatlar haqiqiy dialog imkoniyatidan mahrumdir, deb uqtiradi. Modomiki, 
xristianlik va boshqa an'analar aksilrealistik mavqeni egallamagan ekan, ular bilan o‘zaro 
dialog mumkinligicha qolaveradi, Hans Kung ta'kidlaganiday, zamonlarga xos bo‘lgan 
teizmlar o‘rtasidagi inkor ruhini inkor qilish uchun birgalashib kurashish eng dolzarb 
vazifadir. Biroq Farid Esak da'vo qilayotganiday, dialog faqatgina erkin va bir-biriga 
yaqin an'analari o‘rtasidagina emas, konservativ va logotsentrik
[33]
 e'tiqod sohiblari 
o‘rtasida ham muvaffaqiyat qozonishi mumkin. 1994 yili Qohirada bo‘lib o‘tgan Aholi 
konferentsiyasidagi madaniyatlararo muvaffaqiyatli hamkorlik dindor liberallar
[34]
 
o‘rtasida emas, aksincha, ishtirokchilarning eng konservativ qismi bo‘lmish musulmonlar 
va Vatikan vakillari o‘rtasida bo‘ldi. Modomiki, davrimizning axloqiy relyativizmi 
murosasizlashib borayotgan ekan, turli dinga mansub an'anachilarning bunday 
hamkorligi foydadan xoli bo‘lmaydi.  
Agar hozirgi paytdagi musulmon va xristianlarni ayni bir devor tomon tisarilishga majbur 
etayotgan umumiy xavf mavjudligi tufayli  dialogga imkon tug‘ilgan bo‘lsa, bu imkonni 
postmodernizmni, undan ham ahamiyatlisi, ratsionalizmni qabul qilish yo‘qqa chiqaradi.  
Xristian mutafakkirlarini, ba'zi hollarda o‘z ilohiyotshunosligini Ma'rifat loyihasiga 
bog‘lagan Muso Mendelson singari yahudiy mutafakkirlarini bugun hech kim bilmaydi. 
Bultmann, Raner va, xususan,  fon Baltasar vaqti-vaqti bilan Ma'rifat loyihasiga hujum 
qilgan o‘tmishdoshlaridan kam ahamiyatga ega bo‘lmagan tarzda uni himoya qilishga 
majbur kishilar sifatida paydo bo‘lib qoladi. Ilohiyotshunoslar «yangilikchi», ayni paytda 
dunyoviy mutafakkirlar, Liotar ta'birini esga olib aytganda, aporetik
[35]
 eskilikchi bo‘lib 
qolishdi.  
Anas Karij, Najib al-Attas  singari ayrim musulmon mutafakkirlari G'azzoliyning yunon 
loyihasi xususidagi shubhasini uni himoya qilish deb tushunishdi va bu tushuncha muhim 
ahamiyatga ega edi. G'azzoliy ratsional haqiqat da'vosining go‘yoki fundamental 
haqiqatlar biz ularni anglab oladigan jarayonlarga qorishib ketganiga oid  isbot qilib 
bo‘lmaydigan maqomini belgilab beradi. Saljuq ziyolilari va so‘ngra usmonlilar va mo‘g‘ul 
tafakkuri shakllanishida ulgi vazifasini o‘tagan G'azzoliy hatto Ibrohim Madkur singari 
ba'zi musulmon mutafakkirlari tomonidan ham Dekartning o‘tmishdoshi deb tan olingan. 
Biroq G'azzoliyda o‘zlikni anglashga dekartcha ishonish ko‘zga tashlanmaydi, binobarin, 
u inson shuurining tushunib bo‘lmaydigan va tutqich bermas tabiatini batafsil bayon qilib 
bera olmasdi. Garchi G'azzoliyni o‘qigan yoki o‘qimagan Leybnits uni xotirlab o‘tsa-da, 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
22
uning ruhiy empirizm deb tavsiflash mumkin bo‘lgan zavqni afzal bilishi bilan, 
Dekartning faktning ilk asoslardan kelib chiqishi o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik yo‘q.  
G'azzoliyning o‘rta asrlar islomining ilmlar doirasida doimo teologik paradigma domidan 
qutulish payida bilish nazariyasining bus-butun loyihasiga solinajak xavf ehtimolini 
bartaraf etish yo‘li bilan yunon ratsionalizmini assimilyatsiya qilgani to‘g‘risidagi fikrni 
ko‘pchilik iqtibos qilib keltirishni xush ko‘radi.  Uni umumlashtiruvchi taqqos sifatida 
tushuntirish mumkin: xristain mutafakkirlari gapni Sababdan, musulmon mutafakkirlari 
esa Borliqdan boshlashga moyildirlar. Boz ustiga, ushbu Borliq, oldin damashqlik Jonning 
intellektual koinot va undan yaralgan g‘ayritabiiy olam g‘oyasi singari ikki bo‘lakka 
bo‘linmaydi. Bu g‘oyani Duns Skotus
[36]
 shubha ostiga oladi, biroq Tomas Akvinas 
to‘g‘ri deb hisoblaydi. muvaqqat jarayon sifatida yaratilgan borliqni vujuddan ko‘ra 
mavjud deb ash'ariylarcha
[37]
 okkazional
[38]
 oyoq tirab turib olgan kalom 
mutafakkirlari oxirigacha tafriq etilmagan borliq tushunchasini asosiy deb biladi.  
Oqibatda ko‘pgina G'arb mutafakkirlaridan farqli o‘laroq, musulmonlar, xudo va olam - 
borliqning turli tarzlari, qabilidagi ko‘p qirrali muammolar bilan boshini qotirmaslikka 
moyil bo‘lib qolishdi. Boz ustiga, ularning 4-asrdan boshlab qaror topgan 
epistemologiyasi borliqdan tashqariga chiqish va shu orqali uning mavjudligini bilish yoki 
shu masalada ba'zi bir xulosalarga kelishga oid ratsionalistik urinishlarga teran shubha 
bilan qarab keldi.  
Islom tarixining ikkinchi yarmida ba'zan teosofik yondashuv deb ataluvchi atama 
«ratsionalizm»ni qo‘llab-quvvatlovchi falsafa tamoyilining oyog‘ini osmondan qildi. 
Shamsiddin Shahrazuriy (vafoti milodiy 1288 yil) ning  «Ash-Shajara al-Ilohiyya» nomli 
nufuzli asari buning yorqin namunasidir. Shahrazuriy Aristotelning yordam berilmagan 
aql hech narsani bila olmaydi, degan aqidasini keskin tanqid qiladi va ruhning faoliyati 
orqali Borliqning mavjudligi va tabiatini intuitiv bilishning bevosita qayta tiklanish 
nazariyasini rivojlantiradi. Husayn Ziyoiy ta'biri bilan aytganda «qayta tiklangan yoki 
biluvchi sub'ektning ichki nigohi orqali ko‘rilgan bilim barcha keyingi falsafiy 
konstruktsiyalar uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
[39]
  
Taqlidni tahqiqqa eltuvchi yo‘l deb biluvchi ushbu ravshan fideizm
[40]
 («mistika» 
atamasi juda ko‘p savollarni o‘rtaga qo‘yadi) barcha islomiy bilish nazariyalarining asosi 
bo‘lib xizmat qiladi; bu Shahrazuriyning aqidasidir, biroq bu kalom ilmiga oid keyingi, 
masalan, Shahristoniy tadqiqotlarida ochiqcha ko‘zga tashlanmaydi, u Shahrazuriy, 
Mulla Sadra, Shayx G'olib va 18-asrda yashab o‘tgan musulmon ma'rifatparvarlari 
ijodida aniq tavsiflab beriladi.  Uning muvaffaqiyati mutazaliylarning isalat ul-aql, ya'ni 
aqlning birlamchiligi g‘oyasi tanazzulga yuz tutishi va alal-oqibat  Aristotel izdoshi 
bo‘lgan arab faylasuflarining o‘z dindoshlariga nisbatan Yevropaga ko‘proq ta'sir 
o‘tkazgani  bilan asoslanadi. Bu ham vahiylarga, Qur'onga va hadislarga ko‘proq e'tibor 
berilgani natijasidir. Oqibatda ulardan ibn Sinodan ko‘ra Ishraqiy ko‘proq iqtibos ola 
boshladi. G'azzoliy tafakkurining batafsil va qoniqarli  bayon qilinishi natijasida  qonun, 
ilohiyotshunoslik va ma'naviy diskurs, ushbu uchta tushunchaning so‘nggisida qat'iy 
qaror topgan epistemologiya o‘rtasidagi barqaror munosabatlar butun islom dunyosida 
to shu kungacha davom etib keldi. 
Islomning bugungi kunda ko‘pgina zamonaviy qarashlarni sarosimaga solarak, davomli 
tarzda kuchayib borishiga ishonch  Allohning irodasi va inoyati bilan yangi asrda ham 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling