Xxi-asrda islom


Rasululloh shafoat sohibi sifatida


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31

Rasululloh shafoat sohibi sifatida
 
Rasulullohning qiyomat kuni gunohkorlarning gunohini so‘rab oluvchi bo‘lishiga oid 
aqidasini barcha an'anaviy hokimiyatlar tan oladi. Ko‘plab diniy asarlarning yaratilishiga 
aynan ana shu mavzu - shafoat masalasi asos sabab bo‘lgan. Men bu o‘rinda shoir 
Abdurahmon Jomiy (vafoti 1492 y.) ning shu mavzuga bag‘ishlangan she'riy dostonidan 
misralar keltirmoqchiman. U fors hamdlarining barchasini qog‘ozga to‘kadi, lekin shunga 
qaramay, so‘zlarining samimiyligi yaqqol sezilib turadi. 
O payg‘ambarlar muhri, saxiy e'tiboringizni darig‘ tutmangizkim, Allohning rasuli 
vafotidan so‘ng dunyo  yetim qoldi. 
Siz ularning va ular muhrlarining so‘nggisi edingiz. 
Siz nega baxtsizlik domiga cho‘kkan va omad yuz o‘girgan  ummatlaringizni nazar-
pisand qilmay tashlab ketdingiz? 
O, rasuli akrom, siz o‘zingizning abadiy navqironligingiz bilan bu dunyoning ko‘rkisiz, 
orom uyqusidan turingiz, bizning yuraklarimizni yo‘lboshchilik nuringiz bilan to‘ldiringiz. 
Hayot va kunduzning nuri bo‘lgan, Alloh yorlaqagan siymongizni ko‘rsatmoq uchun 
nigohingizni Yaman jubbasidan ko‘taringiz. 
Bizning pushaymonlarga to‘la tunlarimizni (Alloh) yorlaqagan kunduzlarga aylantiringiz, 
kunduzlarimizga omaddan toj kiydiringiz. 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
37
Endi esa egningizga xushbo‘y atirlar anqigan kiyimlaringizni, boshingizga esa oq 
dastorni  kiyingiz. 
Sochingizning qoramtir va bebaho jingalalari osilib tursin, ularning soyasi muborak 
poyingizga tushsin. 
Oyoqlaringizga Toif tog‘ining chorig‘ini kiying va ularning ipi o‘rniga sizga sadqa bo‘lgan 
jonimizni bog‘langiz. 
Butun koinot sizning oyoqlaringiz ostiga sochilmoq istaydur va u sizning bosib o‘tishingiz 
sharafiga muyassar bo‘lmoq ilinjidadir. 
O'z qabringizdan turib, rasullulloh masjidiga tashrif buyuringiz, tokim bizlar  poyi 
qadamingizga boshimizni qo‘yib, lablarimizni bosaylik. 
O rasuli xudo, ehtiyojmandlarga boshpana berib, sizga bo‘lgan muhabbatga limmo-lim 
yuraklarga tasalli beringiz. 
Bizlar - gunohlarimiz ummoniga  g‘arq bo‘layotgan gunohkorlarmiz. Sizning 
hidoyatingizga amal qilishga bo‘lgan intilish chanqog‘i bosilmaydur. 
Sizning xoki poyingizga kelib, ko‘zimni Madina tuprog‘i bilan poklaydigan kun men uchun 
eng muborak kundir. 
Sizga bo‘lgan muhabbat jazavasidan hushimdan ayrilib, yuragim to‘lqinlanib, vujudim 
his-hayajonga to‘lib, qabringiz va Yashil gumbaz atrofini kezajakman. 
Sizning sharafli mehrobingizga borib, sizga bo‘lgan muhabbatimdan oqarib ketgan 
yuzimni unga qo‘yaman va u sarg‘ayib, tillo rangini oladi.  
So‘ngra o‘z qalbimning amrini ado etarak, siz salot qilgan joyga borib va u yerda turib, 
qadamjongizni qonim bilan yuvajakman. 
Garchi ayni paytda mening vujudim sizning huzuringizda hozir bo‘lmasa-da, Allohga 
shukrlar bo‘lsinkim, ruhim men uchun o‘sha joydadir.  
Allohim sizni ko‘pgina yomon gunohlarimizni so‘rab olguvchi qildi, aks holda biz yo‘q 
bo‘lib ketar edik.  
Biz o‘z gunohlarimizga o‘ralashib qolganimizda, siz salot uchun boshingizga (salla) o‘rab: 
«Mening ummatlarimni kechir, Allohim, ularni kechir!» deya xitob qilgancha qiyomat 
maydoniga yetib kelasiz.  
Shoyadki, Jomiy ham sizning muborak sa'y-harakatlaringiz va ulug‘ zotlarning yorlaqashi 
tufayli shafoatga erishganlar va afv etilganlar safida bo‘lsa.2 
  
Rasululloh shaxsiy namuna sifatida 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
38
Aksariyat ilohiyotshunoslar payg‘ambar ayni paytda o‘z qabrida barzax, ya'ni ushbu va 
narigi dunyo oralig‘ida - «bo‘g‘iz»da  istiqomat qilayotganini tan olishadi. 
Musulmonlarning ulug‘larga hurmat yuzasidan payg‘ambarning yo‘l ko‘rsatish uchun  
ruhoniylar tushiga kirib turishiga ishonishi ko‘p uchraydigan holdir. Mana bu qirq kunlik 
chilla o‘tirishda yuritilgan kundalikning zamonaviy misolidir: 
Men salot qilishim bilan ko‘z oldimda aniq va tiniq bir qiyofa namoyon bo‘ladi: ul zotning 
nozik, ayni paytda baquvvat, terisi bir oz qoraygan qo‘llari, xuddi shunday yalang 
oyoqlarini va qo‘ng‘ir charmdan tikilgan chorig‘ini ko‘ramanJuda yaqin turganim tufayli 
bo‘lsa kerak, yuzi va boshini ko‘ra olmayman. Biroq o‘zimni ko‘raman. Ul zot meni 
qizaloqlik paytimda buvam tizzasiga olib o‘tirganday tizzasiga olib o‘tiradi va bag‘riga 
bosadi. Payg‘ambarning tizzasida o‘tirgan holatimga nigohim tushishi bilan men 
o‘zimning ko‘z o‘ngimda yasharib ketaman. Nihoyat, uzoq yillar oldingi jamalaksoch 
qizchaga aylanib qolaman. [...] 
Men ul zotdan o‘z yuragini ko‘rsatishni, meni yurak hasbi holi va faqirlikka o‘rgatishni 
iltimos qilaman. Ul zot ko‘kragini ko‘rsatish uchun ko‘ksini ochadi, uning yuragi shu'la 
taratuvchi va aks ettiruvchi ko‘zguga, o‘zining otashin tafti bilan har qanday narsani 
kuydirib kul qiluvchi, tasviriga til ojiz darajadagi toza, kumushday shaffof nur taratuvchi 
quyoshga o‘xshar edi. Uning otashiga chidab bo‘lmas, shu bilan birga, qarshilik ham 
ko‘rsatib bo‘lmas edi go‘yo. U har bir ortiqcha narsani kulga aylantirar hamda bo‘m-
bo‘sh va toza narsalarni yoqib yuborar edi. Men ul zotning porloq, har bir narsani teshib 
o‘tuvchi nurli qiyofasi oldida hamda kuchli qo‘llarida o‘zimni ancha vaqt bexatar 
sezdim.
[54]
 
  
Sirlilikning prototipi sifatida 
Aytishlaricha, Rumiy Amerikada eng ko‘p o‘qiladigan shoir ekan
[55]
, biroq uning yangi 
asrda tarjima etilayotgan she'rlari, to‘g‘rirog‘i, she'riy «versiyalari» ham Amerikaning 
islomni astoydil yomon ko‘rishini inobatga olib, amalga oshirilmoqda, ya'ni bu 
tarjimalarda islom shoir qarashlarining asosi sifatida asarlaridan chiqarib tashlangan. 
Uning asarlari asliyatda mag‘rur jaranglaydi, u bizga ekzoterik
[56]
 huqushunoslik 
doktorining gaplarini ma'qullab  bosh irg‘ashi kabi emas, aksincha Rumiyning ideali, 
«Allohning usturlobi», komil avliyoning ruhiy da'vati bo‘lib jaranglaydi. Rumiy: «Ul zot - 
mening habibim,  ul zot mening tabibim, ul zot mening ustozim, ul zot mening dardimga 
darmondir», deb xitob qiladi. «Ul zotning hayoti bir qator tasvirlardan iboratdir, uni 
tushunish kuzatuvchini butunlay o‘zgartirib yuboradi, ul zot «faylasufning toshi» bo‘lib, 
qo‘rg‘oshin yuraklarni oltinga aylantiradi.  
Bir necha uzun hadislarda payg‘ambarning Quddusdan Me'rojga chiqqani xususida 
hikoya qilinadi. Xususan, Jabroil Allohning huzuriga borganida Muhammadga hamrohlik 
qila olmagani qayd etiladi. Rumiy payg‘ambarning maslagida eng ilohiy lahza sifatida 
uning sirli parvozini ko‘rsatadi:  
Muhammad Lot daraxti, Jabroilning qo‘riqchilik marrasi, maqomi va  chegarasidan 
o‘tgach, Jabroilga: «Yuring, mening ortimdan uching!» dedi. Jabroil: «Boravering! 
Boravering! Men sizning tengingiz emasman», dedi. Ul zot: «Keling, o pardalarni 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
39
yoquvchi zot! Men hanuz zirva - eng yuqori nuqtaga yetmadim», dedi. Jabroil: «O, sizga 
hamdu sanolar bo‘lsin! Men ushbu chegaradan nari o‘tsam, qanotlarim kuyib kul 
bo‘ladi», deb javob qaytardi. [...] 
Muhabbatning mashaqqatli bo‘ronida aql pashshaga aylanadi. Aqllar u yerda qay tarzda 
sayr qilishi mumkin? 
Sayohat Lot daraxtidan o‘tgach, Jabroil Muhammaddan ortda qoldi: «Agar men 
sayohatni davom ettirsam, kuyib kul bo‘laman, u joyda faqat muhabbat va yo‘qlik bor». 
Rumiyga ko‘ra, Jabroil - aql timsoli, aql, barcha mistik qarashlarning  ko‘hna tashbehiga 
asosan, Allohga yetib bora olmaydi. Faqat payg‘ambarning muhabbatdan iborat bo‘lgan 
sirli oti - Buroq Lot daraxtidan keyingi manzillarga bo‘lgan sayohatni amalga oshirishi 
mumkin. 
Ushbu sacrificium intellectus
[57]
 dan so‘ng Rasululloh yanayam mo‘‘jizaviy bir 
tarzda dunyoga qaytadi, ul zot musulmon avliyosining asl namunasidir. Esingizda bormi, 
buddaviylikda ham boddhisatva
[58]
 nirvanaga erishganidan so‘ng orqaga qaytadi. 
Chunki yuksak hamdardlik hissi uni ma'rifatsiz kishilarning xizmatida bo‘lish uchun 
qaytaradi, ayni shu hol payg‘ambarni mistikaga - fanodan so‘ng baqo paradigmasini 
yaratish uchun yerga qaytishga undaydi. 
Uning payg‘ambarlik ishi «oshiqcha yukni yelkaga olishdek aziyatli va iztirobli»dir, 
zohidona va mistik hayotni sevishning bahosi shu. Rumiyning aytishicha, payg‘ambar 
hayotining Makkadagi zahmatlardan boshlangan jug‘rofiyasi ruhiy sayohat namunasi 
sifatida muhim ahamiyatga ega: 
Rasululloh Madina tarafga safar qilmadi, 
Biroq bir podsholik topib, yuzlab zaminlar hukmdori bo‘ldi. 
Makka payg‘ambar tavallud topgan joy, bog‘-rog‘lar vatanidir. So‘fiylar undan yam-
yashil vohaga yetib borish uchun  sahroga yo‘l olishadi. Bu voha - jannat nishonasi, u 
so‘fiy(lar)ning ruhiy podsholigi, birodarlik makoni va mangulikni kutish joyiga aylanadi. 
Biroq payg‘ambar butlarni vayron qilgani hamda unga yo‘ldosh bo‘lmagan va hanuz 
«soyada yashab yurgan» kishilarga podsholik haqidagi xabarni yetkazgani Makkaga 
qaytib keladi. 
Rumiyga ko‘ra, Madinaga hijrat qilish via purgativa
[59]
ning bir ko‘rinishidir. Ushbu 
shaharda Alloh tartibini o‘rnatish uchun kurash uni namoyon qilguvchi har bir yurakda 
ham xuddi shu tartibni o‘rnatish bilan chambarchas bog‘liqdir. Rumiy bilgan Alloh odil, 
ba'zan shafqatsiz, shuningdek, rahmdildir. Shuning uchun ham uning noibi (xalifasi
bo‘lgan payg‘ambar o‘z tiynatida Ul zotning komilligini gavdalantirishi, shuning 
barobarida Yer yuzida Ulug‘ Janob (jalol)ning ilohiy ismlarini va ularning go‘zalliklari 
(jamol)ni ommalashtirishi kerak. Shundan beri Alloh kechiradi, payg‘ambar ham 
kechiradi, Alloh odillik qiladi, payg‘ambari ham odillik qiladi. U «Allohning Yer yuzidagi 
yaxshilik va yovuzlik tortiladigan tarozisidir». Uning qo‘lidagi Qur'on dindoshlariga Va'da 
etilgan Zaminga yo‘l ko‘rsatgan Musoning hassasi kabidir, Ayni paytda u maqtanchoqlik 
va e'tiqodsizlik tufayli gunohga botganlarni yamlamay yutadi.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
40
Shundan buyon payg‘ambarning, xuddi  Musoniki singari, odamlarni yo‘ldan ozdiruvchi, 
manman, yorug‘likdan shaytonlarcha qo‘rqadigan dushmanlari bor. Biroq u, garchi 
adolatga tayansa-da, butunlay betarafdir. Uning o‘zi - «oy, hamrohlari esa yulduzlar 
kabidir, osmon jismlarini itlarning hurishi o‘z yo‘lidan qaytara olmaydi»
[60]
.   
Insonlar sarvari bo‘lmish janob payg‘ambar Allohning buyukligini o‘zida mujassam etadi. 
Biroq Rumiy bu holni Rasulullohning teomorfik
[61]
 tiynati isboti deb hisoblasa-da, aslida 
payg‘ambar  Alloh rahmdilligining  xazinabonidir; Allohning o‘zi esa qahhordir, Ul zot o‘z 
payg‘ambariga «mening rahmim qahrimdan ko‘proqdir»,  deydi.  
Muhammad «dunyolarga rahmat» qilib yuborildi
[62]
  va u Mutlaq Haqiqat Ummonidan 
dunyo ahliga marvaridlar, baliqlarga esa osoyishtalik ulashib turadi
[63]
 
  
Keyingi mulohazalar 
Ba'zan protestantizmning muqaddas bitiklariga o‘xshash narsalar ta'sirida noto‘g‘ri 
shakllangan dunyoviy qarashlar zamonaviy G'arb  sharhlovchilarini Rumiy va an'anaviy 
islom tarafdorlariga qadrli bo‘lgan mavzulardan yiroqqa boshlab ketib qoldi. Bunday 
sharhlovchilar musulmonlarning xudojo‘yligiga befarq qarashgan holda payg‘ambarning 
karomatlarga to‘la ma'naviyatiga qiziqmaydi.
[64]
 Freydga ko‘ra, Eros va Tanatos 
insoniyatning es-hushini band qilib olgan, bizning buyukligimiz va zaifligimiz uchun 
mas'ul bo‘lgan egizak tushunchalardir. Ba'zan payg‘ambarimizga berilgan xristianlik va 
xristianlikdan keyingi davr baholari ikkala holda ham salbiy ko‘rinishga ega bo‘ldi.  
  
Eros 
Ibn Arabiy singari mistiklarga ko‘ra, payg‘ambarning muborak jinsiyati Alloh bilan 
mushtaraklikning puxta va aniq erotik ramzi ekani xristianlikka qarshi tangrining o‘zi 
boshlagan ritorik munozaradir. Bu hol Rasululloh zamoniga kelib jinsiy faollikni haqiqiy 
gunoh deb, bokiralikni  esa farishtalarga xos fazilat deb  hisoblash odatga aylangani 
bilan izohlanadi. Payg‘ambar ko‘pchilik hollarda zohidona turmush kechirar, 24 soatlik 
«Dovud ro‘zasi»ni tutar, lekin buni sahobalariga taqiqlar edi. Bizga aytishlaricha, uning 
uyi derazasiz, shifti past, qopning bir bo‘lagi eshik vazifasini o‘tar edi. Hozirgi kunda 
roviylarning ma'lum qilishicha, payg‘ambar osoyishta lahzalarda namoz o‘qiyotib, yosh 
xotini Oyshaga tanbeh berish maqsadida uning oyoqlarini chetga surib qo‘yar ekan. Bu 
o‘z uyida tanho kurashayotgan sahro otalari sadoqatining olis hayqirig‘idir.  
Hans Kung payg‘ambarning «hissiy turmush tarzi»ni missiyaga qarshi haqiqat deb 
baholaydi va ming yillik xristian munozarasini zaif bir shaklda davom ettiradi. An'anaviy 
musulmonlar ko‘pxotinlik Rasululloh komilligining shubhaga o‘rin qoldirmaydigan belgisi 
hamda Ibrohim va Sulaymon payg‘ambarlarning favqulodda go‘zal  patriarxati davom 
ettirilgani isboti deb biladi. Biroq o‘rta asrlarda yashagan xristianlar ham avliyolik, ham 
jismoniy yetuklik mujassam bo‘lishini tasavvur qilisha olmas edi. Payg‘ambar o‘z 
ummatlarini «tabiat bog‘i»da yashashga undar, u les venerea juma kuni (jamoa bo‘lib) 
namoz o‘qishni Venera - Zuhro sayyorasi kunidan olgan edi.
[65]
 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
O'rta asrlarning shunga o‘xshash munozaralari jinsiyatga bo‘lgan munosabatning xristian 
dunyosini sarosimaga soladigan tarzda keskin o‘zgarishi oqibatida tumanday tarqab 
ketdi. Bugungi kunda har bir kishi inson tabiatining tarixan ko‘klarga ko‘tarib maqtalgan 
nikohsizlik va'dasi tufayli buzilishi oqibatida qanchalar nadomat chekkanini ko‘rishi 
mumkin
[66]
 va Kungning taraddudlanishi hozirda yo‘qolib borayotgan behuda 
uyatchanlik sarqiti bo‘lishi mumkin. Bu o‘rinda gap jinsiy baquvvatlikning ma'naviyat 
bilan uyg‘unligi xususida emas -  islom bu munozarada g‘alaba qilgan ko‘rinadi - 
aksincha, ko‘pxotinlikning axloqiy maqomiga borib taqalmoqda. Men bu o‘rinda 
Bosniyaning madaniyat vaziri bilan bo‘lgan suhbatimni esga olmoqchiman. Bundan 
boshqasi gapimni tasdiqlash uchun dalil bo‘la olmaydi. Uning aytishicha, Bosniya 
hukumati muslima ayollar guruhlarining ko‘pxotinlikni qonuniylashtirish bilan bog‘liq 
kuchli bosimi ostida bo‘lgan, biroq mahalliy xristianlar va xalqaro kuzatuvchilar bunga 
qarshi bo‘lgani uchun ularning talabi amalga oshirilmagan. Bosniyada ro‘y bergan urush 
ayollar sonining erkaklarga nisbatan oshib ketishiga sabab bo‘lgan. Aytishlaricha, Iroqda 
bunday tengsizlik bir million kishidan iborat ekan. Menga hamsuhbat bo‘lgan bosniyalik 
vazir: «Har doim tokchada turgandan ko‘ra yarim erkakka ega bo‘lish yaxshiroq», degan 
edi.
[67]
  
Islomdagi ko‘pxotinlik ham  undan oldin qaror topgan yahudiylar ko‘pxotinligi kabi 
qabilalarning o‘zaro urushlari oqibatida vujudga keldi, Bunday ko‘pxotinlik beva 
ayollarning jamiyatga qayta qo‘shilishini ta'minlab bergan yagona mexanizm edi. 
Payg‘ambar arab yo‘lboshchisiga xos faoliyat ko‘rsatar edi. Ul zotning bitta xotinidan 
boshqa barchasi  beva ayollar edi. O'sha vaqt nuqtai nazaridan qaraganda, 
aksariyatining yoshi ancha o‘tib qolgan   edi.  
Zamonaviy apologetika
[68]
ning tabiati shunaqa: biroq an'anaviy musulmonlar bunday 
talqinni tan olmasligi mumkin, chunki bunday talqin faktning ortiga yashiringan bir 
nuqtani e'tibordan qochirishi mumkin. Bu nuqta o‘sha ayollarning qayta nikohga kirish 
bilan havoriy va haqiqiy dindorga aylanishi, o‘z hayotini «maxluqlarning sardori», ya'ni 
erkaklar bilan baham ko‘rib, «taqvodorlarning onasi» bo‘lishday  go‘zal baxtga 
musharraf bo‘lishini  anglatadi. 
  
Tanatos 
Albatta, Hamletni «shafqatsiz omadning kamon va yoylaridan aziyat chekib turib ham 
xayolan aslzoda bo‘lish mumkinmi yoki o‘zingni mushkul ahvolga solgan dengizga qo‘l 
ko‘tarib, mushkulotlarni kunpayakun qilish kerakmi?» qabilidagi ikkilanish qiynaydi. Bu 
yerdagi o‘zini qurbon qilish uchun aslzodalikni tanlagan xristian (va ba'zi bir dunyoviy) 
hukmlar salbiydir. Lyuteranlarning din tarixiga «ikki podsholik» deb atalgan printsip 
asosidagi yondashuvi ta'sirida bo‘lgan Kennet Kregg bu holni Muhammadning o‘zini tinch 
yo‘l bilan qurbon qilgan Iso Masihga nisbatan quyiroq maqomdagi ruhoniy bo‘lganining 
bosh isboti sifatida keltiradi. Unga ko‘ra, Rumiyning hijratga oid ma'naviy talqini g‘alati 
va tarixiylikdan xoli bo‘lgan ters bir narsadir. U payg‘ambarning  «jamoa uchun, qarshi 
turish uchun, tashqi g‘alaba uchun, tinchlantirish va boshqarish uchun» sochmasiga ko‘zi 
tushib, ayyuhannos soladi.
[69]
  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
42
Payg‘ambari o‘zini Iso Masihning izdoshi deb biladigan va uni hurmat qiladigan 
musulmonlar Kreggning bir-biridan keskin farq qiluvchi ikkita chigal vaziyatga ilohiy 
yechim topib berish uchun yuborilgan ikki kishini  bir-biridan ajrata olmaganiga hayron. 
Xristianlar, isoshunoslik nuqtai nazaridan, Isoni ustun deb e'tirof etishga majbur. Biroq 
asl vaziyatdan xabardor bo‘lish o‘zaro solishtirish chog‘ida, hech bo‘lmaganda, 
og‘machilikka yo‘l qo‘yishdan qochishga xizmat qilishi kerak-ku. Yaqinda 
ilohiyotshunoslikda ro‘y bergan burilishlar bu o‘zgarishni tasdiqlaydi. Payg‘ambarning 
jinsiyati bilan bog‘liq munozaralar so‘nggi 50 yil ichida jimib ketdi, endi uning siyosiy 
hayoti bilan bog‘liq tortishuvlar ham oradan ko‘tarilishi mumkinmi? Barcha xristianlar 
Kreggning qarashlariga qo‘shilmasligini anglagan holda, dunyoning adolatsizliklariga 
axloqiy jihatdan eng to‘g‘ri javob harakatsiz va tahammulli guvohlikdir. Bugungi kunda 
Qaysar oyoq osti qilgan deb hisoblanayotgan ishlarning  amaliy oqibatlarini qayta 
baholash istagi kuchayib borayotibdi. Eng dahshatlisi, XX asrning eng katta ta'sir 
kuchiga ega bo‘lgan cherkov arboblaridan biri Payus XII ning aybi «davrning eng qora 
kuchlari bilan hamtovoqlik»
[70]
da  edi. U hijratning qaysi faol, mardona narratsiyasidan 
bahra olganki, siyosati bunday cheklovlarga duchor bo‘lgan? 
Bunga o‘xshash taxminlardan foyda yo‘q, biroq biz o‘z-o‘zimizdan, yigirmanchi asrning 
moslashuvchanlik so‘qmoqlari va «Yaratganning kunini kutish» oqibatlari bizni so‘roq 
qildimi yoki yo‘qmi, yoxud sarroflarni qamchi bilan haydab solgan Iso Masih o‘rniga 
«Unga qarshilik ko‘rsatma, u yovuzdir» deb amr etgan kishiga  Pavelning ko‘rsatgan 
ko‘zbog‘lamachiligini bekor qildimi, yoki yo‘qmi deb qayta-qayta so‘rashimiz mumkin. 
Hozirgi kunda ko‘pgina Injilga oid tadqiqotlar Iso ta'limotidan faol va mutaassiblik 
rishtalarini yulib tashlaydi. Ularni Rim inkvizitsiyasidan qo‘rqqan ma'ruzanavislar 
ehtiyotkorlik tufayli lom-mim demagan yoki ma'ruzalardan chiqarib tashlagan  edi. 
Bunday qarash har qanday «ikki podsholik» ilohiyotshunosligini bezovta etib, kamqon 
viktorian messiyalarining Holman Hantcha turli-tumanligini kunpayakun qiladi. Bu hol 
xristianlarning ibodatxonalarni yana tozalovchisini hurmat qilishiga yordam beradimi? 
Zamonaviy xristianlar Isoni qaytadan yahudiylashtirmay turib ham quyidagicha 
o‘zgarishga yuz tutmoqda: 
Men xristian Tavroti va xudomiz bo‘lgan Iso Masih Injili barcha adolatsizlik va yovuzlik, 
zulm va ezishni yo‘qotishi va... ul zot   barcha hijrat qilganlarni ozod qiluvchi Alloh 
ekanini ko‘rsatmoqchiman. Ul zot o‘z bandalarini har qanday tutqunlikdan emin 
qiladi.
[71]
  
Xaloslik, ya'ni emin bo‘lish mavzusi Lotin Amerikasidagi ozodlik kurashchilari va 
zamonaviy katolik cherkovi o‘rtasida ba'zi hollarda keskin ziddiyatlarga sabab bo‘lgan 
sharoitda vujudga kelgan bosimni mavhum yo‘l bilan qayta taqsimlashdan, ya'ni 
xristianlikdan ko‘ra  ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Bu hol, Shabbir Axtar shubha 
bildirayotganiday, islomdagi taxminlarga qiziqish uyg‘otishi kerak bo‘lgan xristianlikning 
yangi imkoniyatlari tug‘ilishi oldidan boshlangan to‘lg‘oqlari bo‘lishi mumkinmi? Hijrat, 
Rumiyda bo‘lgani kabi, dunyo nuqtai nazaridangina emas, balki, unga daxl qiladigan 
zolimlar nazdida ham ozodlik nishoni bo‘lib ko‘rinadi. Aslida musulmonlarning Tavrot 
xususidagi eng umumiy iddaolaridan biri unda yangi Musoning kelishi bashorat 
qilinganidir.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
43
Men ular uchun o‘zlarining orasidan senga o‘xshash yangi payg‘ambar yetishtiraman va 
o‘z so‘zlarimni uning og‘ziga joylayman; u odamlarga men amr etgan narsalarni 
so‘ylaydi. (Tavrotning 5-kitobi, 18:18)
[72]
  
U bashorat qilingan va muqaddas bitik  nozil qilinajak yangi ozodlik payg‘ambari edi.  
Hindistonlik bir musulmon o‘z kitobini «Ozodlik mafkurasi»
[73]
 deb nomlar ekan, «Agar 
Muso qul qilingan isroilliklarni ozod etgan bo‘lsa, Muhammad butun insoniyatni uning 
zaiflarini ozod etish orqali emin qiluvchi zot edi», deb iddao qiladi. Kregg ko‘z yosh to‘kib 
qo‘msayotgan ommaviy qochqin, oldingi qochqinlarga o‘xshash xomxayol emas, haqiqiy 
dunyoviy ozodlik edi, u pirovardida cho‘lga emas,  Quddusga va Allohning buyukligi 
tajassum topgan joyga olib boradi. 
Moviy va zarrin jilolangan Uchinchi ibodatxona yap-yangi Uchinchi saltanatning qoq 
markazida qad rostlab turibdi. U Quddusning oldingi dinlariga rasulluloh Me'rojdan  olib 
tushgan ilohiy duolardan nimalarnidir ato etadi. Mehmed Bosqinchi  1453 yili Bobil 
hukmdorligiga da'vogarlik qilganida buni oshkor etdi. Biroq Uchinchi saltanat shu 
ma'noda qurama ko‘rinishida edi: u muqaddas saltanat va muqaddas jinsiyat ehtimoliga 
izn berar edi. Binobarin, u Tavrotning eng go‘zal mezonlarining zuhur bo‘lishi edi. 
Shunga ko‘ra,  Islom iudaizmning monoteizmi, harbiy jasorati va jinslarni o‘ta nozik 
fahmlashining ajoyib tantanasiga aylandi.  Iudaizmni inkor etish orqali 
takomillashtirishga da'vo qilgan Pavel xristianligidan farqli o‘laroq,  islomning yahudiy 
nomasidan ildamlab ketishi ham uning universallashuvi belgisidir.   
Uchinchi saltanat Henrik Ibsenning ajoyib mulohazalariga asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning 
o‘zi nodir asar deb hisoblagan «Qaysar va galileyalik»  pesasida norveg donishmandi 19-
asrda xristianlikni ijtimoiy tengsizlikka barham berishi mumkin bo‘lgan xususiyat va 
zaruratga ega boshqa bir e'tiqod bilan almashtirishday umumiy xarakterga ega 
muammoni hal etish uchun kurashadi.  Pesada  tana va ruhning bir-biriga urush e'lon 
qilmasidan burun mavjud bo‘lgan uyg‘unligini dunyoga qaytarish uchun yo‘l izlayotgan 
Nobakor Yulian tasvirlanadi. U Rim xudolarining   eski tushunchalardan xoli va nozik did 
egasi ekanini anglab yetadi. Ular qahramonlik va iroda kuchini qadrlashadi. «Tananing 
totli tashnaligi»ni Baxus va Elevsin sirlariga mos gulchambar taqqan ko‘yi suratlangan 
qizlar qondiradi, Yulian ularning muammolardan xoli hissiyotidan mutaassir bo‘ladi. Bu 
Birinchi saltanatga xos edi; Konstantin va Yelena kashf etgan Ikkinchi saltanat esa 
mavjud tartibni keskin tarzda teskarisiga o‘zgartirish, raddiyalar dunyosi ko‘rinishidadir. 
Bu saltanat ikkilinayotgan imperator qaysariyalik Beyzelga aytmoqchi, «ruhoniy bir 
oyoqda turib abadiyatni kutayotgan ustun» ustida yashar edi. Ikkinchi saltanat 
qahramonlari bu sportchilar emas edi, biroq hatto Iso uchun qurbonlik qilingan 
majusiylar ham Yelena aytganiday: «ularning Yaratgan huzuriga ravona bo‘luvchi qoni 
ham bir xushomadga mengzar edi».
[74]
   
Shunga ko‘ra, Yulian tanlagan yo‘l ma'naviy va axloqiy jihatdan  o‘ziga xosdir. U ko‘hna 
kultlarni qayta tiklaydi va universal murosa axtaradi. Biroq ma'jusiy identitet
[75]
ga 
dushmanlik ko‘zi bilan qarash orqali Vagnerning o‘zlikni namoyon qilish xususidagi 
orzulari bilan o‘ynashgan Ibsen Yulianning Birinchi saltanatning tiklash bilan bog‘liq sa'y-
harakatini foydasiz deb biladi. «Ko‘hna go‘zallik endi go‘zallik emas», deb imperator 
Beyzelga yon beradi, biroq u «yangi haqiqat ham endi yangi emas», deydi. U o‘zining 
taqdir xususidagi qarashlariga aldangan, har bir ishda tartibni yoqtiradigan zolimga 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling