Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
44
aylanadi va forslar bilan ulkan jangda mag‘lubiyatga uchraydi. Uning o‘takasi yorilay 
deydi va o‘zining ma'jusiylardan bo‘lgan maslahatchisi Maksimusga yutqizganini tan 
oladi:  
YULIAN     Menga imperator yoki galileyalik yutishini aytib bera olasanmi? 
MAKSIM    Imperator ham, galileyaliklar ham yo‘q bo‘lib ketadi. 
YULIAN     Yo‘q bo‘lib ketadi? Ikkalasiyammi? 
MAKSIM     Ikkalasiyam. Bugunmi yoki yuz yil keyinmi - men buni bilmayman; biroq bu 
ushbu ishni qila oladigan haqiqiy odam kelgach, sodir bo‘ladi. [...] E, kelajakka  - ikki 
yoqlama hukmdor tug‘iladigan Uchinchi saltanatga qarshi qilich yalang‘ochlagan ahmoq.  
YULIAN      Uchinchi saltanat? Masih? Yahudiylarning Masihi emas, biroq ikki saltanat 
Masihi, dunyo ruhi... 
MAKSIM      Pan Logosda -  Logos Panda...
[76]
 
Yulian unday kishi bo‘lishi mumkin emas; u o‘z yanglishishlaridan yengiladi. U Ibsenning 
aksariyat aksilqahramonlari  singari. Per Gint nazdida ham «idealist»dir. Dunyo 
kutayotgan kishi esa «realist»dir. Bu aks holning ayni atamalar (Berklining esse est 
percipi (narsalar anglangandagina mavjuddir) aqidasiga tayanuvchi idealizmi va 
so‘ngra Kantning «empirik» realizmi) ni istifoda qiladigan  falsafiy jiqqamushtliklarga 
hech qanday daxli yo‘q. Ibsenning nazarida, atamalar sof etik strategiyalar o‘rtasidagi 
chigallikni anglatadi. Bernard Shou o‘zining Ibsenga bag‘ishlangan tadqiqotida idealist 
«realizm manmanlikni, manmanlik esa buzuqilikni anglatadi», deb hisoblashini qayd 
etadi. Biroq bu fikrning teskarisi ham mavjud. Idealizm o‘zlikni ego sifatida yashirin 
tarzda namoyon qilishdir; bu hol Per Gintni cho‘chqa minib olgan ust-boshi kir ayolni 
malika deb hisoblashga undagan manmanlik turidir, chunki u malikani tusar edi. 
«Idealizm» romantik tasavvurdir. Binobarin,  biz o‘ylamay-netmay Gitlerni ham 
idealistga, uning Uchinchi reyxini sharqiy jang maydonida qayg‘uga botgan gitlerchi 
Yuliani bilan birgalikda halokatli evrilishga uchragan Uchinchi saltanatga  chiqarib 
qo‘yishimiz ham mumkin. 
Ibsenning nazarida insoniyligimizni (bu o‘rinda Freydning ta'siri bo‘lgan bo‘lishi ham 
mumkin) gunoh strukturalari qarshisidagi mo‘rtligimiz va jinsiy aloqa borasidagi 
taysallashlarimiz tufayli   zaha yegan livsglaede - hayot lazzatining «realistik» qayta 
kashf qilishi yuzaga keltirgan. Rosmersholm
[77]
ning omadsiz qahramoni Pastor 
Rosmer ijtimoiy faollik yo‘lida oilasining siyosiy konservatizmidan voz kechadi va jaydari 
xotinining mayli qo‘zg‘almaydigan  jinsiy tabiatini kashf etadi. Shouga ko‘ra, Angliya 
ruhoniysi xristianlikni yo‘qotish, o‘zining jismoniy qobiliyatini ro‘yobga chiqarish va 
jamiyatga saxiylik urug‘ini sepish kerakligini anglagan holda zimmasidagi vazifani ado 
etish yo‘lini izlaydi. Shou: «U dunyoga Uchinchi saltanatni oldindan g‘ira-shira payqab 
nazar tashlaydi»
[78]
, deydi.  
Shou Ibsenning o‘z asarlariga katta ta'sir ko‘rsatganini qayd etadi va bu hol boshqa hech 
qaerda muallif «idealizm»ining «realizm»ga muxolifligichalik yaqqol ko‘zga 
tashlanmaydi. Yozuvchi uchun patsifizm (tinchlikparvarlik) yoki militarizm va yoki jinsiy 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
aloqadan tiyilish idealizmning yaqqol ko‘rinishlari, ushbu dialektikani osib qo‘yish 
mumkin bo‘lgan qoziq vazifasini bajargan narsa uning dastlab yozilgan aksariyat  
pesalarining mavzusi  edi. 
Albatta, Shou o‘zining fabiy
[79]
cha hurfikrlik bilan yo‘g‘rilgan javobining talabga javob 
bera olmasligini yaxshi bilar edi. Hurfikrlilik bo‘lmasdan turib jinsiy aloqa erkinligiga 
qanday erishish mumkinligi u mashg‘ul bo‘lgan sohada chindan ham hal etilgan bir-ikki 
masalaning biri edi
[80]
. Biroq Ibsenga uning «Qaysar va galileyalik» pesasi qanchalik 
qadrli bo‘lgan bo‘lsa, Shou  ham yozilajak eng zo‘r pesasida superodamni yaratish 
g‘oyasini o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan edi. Hesket Pirson yozganidek:  
Shou ko‘p yillar davomida (bu 1913 yil edi)  payg‘ambar haqida pesa yozishni o‘ylab 
yurar edi. Uning tabiatiga ko‘proq mos keladigan qahramon jangari vali edi, bu 
qahramonni u chin dilidan xush ko‘rar va shuning uchun uni sobit intuitsiya bilan 
tasvirlashi mumkin edi. Butun tarix davomida uning talablariga to‘la javob bera oladigan 
birdan-bir mukammal soqolli qahramonga Muhammadgina prototip bo‘lishi mumkin 
edi
[81]
.  
Shou 1913 yilgi kundaligida mana bunday deb yozadi: «Men ancha vaqtdan beri 
Muhammadning hayoti xususida drama yozishni niyat qilib yurar edim. Biroq Turkiya 
elchisining norozi bo‘lish ehtimoli - yoki norozilikdan xavfsirash - lord Chemberlenning 
bu pesa qo‘yilishiga litsenziya bermasligiga sabab bo‘lishi mumkinligi meni  to‘xtatib 
qoldi». Aynan shu sababdan, Pirson yozganiday, u «Avliyo Jon» pesasini yaratadi. 
Shou ham, xuddi Ibsen singari xudoni sevar, biroq xristianlik uning g‘azabini qo‘zg‘ar 
edi. U buni    «o‘sib borayotgan narsa alal-oqibat   xochga mixlash bilan oyoq osti 
qilindi»
[82]
, bu hol gunohlardan forig‘ bo‘lishdan safsata sotib, «bir pulga qimmat 
gunohdan forig‘ bo‘lish bilan sotib olingan axmoqona qasos edi»
[83]
, deya tasvirlagan 
edi. Uning qarshilik ko‘rsatmaslik haqidagi mafkurasi zolim hukmdorlar uchun ayni 
muddao edi, u hatto odatda o‘zining din uchun makon hozirlashday maqsadini ham 
yerga urar edi. «Ijtimoiy najot individual adolat qaror topmasidan burun yuzaga chiqishi 
kerak»
[84]
. Binobarin, Janna d'Ark yoki Muhammadning chizgilari pesaning satrlari 
orasidan elas-elas ko‘zga tashlanib turadi. U tug‘ma peshvo bo‘lib, uning xudodan 
eshitgan ovozlari asldir (bu Shouning yolg‘onni fosh qilishga debocha bo‘lmagan 
yakkayu yagona g‘ayritabiiy rejissyorlik san'atidir)
[85]
; Janna «norozilik bildirayotgan 
payg‘ambar, hamma narsani kunpayakun qiluvchi, Hayot Kuchining faol agenti»dir
[86]

uni «idealistlar» (cherkov) qoralaydi, u murosa qila olmaydi, biroq siyosiy 
donishmandlikni muqaddas deb biladi, chunki, Shou astoydil ishonganiday, «hukumat 
dinsiz mavjud bo‘la olmaydi»
[87]
.  
Islom dunyosining javobi yetarli darajada ravshan. Biz Shouning «Avliyo Jon» pesasi 
T.E.Lourensning arablarning jasurliklari xususidagi ertaklarni o‘z ichiga olgan 
«Donishmandlikning yetti rukni» asarini tahrir qilayotgan paytda yozilganini bilib qolib 
ham hayratlanmaymiz
[88]
. Garchi Lourens o‘limiga qadar Muhammadning tarjimai holini 
yozish niyatidan voz kechgan bo‘lsa-da,   ikki do‘st bu masalani muhokama qilganiga 
shubha yo‘q.   
XX asrdagi  musulmon payg‘ambari bilan Yevropaning xristianlikdan keyingi ideallari 
o‘rtasidagi bunday o‘xshashliklarning romantizm bilan umumiy jihatlari ko‘p. Bu yerda 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
46
Ma'rifatning «saxiy yovvoyi»  tushunchasini yodga olish o‘rinli bo‘ladi, u islomga ham 
butkul begona emas. O'rta asrda yashaganlar payg‘ambar e'lon qilgan «Tabiat bog‘i» 
g‘oyasini qoralagan edi; ibtidoiy gunoh xususidagi aqidalarni o‘zi uchun yot deb bilgan  
mutafakkirlar uning naturalizmini («realizm»dan ko‘ra tuzukroq kalima) nimagadir zo‘r 
deb tan olishgan. Me'roj payti Jabroil unga bir kosa sharob va bir kosa sut tutadi. U sutni 
tanlaydi va farishta xitob qiladi: «Siz tabiatga   moyil ekansiz». Rasululloh Alloh 
ne'matlarining buzilgan va ayniganidan emas, bevosita tabiat yetishtirganlaridan 
bahramand bo‘lishga da'vat etadi va bu  bilan dunyoning butunlay teofanik
[89]
 
xususiyatga ega ekanini va bizning u bilan uyg‘unlashish barobarida Allohga bilan 
uyg‘unlashishimiz kerakligini tasdiqlaydi. Bu hodisa sakramentalizm
[90]
ni inkor etishni 
bildiradi. Rasulullohning xulosasi «Odam Zamin bilan tinch-totuv yashashi uchun osmon 
bilan murosa qilib yashashi kerak»ligini anglatadi
[91]
.   
Yana bir so‘nggi tashviq. Rasululloh tanani, ruhni va dunyoni ozod etish orqali najotkor 
ilohiyotshunoslikka asos soladi. Biroq Ul zot bu ishni ismoiliylar bayrog‘i ostida amalga 
oshiradi. Guterresh suyukli o‘g‘lon Ishoqning ahdi bilan ish yuritadi; vaholanki, islom 
jamoadan ajralib qolgan, yovvoyi «odam»ning himoyachisidir. Islomning aksariyat 
Uchinchi dunyo kishilari, shuningdek, G'arbdagi bechorahol odamlarning  e'tiqodi sifatida 
tengsizlik hukmron bo‘lgan bizning asrimizdagi ismoiliy identiteti uning ilohiy 
xususiyatga ega ekanini tasdiqlaydi.  Alloh bir oyatda: «Men ko‘ngli yarimtalar bilan 
birgaman», deydi. Rasululloh esa, meni faqirlarning orasida qayta tiriltirgin, deya 
munojot qiladi. Barchasidan so‘ng: 
«Ko‘ring, sizning qardoshlaringiz bo‘lmish Ibrohimning o‘g‘illari ust-boshi kir-chir, 
ochlikdan o‘layotgan bir paytda sizning uyingiz noz-ne'matlar bilan to‘la, ularga hech 
narsa berilmaydi»
[92]

Ehtimol, Amos Ozning eng esda qolarli qahramonlaridan birining so‘nggi so‘zlari shunday 
bo‘lgandir: 
U (Alloh) ular (yahudiy bo‘lmaganlar)ni nima maqsadda yaratdi? Nega Ishmail, ma'jusiy 
Ismoil bino bo‘ldi? Buning ma'nosi - «U  Parvardigorning   gaplariga quloq soladi», 
deganidir. Bilasizmi? Yo‘q, men sizga aytib beraman.  U akasi, ustozi Ishoqning 
buyurganlariga quloq solishi kerak edi? Nima uchun yahudiy Ishoq - "U kuladi" deb 
ataldi? U odamlar qaraganda doim kulib turar edi, chunki odil kishilarning mehnatini 
boshqa birovlar qilishgan edi
[93]

  
V bob 
Oila inqirozi
 
Abdul Vadid Shalabiy, ijtimoiy munozaralar chog‘ida «inqiroz» so‘zi printsip sifatida  
mutlaqo tilga olinmagan kezlarda jamiyat chin ma'noda inqirozga yuz tutadi, degan edi. 
Musulmonlar va xristianlar o‘zlarini oldingi avlodlarning qadr-qimmati, avvalgi oltin 
asrlar mukammalligi va muqaddasligi bilan solishtirganda, hech narsaga arzimasligidan 
xavotirga tushib qolishgan edi. Biroq o‘z-o‘zimizdan ko‘nglimiz to‘q bo‘lib turgan davrda 
inqiroz g‘oyasiga hatto shpenglerchasiga murojaat qilish ham tushkun romantizm 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
47
ayblovlariga o‘zni tutib berish bilan barobardir: u xuddi dekadens - inqiroz  kabi noto‘g‘ri 
anglangandir.  
G'arbga  tanqidiy, ammo hamdardlik ko‘zi bilan qarayotgan musulmonlar ko‘pincha, eski 
zamonlarda bo‘lgani kabi,  o‘z-o‘zini tadqiq qila olmaslikdan noqulay ahvolga tushib 
qolishadi. Biz shu narsaga e'tiborni qaratishni istardikki, bundan buyon hech bir 
hukmron madaniyat o‘tmishdagi a[loqiy va madaniy ustunligini pesh qilish orqali o‘z 
o‘rnini saqlab qola olmaydi; bugun muttasil o‘zgarib turuvchi liberal murosa ushbu 
paradigmaga mos  keladi. O'z nafsiga bandi bo‘lgan taloto‘plar dunyosi uchun 
o‘tmishdagi hech narsa  ulgi bo‘la olmaydi, faqat kelajakkina andoza vazifasini o‘tashi 
mumkin.  Darhaqiqat, aholining ixtiyoriy murosasi tufayli yuzaga kelgan deb 
hisoblanayotgan yalpi liberalizmni tahqirlaydigan jamiyatlardan farqli o‘laroq, modern 
jamiyatlarda razil («kufr») suhbatlarga o‘rin qolmaydi. Biroq bunday liberalizmni amalda 
kichik, shaxsan axloqsiz, ammo shunga qaramasdan, mafkura botqog‘iga botib ketgan, 
ommaviy axborot vositalariga egalik qiladigan va jamoatchilik fikrini g‘aroyib va misli 
ko‘rilmagan shakllarga solayotgan elita - xos guruhlar tahqirlaydi.  
Bugun dunyo oilaning maqomi to‘g‘risidagi munozaralar avj olgan davrda yashamoqda, 
U "tushkun" Shimol hamda taraqqiyparvar, lekin qashshoq Janub o‘rtasidagi mafkuraviy 
to‘qnashuvlar markazida turibdi. Bu to‘qnashuvlarning qoq markazida bo‘lgan 
Yevropadagi musulmonlar jamoasi o‘z o‘rnini topish va omon qolishga urinmoqda. 
Madaniyatlar to‘qnashuvb taraflar uchun o‘zlikni anglash ma'nosida muhim hayotiy 
ahamiyatga ega, bugungi kunda hech kim bu jarayondan chetda tura olmaydi. Har safar 
televizorni yoqib qo‘yib, tomosha qilar ekanmiz, shimolning qotib qolgan qarashlari va 
qat'iy tarzda oilada yashashga o‘rgangan Uchinchi dunyoning xastaliklari, u yerda 
istiqomat qiladigan aholining liberal demokratik jamiyatlardagi kabi ijtimoiy aqidalarga 
mos tarzda yashashni mutlaqo istamasligi xususidagi hujjatli filmlarning  intihosiz va 
jiddiy gumanitar parhezi allalagan tahlikasini kuzatishga majbur bo‘lamiz.  O'rtacha 
g‘arb kishisi  bunday biryoqlama munozaradan qanoat hosil qiladi va uni tabiiy hol deb 
tushunadi. Natijada u, o‘zim yashayotgan sharoit Uchinchi dunyoga nisbatan yaxshiroq, 
degan xulosaga keladi va uning jamiyatdagi muammolardan asabiylashuvi kamayadi. 
Bunday vaziyat shunday  jamoatchilik fikrini shakllantiradiki,  unga ko‘ra, falastinlik, 
bosniyalik yoki zapatistalarni juda oz miqdorda  aybdorlikni his qilish bilan (biroq o‘zini 
haq deb bilgan holda) yo‘qotish mumkin bo‘ladi. Aslida, munozara qiluvchilar feminizm 
va gomoseksualizmni Uchinchi dunyoni savalash uchun kaltak o‘rnida ishlatayotganiday, 
modern G'arbning ijtimoiy aqidalari  mingyillikning so‘nggi yillarida imperialistik  
mafkuralarga aylanib qoldi.  Bundan yuz yilcha muqaddam yevropaliklar teologik dogma 
va tijorat bilan hammaning joniga tekkan edi, endilikda esa ijtimoiy dogma va tijorat 
bilan xuddi shunday qilishyapti. Biroq asosiy munosabat bo‘lmish nafrat juda sekinlik 
bilan o‘zgarmoqda.  
G'arbda yashaydigan musulmonlar ushbu masalada qiziq bir ustunlikka ega. Ko‘pgina 
islom ilohiyotshunoslari musulmon dunyosidagi «g‘arblashtirish jarayoni" va uning oila 
hayotiga sharmandalarcha ta'siri haqida yozayotgan bir paytda, ulardan ayrimlari qayd 
etganiday, ko‘hna dunyoviy elita bu jarayonni himoya qilgani chin haqiqat bo‘lib, uning 
madaniy qurilmalari eski imperialistik davlatlar qo‘lga kiritgan yutuq edi. O'rtacha 
dunyoviy suriyalik yoki turkning turmush tarzi zamonaviy yevropalikning turmush 
tarzidan, uning kurakda turmaydigan teskari da'vosini hisobga olmaganda,  o‘zaro farq 
qiladi. Uning kiyimlari, sharoiti, nikoh bilan bog‘liq marosimlari va boshqa ikir-chikirlari 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
48
bugungi G'arb turmush tarzi voqeligi bilan solishtirganda, 40-50-yillarni eslatadi. 
Shunday qilib, musulmonlarning oiladagi o‘zgarishlarga oid asosiy  munozaralari   
«erkinlashgan G'arb"ning qoq markazidagi biz yashab turgan vaziyatga mos bo‘lishga bir 
oz moyildir.   
G'arblik musulmonlar o‘z sharoitini nazariylashtirishga harakat qilayotgan sharoitda 
taqdirning  g‘alati bir haziliga duch kelyapmiz: biz qo‘shilib keta boshlagan madaniyat 
endilikda yo‘qlikka yuz tutdi. Hatto yaqin-yaqinlarda: XX asrning 50-yillari va 60-
yillarining boshida ham oilaparvar Ibrohim zaminiga ildiz otgan ulug‘ diniy an'anaga 
asoslangan  Yevropadagi oilaviy qadriyatlarni tanib olish mumkin edi. Islom va xristianlik 
o‘rtasidagi doktrinaga oid bahslar keskinligicha qolgan paytda, musulmonlar va 
xristianlarning   axloqiy va ijtimoiy qarashlari aksariyat hollarda bir-biriga juda yaqin 
edi.   
Bugungi kunga kelib, bu o‘xshashlikdan nom-nishon qolmayozdi. Hatto cherkovlar ham, 
necha asrlarga guvoh bo‘lgan metin qoya erkinliklarning qum bo‘roniga dosh berolmay, 
tobora darz ketib parchalanayotgani kabi, mutlaq ma'naviy haqiqatlarning izchil va 
ishonchli jarchisi bo‘lishga da'vo qilmay qo‘ydi,   Britaniya katoliklarining odatda sog‘lom 
fikrlovchi vakili kardinal Hyum ham yaqinda homofiliya (erkak bilan erkakning jinsiy 
aloqasi) xususida murosali mulohazalar bildirdi; toru tarang jinsi jim va charm kurtka 
kiyib olgan anglikan yepiskopi o‘zining boshqa bir erkak bilan aloqasi xususida 
ochiqchasiga gapirdi.  Londondagi oila qadriyatlari xususida va'z aytuvchi 900 nafar 
ruhoniyning 200 nafari gomoseksualizmga moyil ekani haqida turli gap-so‘zlar oralab 
yuribdi. Sodomning «fazilatlari»ni qo‘shiq qilib kuylayotgan bir qator xristian va yahudiy 
tashkilotlari, alohida shaxslar, dunyoviy jamiyat tarafdorlarining qo‘llab-quvvatlashi 
tufayli an'ananing qolgan ovozi ham o‘chguncha kundan-kunga ko‘payib boraveradigan 
ko‘rinadi. Yevropaning boshqa o‘lkalari  ham unchalik ortda qolayotgani yo‘q.   
Bu shundan dalolat beradiki, Yevropaning ko‘pgina joylarida sinf, irq va iqtisodiyot 
nuqtai nazaridan chetga surilib qolgan musulmon jamoasi begonalashuvning bunday 
keskin ko‘rinishiga qarshi turishi kerak bo‘ladi. Yevropaning oldingi avlodlari qonuniy deb 
e'tirof etgan qadriyatlarning yakkayu yagona himoyachisi bo‘lmish kamchilikni tashkil 
etuvchi fuqarolar, ya'ni bizlar yo‘lidan adashgan kishi ko‘yiga tushib qolganmiz. 
Ko‘pchiligimiz vahima qo‘zg‘ash, keng dunyoni iflos va zulmga to‘la deb ayyuhannos 
solish hamda turli guruhlarga, sajda qiluvchilarga  bo‘linib ketish gunohidan o‘zimizni 
tiya olmaymiz. Bunday harakatlar universitetlar shaharchalarida keng quloch otmoqda. 
Biroq bunday befoyda va yuzaki ermakning yo‘lini to‘sish kerak. Modomiki, e'tiqodimiz 
bizni yo‘ldan ozdirmoqchi bo‘lganlar tasavvur qilganiday kuchli ekan, unga Yevropa 
haqqi-hurmati osongina qarshilik ko‘rsatishimiz zarur. Ayni paytda post-modern va post-
xristian holatida bo‘lgan Yevropa bilan o‘zaro munosabatlarimiz qalin va samarali bo‘lishi 
lozim.   
Biroq bunday pozitsiya - turimni  tushuntirish strategiyasi musulmon traditsionalizmi 
tasalli beruvchi essentsial "metanarratsiya"ni dastak qilib olmasligini bilishga tayanishi 
zarur.  Chunki essentsial "metanarratsiya"ning ob'ektiv haqiqatga da'vosi uning madaniy 
identitetning aniqlovchisi maqomidan ko‘ra kamroq ahamiyatga ega. Bu natsionalizm va 
fashizm singari  raqib essentsializmlarning 20-asrdagi fojiasi edi; bu aksariyat hollarda 
musulmon faollarining bezovtaligi ruhiy voqelikka bo‘ysungan yoki hatto soxta ruhiy 
haqiqatdan tasalli izlash bilan o‘rin almashgan xatosi hamdir. 20-asrning 70-yillariga 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
qadar Musulmon birodarligi  va yangi renessanschilariga ilhom bergan islom 
tsivilizatsiyasi haqidagi rivoyat tasodifan, salaf qonunning bo‘linmas maktabi 
davomchisidir, degan muammoli da'voga ko‘ra, "Salaf" haqidagi xomxayol rivoyatga yo‘l 
berdi, biroq biz bu ikki turimning na unisini, na bunisini tutganlar orasidan - haqiqiy 
e'tiqod mevasiz bo‘lmaydi - to‘g‘ridan-to‘g‘ri va hassos e'tiqodni, surunkali ravishda  
pokdomon bo‘lishdan ko‘ra, hamdardlik va tashvishlilikka tayangan ma'naviyatni 
topishimiz mumkin.  
Buning ma'nosi shuki, yevropalik musulmonlar, ba'zi musulmon davlatlarida ro‘y 
berganidek, islomning qashshoqlashib borayotgan va yakto "mafkurasi"ga qarshi tura 
bilmasa va rahmdil Alloh rahnamoligida insoniyat baxt-saodati uchun bevosita va 
samimiy tashvishlanishga asoslangan e'tiqod shaklu shamoyilini qaytarishga harakat 
qilmasa, biz real vaziyat yuzasidan muayyan masala bo‘yicha keng bahslarga  o‘z 
hissamizni qo‘sha olmaymiz.  Bu eksklyuzivistlar
[94]
 yelkasini qisishi uchun yetarli 
emas: "E'tiqodsizlar nima haqda o‘ylashi bilan kimning ishi bor?" Qur'onda 
musulmonlarning boshqalarga namuna bo‘lishi buyurilgan.  Agar madaniyat kulbalarida 
yashirinib o‘tirsak va tasavvur etishimiz mumkin bo‘lganidan ko‘proq bilishidan go‘zal bir 
lazzat tuyadigan kishilarga nisbatan qo‘pol va johil munosabatda bo‘lsak, biz namuna 
bo‘la olmaymiz, yoki Alloh nozid etgan xabarni boshqalarga yetkaza olmaymiz. Buning 
o‘rniga  ushbu jamiyatning mavjud muammolarini  tushunishday mashaqqatli, so‘ngra 
chinakam najotkor chora sifatida undan ham qiyinroq yo‘lni tanlashimiz kerak.  
Hozir ayni shunday himoya paytidir. Keyingi yillarda britaniyalik bir necha diniy arbob 
oilaning taraqqiyot bilan bog‘liq inqirozi fojiasi xususida o‘zlarining ko‘pincha iztirobli, 
umuman olganda, ishonchli mulohazalarini bildirishdi.  Liverpul yepiskopi va bosh ravvin 
ushbu jarayon xususida odatdagi statistik ma'lumotlar yordamida mana bunday xulosa 
chiqaribdi: Britaniyada bolalarning 34 foizi nikohsiz tug‘ilmoqda; taxminan shuncha 
miqdordagi katta yoshlilar ajrashish alamidan aziyat chekmoqda; kelgusi yigirma yil 
davomida  britaniyalik bolalarning yarmidan ozrog‘igina ota-ona tarbiyasini oladi va hk. 
Juda oz kishilargina quyidagi amaliy falokatlarga shubha bilan qaraydi: ma'lum 
bo‘lishicha, AQShda   qamalganlarning yarmidan ko‘pi buzilgan oilalar farzandlari ekani, 
ota-onasining ajrashgani tufayli yetkazilgan kuchli ruhiy zarba erkak va ayollarga o‘rta 
yosh, hatto keksalik  chog‘ida ham salbiy ta'sir ko‘rsatib turishi aniqlangan. Yepiskop 
ham, ravvin ham bugungi tez o‘zgarib borayotgan dunyoda oila boshpanasiga bolalar 
qatori kattalar ham hech qachon bu qadar muhtoj bo‘lmaganidan birday tashvish 
chekadi, uni gunohlarning eng og‘iri - xudbinlikkina barbod qilishi mumkin, deydi. Hech 
kim o‘zini qurbon qilishni istamaydi: barchamiz shaxsiy erkinlik deb atalmish ma'budga 
topinar ekanmiz, huquqlarimiz haqida jar solamiz, mas'uliyatimiz borligidan esa 
asabiylashamiz. Hayotdan olinadan saboq bizni nechog‘li asabiylashtirmasin, bir narsa 
kundek ravshan: Adam Smitning raqobatbardosh xususiy manfaat himoyasini 
ulug‘lashini kollektiv ijtimoiy rivojlanishning kaliti deb bilgan Tetcher-Reygan 
egotsentrizmi  butun boshli tashabbusga xavf tug‘diruvchi ko‘plab baxtsiz hodisalarni 
talab etadi. Ochko‘zlik ko‘plab badavlat kishilar va moliya vazirlarini paydo qiladi, biroq 
endi uning xunini to‘lash uchun uzoq vaqt kerak bo‘ladi, bugun mana shu vaqt 
boshlandi. Qo‘shimcha qo‘riqchilar, qamoqxonalar, ijtimoiy xizmatchilar va  ijtimoiy 
ta'minot to‘lovlarining  kun-bakun kuchayib borayotgan qor bo‘roni millionlab ijtimoiy 
va  iqtisodiy chek qog‘ozlarini uchirib yuribdi. Sotsialistik inqilob barbod bo‘ldi; 
pirovardida kapitalizmni o‘z ziddiyatlari bo‘g‘ib tashlashi ham mumkin.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
Shu yergacha hammasi ravshan. Ochko‘zlikning gunohligi dindorlardan boshqalarga 
ham  tushunarli ekani xususida bahs qilib o‘tirish shart emas. O'tgan asrlarda fidoiylikka 
qaytish haqidagi ko‘plab da'vatlar odamlarning ensasini qotirar ediki, ularni biror qaror 
qabul qilish uchun yetarli deb bo‘lmaydi. Modomiki, dinlar insonlar qilgan gunohlar 
oqibatini bartaraf etar darajada qudratli ekan,  «yaxshi bo‘lish» uchun yolvorish 
kamdan-kam hollarda ta'sir kuchiga ega bo‘ladi, unga islohotlarning amalga oshirish 
mumkin bo‘lgan paradigmasi  yo‘ldosh bo‘lishi kerak. Ravvin ham, yepiskop ham  real va 
muayyan narsadan boshqasini taklif etishi qiyin; bu siyosatchilar va liberal OAV murosa 
qilgan, hattoki,  yo‘l sifatida tanlagan narsa bo‘lsa ajab emas. Biroq biz maqomi 
muayyan ijtimoiy, shuningdek, ma'naviy dasturda «millatlarga saxiylik» deb bayon 
etilgan   vositachi orqali diniy erkinlik bilan siylangan musulmonlar sifatida bilamizki, 
jamiyatning mavjud og‘ir ahvolini hech qachon va'zgo‘ylik bilan tuzatib bo‘lmaydi. 
Struktural o‘zgarishlar ham talab etiladi: biz muammoning tortish kuchi ta'siriga tushib 
qolib, bunday o‘zgarishlar og‘riqli bo‘lishi mumkinligidan ajablanmasligimiz kerak.  
  
*        *        * 
Oila inqirozining sababi hukmron mafkuralar uni tan olmayotganida ekani kundek 
ravshan. Siyosatchilar o‘z sharmandaliklari bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lmoqda: ochig‘ini 
aytganda, prezident Klintonning shahvatparastlik bilan bog‘liq o‘z qilmishlarini tan olishi 
zerikarli hodisalarning ipga tizilgan so‘nggi munchog‘idir, bu esa siyosiy arboblarning 
axloqiy hayot borasida boshqalarga namuna bo‘la olmasligini ko‘rsatadi.   Oval - 
tuxumsimon  kabinetda, har bir vazir va parlament a'zosining kabinetida bizga kerakli 
yashirin jinoyat belgilari stol tortmasida turadi va ularning har bir zerikarli xat yozish 
lahzasiga lazzat baxsh etadi, bu hol ularning, o‘zini sipo tutishiga qaramay,  bir pulga 
qimmat odam ekanini tasdiqlovchi tartibsizlikdir. Ayrim parlament a'zolarining kotibalari 
ikkinchi xotinlaridir. Aslida ular maxfiy jazmanlarning ikkinchisidir. Ko‘pxotinlilik tasodifiy 
istisno emas, xuddi musulmon mamlakatlaridagi kabi,  odatiy holdir. Faqat me'yorni 
bilmaydigan telbalik   yoki mutelikkina  tiyiqsiz shahvatparastlikka mubtalo bo‘lgan 
siyosatdonning qarama-qarshi jins vakilasi bilan yarim tungacha ishlashini, o‘yindan o‘t 
chiqishi ehtimoldan xoli emasligini ko‘rib, ko‘rmaslikka olishi mumkin. Bunday sharoitda 
mavjud tizim bolalar, er yoki xotinni himoya qilish chorasini topolmaydi. Oqibatda  ular 
yuragiga  o‘z joniga qasd qilar darajada jarohat yetadi. Shaxs huquqlari oila 
huquqlaridan baland turadi, degan buzmakor tushuncha ikkalasining ham inqiroziga 
sabab bo‘ldi. 
Biroq siyosat muhitning eng qayg‘uli namunasidir. Eronliklar uni «olov va paxtaning 
apoq-chapoqligi» deb ataydi. Jinsiy tegajog‘lik xususida davom etayotgan iztirobli 
bahslar intim xohishlar dasturxon bo‘lmayotgan jamoat joylar kamdan-kam 
qolayotganini ko‘rsatmoqda. Ilgari hech qachon  jamiyatda erkak va ayol har kuni 
aralashib ishlamagan hamda  shayton yo‘ldan urishi va xiyonat uchun imkoniyatlar shu 
darajada ko‘payib ketmagan edi, bu holni axloqsizlik tarafdori bo‘lgan jurnalist ham, 
siyosatchi ham va ijtimoiy strateg ham ko‘rmasligi mumkin emas.  
Tomas Vulfning mashhur «Manmanlik o‘ti» romanida yosh moliyachi «shahvoniy 
hirslarga cho‘kib ketgan» Nyu-York farzandi bo‘lgani uchun ham zino qilib, xotini va 
qizining hayotiga zomin bo‘ladi.  Uning tubanligiga sabab bo‘lgan hol jinslarning 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling