Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
51
aralashib ketishigina emas. Uning olma-kesak teruvchi ko‘zlari har qadamda reklama
pornografiya, yangiliklar va tiqmachoq bichimlarni ko‘radi, bularning barchasi uni o‘z 
iskanjasiga oladi va erkin jinsiy aloqaning jozibasidan jar soladi. Vulf tasvirlagan zinokor 
tabiatan yovuz odam emas: u yashayotgan dunyoda odamlar shunchaki o‘zini idora qila 
olmay qoladi.  
Nyu-York hali London bo‘lganicha yo‘q, biroq Atlantika qirg‘oqlari tobora bir-biriga 
yaqinlashib bormoqda, ijtimoiy fazoning shahvoniylashuvi madaniyatimizning bir qismiga 
aylanib qoldi. Soho
[95]
 fohishasining betartib sarguzashtlarini hisobga olmaganda, 
avvallari o‘rta yosh xotinlar o‘rta yosh erkaklar ko‘nglini  kamdan-kam ovlar edi. Endi 
esa ular har muyulishda o‘zlari sog‘ingan badanlarning ko‘z-ko‘z qilinishiga e'tibor 
qilolmaydigan darajada ahmoq yoki  axloqan pok kuchli shaxslar sirasiga mansub 
bo‘lsagina, o‘z jufti  haloliga sodiq qolishi mumkin. Bunday pok kishilar bundan oldin 
ham kam bo‘lgan, hozir ham juda ozdir.  
Tashxis keskin ekani ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, uning davosi bormikin? Islom xilvat yoki 
«noqonuniy tarzda yolg‘iz yashash»ni G'arb kishisi tasavvur ham qilolmaydigan 
darajadagi jinoyat deb biladi. Har bir ma'naviy falokatning o‘z peshravi - darakchisi 
 bo‘ladi; islom bunday peshravlar paydo bo‘ladigan ijtimoiy sabablarni kamaytirish yo‘lini 
axtaradi. Shunday qilib, bizning vazifamiz bir kishining faqat bir kishi bilan jinsiy aloqa 
qilishi kerakligidan ta'lim berishdir.  Shotlandiyalik bir maktab direktorining, o‘g‘il va qiz 
bolalar «tabiatdagi qo‘zg‘alish sababli» bir-biriga 6 dyuym
[96]
dan kamroq masofaga 
yaqinlashishi mumkin emas, qabilidagi bema'ni xavotiri bizga yotdir.  Biroq maktablar  
boshlang‘ich nuqtadir. Idoralar ayollarning xizmat pillapoyasidan yuqori ko‘tarilishiga 
xalal bermay, er-xotinlik huquqlarining kabinetlardagi har qanday noqonuniy 
xilvatnishinlik ehtimolini bartaraf etish yo‘li bilan himoya qilinishini kafolatlashi kerak. 
Shaxsiy yordamchisi qarama-qarshi jins vakili bo‘lishini istayotgan  siyosatchilar va ish 
odamlari buning sababini tushuntirib berishlari lozim. Ayollarni benihoya kamsitadigan 
va er-xotinlarning o‘zaro xiyonatiga turtki beradigan pornografiya va  pornografiyasifat 
reklama mas'uliyat bilan tsenzura qilinishi kerak, bu ish o‘z jinsdoshlarining bunday 
yalang‘och suratlariga e'tiroz bildirayotgan feministlar bilan birgalikda amalga oshirilishi 
darkor.  
Ishratparast Yevropaning fojiasi shundaki, o‘zini seksning harakatlantiruvchi kuchi deb 
hisoblovchi ushbu illatni bir kun kelib  jurnalist va siyosatchilar  hayrat va nafrat bilan 
chetga supurib tashlaydi. Islom jinslarni o‘zaro ajratish siyosati bilan ularni kamsitishni 
nazarda tutadi, deb hisoblovchi, ich-ichida esa  ish vaqtida shahvoniy qiziqishning 
kamayishidan, zamonaviy munosabatlarning muvaqqatligidan iztirob chekuvchi  
nadomatgo‘y liberal arboblar  uni qo‘llab-quvvatlashni va o‘shanday ijtimoiy muhitda 
yashashni davom ettiraveradilar, chunki muammoning ildizi muhitdadir. Biroq islom 
tabiatan  masalaga kengroq qaraydi, binobarin, biz tushkunlikka tushmasligimiz kerak. 
Oila inqirozi jarayoni keskin iqtisodiy va insoniy oqibatlarni keltirib chiqarmoqdaki, bu 
inqirozni tan olish va keskin choralar ko‘rish vaqti kelishi shubhasiz. So‘ngra bugungi 
kunda hazil-mazax qilinayotgan ziyolilarcha musulmon konservatizmi harakatga kelishi 
ham ehtimoldan xoli emas.  
  
*        *        * 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
52
Nyutonning kuzatishicha, tabiat bo‘shliqni yoqtirmaydi; ushbu qoida fanning maqomiga 
bo‘lgan psixologik munosabatni yaxshilashga yordam berishi mumkin. Dunyoviy qarash 
ham anglash mushkul, ham mavhum bo‘lishi mumkin, biroq dindorlar uchun Yangi 
Ijtimoiy Aqidalar tez orada yangi diniy qarashlar shaklini olishi mumkin. Yigirmanchi 
asrning ulkan erkinliklari ko‘pincha dinni harakatga keltiruvchi quvvatning kuchli  
poklovchisiga o‘xshab ko‘rinadi.  Dunyo tashvishlaridan va «men»ni tiya bilishdan 
qutulishday tug‘ma istak shaxs erkinliklarini cheklashga qarshi  qattiq varaja - 
konvulsiyaga aylanayotgani ajablanarlidir.  
Shu ma'noda, siyosiy jihatdan to‘g‘ri yo‘l tutayotgan G'arb kuchli diniy jamiyatdir. Uning 
o‘z dogmalari, ilohiyotshunoslari, ruhoniylari, jabrdiydalari, Amerikadagi  universitetlar 
shaharchalariga va'z-axloqnomalarni yetkazib borgan missionerlari va kufrni yer bilan 
yakson qiluvchi yaxshi rivojlantirilgan nazariyasi bor.  
Ba'zi bir kishilar bularning barchasini zarur, chunki odamlar ishonch va asosga muhtoj
chin e'tiqodsiz o‘zlarini G'arbda idora etolmay qolishi va qonunbuzarlik yo‘liga kirib 
ketishi mumkin, deb biladi. Ammo, hamma balo shundaki, ayni paytda qonunchilik, 
maktab o‘quv rejasi, eshittirish va ko‘rsatuvlarni boshqarish qoidalariga aylangan yangi 
aqidalar, haqiqiy yangi din vazifasini ham o‘tay olmaydi yoki uning o‘rnini bosolmaydi. 
Diniy axloq, musulmonmi, xristianmi, buddaviymi, yoki eskimosmi, bundan qat'i nazar, 
o‘ziga yuklangan mas'uliyatni sharaf deb biladigan shaxsning o‘zligini namoyon qilish 
g‘oyasi orqali jamiyatda hamjihatlikni ta'minlaydi. Bunga mutlaqo teskari bo‘lgan 
G'arbning yangi dini unga huquqlardan lazzatlanish orqali erishiladi, deb o‘rgatadi.    
Ushbu ters holatning ekstremizmga xos ekanini inobatga olsak, u ta'sir ko‘rsatayotgan 
jamiyatlar qiyin ahvolga tushib qolishidan ajablanmasa ham bo‘ladi. Konor Kruiz 
O‘Brayenning mulohazasini o‘zgartirib, dunyoviy ijtimoiy tibbiyot bilan bog‘liq 
ko‘ngilsizliklar shundan iboratki, u qanchalik ko‘p qo‘llansa, mijoz shunchalik kasal bo‘lib 
boraveradi, deyish mumkin. Yangi e'tiqodlar bizni porloq va erkin xomxayolga yetaklash 
o‘rniga ijtimoiy illatlarimizni yanada chigallashtirib yubordi, deyish kufr bilan barobardir. 
Biroq aynan shunday bo‘lgani bor gap. Boz ustiga, xushmuomalalik hukmron bo‘lgan 
jamiyatda soxta din bunday buzg‘unchilikka boshlagan tushunchalar tanqid 
qilinmasligiga kafil bo‘ladigan darajada kuchlidir. Ehtimol, musulmonlar bunday 
xushmuomalalik haqida qayg‘urmaydigan odamlar bo‘lsa kerak.  
Ushbu asrda ro‘y bergan erkinlik uchun kurashlarning o‘ziga xoslaridan biri feminizmdir. 
Ba'zilari ehtiyotkor va dalillangan, boshqalari esa jodugarlik va o‘z jinsi vakilasini sevish 
singari tasavvur ham qilib bo‘lmaydigan son-sanoqsiz darbadar tamoyillarga bo‘linib 
ketgan bu harakat xususida bir necha umumlashmalar qilish mumkin.  Biroq buni 
kuzatishni boshlash  uchun eng qulay vaqt ayollarning o‘zlari istamagan holda 
viktorianlarning
[97]
 feminizmoldi va yigirmanchi asrning so‘nggidagi feministik 
qadriyatlar qurboni bo‘lgan paytidir.  
Ayollarning erlaridan alohida moliyaviy yoki huquqiy sub'ekt sifatida ajralib yashashi 
mumkinligini rad etgan an'anaviy xristian madaniyatlarida xotin-qizlar qonundan 
tashqarida qolishdan aziyat chekar edi. Bu holni ularning aksariyati hech ikkilanmay 
qabul qilishi mumkin edi, ammo ijtimoiy yordam bermay qo‘yilgan ayollar real 
adolatsizlik qurboni bo‘lishdi, oqibatda ular mustaqil yashashga ehtiyojmand ekanini 
anglab yetishdi.  Shu tariqa ayollarning saylovlarda ovoz berish huquqiga ega bo‘lgani 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
53
chin ma'noda adolat izlash natijasi edi. Bu hol G'arb jamiyatini xristian an'analaridan 
islom me'yorlari tomon burib yubordi. Unga ko‘ra, ayol hamisha, hatto  turmushga 
chiqqanidan so‘ng ham qonuniy sub'ekt hisoblanadi, uning mulki, familiyasi, vorislik 
huquqi va da'vo bilan sudga murojaat qilish huquqi saqlanib qoladi.  
Go‘yoki so‘nggi 30 yil davomidagi yangi feminizmdan  musulmonlarning paytavasiga 
qurt tushib qolgan, qabilidagi gaplar Freyden, Greer va Dalining jangari va mafkura suvi 
yuritilgan dunyoqarashidan boshqa narsa emas. Ushbu mutafakkirlar nafaqat 
jamiyatdagi struktural adolatsizlik, qolaversa, erkak va ayollarning identiteti xususidagi 
fundamental qarashlarga qarshi hujum qilish bilan yangi bir bosqichni boshlab berishdi.  
Simon de Beovo (Beauvoir): «Onalik instinkti bekor qilinmaguncha, ayollar qulligicha 
qolaveradi», deb yozgan edi; yangi feministlarning bunday baqir-chaqirlarini har 
qadamda eshitish mumkin.  Shu nuqtai nazardan qaraganda, an'anaviy tarzda ayol 
deganda, noziklik, erkak deganda esa  jasorat esga tushishi  biologik va axloqiy nuqtai 
nazardan asossizdir. U «patriarxat» deb ataluvchi butun boshli an'anaviy binoning 
tayanchi sifatida hujum qilib turish ob'ekti bo‘lgan.    
Shu o‘rinda musulmonlar sakrab kemaga chiqib olishi kerak. Qur'on va bizning 
ilohiyotshunoslik an'analarimiz ikki jins koinotga xos qutblanishning bir bo‘lagi ekanidan 
boxabarlikka tayanadi. Biz har bir juft yaratilganiga ishonamiz, muqobil ilk sabablar   
o‘rtasidagi o‘zaro tortishish munosabatlari dunyoni harakatga keltiradi va unga qadr-
qimmat baxsh etadi. Qadimgi xitoyliklar O'N MING NARSAni In va Yanga bo‘lgani 
singari, musulmonlar rod - jins xususiyatiga ega bo‘lgan arab tilida vahiy kelgani 
hodisasini tilga olar ekan, jins kelishuv emas, ilk sabab, oddiy biologiya emas, metafizika 
ekanini yaxshi biladi.   
Shunday qilib, islomning turimi - pozitsiyasi injadir. Metafizik nuqtai nazardan, erkak va 
ayol sabablari teng kuchlidir. Hodisalar Ularning o‘zaro harakati orqali ro‘y beradi: 
shunday qilib, yaratuvchanlik borki,  nasl qoldirish hissi bilan bog‘liq. Biroq Murata 
jamiyatdagi «shu yerda-quyida» printsiplari o‘rtasida oddiy paritet - muvozanat 
o‘rnatish sa'y-harakatlari adolatni yetarli darajada ta'minlay olmayotganini ko‘rsatib 
beradi. Har bir ilohiy nomning o‘ziga yarasha vazifasi bor. Insoniyat genetik qulaylik 
uchungina jinslarga bo‘lingan. Erkak ham, ayol ham Allohning yerdagi xalifalaridir, 
biroq ilohiy komillikning qo‘shimcha jihatlarini bayon qilishda ularning «vazirliklari» 
asosiy masalalarda bir-biridan farq qilishadi. 
Islomning inson tabiati (fitrati) oyoq osti qilishga emas, parvarish munosibligini hamda 
erkaklar va ayollar faoliyatning boshqa-boshqa turlariga moyil ekanini tushunishi 
liberallarning ayyuhannos va noroziligiga sabab bo‘ladi. Bu hol ularning nazdida uchchiga 
chiqqan kufr sanaladi. Biroq liberallar tez-tez tilga  olishni xush ko‘radigan  eng sodda 
biologik va utilitar (faqat foydani ko‘zlovchi)  istilohlarida ham taqdirning mutlaq 
identiteti jumboqligicha qolaveradi. Ammo nomaqbul jamiyatgina ayollar ongini mutlaq 
tenghuquqlilik axtarish istagi bilan zaharlashi mumkin, shuning barobarida u ayollarning 
farzandli bo‘lishiday voqelikdan hamda - masalaning  eng janjalli jihati ham shunda - 
ularning  bola boqishdan huzur qilishidan ko‘z yuma olmaydi. Ular farzandlarining 
jamiyatdagi kufr va g‘ayridiniy qarashlarda ayblanishiga qarshi turish uchun o‘zlari 
erishgan mavqedan voz kechishday jasoratga ham, yoki soliq idoralarining ta'qibiga ham 
tayyor; ammo ular o‘z e'tiqodida sobitqadam, dunyoviy tafakkurni iqi suymaydi, onalar 
farzandlarini enagalardan ko‘ra yaxshiroq tarbiyalashadi, ko‘krak suti sun'iy sutdan ko‘ra 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
tuzuk va hatto - u   pirovardida g‘ayri fikr bo‘lib tuyulishi ham mumkin - bola  parvarishi 
sug‘urta sotish yoki avtobus haydashdan ko‘ra farahbaxshdir.  
Ayollar o‘rtasida erkaklar bilan faoliyatning mutlaq tenghuquqliligini talab etuvchi 
ortodoksal feminizmga isyon belgilari zuhur bo‘lmoqda. Ommaviy axborot vositalari 
bong urayotganining aksi o‘laroq, ziyoli ayollar bola boqish uchun «chetga chiqib 
qolish»dan hazar qilayotgani yo‘q. Lekin haqiqiy zarar yetkazib bo‘lindi. Otalarni bola 
boqish va uy bekligiga qaytarish muvaffaqiyat qozonayotganga o‘xshaydi; aksariyat 
binolar uydan ko‘ra  uyquxonalarga o‘xshab qolmoqda. Ovqatlanish vaqti o‘z qat'iyligini 
yo‘qotib, konserva ochish ishiga aylanib qolgan; ota-onalar horib, holdan toyib qolgani 
uchun horish nimaligini bilmaydigan farzandlari bilan o‘z «sifatli vaqti»ni birga o‘tkaza 
olmaydi; afsuski, oila a'zolarining uyga va bir-biriga tegishlilik hissi yo‘qolib bormoqda. 
Ayni chog‘da bolalar uyni tark etadi, ular o‘zlarini uyda hech narsa ushlab 
turmayotganday his etadi.  
Bunday qayg‘uli vaziyatda ajrashish mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi. Ota ham, ona ham 
ishlaydigan oiladagi siqilishni oddiy kishilar yenga olmaydi. Daromadning oshishi va 
(ba'zi birovlar uchun) ishdan olingan lazzat charchoq va tortishuvlar ehtimoli 
kuchayishining o‘rnini to‘ldirishi qiyin. Ayolning oilani o‘z mehri bilan isitishidan mahrum 
bo‘lgan ota va farzandlar o‘zini xavfsiz his eta olmaydi. Er-xotinning birday ishlashi 
intihosiz tortishuvlar uchun zamin hozirlaydi. Ajrashish gali kelganda esa, aksariyat 
hollarda ayol kishiga jabr bo‘ladi. Qariyotgan yolg‘iz ona sifatida u jamiyat o‘ziga 
mutlaqo qiziqmay qo‘yganini anglay boshlaydi. U «davlatning xotini» deb ataluvchi yangi 
sinfga borib qo‘shiladi. 
Yaxshiyamki, davlat ko‘pxotinli bo‘lishi mumkin. Yangi Yevropani  ijtimoiy jihatdan 
anglash soliq daromadlarining keskin ko‘payish davriga to‘g‘ri keldi. Siyosatchilar orasida 
ijtimoiy inqiroz darajasi yillik yalpi ichki mahsulot o‘sishidan o‘zib ketmagan bir 
vaziyatda bu borada qayg‘uruvchilar kamdan-kam topiladi. Yana millionlab yolg‘iz 
oilalarning taqdiri achinarlidir. Daromad manbai yagona bo‘lgan oilalar ayollarga bola 
boqishday muqaddas burchni oyoq osti qilish emas, bajarishga izn berilishi liberallar 
taxmin qilganidan ham ko‘ra ko‘proq ma'naviy ahamiyatga ega ekanini yaqqol tasdiqlab 
turibdi.   
Ammo feministlar ijtimoiy matoni kemirayotgan yagona kuya emas. Yana boshqalari 
ham borki, ularning ba'zilari haddan ziyod radikaldir. Ularning eng keskini 
gomoseksualistlardir, qiziq, ammo doimo jirkanch mafkuralardir, ular aholiga oilalar 
uchun oqibati halokatli bo‘lgan dogmalarni tiqishtiradi.   
Xuddi feminizim singari gomoseksualizmga qarshi teologik holat ham bizning 
yaratuvchanlikning «diadik»
98
 tabiatini qanchalik tushunishimizga borib taqaladi. 
Insoniyatning jinslarga bo‘linishi koinotning Alloh irodasiga ko‘ra qutblanishi 
tajassumidir. Erkaklar va ayollar qo‘shimcha ilk sabablardir. Jinsiyat ularning ilohiy va 
nasl qoldirish bo‘yicha kelishuvidir. Shuning uchun ham bir jinsga mansub kishilarning 
jinsiy aloqaga kirishuvi tabiiy tartib buzilishining eng dahshatli ko‘rinishidir. Bunday 
aloqaning biologik pushtsizligi Alloh dunyoning o‘rmagi va arqog‘i sifatida istifoda etgan 
asosiy ikkilikni e'zozlashni metafizik barbod etish alomatidir.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
Shunga qaramasdan, gomoseksualizmning harakatlantiruvchi kuchi juda kam 
o‘rganilgani ayni haqiqatdir. Bu hol darvinizmning ma'lum vaqt o‘tishi bilan aksil-
reproduktiv xossalarning sistemali ravishda yo‘qolib borishi xususidagi faraziga qarshi 
qat'iy dalil sifatida paydo bo‘lmoqda. Ba'zi bir madaniyatlarda bu hol juda kam uchraydi: 
Vilfred Tezigerning yozishicha, u  o‘zining arab badaviylari bilan uzoq sayohatlari 
davomida hech qachon odamni kamsitadigan bunday amaliyotga duch kelmagan. U 
boshqa jamiyatlarda, xususan, zamonaviy shahar madaniyatlarida juda keng 
tarqalgan.   Nega aynan shunday bo‘lishi kerakligi xususidagi nazariyalar tiqilib yotibdi: 
ba'zi bir tadqiqotchilar aholi haddan ziyod ko‘payib ketgan jamiyatlarda bu tamoyil 
tabiatning nufus o‘sishini nazorat qilish usulidir, deb safsata sotadi. Bizga aytishlaricha, 
laboratoriya kalamushlari haddan ziyod yorug‘ chiroqlar, qattiq shovqin va bir joyga ko‘p 
yig‘ilish oqibatida bezovta qilingan taqdirda ham geteroseksualligicha qolaveradi. Boshqa 
olimlar esa  kontratseptiv dori iste'mol qiluvchilarning ichimlik suviga solingan minglab 
tonna estrojen
99
 natijasida «gormonlarning bulg‘anishi» ta'siri haqida mulohaza 
yuritishadi. Bu ham hali isbot etilmagan.   
Ayrim olimlar yaqinda o‘tkazilgan tadqiqot natijasida gomoseksual tamoyillar har doim 
ham hayot davomida orttirilmaydi, ba'zi bir shu dardga mubtalo bo‘lgan individuumlar 
xromosomalarining aniq-taniq nosozligi  bilan tug‘iladi, degan xulosaga keladi. Buning 
axloq ilohiyotshunosligi uchun qanday ahamiyatga ega ekani ayon: Qur'onning odamlar 
faqat o‘z ixtiyori bilan sodir etgan xatti-harakatlari uchungina javobgardir, degan qat'iy 
hukmini inobatga oladigan bo‘lsak, gomoseksualizm ma'lum ma'noda tug‘ma moyillik 
sifatida gunoh sanalishi mumkin emas. 
Albatta,  bundan ushbu moyillikka mos harakatlarni oqlash mumkin, degan xulosa kelib 
chiqmasligi kerak. Shunga o‘xshash tadqiqotning dalolat berishicha, ko‘pgina insoniy 
mayllar, xususan, o‘t qo‘yish va boshqa jinoiy xulq shakllari ham ba'zida genetik 
tartibsizlik oqibati o‘laroq, yuzaga chiqadi; binobarin, shuning uchun ham hech kim xulq 
axloqiy nuqtai nazardan izchil degan xulosaga kela olmaydi. Biz buning o‘rniga Alloh 
odamlarga turli-tuman jismoniy va aqliy hadyalar bergani, ul zot ba'zi birlarimizni  
axloqiy mayllarni berish orqali sinashini, biz uni o‘z-o‘zimizni isloh qilish va intizomning 
bir qismi sifatida kurashib yengishimiz orqali o‘rganamiz. Butun borlig‘i bilan uylarga o‘t 
qo‘yishni istovchi aqlli mijozga bu istakni yengish uchun o‘ziga xos iroda berilgan. Kuchli 
gomoseksual xohishi bo‘lgan erkak yoki ayol xuddi shunday sinovga duchor bo‘ladi.  
Taqvodor kishi uchun gomoseksual ishlar ham metafizik, ham  ma'naviy jinoyatdir.  
Geteroseksualizm esa qarashlar yig‘indisi - kontseptsiya  sifatida yangi hayotga, 
farzandlarga, nabiralarga va so‘ngsiz avlodlarga eltuvchi g‘aroyib ittifoqdir: u cheksizlik 
eshigidir. Buning mutlaq ziddi bo‘lgan besoqolbozlik esa  jahannamga eltadi. Har 
doimgiday, g‘urur yerga urilganda eng yaramas illat  yuzaga chiqadi.  
Albatta, bularning birortasi ham dunyoviy tafakkurni qiziqtirmaydi, chunki u mavjudlikda 
ma'ni ko‘rmaydi hamda eng oliy lazzat va zavq inson hayotining maqsadi bo‘lishi 
mumkinligini tasavvur ham  qila olmaydi. Ko‘plab vatandoshlarimiz biz dunyoga 
ko‘nglimizni poklash va ilohiyot mavjudligi tufayli bemisl baxt hissini tuyish uchun 
kelganimizni mutlaqo tushunmaydi.  Shuningdek, homofiliyaga qarshi dunyoviy dalillar 
ham yetarli, biz ularni o‘z fikrimizni dalillashda istifoda etishimiz mumkin.  

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
Gomoseksualizm nikoh instituti - qurimi  uchun ko‘p zararlidir. Uning targ‘ibotchilari bir 
faktni  tan olmasligi mumkin, ammo u bizning eng muhim yashash tarzimiz - erkak va 
ayol ittifoqi ildiziga bolta uradi. Vaholanki, biz aynan shuning uchun dunyoga kelganmiz 
va bu farzand o‘stirish uchun qulay tabiiy sharoitdir. Tabiatning ilgarigiday nufuzi 
qolmagan, odamlar ming-ming yillardan beri yashab kelgan hayot yo‘lidan  butunlay 
chiqib ketgan bizning davrimizda jamiyat erkak-ayol ittifoqini qadrlashga arzirlik yagona 
hodisa ekaniga ishona olmaydi.  Muqobil yo‘llar ko‘p tarqalgani sari muqaddas sanalgan 
me'yorlar kamayib boraveradi. Gomoseksualistlar tarafdorlarining har bir g‘alabasi 
jamiyatning yashab qolishi uchun zarur bo‘lgan me'yorlarga qarshi urilgan kuchli 
zarbadir.  
Gomoseksualizmga qarshi kampaniya - mujodala  oilani muhofaza etish uchun kurash 
kontekstida hamma qilishi kerak bo‘lgan ishga aylanib bormoqda. Baqir-chaqir qilib 
yurgan, yepiskoplarni ko‘chaga haydab solayotgan va besoqolbozlikka izn beradigan 
yoshni pasaytirishni talab qilayotgan  mutaassiblar fitratning ashaddiy dushmanidir. 
Ibtidoiy me'yor bo‘lmish fitrat bani basharning rang-barangligi  yo‘lida yangi avlodni 
tarbiyalash vositasi o‘laroq, o‘zini nikoh orqali izchil namoyon qila bordi. Islom inson 
tanasining tabiiy ehtiyojlarini hisobga olar ekan, nimaiki fitratga qarshi bo‘lsa, insoniyat 
va Allohga ham qarshidir, degan aniq-ravshan tushunchada sobit turadi. Bu tushuncha 
qonunlarda o‘z aksini topishi kerak, u uzoq vaqt mobaynida oilani zavqli «turmush 
tarzini tanlash» diapazonlaridan biri sifatida nisbiylashtirish  yo‘llarini izladi.  
Ma'lumki, inversiya - qadriyatlarning  oyog‘i osmondan bo‘lishi ham individual, ham 
ijtimoiy nuqtai nazardan zararlidir. 1997 yili uch nafar amerikalik akademik 
besoqolbozlik amaliyoti VICh infektsiyasi tarqalishiga sabab bo‘ladi, deb 
gomoseksualizmni mazax qilgani uchun ishdan bo‘shatilgan edi. Ular milliondan oshiq 
amerikaliklarning hayotini zimiston qilayotgan ushbu vaboning tabiati to‘g‘ri hayot 
kechirayotgan insonlarga nisbatan zamonaviy haqoratdan boshqa narsa emasligini 
ko‘rsatib bergan edi.  Bevosita aksiljismlar
100
, bizni mikroblar dunyosidan himoya 
qiladigan inson immunitet tizimi yadrosi o‘zimiz o‘z tanamizni buzishimiz miqyosiga 
qarshi tura olmaydi. Bu, ayniqsa, islom uchun tushunarlidir. Imom Malik hikoya qilgan 
hadis insonning bu tanlovi nimalarga olib kelishi mumkinligini bizga sabr-toqat bilan 
eslatib turadi: «Axloqsizlik hech qachon uni odamlarning o‘zi tarqatmaguncha paydo 
bo‘lmaydi, u ota-bobolarga yot bo‘lgan jazava va vabo bilan birga tarqaladi».  SPID 
ilohiy jazo emas, bu juda qo‘pol qarashdir. Bu bizga ilohiy nomos - qonunlarni  
buzganimizda nimalarga duchor bo‘lishimiz mumkinligi eslatmasidir. Biz bu qonunlarga 
rioya etib, insoniylik me'yorlariga uyg‘un holda yashaymiz, bu me'yorlarning asosiy 
maqsadi bizni eson-omon saqlashdir. 
Ba'zan musulmonlar G'arbdagi oila qadriyatlari  inqirozi  insoniyatning aksariyat qismi 
manfaatlariga mos keladi, deb hisoblaydi. Ular tushkunlik G'arb tanlagan yo‘l va u 
shunga munosibdir;  G'arb jamiyatining muqarrar portlashi axloqan mustahkam bo‘lgan 
islomga dunyoning kuchli tamadduni sifatida o‘z o‘rnini qayta egallashiga maydon 
hozirlab beradi, deyishadi. Bu nazariyaning ko‘ngilni xijil qiladigan jihati shundaki, 
portlash yalpi inqiroz alomatlarini zohir qilayotganicha yo‘q. Texnologiya va boylik o‘sib 
borayotgan baxtsiz hodisalarga barham bera oladigan kuzatuv va ijtimoiy ta'minot 
tizimini vujudga keltirishga imkon yaratmoqda. Taqdir hazilini qarangki, Yangi Dunyo 
Tartibiga posbonlik qilayotgan davlat qorong‘i tushganda o‘zining Markaziy xiyobonida 
tartib o‘rnata bilmaydi. Biroq biz ahmoqlarcha nekbin bo‘lsak ham, yoki mutlaq 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling