Xxi-asrda islom


Download 5.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/31
Sana09.12.2017
Hajmi5.22 Kb.
#21862
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31

www.ziyouz.com kutubxonasi 
57
totalitarizmdan umid qilsak ham, G'arbdagi ijtimoiy tamoyillardan xavotirga 
tushmasligimiz mumkin emas. G'arb oilasining omon qolishi musulmonlarni ham 
xavotirga soladigan masaladir, biz do‘stlarimiz va  qo‘shnilarimiz, ularning aqidalari 
haqiqiy hayot sandoniga urilib singan va eshitishga yaramaydigan darajada yerga 
urilgan vaqt kelgunga  qadar o‘z nuqtai nazarimizni  taklif etishimiz kerak.  
  
VI bob 
Islom, Irigaray
101
 va jins masalasi 
Rasuli akrom aytdi: ayolning aqli erkaknikidan ustun,  
ular erkaklar yuragining sohibidir. 
Biroq johil kishilar ayollardan ustun,  
ular hayvonlarga xos vahshiylik domiga tushib qolgandir. 
Ularda na ezgulik, na shafqat, na sevgi bor,  
chunki ular tabiatida hayvoniylik ustunlik qiladi. 
Muhabbat va ezgulik insoniy fazilatlardir;  
jahl va shahvatparastlik hayvonlarga xosdir. 
Ayol sizning mahbubangiz emas, Allohning tajallisidir.  
U yaratuvchidir - siz uni yaratilmagan deb aytishingiz mumkin. 
(Hazrat Mavlono)
[98]
 
  
1969 yilgi feministlar harakatining bachadonigina bor edi.  
1997 yilgi feminist harakatining bachadoni ham yo‘q. 
 (Jermeyn Grir)
[99]
 
Ushbu bob ehtimol tutilgan haqiqat va an'anani qayta tasavvur qilishga da'vat etadi. 
Menimcha, bu o‘rinsiz zo‘ravonlikka sabab bo‘lmaydi, biroq u ayni kundagi 
tenghuquqlilik, hurmat va ushbu bobdagi dinning evrilishlariga oid hikoyaning bir qismi 
bo‘lishga oid tashvishlarga sabab bo‘lishi turgan gap. Kimdir ushbu loyihaning 
muhimligini qayd etib o‘tirishga hojat yo‘q, deb o‘ylashi mumkin. Qur'onning adolatli 
xudo xususidagi uqtirishi va ko‘pgina uyg‘onish vakillarining erkinlik xususidagi ritorik 
gaplariga qaramasdan, islom qiroati bugungi kunda, Afg‘onistondami yoki 
Zanzibar
[100]
dami, bundan  qat'i nazar, kamsitish amaliyotiga ochiqdan-ochiq 
rahnamolik qiladi. Bunday amaliyot dinning insoniyatga xizmat qilishday olijanob 
maqsadini shubha ostiga qo‘yadi. 
Muhtaram o‘quvchim, kaminaga musulmon dunyosida din va jinsning keskin 
dialektikasidagi o‘yin holati  deb hisoblayotgan mavjud holatni qisqacha bayon etishga 
ijozat bergaysiz. Biz bugungi  madaniy dalillarni mustamlakadan so‘nggi eng yangi 
dunyoda yashash belgilari deb tavsiflashimiz mumkin. 20-asrning boshlarida 
mustamlakachining tenglik uslubi,  simbiotik nuqtai nazardan,  jins emansipatsiyasi 
uslubi bilan hamohang edi. Jins emansipatsiyasining ko‘zga ko‘rinarli jihatlari Misrning 
bosh  muftiysi Muhammad Abduh (vaf. 1905 y.)ning va Qosim Aminning 1899 yili chop 
etilgan «Tahrir ul-Mar'a» maqolasida so‘z yuritilgan ko‘pxotinlilik va ilohiy qonunlarning 
keskin taftishi edi. Keng ommaning qo‘llab-quvvatlashi xususidagi da'volarga 
qaramasdan, o‘sha vaqtdagi tub islohotlarni - xoh  1926 yili shariatga asoslangan 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
tuzumdan voz kechgan kamolchilar Turkiyasida, xoh Rizo Shoh Eronida bo‘lsin, yangi 
milliy kiborlar  tayyorlagan, ulardan kam qudratga ega bo‘lmagan  erkak kiborlar esa 
shahar ayollariga ozodlik berish bo‘yicha ijtimoiy dastur ishlab chiqishni tezlashtirgan 
edi. 
Ayollarni ozod etish tili
[101]
 va siyosatida erkaklar ustunlik qilgan paytlar ular tez-tez 
ikki tomonlama begonalik hissini tuyar edi. Ayollarni ozod etish harakati alal-oqibat 
nosirizm va baasizm singari vakolatli sotsialistik millatchilik jarayonlariga qo‘shilib ketdi. 
Nosirizm islomga xos edi, chunki erkak qonun chiqaruvchilar bu ozodlikni majburan joriy 
etdilar, sababi, uning mahalliy yoki ilohiy kitoblarda qayd etilgan asosi o‘z ahamiyatini 
yo‘qotib borayotgan yoki (kommunistik boshqaruv domidagi musulmonlar muhitida) 
jangarilik holatida emas edi. Baasizmni esa davlat yuritayotgan bo‘lib, so‘zamollik va 
qonunchilikka qaramasdan, u ayollarning ijtimoiy hayotdagi ishtirokini yetarli emas deb 
topdi. Demokratik hisob berish yoki an’anaviy zodagonlarga xos  sharaf kodeksining 
yo‘qligi tufayli yuqori mansablardagi kishilar o‘rtasida korruptsiya va kalondimog‘lik  
urchib ketdi. Bu aksariyat hollarda  mehnat taqsimotining an’anaviy shakllarini qayta 
tasdiqlash  ustidan o‘z nazoratini o‘rnatdi. Ko‘pincha bu ko‘hna aslzodalarning barham 
topishi  va ular o‘rniga ayollarga xos tana tuzilishi dehqonlarga borib taqaladigan harbiy 
kishilarning paydo bo‘lishida yaqqol ko‘rindi.   
Mustamlakachilikdan so‘nggi inqilobchi avlod birin-ketin dunyodan o‘tib ketayotgan eng 
yangi davrda bu ikki barobar begonalashuv musulmon ayollarning murakkab javob 
harakatlariga sabab bo‘ldi. Bu harakatlar ularning an'anadan g‘arb feminizmi 
nazariyotchilaridan o‘rganilgan  sxemalar foydasiga ateistlarcha voz kechib yuborishidan  
to o‘rta asrlar shariatining keskin  maslak tafovutiga oid hukmlarini ishonch bilan  qayta 
tasdiqlashgacha bo‘lgan sipehri - spektrida zuhur bo‘ldi. Misrda Zaynab al-G'azaliy va 
Safinaz Kozim singari ayol yozuvchilar feminizmni madaniyat mustamlakachiligi sifatida 
mazax qiladi, ular G'arbning yolg‘iz otalik yoki onalik va ajrashish singari ijtimoiy 
muammolarini bir-bir sanab o‘tar ekan, ularga ayollar harakatiga esh bo‘lgan holat deb 
qaraydi hamda ko‘pincha hanballashtirishni, musulmonlarning muqaddas kitoblarini 
o‘qishni  muammo yechimi sifatida tavsiya etadi.  
Ushbu qutblashuv yirik madaniy qutblashuvning kichik bir bo‘lagidir, u zamonaviy 
musulmon madaniyatlarida g‘arblashgan milliy aslzodalarni o‘sib borayotgan quyi-o‘rta 
islomchi sinflardan ajratib turadi. Ammo bu qutblashuv kerak bo‘lganda nisbatan 
murakkab strategiyalar bilan birga yashashga majbur. Keyingi o‘n yil ichida g‘arb 
tamadduniga bo‘ysunish va muqaddas kitoblar aqidalarini tushuntirishda bo‘shanglik 
qilayotganlikda ayblanishi mumkin bo‘lgan yangi musulmon mutafakkirlari avlodi paydo 
bo‘ldi. Ular anaxronistik tarzda risoladagi o‘tmishdan ham, boshqalarning bugungi 
kunidan ham, islom feminizmidan ham  nusxa ko‘chirishni istamaydi. Turli-tuman 
mahalliy xususiyatlarga moyil bunday mualliflarni ta'riflash qiyin. Biroq ba'zan ular sobiq 
marksistlar bo‘lib chiqadi. Buning yorqin misoli Aziza al-Hibriydir. Boshqalari esa 
Turkiyada. U yerda 90-yillarning boshida kommunizm obro‘siga putur yetishi ziyolilar, 
yozuvchi va siyosat faollarining islom tomon yuz burishini tezlashtirdi. Ikki turk juvoni: 
Zakiya Demir va Zakiya O'g‘uzxon ushbu tamoyilning vakilalaridir. Zakiya O'g‘uzxon «Bir 
ro‘molning kundaligi» asarida kamolchilarning ayollarni yangilik uchun an'anadan ozod 
bo‘lishga majbur etishi hanuz ularning ozodlikdan mahrum bo‘lib qolayotganiga sabab 
bo‘lgani kinoya bilan bayon qilinadi. Turkiya sharoitida ayollar dindorligiga universitetlar 
va hukumat idoralarida jinoyat deb qaralishi  bunga misoldir. Demirning 1998 yili 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
«Modern va postmodern feminizm» nomi bilan chop etilgan kitobida feminizm 
mintaqaviy bo‘laklarga bo‘linib ketganini ham, turkiy-islomiy feminizmning vahhobiylik 
ko‘rinishidagi tarixiy ildizi bo‘lmagan harfxo‘r germenevtikasini ham, usmonlilar 
imperiyasining  sentimental sadoqatini  ham tan olmaydigan tarzda rivojlanishi xususida 
fikr yuritiladi. Bu  Demir xonim Qur'onning asosiy ozod etish etosi - xususiyati deb 
biluvchi holatni izlab topish uchun kerak. Uning ishonishicha, musulmon ayollar dastlab 
patriarxat mualliflik qilmagan, ammo og‘zaki, xalq og‘zaki ijodida yashab kelgan 
hikoyalarni erkaklar hukmronlik qilmaydigan va ular tadqiq eta olmaydigan saltanatda  
gapirib berishi va avaylab-asrab yurishi mumkin. Ushbu hikoya qayta tiklanishi kerak: 
biz Bahriya O'chakning "Hukmdor turk ayollari" kitobidagiday, faqatgina 
aslzodalarnigina emas, boshqa oddiy taqvodor ayollarning hayotini ham aks ettirishimiz 
lozim. Uning ta'kidlashicha, bu biz ham mansub bo‘lgan hikoyadir va biz uni hech 
qachon sotmasligimiz kerak. Buning o‘rniga unga manzarasi va iqlimi hozirgi dunyo 
bo‘lgan yangi bob yozishimiz zarur. 
Islomning yetakchi tamoyilidan og‘ib ketishiga qaramasdan uning aslini saqlab qolishga 
intilayotgan ko‘plab islomchilarning o‘zi va muslima mutafakkir ayollar germenevtikaga 
yuz burdi. Germenevtika muqaddas qo‘lyozmalarni androtsentrizm
[102]
ga yo‘l 
qo‘ymaslik orqali qayta o‘qish imkonini beradi. Binobarin, Stenford universitetining 
huquqshunos olimasi Syuzan Okinning yaqinda «Boston revyu»da «Ayollar uchun 
ko‘pmadaniyatlilik yomonmi?» nomi bilan chop etilgan maqolasiga javoban Aziza Al-
Hibriy qarshi savol beradi: «G'arbning patriarxal feminizmi uchinchi dunyo va kamsonli 
(millatlar) ayollar(i) uchun yaxshimi?" (Ushbu munozarani Prinston universiteti bundan 
ikki yil muqaddam chop etgan edi.) Al-Hibriy ayni paytda musulmon mutafakkiri va 
Virjiniyada huquqshunos olima bo‘lib xizmat qiladi. U G'arbdan tashqarida bo‘lgan 
feminizm istiqbolini kechirib bo‘lmas imperialistik yoki hatto missionerlik va «boshqalarni 
qutqarish»ga qaratilgan kalondimog‘lik loyihasi deb hisoblaydi. Postmodern kontekstda 
boshqa bir tizimga o‘z cheklashlarini joriy qilishga bunday urinishlar Liotar «terrorizm» 
deb atagan narsaga to‘g‘ri kelishi hali isbotlanmagan.  Al-Hibriyning tahlilida Okin  diniy 
reduktsionizm
[103]
da nisbatan aybdor deb qaraladi. U «Yerga tushish» rivoyatidan 
iqtibos keltiradi va xristianlik, iudaizm va islomdagi qarashlardan  qat'i nazar, Havoni 
gunohkor deb hisoblaydi. Muallif Qur'onda gunoh Havo bilan birgalikda Odam Atoga ham 
bab-barobar yuklanishi aytilganini ta'kidlab o‘tishni o‘ziga ep ko‘rmaydi. Al-Hibriyning 
nazdida, Okin «unchalik ahamiyatga ega bo‘lmagan (g‘arblik bo‘lmagan) Boshqa haqida 
baralla gapirishi bilan» G'arb feministlarining tipik vakilasidir. O'sha Boshqa
[104]
, hatto 
bahsga kirishgan taqdirda ham shunchalik ahamiyatsizki, u boshqalardan ajralib 
turmaydi va ovozi ham o‘zgacha jaranglamaydi. Munozara chog‘ida faqat ustun 
tarafninggina ovozi va qarashlari bayon qilinishiga izn beriladi.
[105]
  
Hozircha Al-Hibriyning tahlili baquvvat ko‘rinadi, Okinning kechroq bergan javobi esa 
ishonarli emas. Biroq Al-Hibriyning javobi musulmon feministlaridan birining odatiy 
javobidir. Unda masalaga fiqh darajasida yondashiladi. Men uning qarashlari e'tiborga 
molik bo‘lgani uchun kattaroq iqtibos keltirmoqchiman: 
Musulmon feministlari, joriy etilgan huquqiy printsiplar va musulmonlarning maslahat
nuqtai nazaridan mavjud islom yurisprudentsiyasini tanqidiy ko‘z bilan qayta ko‘rib 
chiqishi kerak. Natija uch tomonlama strategiyadan iborat  bo‘ladi. Birinchidan, diniy 
amaliyotdan oddiy amaliyotni ajratish. Bu hol musulmonlarning ba'zi bir o‘zgarishlarga, 
xususan, sof madaniy o‘zgarishlarga bo‘lgan qarshiligini kamaytirgan bo‘lur edi. 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
60
Ikkinchidan,  mavjud yurisprudentsiyani undan nomaqbul madaniy unsurlarni topish 
uchun taftish qilib ko‘rish. Uchinchidan, islom yurisprudentsiyasiga vaqtni, joyni va 
musulmonlar maslahatini hisobga olgan holda hissa qo‘shish [...] Bunday murakkab va 
ko‘p vaqt talab etuvchi loyihani kesib tashlash yoki dunyoviy feministlarning sabrsizligi 
tufayli bekor qilish mumkin emas
[106]

Afsuski, hamma balo tafsilotlarda: islomiy huquq nazariyasi bilan qilinadigan 
germenevtik yamoqchilikdan qaysi biri  ushbu kamchiliklarni to‘ldirishi mumkinligini hech 
kim aytib bera olmaydi. Qur'onni oldingi matn o‘rniga to‘rt nafar ulkan va boshqa ko‘plab 
kichik faqihlar tomonidan qayta yozilgan deb talqin qilish islohot uchun zarur 
strategiyani taqozo qiladi, biroq buni tarixiy sharoit taqozosi va dekonstruktsiya
[107]
 
jarayonlarini qo‘shgan holda murosasiz   yo‘l bilan amalga oshirish yurispridentsiyaga 
keskin o‘zgarishlar kiritadi, bunga o‘xshash har qanday matn kenozisi
[108]
ni 
dunyoviylashtiruvchi va bo‘lginchi tushunchalar biror samara berishi dargumon.  
  
*          *          * 
Bu mening musulmonlarning  jins xususida fikr yuritadigan yozuvchilari o‘zini qaerda 
deb bilishlari xususidagi muqaddimamga yakun yasaydi. Ko‘pincha zamonaviy islomda 
murosaning paydo bo‘layotgani ham ko‘zga tashlanmaydi. Biroq odam har qanday 
islohot siyosati, u munosabatlarga, tarixga nazarga yoki shariatning o‘ziga nisbatan 
bo‘ladimi, bundan qat'i nazar, ilohiyotshunoslik aniq-tiniq ko‘rsatma bermagan bo‘lsa, 
diniy o‘tmishga daxldorlik emas, aksincha, unga butunlay begonalik hissini tuyish yo‘li 
bilan  chin ma'nodagi islohotchi bo‘la olmasligini tushunmaslikdan faqatgina o‘zi zarar 
ko‘rishi mumkin. Bu hol, men gumon qilishimcha, islom islohotchiligidagi umumiy bir 
xatodir: masalan, Shohrur yoki Vail Xalloq taklif etayotgan yurisprudentsiyadagi islomiy 
tushunchalarni qayta ko‘rib chiqishni, ular fiqhning diniy talablarini e'tiborga olmayapti, 
meros - turasni muammoli narsa deb hisoblayapti, degan qarash bilan tan olish oson 
emas. Biroq shariat hukmlarini tanlab-tanlab istifoda etarak, pala-partish 
g‘arblashtirishni bartaraf etishga urinib ham ko‘rmaslik dindor ommani ishontirmaydi, 
ilohiyotshunoslikni mohiyatan har bir shar'iy tahlil uchun zarur deb hisoblovchi jiddiy 
tahlilga ham dosh bera olmaydi: bunday holatda postfundamental usul xususida gap 
bo‘lishi mumkin emas. Menimcha, Al-Hibriy, Xalloq va boshqa islohot tarafdorlarining 
odatiy ovozi islom yurisprudentsiyasini usulsiz joriy etishni taklif etishmoqda: buning 
ma'nosi chin ma'noda dunyoviylashtiruvchi qonunni ildiz-pildizi bilan qo‘porib tashlashni 
nazarda tutadi. 
  
*          *          * 
Mening ushbu ilohiyotshunoslik inqiroziga qarshi qilmoqchi bo‘lgan ishim  aksariyat 
hollarda islomiy tadqiqotlarda e'tiborga olinmagan nazariy feministik tushunchalarni 
batafsilroq sharhlashdan  iborat. Bu hol har qanday tan olingan islomning jins xususidagi 
diskursining ma'naviy yashovchanligi xususidagi keskin munozaralarga bir oz oydinlik 
kiritishi mumkin. Afsuski, bu o‘rinda men vaqtimni sarflay olmaydigan foydali sohalar 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
61
ham  bor: masalan, islomga asos solinish tarixini o‘qishning ilojsizligi yoki yangi 
molekulyar biologiya zarurati. 
Men faqat o‘zimni tashvishlantirayotgan ikkita soha bilangina cheklanaman: birinchidan, 
ilohiyotning jinslardan tarkib topishi; ikkinchidan, jinsga oid ijtimoiy tafovutning 
qonunlarda emas, balki insoniy munosabatlarning ko‘plab nozik qutblashuvida yaqqol 
namoyon bo‘lishi. Ma'rifat davri tushunchasiga ko‘ra, musulmonlar shu orqali Vujudni his 
etishga harakat qilgan. Tajriba sifatida o‘tkazilayotgan ushbu munozarada mening 
sheriklarim zamonaviy frantsuz feminist faylasufi Lyusi Irigaray va 13-asrda yashab 
o‘tgan  ispan so‘fiysi Ibn Arabiy bo‘ladi. Men ularni mavhum bilishning jinsga oid 
dialektikasiga yechim topib beruvchi bir pulga qimmat himoyachilar sifatida tanlaganim 
yo‘q. Musulmon tafakkurida kimdir Boshqaning qat'iy va egamen o‘ziga xosligini 
tasdiqlash orqali Ma'rifat davri excendence
[109]
ini afzal bilishi mumkin. 
Muhtaram o‘quvchim, menga avvalo Irigaray qarshi chiqayotgan ushbu holatni qanday 
tushunishimni bayon etish orqali ishga kirishishga ijozat bergaysiz. Madaniy o‘ziga 
xoslikning g‘arbcha konstruktsiyalari Martin Haydeggerning ontologiyasiga mos keladi va 
ularga aynan o‘sha ontologiya muayyan shakl bergan. Aksariyat hollarda qayd 
etilayotganiday, Haydegger o‘zining "insonga oldindan hech qanday mohiyat berilmaydi" 
degan qat'iyati bilan (Yevropa) qit'a(si) falsafasidagi postmodern harakatga asos soldi. 
G'arbning falsafiy va ilohiyotshunoslik tafakkuri ob'ektlarga xos bo‘lgan «mavjudlik mulk 
yoki mohiyatdir" degan g‘oyadan xalos etilishi lozim. O'zimiz farqlaydigan va tasnif 
etadigan hodisalarni tushunish orqali ma'lum bir mulk deb hisoblaydigan mavjudlik biz 
unga yuklaydigan ma'nodan bo‘lak tarzda yashay olmaydi. Aslida bizning mavjudlik 
haqidagi insoniy tushunchamiz - amalda tushunchalar uni yaratadi - ularning  madaniy 
jihatdan tuzilishiga mos emas; moslik bizni shakllantirgan narsa va tajribamiz hamda 
faoliyatimiz uchun javobgarligimizni aniqlagan va ular bilan murosaga kelgan 
taqdirimizdagina qaror topishi mumkin. 
Bu holning feminizm uchun hozirlab berayotgan makoni haqida ko‘p gapirildi; ayni 
holatda moslik mavjudlik haqida madaniyat shakllantirgan tushunchalarni inkor etishdan 
emas, aksincha, ularni tan olishdan paydo bo‘ladi. O'z feminizmi uchun falsafiy asos 
yaratgan oz sonli musulmonlardan biri bo‘lgan  Muhammad Arkun ushbu istiqbolli 
tushunchani Derrida orqali olar ekan, platonik va somiy ontologiya va jinsning mohiyati 
bor, deb hisoblovchi suhbatlarni haqiqiy deb bilishni inkor etish bilan  bir qatorda 
merosni tan oladigan old-ontologiya avra-astarini chiqarib tashlagan moslik xaritasini 
chizadi. Arkun islom tafakkurining yunonlarga xos komponentlari - juzlariga,  ya'nikim 
faqat uning gumanistik jihatlariga qiziqadi. Uni Miskavayh singari mutafakkirlar 
asarlarida zuhur bo‘lgan deb hisoblaydi. Boshqacha aytganda, Arkun Haydeggerning, 
teizmlar
[110]
 o‘zining yunon va somiy modalligi
[111]
 bilan «ishonchsizlik uyqusi"ga 
sabab bo‘ldi, undan faqat madaniy determinizm
[112]
ni tan olishgina uyg‘otishi mumkin, 
degan fikriga qo‘shiladi.  
Bunday fikrlashning amaliy jihatdan, albatta, ko‘p taraflama noqulayliklari bor. Eng 
achinarli jihati shundaki, garchi feminizm va boshqa farqli loyihalarga o‘zini 
tenghuquqlilik xususidagi oddiy suhbatlardan avloroqman, deyishga imkon bersa-da, 
umuman madaniy bo‘lmagan mafkuralarga ham yo‘l ochadi. Albatta, Haydegger 
natsistlar partiyasining haqiqiy a'zosi edi. U xristianlik va yunon ontologiyasi af'yuni 
bilan zaharlangan xalqning dastlabki faolligini tilni lotinchadan kelib chiqqan 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
62
atamalardan tozalash hamda milliy ruhni gotik illyuziya o‘rnini egallab borayotgan 
geometrik soflik vositasida ko‘tarish orqali qayta uyg‘otishga umid qilar edi. Haydegger 
buning uchun nemis folklor dunyosini va jamoa taqdirini ko‘z-ko‘z qilish muhim 
ahamiyatga ega deb bilar edi. 
Ushbu loyihaga eng yaqin o‘xshashlikni Otaturk amalga oshirgan loyihada ko‘rish 
mumkin. Turk mustabidi ma'lum ma'noda Haydegger nazarda tutgan hukmdorlarning 
dastlabkisidir: u lug‘atlarni etnik jihatdan qayta tozalash, yalpi dunyoviylashtirish va 
yangi shaharlashtirish usuli orqali turkiy dasein
[113]
 renessansini amalga oshirishga 
uringan edi. Mustabidning Anqaradagi maqbarasi buning yorqin namunasidir. Turkiyani, 
shuningdek, so‘nggi haydeggercha davlat sifatida baholash ham mumkin: 2000 yilda 
mo‘‘tadil islomchi rahbar Erbakan ishonchlilik doktrinasi nomi bilan hukm qilingan edi, bu 
doktrinadan hech qaerda, hatto Yevropada ham foydalanilmagan, eng kulgili jihati, turk 
modernizmi undan ulgi olish yo‘llarini axtargan. Boz ustiga, qarib qolgan Haydegger 
natsizm halokatga uchragach, o‘zi Gelassenheit - "o‘z holiga qo‘yish" deb atagan 
tushuncha foydasiga "qat'iy harakat tushunchasidan voz kechdi". Umuman olganda, "o‘z 
holiga qo‘yish" kamolchilarniki singari loyihalarga xayrixohlik bilan qaramaydi. "O'z 
holiga qo‘yish" usmonlilar tabiatiga xos jaranglaydi.  
Turkiya bir vaqtning o‘zida yangilanishdan tashvishda bo‘lgan intellektual muhitga ega 
yagona davlat emas, u so‘nggi modernizmni qabul qilishga ro‘yxush berayotgani yo‘q. 
Baasizm loyihasi hanuzgacha Suriya va Iroqda nomigagina amal qilmoqda. So‘nggi 50 
yil davomida  arablarning birgalikdagi urinishi bir necha marta barbod bo‘lishiga 
qaramasdan, Fuad Ajamiyga o‘xshash kishilar tavsiya etayotgan hur arab millatchiligi 
g‘oyasi dolzarbligicha qolmoqda. Ammo dunyoviy millatchilar taklif etayotgan muqobil 
haqiqatlar intellektual jihatdan eskirib qolgani barobarida  omma ko‘z o‘ngida o‘z 
jozibasini yo‘qotayotgani ayon bo‘lmoqda. Yangi haqiqat esa, arab dunyosidagi ibn 
Taymiyani qo‘llab-quvvatlovchilar xush ko‘radigan ideallashtirilgan yalpi o‘qishda yoki  
turk din huquqidagi o‘tmishni qo‘msovchi usmonliparastlik shaklida bo‘lishidan qat'i 
nazar, islomiyatdadir.  
Payg‘ambarlik nomaqbul ish, biroq  G'arb mutafakkirlari dastlabki paytda Haydegger 
dunyoviy jahonga o‘z-o‘zini tanib olish uchun qat'iy va qanoatlanarli tuzilma taklif eta 
olmaganidan so‘ng islomiyat o‘zining behisob jilvalari bilan jozibasini oshirib 
boraverishini tan olishi aqldan bo‘lur edi. Gelassenheit islom dunyosida axloqiy 
tanazzulni keltirib chiqardi: voiz minbardan turib dod-voy qilganiday, pornografiya va 
betartiblik urchib ketmagan bo‘lsa-da, siyosat va tijoratda hamma tan olgan dunyoviy 
axloqning yo‘qligi ancha tashvishlidir. Feministik islohotlar asosiy maqsadi kosmopolit 
G'arb ma'qullaydigan milliy obro‘ yaratish bo‘lgan siyosiy kiborlarning oddiy uslubi yoki 
ruhiy holatidir. Odatda bunday kiborlar orasida jiddiy axloq in'ikosi ko‘zga tashlanmaydi. 
Ko‘plab islomchilar milliy kiborlarni istehzo bilan tilga oladi, ular ko‘zdan panada siyosiy 
korruptsiya botqog‘iga botib ketgan, biroq bo‘yin egishni istamaydigan aholiga 
feminizmni kun tartibidagi masala sifatida tiqishtirish payida bo‘lishdi. Marokkolik din 
faoli Nadiya Yasin yarim million marokkolik ishtirok etgan yangi qonunlarga qarshi 
namoyishda - uni  Dunyo banki qo‘llab-quvvatlagan edi - jinsga  oid shariat 
qonunchiligini bekor qilishni taklif etgan edi. Davlat homiyligida o‘tgan feminizmni 
yoqlovchi  namoyishda esa undan 10 barobar kam odam ishtirok etdi. Yana bir gap: 
musulmon ommasi tajribasi feminizm deganda liberal tuzimlarni tushunmaydi, uni 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
ko‘pincha Marokko qiroli saroyi, kamolchi Turkiya, Rizo shoh Eroni singari avtokratiyalar 
himoya qiladi.  
Gelassenheitning oqibati asllikni saqlab   qolish uchun unga muayyan tuzatishlar 
kiritishni talab etadi va musulmon madaniyatlarining tag‘rib orqali assimilyatsiya 
bo‘lishiga qarshilik ko‘rsatadi. Tag‘rib islomchilar ayni vaqtning o‘zida ham 
g‘arblashtirish, ham begonalashuv ma'nosida qo‘llaydigan atamadir. Musulmon dunyosi 
ushbu atamaga Boshqa bergan ta'rifni qabul qilishdan hayratlanmasligi kerak. Bu kerak 
bo‘lmagan cheklangan pozitsiya - turimdir: liberalizmning yetakchi   nazariyotchisi Rauls 
madaniyatni o‘zlikning ko‘rinishi sifatida  saqlab qolish huquqi yashab qolishi kerak, deb 
hisoblaydi. Vill Kimlikka «feministlar «tafovut»ga qarshi o‘ng qanot javob yurishining bir 
qismi bo‘layotgani»
[114]
 xavfini  qayd etganiday, bu hatto avtoritarizmga qarshi bo‘lgan 
bir qarash hamdir. Frantsiyadagi feministlar doimiy ravishda muhojir guruhlarga 
madaniy muxtoriyat berishga oid qarama-qarshi tadbirlarda Milliy front bilan yelkadosh 
bo‘lib kelmoqda.  
Haydegger ontologiyasi yoki postontologiyasining keskin aporetik sifati ba'zi bir 
talqinchilar orqali Irigarayga ham yetib boradi. E'tiborga molik shunday talqinchilardan 
biri Emmanuel Levinasdir. Levinas, Talmudga yozgan izohlaridan ma'lum bo‘lishicha,  
yahudiylik nuqtai nazaridan, o‘z falsafasining hayotiy tajriba uchun kerakli ekanidan 
mutaassir bo‘ladi. Biroq u Haydeggerga qarshi chiqadi. Aynan shu yerda uning 
Irigarayga ta'siri yaqqol ko‘zga tashlanadi. U nemis mutafakkiriga G'arb tafakkurining 
«O'zning Boshqaga nisbatan ustunligi»
[115]
 xususidagi ulkan imperial xatosini 
takrorlagani uchun qarshi chiqqan edi. Levinas nazdida, bizning o‘z tajribamiz bir 
vaqtning o‘zida ham Boshqani bilishimizni taqozo etadi, ham Boshqaning butunlay 
noma'lumligini  nazarda tutadi.  
Binobarin, ilohiy Boshqadan axloq izlash befoyda va Prometeyga xos G'arb agressiyasi 
xudoni O'zning talablariga qo‘shib yuborishni niyat qilib qo‘ydi. Shuning uchun ham 
Levinas va unga ergashgan Irigaray an'anaviy tushuniladigan axloqqa qiziqish 
bildirmaydi. Ko‘pincha ular «axloq» deb emas, axloqiy deb gapiradi.  
Endilikda bularning barchasi ash'ariy aks-sado berdi. O'zining boshqaligi tufayli ma'lum 
bo‘lgan Boshqa tushunchasi asosida, ya'ni xudoni shaxslantirish mumkin emas. Shuning 
uchun  tabiat qonunlari istiqbolli emas.  
Shu yerda usulni yoqlab chiqqan musulmon yurisprudentsiyasidagi katta ta'sir kuchiga 
ega bo‘lgan Juvayniy, G'azzoliy, Sheroziy singari allomalarni birlashtirgan  ash'ariy 
pozitsiya - turim mavjud axloqiy nomaqbullik bilan bog‘liq mushkulotlarni   ilohiyotga 
murojaat qilish orqali hal etadi. Texnik nuqtai nazardan, sabab bilan iloh o‘rtasida hech 
qanday yuristik
[116]
 tafovut yo‘q: Allohning farmoni shariatning aksiologiyasi
[117]
ni 
belgilab beradi. Qur'onda: «Ul zotdan nima ish qilayotgani so‘ralmaydi», deyiladi.  
Buning ma'nosi shuki, qadriyatlar boshdan-oyoq Ul zotning egamen farmonidan kelib 
chiqadi. Bu qarashni Huraniy «teistik sub'ktivizm» deb atagan edi. Ushbu ash'ariy  
perspektiva nuqtai nazaridan, merosni jinsga qarab belgilashga oid qonunlardan 
shikoyat qilish, noshukrlik, chunonchi,  yaxshilik va yomonlik tabiatini mensimaslik 
xususida jar solishdir.   Bu o‘rinda aksiologiya insonga tegishli emas: Alloh qadriyatlarni 
belgilovchi yagona Zotdir, bizning bunday qonunlar hayotiy ekanini tan ola bilmasligimiz, 

XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter 
 
 
Download 5.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling