Xxi-asrda islom
Download 5.22 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- VII bob Bir dindan ikkinchisiga o‘tish sog‘inch hissi sifatida: najotkor Buyuk Ahd
- (al-Vadud)
www.ziyouz.com kutubxonasi 82 islomning ayollarga munosabati xususidagi yuzaki xulosalar chiqarish xavfli ekanidan ogoh qilishi kerak. Bu o‘rinda g‘arblik jurnalistlar, feministlar va ularning ta'siriga tushgan kishilar o‘ta nomaqbul hukmlarga tobe bo‘lib qolgan. Aksariyat hollarda bu hukmlar mavjud musulmon jamiyatlarini kuzatish natijasida paydo bo‘ladi; zamonaviy islom dunyosining ayollarga bo‘lgan munosabati, boshqalar hamisha zavqu shavqqa to‘lishi kerak, qabilidadir deb o‘ylash befoyda va axloqsizlik bo‘lur edi. Saudiya Arabistoniga o‘xshash mamlakatlarda ayollarga hatto mashina haydashga ham ruxsat berilmasligi jinslarni himoya qiluvchi ilohiyotga mutlaqo daxli bo‘lmagan manmanlik, erkaklarning nafsi zulmi oqibatidir. Shu tariqa bugungi kunda bir necha mamlakatlarda ilohni inson qiyofasida, binobarin, erkak ko‘rinishida tasavvur qilish hollaridan o‘zini haqoratlangan deb hisoblaydigan kishilar boshlagan "islomlashtirish"ning an'anaviy fiqh diskursiga ham yoki adolatga oid fosh etuvchi qat'iyatga ham mutlaqo aloqasi yo‘q. Ushbu nomuvofiqlik hayotga joriy etilmagan so‘fizm o‘lchamini din hayotga qayta tatbiq qilmaguncha davom etaveradi. So‘fizm ayollarning hurmatini oshiradi va, shuningdek, jins bilan bog‘liq shovinizm ozuqa berib turadigan ego - nafsni qiyin ahvolga tushirib qo‘yadi va yo‘qotib yuboradi. Biz, xuddi musulmon mutafakkir ayollari qilayotganiday, dinning tabiati (muqaddas bitiklarda, ularning klassik talqinlarida va ma'naviyatda tushunarli bo‘lgani kabi) va zudlik bilan isloh qilishni talab etadigan jihatlarga ega bo‘lgan xristian, yahudiy, hindu va xitoy madaniyatlarida bo‘lgani kabi postklassik musulmon jamiyatlarida dolzarb o‘zaro nomutanosib tuzilmalar o‘rtasidagi kutilayotgan natijalarni bir-biridan farqlashimiz kerak bo‘ladi. Ayni paytga kelib, bizning «jasur» shovinizm, yoki 20-asr so‘nggidagi feminizmning hayratlanarli prototipi kutilmagan yangilik bo‘ldi, deb maqtanmayotganimiz aniq bo‘lishi kerak edi. Fiorenza eslatib turganiday, nima bo‘lganda ham feminizm an'anaviy hodisa emas; uning ba'zi ko‘rinishlari har bir vijdonli kishining nafratini qo‘zg‘atadi hamda ayollar va jamiyatga ziyon keltirishi turgan gap, ayni paytda uning boshqa ko‘rinishlarining shariat va yaratilgan kosmologiyalarimiz bilan hayratlanarli darajada o‘xshashligi bor. Biz ayollarni kamsitishga qarshi ilohning chindan ham jinslardan xoli ekanini ta'kidlovchi ilohiyotshunoslik vositasida aylanib o‘tadigan, biroq insoniyatga haqiqiy kodeks va oila me'yorlarini hadya etayotgan feminizm dialektikasini inja tushunishni himoya qilamiz. Bu qonun va me'yorlar, Irigaray qat'iyat bilan ta'kidlayotganiday, jinslar "teng emas, farqli" ekani, tabiatan bir-biridan farqli, o‘z daholarini siquvga olish o‘rniga tasdiqlaydigan rollarga intilishini tushunishga asoslangandir. Biologiya taqdir ekani turgan gap, ammo u taqdir sifatida turli-tuman imkoniyatlar beradi. Ayollar diskursi oilaning qadr-qimmatini yuqori qo‘yadi; ammo muslimalar islom tarixining uzoq davrlarida olima bo‘lish uchun uyni tark etgan. Bundan yuz yilcha avval sharqshunos Ignaz Goldziher o‘rta asrlardagi muhaddislarning taxminan 15 foizi ayollar bo‘lganini, ular masjidlarda dars bergani va rostgo‘yligi uchun hamma ularni hurmat qilganini ko‘rsatib berdi. Qohiradagi Saqlatuniya madrasasi singari oliy o‘quv yurtlarida faqat ayollar faoliyat ko‘rsatgan va ularni mablag‘ bilan ta'minlagan. Ruf Rodedning muslima mudarrislar xususida yaqindagina o‘tkazgan tadqiqoti tuning o‘zini favqulodda mushkul vaziyatga solib qo‘yadi: «Agar AQSh va Yevropa tarixchilari ayollar an'anaviy manbalarda ko‘zga tashlanmagani uchun ham ularning tarixini qaytadan yozishga zarurat sezayotgan bo‘lsa, islom olimlari endigina o‘rganila boshlagan manbalarning ko‘pligiga duch kelmoqda. [...] Kishi minglab XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 83 muslima olimalarning tarjimai holini o‘qiyotib, musulmon ayollar chetga chiqib qolgan, barcha huquqlardan mahrum va ijtimoiy jihatdan cheklangan, qabilidagi qarashlarga zid bo‘lgan dalillarga duch kelganidan hayratga tushadi». Roded aksariyat klassik islom o‘quv yurtlarida mudarris ayollar soni hatto hozirgi G'arb universitetlaridagidan ham ko‘p bo‘lganini dalil sifatida keltirganida biz o‘rganib qolgan tushunchalar chok-chokidan so‘kila boshlaydi [196] . Ur-masjid xususidagi hadisdan saboq bergan iymonlilarning onasi Oyisha hamisha muhim paradigmaligicha, jonli, aql- zakovatli, xudojo‘y va barcha xotiralardan ustunligicha qolaveradi. Ammo o‘tmish ideallari - ulgilari o‘z o‘rniga qayta tiklanmaguncha musulmon jamiyatlaridagi qutblanuv ehtimoli saqlanib qolaveradi. G'arblashgan sinflar an'anaviy ta'birlarni ular G'arb uslubiga to‘g‘ri kelmagani va kiborlarning o‘z-o‘zini tasavvur qilishini qoniqtirmagani uchun rad etadi. Vahhobiy harfxo‘rlar so‘fizmning ayollarni yuksakka ko‘tarishini va uning ego - nafsni o‘ldirishga bo‘lgan talabini rad qilishda davom etaveradi. Aynan shu kishilar islom qonunlari jihatlarini ijtihodga asoslanib o‘zgartirishga bo‘lgan qonuniy da'vatlarni o‘sha qonunlarni axloq nuqtai nazaridan teran tushungani uchun emas, aksincha, usulni beo‘xshov talqin etgani hamda o‘sha da'vatlar G'arb ta'siri va talabiga mengzagani uchun ham e'tiborga olmaydi. An'ana dahosidan ilhomlangan vijdonli o‘rta tabaqa tashabbusni o‘z qo‘liga olib, keskin qutblashib borayotgan jamiyatlarimizda dastur ishlab chiqish uchun sunnatga har qanday nafsdan xoli va saxovatli musulmoncha ta'rif bera oladimi, yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi. Shubhasiz, o‘zlikni biror ishga to‘la bag‘ishlamasdan turib, Yer yuzida adolat ham, hamdardlik ham bo‘lmasligi xususidagi so‘fiyona qarash donishmandlar o‘rtasida eng yuksak mezonligicha qolaveradi. Biroq shunisi aniqki, islom an'anasi nafaqat o‘ziga, qolaversa, G'arbga ham ko‘pgina mas'ul kishilarni tashvishlantirayotgan rollarning yo‘qligi tobora xavf tug‘dirayotgan ma'lum bir qoidalarning yo‘qligi ustidan hukmron bo‘lgan jamiyatning oyoqqa turib olishini kuzatish bilan bog‘liq munozaralarda chin ma'nodagi keskin qaror qabul qilishda ustunlik qilish imkonini beradi. Musulmon madaniyatlarining ham patriarxat, ham matriarxatdan iborat shakllangan jihatlari onaning maqomiga tegishlidir. Irigaray asarining zaif jihati uning yoshi o‘tib qolgan kishilarga nisbatan befarqligidir; u ham aksariyat feministlar qatori faqatgina semblables [197] ga o‘ralashib qolganidir. U oilaning reproduktiv va tarbiyaviy telos [198] ini qabul qilish bilan bir vaqtda uning boshqa, qarish tomon tabiiy harakat yo‘nalishiga e'tibor berish kerakligini hisobga olmagani g‘alatidir. Yoshi o‘tib qolgan onalarni hurmat qilish musulmon diskursining xarakterli xususiyatlaridan biridir. Ushbu diskursda onaga nisbatan xushmuomalalilik va sadoqat, ular ko‘rgizgan rahm-shafqatni yana o‘zlariga qaytarish muqaddas burch ekani qayd etiladi. Ibn Umarning hikoya qilishicha, bir kishi Rasulullohning oldiga kelib: "Men og‘ir gunoh qilib qo‘ydim, endi nima qilsam, tavbam qabul bo‘ladi?" deb so‘raydi. Ul zot: "Onangiz bormi?" deb so‘raydi. U kishi, onam yo‘q, deydi. Shunda Rasululloh: "U holda onangizning xolasi bormi?" deb so‘raydi. U kishi, bor, deydi. Shunda Rasululloh: "U kishiga xushmuomala va sodiq bo‘ling", deydi (Imom Temiziy). Boshqa ko‘plab hadislar ham bor: "Kimki onasining ikki ko‘zi orasidan o‘psa, olovdan himoyalangan bo‘ladi" (Imom Bayhaqiy); "Alloh chindan ham onangizning gapini ikki qilishni sizga taqiqlab qo‘ygan" (Imom Buxoriy va Imom Muslim). XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 84 Binobarin, islom madaniyatini tadqiq qilayotgan antropologlar doimo murakkab va ikkiga bo‘lingan ierarxiya xususida ma'lumot beradi. Unga ko‘ra, xotinlar erlari, erlar esa onalari oldida burchlidir. Modernizm ushbu aloqalarning dastlabkisini keskin tarzda, keyingisini esa parishonxotirlik bilan zaiflashtirib qo‘ymoqda; oqibatda biryoqlama va yoshi o‘tib qolganlarni e'tiborga olmaydigan yangi bir ierarxiya vujudga keldi, bu ierarxiya yoshlarni keksalardan ustun qo‘yadi, u bir zamonlar jamoaning faxri bo‘lgan va uning xotirasida muhrlanib qolgan keksalarni kamsitishning turli shakllarini nazarda tutadi. Tibbiyot sohasidagi yutuqlar ayollar va erkaklar o‘limi o‘rtasidagi tafovutni unchalik kamaytirmasdan turib ham o‘rtacha umrni uzaytirish imkonini bergani uchun zamonaviy jamiyatlar miqdori tobora ortib borayotgan ayollarni rejimli, ammo ibodat qilish imkoni yo‘q ayollar monastirlariga g‘ayriixtiyoriy uzlatga jo‘natmoqda. "Chikago tribyun" gazetasining 1998 yilgi sonlaridan birida yozilishicha, Amerikadagi keksa kishilar yashaydigan uylarning 60 foiziga biror marta ham mehmon kelmas ekan. Bunday muassasalardagi jinslar nisbati umumiy hisobga to‘g‘ri ekaniga e'tibor qilsak, ular orasida ayollar miqdori ko‘proqligi ma'lum bo‘ladi. Binobarin, taqdir hazilini ko‘ringki, G'arbda yosh va o‘rta yoshdagi ayollar kengroq imkoniyatga ega-yu (ayni paytda diniy imkoniyatni hisobga olmaganda), ammo ularning barchasi pirovardida yolg‘izlik uzlatidan qo‘rqadi. Xulosa qiladigan bo‘lsak, islom g‘oyasi aslida ham, salohiyat nuqtai nazaridan ham ko‘povozli ekani kunday ravshan, deb o‘ylayman. Ishonamanki, ushbu g‘oyaning a'zosi bo‘lishni istagan ayollar undan o‘ziga yashash uchun qadr-qimmat va va hurmat uchun zamonaviy talablarni tasdiqlaydigan makon topa biladi. Bunday loyiha so‘nggi modern va postmodern sharoitlarda hozirgidan ko‘ra realroq ko‘rinadi. Shu o‘rinda Marta Nussbaumdan iqtibos keltirsam: Ingliz-Amerika axloq falsafasi universallikka asoslangan Ma'rifat davri ideallaridan an'ana va xususiylikka asoslangan axloqqa; printsiplarga asoslangan axloqdan qadr-qimmatga asoslangan axloqqa; sistemali nazariy oqlov holatlarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan axloqdan nazariyaga shubha bilan qarovchi va mahalliy donishmandlikka hurmat bilan qarovchi axloqqa; tashqi dunyodan uzilib qolgan shaxsga asoslangan axloqdan boshqalarga qo‘shilish va g‘amxo‘rlikni yoqlaydigan axloqqa; tarixga daxlsiz axloqdan muayyanlik va tarixiy axloqqa yuz burmoqda [199] . Musulmon feministlarining, Qur'on ayollarga nafrat bilan qaramaydi [200] , deb bilishini tasdiqlaydigan Nussbaum, madaniyatdan voz kechish tufayli begonalashuv oqibatida orttirilgan jarohat qayta tiklanishiga hali ancha bo‘lgan biror madaniyatga a'zolik tufayli yetadigan zarardan ko‘ra og‘irroqdir, deganida haq edi. Islomning jinsga oid diskursini qayta tasavvur qilish loyihasi o‘zining anaxronik [201] aks sadosiga qarama-qarshi o‘laroq, aynan shu sababga ko‘ra, tobora jozibador bo‘lib borsa ajab emas. VII bob Bir dindan ikkinchisiga o‘tish sog‘inch hissi sifatida: najotkor Buyuk Ahd Islom, xuddi xristianlik va buddizm singari, nazariy jihatdan ham, tarixiy an'anasiga ko‘ra ham dunyoning ilg‘or missionerlik dinlaridan biridir. Dunyodagi ulkan va global XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 85 e'tiqodlarning eng yoshi bo‘lgan islom Qur'onning «Tur va ogohlantir» amrini bajarishga kirishmaganida bir necha noma'lum arab monoteistlarining mazhabi bo‘lib qolgan va yarim oroldagilar uni qurshab turgan serg‘ayrat xristian dini bilan murosa qilgani sari yo‘qolib ketishga mahkum bo‘lur edi. Buning o‘rniga Makkadagi jo‘shqin hayot ulkan kerigmatik [202] harakatni vujudga keltirdi. Bu harakat gullab-yashnagan va ilg‘or tamaddunlardagi siyosiy tartiblarni ham yengib o‘ta bildi va e'tiborli jihati shundaki, madaniylashtirishning oddiy qonunlari vositasida mustahkam diniy tartibni o‘z bosqinchilarini ham safiga qo‘shib oladigan darajada o‘zgartira oldi. Ayni hol tarixni bor- yo‘g‘i iqtisod va jamiyat haqidagi hikoyadan iborat deb biladigan tarixchilar uchun hanuz jumboqligicha qolmoqda. O'z asoschisining vafotidan 14 asr o‘tibdi hamki, rasululloh amallari haligacha turli jamiyatlar e'tiborini ohanraboday o‘ziga tortib kelmoqda. Binobarin, islomning o‘z safiga boshqa din vakillarini jalb eta bilish tabiati dunyo tarixining muhim konstanta - doimiy qiymatlaridan biriligicha qolayotgani hayratlanarlidir, biz uni hali-hamon yetarli darajada tushunib olganimiz yo‘q. Biz mazkur bobda ushbu murakkab va sharoitga moslashuvchan dinamika mohiyatini ochib berishga intildik va bu mavzu uchta masala doirasida rivojlanib boradi. Birinchidan, sotsiologlar «bir dindan ikkinchisiga o‘tish» deb ataydigan hodisa islomning muqaddas bitiklari va ilohiyotshunoslik kontekstida nimani anglatishi yuzasidan bir necha dastlabki izohlar keltiriladi. Ikkinchidan, islom tarixidagi bir dindan ikkinchisiga o‘tishning eng yorqin nuqtalari ajratib ko‘rsatiladi, ular ustuvor akademik talqinlar asosida beriladi. Nihoyat, men bugungi kunda ommaviylashib ketgan Internet «kiberkonversiyasi» deb atalmish yangi hodisa xususidagi zarur ba'zi ilk taxminlarimni ilgari surmoqchiman. Men uni ulgi sifatida olib, islomni qabul qilishning joriy etilgan nazariy andozalarini hamda bir dindan ikkinchisiga o‘tish hodisasini yanada umumiy tarzda tekshirib ko‘rmoqchiman. Albatta, avvalo, ilohiyotshunoslik xususida to‘xtalib o‘tmasdan bo‘lmaydi. Islom avval- boshdanoq o‘ziga e'tiqod qiluvchilar safini kengaytirishga harakat qilib keldi; uning asosiy hujjati (Qur'on)da xudoga tavsif beriladi, u, shuningdek, da'vat hamdir. Makka va uning qabilalar yashaydigan ichki hududlarida to‘lib-toshib yotgan butparastlikni yer bilan yakson qilgan Qur'on islohoti o‘zidan olti asr oldin nozil bo‘lgan nazaretlik Iso islohotidan ko‘ra jadalroq edi. Iso da'vat qilgan kishilar yahudiy va monoteist bo‘lgani uchun ham qat'iy qoralanmagan edi, hazrat Muhammadning ummatlari xususida esa Qur'onda hech bir tavsif berilmagan. Shuning uchun ham Qur'on bevosita tarixiy kontekstga urg‘u beradigan diniy qarashlarni tozalash yoki takomilga yetkazishni talab etmaydi, aksincha, ularni so‘zsiz rad etadi. Binobarin, ibtidoiy islom etos [203] i qat'iy tarzda bahsli va o‘zgarishga moyildir. Rasululloh diniy rahnamoligining eng yuksak nuqtasi bo‘lmish Arofat tog‘ida aytgan xutbasi islomning buyuk vakolatiga teng so‘zlar bilan tugaydi: "Ushbu haqiqatni bu yerda yo‘q kishilarga ham yetkazing" [204] . Ushbu dastlabki sitz im leben [205] ga qaramasdan, bizga ma'lum manbalar rasululloh o‘z diniy rahnamoligini faqat majusiy arablarga mo‘ljallaganidan dalolat bermaydi. Musulmonlar xotirasida qolganiday, Muhammad faqatgina «Ismoil farzandlarining yo‘qolgan suruvi»gagina yuborilmagan; u, hadisda bayon qilinganiday, «butun bashariyatga yuborilgandir»; darhaqiqat, o‘rta asrlardagi kalom mutafakkirlari bir ovozdan ta'kidlaganiday, islom Alloh yuborgan yakkayu yagona universal dindir. Ushbu musulmoncha klassik nuqtai nazardan Iso faqat yahudiylar payg‘ambari ekaniga ishonar edi; shuning uchun ham xristian dinining keyingi yahudiylarga qaratilmagan missiyasi preparatio evangelii [206] sifatida oldindan belgilab qo‘yilgan edi. Preparatio evangelii islomga tayyor turgan majusiy asosni buzib tashladi. Ba'zi bir zamonaviy XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 86 tarixchilar, arablarning najotkor tarqoq tarixini bino etishdan yiroq bo‘lgan Qur'on ularga mutlaqo qiziqish bildirmaydi, hech qachon ularni muhim o‘tmish yoki tarix egalari deb oshirib-toshirib maqtamagan, degan da'voni ilgari suradi. Garchi ravvinlar iudaizmi dinning asos soluvchi muhitiga eng yaqin yakkaxudolik dini bo‘lsa-da, islom qardosh somiy xalqlar uchun iudaizmning qayta yozilgan nusxasi emas. Modomiki, payg‘ambarlik missiyasi tabiatini qayta tiklashga bo‘lgan urinishlar ishonchli ekan (eng ashaddiy zamonaviy tarixchilarning deyarli barchasi xuddi shunday deb o‘ylaydi), islomning ilohiy tabiati dastlabki paytlardan beri o‘z maqsadiga ko‘ra chindan-da universal bo‘lganini ko‘rsatib berish uchun yetarli dalillar mavjud. Rasulullohning bir necha shogird va sahobalari arab millatiga mansub bo‘lmagan: an'anada yunon Suhayb, fors Salmon, islomning ilk muazzini habash Bilol nomlari saqlanib qolgan. Bunday targ‘ibot kontekstiga qaramasdan, Qur'onda konversiya - bir dindan ikkinchi dinga o‘tish degan kalimaning o‘zi yo‘q. Chunki arabcha so‘z bo‘lmish «islom»ning o‘zi ushbu tushuncha ma'nosini ham anglatadi. Bu so‘z "xavfsizlik", "najot" va "tinchlik" ma'nolarini bildiruvchi o‘zagi fe'l bo‘lgan otdir. Binobarin, islomga kirish - faol (majhul bo‘lmagan) sifatdoshdir, musulmon bo‘lish - o‘zlikni Allohning najotkorlik faoliyati doirasiga kiritishdir. Sevuvchi tangri (al-Vadud) sifatida insoniyatni yaratgan zot butun bashariyatga narigi dunyoda omad tilaydi. Qur'onda bunday deyiladi: "Ey mo‘‘minlar, yoppasiga itoat (silm)ga kirishingiz!" [207] va: "Alloh kimni hidoyatga yo‘llashni iroda etsa, uning ko‘ksi (qalbi)ni islom uchun (keng) ochib qo‘yadi" [208] . Shunday ekan, Qur'ondagi adolatli hayot kechirishga o‘tish tushunchasi tasodifiy hollardan biri emas, u musulmon kishining Allohga erishish jarayoniga munosib bo‘lish uchun to‘siqlarni yengib o‘tish va kurashishday bir umr davom etadigan jo‘shqin holatda yashashini nazarda tutadi. Musulmonchilikda "Isoda" bo‘lish, shuning barobarida, emin bo‘lish kafolatini olishning ma'nodoshi yo‘q, chunki musulmonlar uchun soteriologiya Qutqaruvchining o‘z gunohlarini yuvish uchun qurbon berishini emas, aksincha, chin e'tiqodli kishining e'tiborni chalg‘ituvchi narsalarga qarshi kurashishi va bevosita tavajjuh hissini tuyushini anglatadi. Binobarin, musulmon konversiyasiga oid rivoyatlarning ayrim izchil xususiyatlaridan biri -cheksizlikni tusmollash va bosqichma-bosqichlikdir. Islomni yangi qabul qilganlarga qarata aytiladigan so‘z mana bulardir: "Sizlar jangda g‘alaba qozondingiz; endi g‘alabani mustahqamlashingiz kerak". "Qayta tug‘ilganlar" yoki bir dindan ikkinchisiga o‘tishning psixotropik ko‘rinishi g‘ayritabiiydir. Dinga yangi kirgan kishilar assimilyatsiya va taqlidning sust jarayoni xususida ko‘p gapiradi, bu jarayonda ratsional isbot muhim ahamiyat kasb etadi, deb qaraladi [209] . Qur'on soteriologiyasining musulmoncha "konversiya" iborasini yoki uning islomni mustahkamlaydigan yana bir jihatini ham tushunish lozim bo‘ladi. An'anaviy nuqtai nazardan islomda Avgustinning conversiosidan ko‘ra ehtiros kamroq va u omadliroqdir, chunki u insoniyatning ozod bo‘lish tarixini samovot va ruh hukmdori bo‘lgan xudo hamda yer va tanada ustunlik qiluvchi shayton o‘rtasidagi ulkan qarama- qarshilik deb tushunmaydi. Islomda ibtidoiy gunoh tushunchasi yo‘q, uning antropologiyasi umumiy jihatlari bilan lotin otalar xristianligi, binobarin, Akvinas, Lyuter va G'arb an'anasining asosiy qismidan ko‘ra ravvinlar iudaizmiga yaqindir. Buning ziddi o‘larak, unda Matfey Foks «ibtidoiy xayrli duo» [210] deb atagan narsaga yaqin aqida bor va u, xilqat xoliqdan ajralib chiqqan, degan tushunchani rad etadi. Inoyat inson bolasiga xos xususiyatdir, u maxluqlar orasida yuqori o‘rinni egallaydi, hadisga ko‘ra: «har bir bola o‘zining chin tabiati (fitrati) bilan tug‘iladi, faqat ota-onasi uni yahudiy, xristian yoki zardushtiyga aylantiradi». Bu aqida xususida Qur'onning «A'rof» surasidagi XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 87 172-173-oyatlarida ham ta'kidlangan, unda barcha tirik jonzot Yer yuziga tarqalishidan oldin Allohning oldiga guvohlik berishga chaqirilgani xususidagi Buyuk Ahd to‘g‘risida so‘z yuritiladi. Ushbu iqtibosda o‘sha vaqt xususida bunday deyiladi: Rabbingiz Odam o‘g‘illarining bellari (pushti kamarlari)dan zurriyotlari (ruhlari)ni olib, ularni o‘zlariga guvoh qilib turib: «Men Rabbingiz emasmanmi?» (dedi). Ular: «Yo‘g‘e! (Rabbimizsan!) Guvohlik berdik», dedilar. Qiyomat kuni: "Biz bundan g‘ofil (bexabar) edik"... deyishlarini (bilganimiz uchun shunday qildik). Mavlono (Rumiy) xudoning tajallisiga yetishishni tavsif etganida ushbu an'anadan mutlaqo chekinmaydi: Bu (hayot)dan avval ruhlar sipehrdan yuqori edi, ular ham farishtalar ichgan idishdan no‘sh etar edi. Mening ruhim sening san'ating uni o‘sha joyga tortgani uchun ham qo‘llari bilan chapak chaladi. Islom tabiatning namuna ekani va jonning mutlaqo gunohsizligiga ishonch hosil qilgani bois Allohga zikr etilgan ibtidoiy guvohlik insoniyatga berilganini eslatib qo‘yishdan o‘zga narsani ko‘zlamaydi. Konversiya, islom - eslash (zikr)dir. U mavjud bo‘lgan narsani inkor etmaydi, aksincha, o‘zi «qaytish» va tasdiqlashdir. Ayni shu sababga ko‘ra, yangi musulmonlarning aksariyat ko‘pchiligi o‘zlarini bir dindan boshqasiga o‘tganlar emas, «qaytganlar» deb hisoblaydi. Bu o‘rinda aniqroq bo‘lgani uchun «tanib oluvchilar» degan tushunchani qo‘llagan ma'qul. Ispan tilida reconocerse musulmán degan oddiy bir ibora bor, uning ma'nosi o‘zlikni musulmon deb tanishdir. * * * Ushbu inson tabiati va diniy hayot xususidagi oddiy va ravshan bo‘lgan nekbin qarashdan ilhomlangan musulmonlar ko‘hna dunyoni muzaffar fath etuvchilar sifatida Yer yuzining turli taraflariga tarqab ketdi. Undan so‘ng diniy tarixning eng hayratlanarli voqealaridan biri ro‘y berdi, ya'nikim, cherkov otalari mamlakatlarining ko‘pchiligi har qanday yakkaxudolik tarixiga bir martagina yoziladigan ommaviy xiyonatni boshidan kechirdi. Aleksandriya, Antiox, Quddus singari ulkan patriarxal markazlarda xristian dini bir necha asr oldin asta-sekin ildiz otgan edi, o‘sha joylar bosqichma-bosqich, ammo izchil tarzda yangi dinga o‘z joyini bo‘shatib bera boshladi. Ushbu jarayonning yetakchi tarixchisi qayd etganiday, "600 yilda nazaretlik Isoni xudoning o‘g‘li ekaniga ishonib yurgan ko‘plab erkak va ayollar endilikda xudoga ishonadi va Muhammadni uning payg‘ambari deb biladi" [211] . Buning yorqin misoli G'azo shahridir. Bu shaharni xristianlashtirish juda sekinlik bilan amalga oshar edi va arab bosqinchilari unga kirib borganida G'azo aholisi yangi dinni qabul qilish xususidagi da'vatlarga tayyor ekanini ma'lum qildi [...] mahalliy tarixchilarning gapiga qaraganda, ular shahar markazidagi ulkan cherkovni masjidga aylantirishni iltimos qilgan [...] Arablar kelganida xristianlarning hammasi ham islomni qabul qilishni istamagan; ularga Porfiriy cherkovi (442 yili qurilgan) da ibodat XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter Download 5.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling