Xxi-asrda islom
Download 5.22 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- (muhaymin) qilinganini tushunishdir. Ushbu yo‘riqnoma islomni o‘z-o‘zini ahl uz-zimma
- Allez, Monsieur! [308]
www.ziyouz.com kutubxonasi 101 foydalanadi. Bunga janubiy afrikalik mutafakkir Farid Esakk Rashid Ridaning, Qur'ondagi ilohiy matnlarni tafsir qilish an'anasiga ko‘ra, "muslim"ning ma'nodoshi sifatida tushunib kelingan "mo‘min" tushunchasiga aniqlik kiritish taklifini qayta tiklashga da'vat qilganini misol sifatida keltirish mumkin. Uning nazarida, "muslim" tushunchasi barcha xudojo‘ylarlarni qamrab oladi [289] . Mahmud Ayyub yaqinda chop etilgan bir maqolasida xuddi shu ohangda, oldingi dinlar hozirgi kunda o‘z ahamiyatini yo‘qotdi, qabilidagi klassik doktrina - mabdaga yopishib olgan shayx Al-Azhar Muhammad Sayyid Tantaviy va misrlik mashhur televoiz Muhammad al-Sha'raviy singari zamonaviy ilohiyotshunoslar ro‘yxatini keltiradi va ularni tanqid qiladi. U o‘z iddaosini tasdiqlash uchun eng mashhur dissidentlar sifatida inqilobiy Eron mullasi Sayyid Mahmud Taliqoniy va pokistonlik zamonaviy ziyoli bo‘lmish Fazlur Rahmon singari noan'anaviy shaxslarni sanab o‘tadi. Bu ikkala shaxs ham iudaizm va xristianlikning batafsil formulirovkalari hatto islomning tarix maydoniga chiqqanidan so‘ng ham tom ma'nodagi najot vositasi sifatida hurmat qilinishi kerak, degan qarash asosida mo‘min va kofir kim ekani xususidagi sunniy va shia ta'limotlari murosasidan voz kechdi. Ayyub ularning ushbu qarashlarni tasdiqlaydigan Qur'on matnlarining asl ma'nosidan kelib chiqish zarurligi xususidagi fikrlarini yangi va muhim takliflar sifatida ma'qullaydi [290] . Esakk va Ayyub singari mutafakkirlar olg‘a surayotgan plyuralistik tezis - iddaoning katta kuchga ekanini hech kim inkor eta olmaydi. Bu hol boshqa savollar tug‘ilishi evaziga ba'zi bir dastlabki savollarga javob bo‘lishi, boshqa savollar esa javob topilgan savollardan ham o‘jarroq chiqib qolishi mumkin. Ulardan biri inkor etmaslik qonuni va Gevin D'Kosta "transtsendental agnostitsizm" [291] deb atagan narsaga yon berish ehtimoliga daxldordir. Kalom an'anasi azaldan ushbu muammoning mavjudligini tan olib keladi: 12-asrda yashagan ilohiyotshunos, har bir din haqiqiy bo‘lishi kerakmi, degan iddaoga javob izlar ekan, dunyoning yaratilgan va abadiyatdan oldingi tabiatiga, yaratuvchi xudoning mavjudligi va mavjud emasligiga, monoteizm va dualizmga, ilohiy bashoratlarning haqqoniyligi va haqqoniy emasligiga ishonishning parallel ravishda asoslanganiga sabab bo‘lishiga olib kelishini kuzata turib, " bu mumkin emas" [292] , degan xulosaga kelishi mumkin edi. Inkor etmaslik dalili xristianlik sharoitida har tomonlama rivojlanish masalasi ekani va uni islomga nisbatan ham qo‘llash mumkinligini biz bundan buyon qayta ta'kidlab o‘tirmoqchi emasmiz. Biroq muqaddas islomiy bitiklarda plyuralistik ma'lumotlar bilan bog‘liq murakkablik mavjud. Bu bitiklarni tahlil qilishda an'anaviy uslubga ehtiyoj seziladi. Ibtidoiy musulmon jamiyatidagi o‘zlikni anglashga oid bunday masalalardan birini muqaddas bitikda tilga olingan masalalar qatorida sanab o‘tish mumkin. Biz Rasulullohning sahobalarini "plyuralistlar" deb taxmin qilishimiz mumkinmi (bu qarash tadqiq qilib ko‘rilmagan va tarixiy nuqtai nazardan ehtimoldan uzoq); yoki ular nohaq bo‘lishganmi (bu ilohiyotshunoslik nuqtai nazaridan isbotlanmagan)? Uchinchi tusmol shuki, sahobalarning qarashlari o‘zlari yashagan sharoitgagina to‘g‘ri kelgani, bu hol muqarrar ravishda inkorni talab etuvchi radikal xulosalarni, hech bo‘lmaganda, azaliy noaniqlik yoki kontekstual [293] nisbiylik, Allohni anglash qadar kengayuvchi ash'ariya sub'ektivizmi bilan tenglasha oladigan samarali pomstmodern harakat xususidagi taxminlarni yoqlovchi matnlarning "oshib-toshib yotgani" xususidagi kafolatlarni keskin kamaytiradi. Plyuralistlar o‘z obro‘sini saqlab qolish uchun hechqursa asrlar davomida birlashtiruvchi ekzegetik [294] qoliplar bilan matnlarni chegaralab kelgan fundamental metodologik printsiplardan voz kechishi kerak bo‘ladi. Bular sirasiga Qur'onning ma'lum bir parchalarini bekor qilish, shar'iy hadis diskursini hamma narsadan muhim deb bilish XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 102 va olimlarga xos ijmo - konsensus nazariyasini Alloh istagining transtarixiy ifodasi sifatida tushunishga ishonish singari jihatlar kiradi. Esakk va boshqalar buning o‘rniga yangi bir ekzegetik yo‘nalishni taklif etadi. Ular solnomaga emas, aksincha, 20-asrning so‘ngidagi dunyoviy ruh shakllantirgan vijdonga xilof ish qilmaslikka asoslanib, ba'zi bir matnlarni boshqalari yordamida niqoblab ketadi. Islomda diniy matnlarni talqin qilishni sud orqali nazorat qilish tizimi yo‘qligi sababli mana shu "dinni topish"day uslubni o‘zgartirish bilan mohiyatan ko‘p narsaga erishish muqarrar ekani ravshan. Xuddi Esakk va Ayyub qilganiday, Boshqani baholashda bag‘rikenglikni ta'minlash uchun ijmodan boxabar bo‘lish, hadisni e'tibordan soqit qilish va Qur'on germenevtikasi ahkomlarini yumshatish e'tiqodning har bir o‘ziga xos jihati ekzegetik sababiga ma'lum bir shubha bilan qarash hamda xristian dinidagi solishtirma harakatlar tanqidchisi Grehem Leonard "sub'ektivizm zulmi" deb tavsiflagan postmodern nisbiylik va sektalar inqirozi sabablarini ochib berish imkoniyatini oshirish talab etiladi. Umuman olganda, bir qancha musulmon mutafakkirlari - ularning soni judayam kam - islomiy liberalizm zaifligini ko‘rsatib berar ekan, undan ko‘p narsa kutadi, yoki uni "ozodlikka eltuvchi" deb biladi [295] . Musulmonlarning barcha oyatlarni joy-joyiga qo‘yadigan, ularni an'anaviy jihatdan idrok qilish butunlay noto‘g‘ri deb bo‘lmaydi, qabilidagi din nuqtai nazaridan kerakli bo‘lgan ishonchni qabul qiluvchi muqaddas bitigini haqqoniy baholash so‘fiylarning Allohni anglash borasidagi, islom oldingi dinni nasx - inkor qiladi, degan klassik talqinini tasdiqlayotganday ko‘rinadi. Ushbu talqin nasxni anglatuvchi hodisadir. Bir paytlar arablar o‘rtasida ildiz otib ketgan butparastlikka, keyinchalik, Madinaga hijrat qilingandan so‘ng esa iudaizm va xristian dinlarining mahalliy vakillariga qarshi dastlabki munozara kontekstiga borib taqaluvchi Qur'on va hadis oxir-oqibatda barcha dinlarga qarshi dalillarini ishga soladi. Biz endi ushbu dalillar uslubining qisqacha hisoboti va tabiati tomon yuzlanyapmiz. Ular islomdagi nasxga oid diskurslarning asosi va ko‘pgina parametrlari [296] o‘rnini bosadi. Qur'on arab ma'jusiyligiga mutlaqo chek qo‘ydi. Bu muqaddas kitobda odamlarga otameros bo‘lib kelgan din kambag‘allarni ezgan, individual ruhning yashab qolishini rad etgan va Allohning vazifasini faqat yarim oroldagi qabilalarga tegishli ilohlar ustidan mujmal nazorat qiluvchi samoviy xudo maqomiga tushirib qo‘ygan dahshatli okkult [297] butparastligi sifatida tasvirlanadi. Qur'on buni shirk, ya'ni boshqalarni Allohning sherigi deb bilish, ularni ham chin qudrat va iroda egasi deb hisoblash deb qaraydi. Unga ko‘ra, bu xato bandalarini "yoqilg‘isi odamlar va toshlar" bo‘lgan abadiy jahannam o‘tida kuydiradi. Shunisi ravshanki, unchayam sodiq bo‘lmagan Hikk ekzegeti [298] ham dinni Jon Hikkning I.Kantdan olib ishlatgan terminologiyasini istifoda etarak, "Biru borga erkin ochiqlik" singari o‘ta salbiy atamalar bilan tavsiflashi mumkin. Qur'on esa noumen [299] ni fenomen sifatida tasavvur qilish birday qimmatga ega bo‘la olmasligini aniq-ravshan ta'kidlaydi. Iudaizm va xristian dinlarida, albatta, u qadar ochiq so‘zlanmaydigan bunday o‘rinlar talaygina. Qur'onning barcha sahifalarida (masalan, "Baqara" surasining 136- oyatida [300] ) ikkala dinga ham Allohning chin payg‘ambarlari asos solgani va o‘shandan beri marhamat va gunohlardan forig‘ bo‘lishday azaliy mukammal vositalar ularning diqqat-e'tiborida bo‘lib kelgani aytiladi. U yana takroran shuni nazarda tutadiki, Allohning insoniyatga yo‘l ko‘rsatishi Tavrotdagi payg‘ambarlar bilangina tugab XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 103 qolmaydi. Qur'onda bu hol yahudiy bo‘lmagan payg‘ambarlarning namunali hayotini esga olish orqali isbotlab beriladi [301] . Unda ta'kid etiladiki, «har bir qavm uchun (Alloh yo‘liga) yetaklovchi - hidoyat qilguvchi bordir" ("Ra'd" surasi, 7-oyat) va "har bir ummat ichida ham albatta bir ogohlantiruvchi - payg‘ambar o‘tgandir"("Fotir" surasi, 24-oyat), yoki shunga o‘xshash "Aniqki, Biz har bir ummatga: "Allohga ibodat qilinglar va shaytondan yiroq bo‘linglar", degan vahiy bilan bir payg‘ambar yuborganmiz" ("Nahl" surasi, 36-oyat). Hatto hadisda ham Allohning payg‘ambarlari soni aniq keltiriladi, ya'ni Odam Atodan Muhammadga qadar bir yuz yigirma to‘rt mingdan kam bo‘lmagan payg‘ambar o‘tgan [302] , deyiladi. Insonlarning gunohlardan forig‘ bo‘lishiga oid ekspansiv [303] ilohiy strategiyani bunday anglash yoki yanayam aniqroq qilib aytganda, dunyoning ibtidosi gunohdir, degan ko‘zqarashdan yiroq va unga fojia tusini bermaydigan Qur'on soteriologiyasining o‘sha gunoh deb atalayotgan narsani "hosilni yig‘ib olish" yoki "najot" (faloh) deb tushunishida katta hikmat bor. Klassik ekzegetikada tasdiqlangan va takomilga yetkazilgan qur'oniy qarashga ko‘ra, na dinlarning o‘ziga xosligi va na turli-tumanligi yuzasidan tortishib o‘tiradigan narsaning o‘zi yo‘q; aslida, dinning o‘zi bitta (ad-din), turli e'tiqodlar esa uning bo‘lak va tarmoqlaridan boshqa narsa emas. Rahm so‘zi Kitobni boshdan-oyoq bog‘lab turgani va bitiklar ilgari ham "nozil qilingani" tufayli yangi ilohiy tashabbusning o‘zidan oldingi bitiklarga nisbatan olg‘a siljish bo‘lgani mutlaq yoki so‘zsiz hodisa deb qaralmaydi. Go‘yo unda insoniyat va Alloh o‘rtasidagi munosabatlarning yangicha ko‘rinishi taklif etilmagan emish. Islom uchun Qur'ondan oldingi tarix tarixdan oldingi davr hisoblanmaydi. Insoniyat tugal "najotga erishish" uchun hazrati Muhammadni kutib o‘tirishi shart emasdi. Mana shu Allohning o‘z karamini darig‘ tutmay, tarixni va dunyo xaritasini ishonchli belgilar bilan adolatli taqsimlaganini anglab yetishdir. O'sha belgilar Yaratganning o‘ziga ishoradir. Alloh taolo Qur'onda bot-bot takrorlanadigan o‘zaro hurmatga izn beradi. U musulmonlardan ahli kitobga qarata: "Bizlar o‘zimizga nozil qilingan (Qur'on)ga ham, sizlarga nozil qilingan (Tavrot va Injil) ga ham iymon keltirganmiz. Bizlarning ilohimiz ham, sizlarning ilohingiz ham Bir (Iloh)dir" [304] deb aytishini talab etadi. Esakk va boshqalar to‘g‘ri qayd etganiday, Qur'onda mana shu mazmundagi sof plyuralizmga yaqin turuvchi oyatlar ko‘plab uchraydi. Xususan, "Moida" surasining 44-48-oyatlari musulmonlarga, qaerda bo‘lmasin, boshqa e'tiqod vakillariga duch kelsa, ular bilan o‘zaro munosabatda qo‘llanma vazifasini o‘taydigan premodern [305] diniy hujjatdir. Unda yahudiy payg‘ambarlariga va "hidoyat va nurga to‘la" Isoga nozil qilingan kitoblar maqtaladi, Muhammadga esa o‘sha din vakillari orasida Qiyomat kuni barcha diniy tafovutlarni ko‘rsatib, ularga oydinlik kiritgunga qadar Alloh nozil qilgan narsalar bilan hukm qilish buyuriladi. Mana shu oyatlar, to‘g‘ri talqin qilingan paytda, ikkita maqsadni ko‘zlaydi: birinchidan, yahudiy-xristian payg‘ambarlarini Muhammadning ularga muzaffar voris ekanini tasdiqlash uchun tan olish va, ikkinchidan, uning dinining oldingi ko‘rinishlari (iudaizm, xristianlik - Tarj.) ning omon qolgan himoyachilari ustidan "qo‘riqchi" (muhaymin) qilinganini tushunishdir. Ushbu yo‘riqnoma islomni o‘z-o‘zini ahl uz-zimma, ya'ni so‘nggi va universal haqiqatnoma [306] qo‘riqchilari taklif etgan diniy daxlsizlik ahdiga rozi bo‘lgan jamoalar: yahudiylar va xristianlarning himoyachisi sifatida tarixiy jihatdan tushunishga undaydi. Tarixiy musulmon jamoalari Rasulullohning: "Kimki zimma vakiliga biror zahmat yetkazsa, Qiyomat kuni meni o‘zining dushmani sifatida ko‘radi" [307] XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 104 degan ogohlantirishiga rioya etib, kichik monoteistik jamoalarga nisbatan bag‘rikenglik qilib kelganini hamma biladi. Bunday munosabat ildizi Qur'onning otalarcha nazorat burchini himoya qilishiga borib taqaladi, u 20-asrgacha ham yashab keldi. Turklarning Atos tog‘ida so‘nggi hokim bo‘lgan kishining 1912 yili u yerni bosib olgan yunon askarlarining hibsga olishini kutib o‘tirgan paytda frantsuz jurnalisti bilan qilgan suhbati e'tiborga molikdir: Atrofga bir qarang. Mana bu minglab rohiblarga bir qarang; ularning monastirlarini ziyorat qiling, ular bilan savol-javob qilib ko‘ring. Ular nimadan shikoyat qilishlari mumkin? Biz ularning qoidalariga daxl qildikmi? Mulkini toptadikmi? Ularning muqaddas joylarni ziyorat qilishiga monelik qildikmi? Hatto ularning dunyoviy konstitutsiyasi nomini o‘zgartirdikmi?... Men sizdan so‘rayapman, qaysi millat, qaysi bosqinchi ularga nisbatan buyuk insoniyatga qilganday buyuk murosa va buyuk diniy bag‘rikenglik bilan munosabatda bo‘lgan? Ular bizning qonunlarimiz himoyasida Rum imperatorlari davridagidan ham erkinroq bo‘lib qolishdi... Ular bizning qo‘limiz ostida sizlar Frantsiyada rohiblarni siquvga olishingizning yuzdan birini ham ko‘rgani yo‘q... Allez, Monsieur! [308] Ular bizning ketganimizdan afsus qiladi. Yunonlar, ruslar, serblar, ruminlar, bulg‘orlar, barcha rohiblar bir-birini o‘lguday yomon ko‘radi. Ularni birlashtirib turgan narsa islomni yomon ko‘rishidir. Biz bu yerdan ketganimizdan keyin ular bir- birining go‘shtini yeydi. [309] Muqaddas Qabr cherkovi tashqarisidagi o‘rindiqda bir-biriga yov ziyoratchi guruhlar o‘rtasidagi kelishmovchilikni bartaraf etish uchun yordam so‘rab telefon qilishga shay holda chilim chekib o‘tirgan iordaniyalik mudroq konsteblning qiyofasi hech ko‘z odimdan ketmaydi. To shu kungacha o‘sha cherkovning kaliti, yalpi kelishuvga ko‘ra, musulmon kishining qo‘lida turadi. Bu hol islomning o‘z-o‘zini an'anaviy baholashdagi, murosali deb bo‘lmas-ku, lekin ishonchli ramzidir. Islom jamiyatining shunga o‘xshash musulmon bo‘lmagan jamoalar ustidan murosali tarzda hukm yurita olish qobiliyatini qayta-qayta namoyish etayotganini empirik isbot tariqasida olish mumkin. U tarixning, musulmon e'tiqodi samimiyatining murakkab laboratoriyasida sinovlardan o‘tgandir. Xuddi klassik xristianlik nuqtai nazaridan iudaizm o‘rnini xristianlik egallagani kabi oldingi dinlar o‘rniga radikallikdan uzoq bo‘lgan islom dini maydonga chiqdi. Ammo o‘rta asrlardagi musulmon shaharlaridagi yahudiylar va xristianlarning yashash sharoitlarini xuddi jannatdagiday bo‘lgan deb tasavvur qilish xato bo‘lur edi. Zimma qoidalari mantig‘i na plyuralistik soteriologiyada, na inson huquqlari va yalpi diniy indifferentizm [310] ning universal g‘oyalariga asoslangan zamonaviy dunyoviy adolatda edi. Ilk xaliflar davriga borib taqaluvchi chiqimlarni tartibga soladigan va boshqa qonunlar yahudiy va xristianlarning huquqlarini cheklab qo‘ygan edi. Islomning tarixiy huquq amaliyotiga uning maqtovga loyiq emasligini tasdiqlaydigan ko‘plab dalillar mavjud, deb emas, aksincha, xristian va yahudiy dinlarini ham bundan buyon tugal deb bo‘lmaydi, degan ilohiyotshunoslik hukmi tasdig‘i sifatida qarash kerak bo‘ladi. Bu ikkala din ham muqaddas kitoblarga tayanadi va, binobarin, ular ham yashashga munosibdir. Ushbu isbot muqaddas kitoblarning bir qancha oyatlarida o‘z ifodasini topgan. Bu hol hazrati Muhammadning payg‘ambarligi isboti bo‘lgan Qur'on nozil bo‘lishi bilan bog‘liq ma'lumotlarga qarshi iudaizm va xristian dinlari vakillarining tanqidlarini rivojlantirgan plyuralistlar iqtibos olishni yoqtiradigan dag‘al xomaki matnlarni mo‘‘tadillashtiradi va XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 105 qaytadan kontekstuallaydi [311] . Ushbu oyatlar Rasulullohning Madinadagi ma'naviy rahnamoligining so‘nggi yillarida nozil bo‘lgandir va shuning uchun din amaliyoti ularni oldingi suralarda aytilmay qolgan narsalarga batafsil tushuntirish beruvchi izohlar sifatida dalil qilib keltiradi [312] . Muhtaram o‘quvchim, menga dastlab iudaizmni tashvishga solayotgan narsa xususida mulohaza bildirishga ijozat bersangiz. Rasululloh shahri Madinada yashagan yahudiylar e'tiqod qilgan o‘ziga xos ravvinlar iudaizmi payg‘ambarlar diniga halakiy [313] mushkulotlar qo‘shgani uchun qoralanib keladi. Ba'zan mana shu narsa ayrim imtiyozlarga ega bo‘lgan "bo‘yni yo‘g‘on" kishilarga qarshi shikoyat [314] bilan juftlashib ketadi; ya'nikim, Qonunning ma'lum bir joylari Isroilning beboshligi uchun berilgan ilohiy jazo sifatida qaraladi ("Niso" surasi, 160-oyat). Mashhur va tushunilishi qiyin bo‘lgan "Tavba" surasining 30-oyatida esa yahudiylar Uzayrni "Allohning o‘g‘li" deb bilgani uchun keskin qoralanadi. Bu bilan ularning xatosi ham xristianlarning xuddi shunday xatosiga teng deb hisoblanadi. Ammo din amaliyotida Uzairning kim bo‘lganini aniqlash muammoligicha qolaverdi. Ba'zi birovlar uni Ezra deb biladi. U Tavrotni qalbakilashtirgani uchun ayblanib keladi [315] . Biroq Gordon Niyubay yaqinda gap Idris payg‘ambar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin, degan g‘oyani ilgari surdi, negaki, Yaqin Sharq yahudiylarining diniy amaliyotida u Metatron [316] deb qaraladi. Mana shu holatda Qur'onda bu qarashlarning tanqid qilinishi qarayitlarning [317] hamda ravvinlarning Allohga hech bir sherikni tan olmaydigan monoteizmning mazkur yaratuvchi farishtaga sig‘inish yoki e'tiqod qilish borasidagi murosasiga qarshi e'tirozlariga mos keladi [318] . Mabodo, mana shu ayniyat (identifikatsiya) to‘g‘ri bo‘lsa, quyidagicha xulosa qilish mumkin: Qur'on ma'lum bir yahudiylarga qarshi boshqa yahudiylarning yonini olgan bo‘lib chiqadi, ya'ni bu bilan butun boshli dinni emas, mahalliy kishilarning yanglishishlarini qoralaydi. Xuddi mana shu yo‘sinda ishonch bilan talqin etilishi mumkin bo‘lgan boshqa oyatlar ham bor. Shuning uchun ham Qur'onda ba'zi bir yahudiylarga nisbatan ta'nayu dashnomlar bo‘lsa- da, bu muqaddas kitob iudaizm dinini butunlay qoralamaydi, aksincha, uning keyingi tadriji chog‘ida paydo bo‘lgan ba'zi bir qoidalarni islom nasx qilgani juda to‘g‘ri ekanini qayd etadi. Qur'onda Isoning chormix qilingani va, umuman, odamlarni xochga qoqib o‘ldirish uchun yahudiylar javobgar emasligi [319] aniq-ravshan bayon etilishi Yevropada vujudga kelgan antisemitizm islom tuprog‘ida ildiz otmaganini isbotlaydi; darhaqiqat, o‘rta asrlardagi O'rta yer dengizi dunyosi Samyuel Goiteyn iudaizm va islom o‘rtasidagi "yaratuvchan simbioz" deb atagan mashhur tavsifni isbot qilib turibdi [320] . So‘nggi tahlillar gaonlar [321] , maymonidlar [322] , Istanbul ravvinlari va sefardlarning [323] boy tajribasi Qur'onda antisemitizm unsurlari yo‘qligini aniqlashga imkon berdi. An'anaviy islomning xristianlikning o‘rnini bosish da'vosi juda murakkab xarakterga ega. Bu o‘rinda yana mahalliy va umumiy munozarani bir-biridan ajratishga ehtiyoj tug‘iladi. Umumiy munozara (aksariyat musulmonlarning o‘z-o‘zini anglashiga zid o‘laroq) islom bitiklarining hududiy sektantlarga qaratilgan tanqidlari o‘tkinchi xususiyatga ega ekanini va Kalsedoniya [324] cherkovlarining asosiy tamoyillaridan iborat doktrina - mabdalari bayon qilingan bitiklardan doimiy tarzda ko‘chirma olib turganini tan oladi. Biz so‘nggi kategoriyada [325] va quyidagi Qur'on oyatlari va hadisda Isoga berilgan ilohiy maqomga qarshi bir dalil topamiz: Ey ahli kitob, (Isoni xudo deyish bilan) diningizda haddingizdan oshmangiz! Alloh sha'niga esa faqat haq gapni aytingiz! Albatta, Al-Masih Iso binni Maryam faqat XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 106 Allohning payg‘ambari va Uning Maryamga yetkazgan So‘zi hamda Uning tomonidan bo‘lgan Ruh (sohibidir), xolos. Bas, Alloh va uning payg‘ambarlariga iymon keltiringiz! "(Tangri") uchta demangiz!" [...] ("Niso" surasi, 171-oyat) (Iso aytdi:) "Albatta, Alloh (mening) parvardigorim va (sizning) parvardigoringizdir. Bas, unga bandalik qiling. Mana shu haq yo‘ldir". So‘ng (yahudiy va nasroniy) firqalar (Iso xususida) o‘zaro ixtilof qildilar ("Maryam" surasi, 36-37 oyatlar) [326] . Qiyomat kuni xristianlardan, nimaga e'tiqod qilgansizlar, deb so‘raganida, "Xudoning o‘g‘li Xristga" deb javob berishganida, ular do‘zaxga bebosh poda singari bir-birini suzgan va bir-birining orqasidan olovga qulab tushgan holda haydab kiriladi [327] . Sizlar, xristianlar Iso binni Maryamni ko‘klarga ko‘targaniday, meni ko‘klarga ko‘tarmangiz; chunki men Allohning quliman; shuning uchun: "Allohning quli va rasuli" deb aytingizlar. [328] Musulmonlarga kelgan vahiy eng so‘nggi ilohiy interventsiyani oqlash uchun, xuddi iudaizmga bo‘lgan munosabatidagiday, ammo bu safar undan ham keskinroq tarzda tarixan rivojlanib kelgan xristianlikka qarshi dalillarini jangga tashlaydi. Islomning qat'iy bid'atni rad etishi esda tutilsa, masala u o‘ziga o‘tmishdosh dinlarning xatolarini ko‘rsatib berishi kerakmi yoki yo‘qmi, degan tarzda qo‘yilib, uning qonuniyligi shubha ostiga olinishi mumkin. Masalan, tez-tez bildirib turiladigan, Tavrot matnlarida asl vahiylar ishonarli tarzda saqlanib qolmagan, degan e'tirozlar sababi shunda [329] . Yana bir e'tiborga molik narsa - Qur'onning Isoning chormix qilinganini norozilik bilan rad etishidir. Bu norozilikning mohiyati tarixiylikdan ko‘ra ko‘proq so‘zamollikka tortib ketadi. Musulmon ekzegetikasida xristianlik yanglish bir tarzda o‘z payg‘ambarini ham yaratilgan, ilohiy deb hisoblab hamda xochni o‘ziga ramz qilib olib, xatoga yo‘l qo‘ygani aytiladi [330] . Xoch sui generis [331] yer va osmonning o‘zaro chatishishi ramzidir va, binobarin, u Qur'onning, behad komil Tangri ko‘p martalab (erdagi hayotga) mukammal interventsiya qilgan, degan qat'iy ko‘rsatmasiga qarshi chiqadi. Ushbu doktrina - mabdani rad etish uchun ramzning o‘zi yo‘q qilindi. Shu tariqa islom ontologik nuqtai nazardan Isoning maqomini oddiy payg‘ambar darajasiga pasaytiradi [332] , ammo uning mahdiy (messiya)ligini qoralamaydi va ayni hol ilk qarashda g‘ayrimantiqiy bo‘lib tuyulishi mumkin. Alloh Qur'onning tugal ekani hamda o‘z ishining esxatologik [333] ahamiyatga molik ekanini e'lon qilish bilan nega Isoga uni yuksaklarga ko‘taruvchi mahdiylik maqomini berishi kerak edi, degan savol tug‘ilishi tabiiy. Diniy amaliyot bunday payg‘ambarlik tsiklining "muhri"ga tegishli g‘ayrimantiqiy fikrga yechim topishga yo‘l izlayotgani aniq. Iso mahdiydir, chunki u yahudiy rivoyatlariga barham berdi. Ammo Muhammad esxatologik (al-Aqib) payg‘ambardir va payg‘ambarlarning muhridir (Xotam ul-mursalin), chunki u shavkatli va keng miqyosli rivoyatni tugallaydi. Iso butunlay Musoning teskarisidir, ayni paytda hazrati Muhammad esa Ibrohim payg‘ambar kashshofi va boshlovchisi bo‘lgan ulkan bir an'ananing eng yuqori nuqtasidir. Binobarin, islomning asosiy marosimlari ko‘pincha ibrohimiy va esxatologik ahamiyatga molik narsalarni bir-biriga chog‘ishtiradi. Kuniga besh mahal namoz o‘qilishi Muhammadni Ibrohim payg‘ambar bilan bog‘lab turadigan tashahhud iltijosiga yaqindir. Makkaga hajga borish Ibrohimning qilgan ishlarini abadiylashtirishdir: XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter Download 5.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling