Xxi-asrda islom
Download 5.22 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Angularis fundamentum [340]
- Sposalizio
- Chansons de Geste [369]
www.ziyouz.com kutubxonasi 107 hajga borganlar suv ichadigan quduqni Ismoil qazigan deb hisoblanadi; ikki tog‘ o‘rtasida u yoqdan bu yoqqa borib kelish Hojarning suv so‘rab qilgan iltijosini esga soladi va shu bilan bir vaqtda Qiyomat kuni suvsirab qiynalishni his qilishga xizmat qiladi; hojilar musulmonchilikda Ibrohim o‘g‘li Ismoilni qurbon qilmoqchi bo‘lgan deb hisoblanadigan joyni ziyorat qilishadi, unga yaqin bo‘lgan joyda, ya'ni Arofat tog‘idagi marosim chog‘ida "kafan kiygan" ehromdagi hojilar olomoni xuddi Qiyomat kunini esga soladi [334] . Qur'onda "Ibrohim yahudiy ham, nasroniy ham bo‘lmagan, balki to‘g‘ri yo‘ldan toymagan (hanif) musulmon bo‘lgan..." [335] deyiladi hamda diniy tarixning muqarrar intihosini anglatuvchi ibtidoga qaytish Rasululloh hayotining maqsadi va uyg‘unligi ifodasi o‘laroq maydonga chiqadi. Ibrohim payg‘ambarga xos arxetip [336] islomning o‘z universalligini, ya'ni boshqa dinlarni takomillashtiruvchi ilohiyotshunoslik ekanini tushunishini anglatadi. Ishoq ham xuddi nazaretlik avlodi Iso singari sof ibroniy edi. arablarning bobokaloni bo‘lgan Ismoil yarim misrlik bo‘lgan. "Ibtido" kitobida: "Men undan buyuk xalq vujudga keltiraman", degan va'da Allohga nisbat beriladi (17:20); so‘ngra Ishoq orqali ochilgan ahdni batafsil hikoya qilib bermoq uchun bu hikoyat uzilib qoladi. Somiycha qarindoshlikni Misr qarindoshligi bilan bog‘lagan islom o‘z kengayishi va mansubligini yahudiy bo‘lmagan dunyoning ich-ichiga qadar yetib borishini e'lon qiladi. Shu tariqa somiycha vahiyning Ismoil payg‘ambarga xos jihatiga daxldor islomning intilishlari universal ekani ayon bo‘ladi. Hadisda aytiladiki: "Ilgarigi har bir payg‘ambar faqat o‘z qavmiga payg‘ambar qilib yuborilgan edi. Men esam (Yer yuzidagi odamlarning hammasiga payg‘ambar qilib yuborildim" [337] . Shunday qilib, musulmonlar esxatologik jamoaga aylandi. Eng so‘nggi jamoa birinchi bo‘lajak. Hadisda Injildagi Matfey bayon etgan Xushxabarda keltirilgan uzumzorda ishlovchilar haqidagi rivoyat [338] eslatilib, mana bunday deyiladi: Musulmonlarning yahudiy va xristianlarga o‘xshashligi bir kishining qorong‘i tushguncha bir guruh kishilarni ishga yollaganiga o‘xshaydi. O'sha kishilar: "Bizga siz beradigan maoshning keragi yo‘q", deb faqat tushdan keyingina ishlaydi. U boshqa kishilarni yollaydi va ularga: "Bugun qorong‘i tushguncha mana shu ishni tugatib qo‘yinglar", deydi. Ular peshin namozi vaqtigacha ishlashadi va shunday deyishadi: "Faqat qilgan mehnatimizgina sizniki bo‘lur". U boshqa bir guruhni yollaydi. Ular kun botib, qorong‘i tushguncha ishlaydi, lekin ular xuddi oldingi ikki guruh bilan birday ish haqi oladi [339] . Angularis fundamentum [340] , Injilning yana bir nasx qilingan tashbehi yanada ehtiyotkorlik bilan moslashtirib olinadi: Mening oldimga kelgan payg‘ambarlar haqida gapiradigan bo‘lsam, men jozibador va chiroyliman. Ammo men burchagida bir g‘ishtlik joyi qolgan uyga o‘xshayman. Uning atrofini aylanib chiqqan kishilar: "O'sha g‘isht ham joyiga qo‘yilsa, yaxshi bo‘lardi", deyishar edi. O'sha g‘isht menman, men payg‘ambarlarning muhriman [341] . Uchinchi hadisda esa Rasululloh nima uchun juma musulmonlarning ibodat kuni qilib olinganini tushuntirib beradi. Musulmonlar tarixdagi eng so‘nggi din vakillaridir va ular Qiyomat kuni birinchi bo‘lishlari kerak, buning ramzi esa shanba va yakshanbadan oldin keladigan juma kunidir [342] . XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 108 Binobarin, xulosada Islomning asosiy hujjatlari ushbu dinning (eski hujjatlarni) tuzatish va xaloskorlik tarixi bo‘lishni nazarda tutishi ko‘rsatib o‘tilishi kerak; Qur'ondagi ma'lumotlarni to‘la tadqiq qilgan Jeyn MakOlif mana bunday xulosaga keladi: "Muhammad payg‘ambar bo‘lganidan so‘ng Tavrot xristianligining "xaloskorlik" ahamiyati haqida gapirishning o‘zi ortiqchalik qilib qoldi" [343] . Halol talqin qilingan matnlarda Allohning yangi Ahdi boshqa jamoalarga nisbatan bag‘rikenglik qilish barobarida Ibrohim dinini qayta ta'mirlagan islom ahli bilan qat'iy birga ekani qayd etiladi. Ushbu mulohaza, ahdning musulmonchilik nuqtai nazaridan qaraganda, tushunarlidir. Yaqinda o‘tkazilgan tadqiqotlardan ma'lum bo‘lishicha, Qur'on Tavrot darajasida bo‘lmagan ahddir. Ehtimol, buning sababi musulmonlarning muqaddas kitobi alohida bir qavmga yo‘llangan, yoki mo‘ljallangan bo‘lmay, butun insoniyatga yuborilganida bo‘lsa kerak, demakki, uni tarixiy ahd bilan tenglashtirib bo‘lmaydi" [344] . Shunga qaramasdan, Qur'onning "A'rof" surasidagi 172-oyatda Alloh bilan har bir inson ruhi o‘rtasida dunyo yaratilmasidan burungi ibtidoiy ahd xususida so‘z boradi. Musulmonlar o‘z-o‘zini anglashiga ko‘ra, islom dini insoniyatning ma'lum bir bo‘lagi bilangina kelishuv emas, aksincha, ushbu ibtidoiy va'daning esxatologik qayta tiklanishidir. Buning "alomatlari"dan biri "barcha kishilar" ("Baqara" surasi, 125-oyat)ning uyini haj paytida ziyorat qilishdir: Alloh ahd qilgach, uni yozib, Qora toshga joyladi. Ka'baning atrofini aylangan vaqtda Toshni tavof qilgan kishilar: "E Alloh! Bu senga sig‘inganimiz, o‘zingga bergan va'damizni bajarayotganimiz, sening yozganlaringga imon keltirayotganimiz belgisidir", deyishning ma'nosi shuldir [345] . Ilohiyotshunoslar payg‘ambarning mana shu ilk ahdga asoslangan munosabatni esxatologik nuqtai nazardan qayta tiklaganini tasdiqlash barobarida Alloh bilan Odam Ato avlodlaridan ma'lum bir qismi o‘rtasida keyinchalik vujudga kelgan kelishuvning qonuniy ekanini yerga urmoqchi bo‘ladi. Dinning payg‘ambar o‘limidan so‘nggi zafarli odimlarini tomosha qilish bilan bir avlod shakllandi. Bu avlod islomning universal tarixdagi o‘rniga dastlab mana shu bitik nuqtai nazari bilan qarash ruhida tarbiyalangan musulmoncha aql-zakovat egasi edi. Islom o‘zining zafarli yurishlari asnosida urfdan chiqib ketgan iudaizmga egalik qilishni ham zimmasiga olishi mumkin edi: Freyd surbetlarcha qayd etganiday: "Alloh o‘z tanlagan bandalariga Yahve o‘z bandalariga ko‘rgazgan marhamatdan ko‘ra ko‘proq marhamat ko‘rgazdi" [346] . Gap xristianlik xususida ketganda shuni qayd etish kerakki, ulkan patriarxal shaharlar bo‘lmish Antiox, Aleksandriya va boshqalarning musulmon dunyosiga qo‘shilib ketishiga xristianlikni urfdan chiqib qolgan din deb hisoblamaydigan Alloh hech qachon izn bermagan bo‘lur edi, deb iddao qilinadi. Musulmonlarning hukmronligi xususida gapiradigan kishilar ularning qo‘l ostiga o‘tgan shaharlarni haliyam xristian shaharlari deb da'vo qiladi [347] . Eng muhimi, islom endilikda Quddusda hukmronlik qilayotgan edi, lekin keyinchalik u salib yurishi qatnashchilari, hozirgi kunda esa sionizm qo‘liga o‘tib ketdi, biroq shunga qaramasdan, musulmon tarixining ulkan bir bo‘lagi ushbu shahar musulmonlarning qo‘lida bo‘lgan. Ayni hol nasx uchun hassos va salkam muqaddas dalildir. Musulmonlar Sulaymon payg‘ambarning mmahobatli ibodatxonasi o‘rnida Uchinchi ibodatxona sifatida, Mark bashorat qilib aytganiday, "barcha qavmlar ibodat qilishi uchun uy" qilib qurilgan Qubbat us-shahrani o‘ziniki deb XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 109 da'vo qilishga haqli. Makka islomning Ibrohim rivoyatini qayta tiklaganining namoyishi ekanini hisobga olsak, Quddusga mazkur din mozaikasining kichik bo‘lagi ichidagi ramzning hamda butun dunyoni egallashday ulkan bir maqsadga erishish yo‘lidagi sa'y- harakatlarning tasdig‘i sifatida qaraladi [348] . Ushbu istak Qubbaning universal me'moriy xarakterga ega ekani, u xuddi islom hukmronligi singari, Sharq va G'arbni bir- biri bilan bog‘lab turishining nafis bir ramzidir: Aslida, Qubbat us-shahra Sharq va G'arbning Sposaliziosi yoki Nuptialsidir [349] ; dunyoning boshqa biror joyida, hatto avliyo Markning Venetsiyasida ham Sharq va G'arb bir-biriga bu qadar qo‘shilib ketmaydiyu bu bino men ko‘rgan binolar ichida eng muqaddasi edi [350] . Quddus shahridagi islomiy obidalar ham nafis va puxta qilib qurilgan Avliyo Pyotr Bazilikasi va bir zamonlar ma'jusiylar poytaxti bo‘lgan Rimning boshqa mashhur xristian obidalaridan kam ahamiyatga ega emas. shu bilan bir vaqtda ushbu islomiy obidalar boshqa dinlarning o‘rnini egallashining majoziy belgisidir. Bitiklar bilan ishlash va tarixning ana shu muzaffar haqiqatlaridan xabardor bo‘lgan tarixchilar va o‘rta asrlarda yashab ijod qilgan kalom ilohiyotshunoslari, e'tiqodning oldingi ko‘rinishlari bugungi kunga kelib, botil, ya'ni buzilgan, degan murosali fikrni ilgari surgan. Masalan, ash'ariylar ilohiyotshunosligining yetakchilaridan biri Shahristoniy (vaf. 1153 y.) hech o‘ylab o‘tirmasdan: "Ushbu [islom] qonun(i) boshqa barcha qonunlarni bekor qiladi" [351] , deydi. Hatto bugungi kunda ham Qohiradagi Al-Azhar universitetining tolibi ilmlaridan Ibrohim al-Laqqaniy (vaf.1631 y.) ning she'rga solingan aqdasini yod olish talab etiladi. Unda mana bunday so‘zlar bor: Islom nasxi boshqa dinlar o‘rnini oldi manguga; Buni rad etganlarning jazosini Allohning o‘zi bersin [352] . Uning sharhlovchisi Bayjuriy esa faqat zarur so‘zlarni qo‘shib qo‘yadi: Bu mavzuga tegishli hadislar nihoyatda ko‘p va tavotur (og‘izdan-og‘izga o‘tib tarqalish) darajasiga yetadi va shu ma'noda Payg‘ambar (Uni Alloh rahmat qilsin va unga Allohning salomi bo‘lsin)ning dini boshqa dinlar o‘rnini egalladi va musulmonlarning o‘zaro murosa (ijmo) si orqali qaror topadi [353] . Boshqa bir mashhur shaxs, 13-asrda Suriyada yashagan huquqshunos An-Navaviy hatto quyidagilarni talab ham qiladi: Mabodo, biror kishi boshqa bir kishining islomdan boshqa dinga e'tiqod qilishiga ishonmasa, o‘zi musulmon emas, yoki o‘sha kishini dindor emas deb gumon qilsa, ularning mazhabini qonuniy deb bilsa, garchi islomni tan olib, unga e'tiqod qilsa ham kofir sanaladi [354] . Ushbu aqidadan iqtibos olgan zamonaviy ilohiyotshunos Nuh Keller shunday qo‘shimcha qiladi: Bu faqatgina an-Navaviy ham vakili bo‘lgan shofiiylar fiqh maktabining pozitsiyasi - turimi bo‘lib qolmay, boshqa 3 ta sunniy maktabning ham yozib qo‘yilgan turimidir: XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 110 Hanafiya (Ibn Obiddin, Radd al-muxtor, 3.287), Molikiya (Ad-Dardir, "Ash-Sharh as- sag‘ir", 4.435), Hanbaliya (Al-Bahutiy, "Kashshof al-qina", 6.170). [...] Muqaddas qonun nuktadonlari islomning boshqa dinlarni nasx qilishi borasidagi qarashlarida yakdil, chunki islomning maqsadi aslida shudir [355] . Ammo islomning oldingi dinlar ustidan g‘alaba qozongani, mantiqan olib qaraganda, o‘sha dinlarga e'tiqod qiladigan kishilarga nisbatan abadiy la'nat yog‘dirishni talab etmaydi. Keller bir hadisdan iqtibos keltiradi: "Mening Allohning payg‘ambari ekanimni eshitgan, ammo unga imon keltirmay o‘ladigan yahudiy yoki xristian do‘zax o‘tida kuyuvchilar safida bo‘ladi" [356] . Ushbu misol musulmon bo‘lmagan qavm taqdiri xususidagi an'anaviy kalom ta'limotining bosh masalasidir. Partikulyarizm [357] teoditseyasi [358] boshqa din vakillari amalini ma'qullamaslik johillikdan emas, ataylab rad etishdan kelib chiqadi, degan qarash bilan hal etiladi. Islomda ibtidoiy gunoh (Odam Ato bilan Momo Havoning gunoh qilib jannatdan quvilgani ma'nosida) doktrinasi - mabdasi yo‘qdir. Islom hadis so‘zlarida "har bir bola ibtidoiy insoniy fitrati bilan dunyoga keladi [359] , ushbu fitratga amal qilinsa, u omad keltirishi muqarrar" [360] , deb ishontirish bilan, har bir kishi gunohi tasdiqlanmaguncha begunohdir, (hatto Odam Ato bilan Momo Havo jannatdan quvilganlaridan so‘ng ham) begunohlik bizning tabiiy holatimizdir, binobarin, jannat Odam Atoning avlodlari uchun erishish mumkin bo‘lgan manzildir [361] , deydi. Mana shu insonparvarlik yo‘lini tutgan kalom ilmining dastlabki nuktadonlari aql-zavokatni axloqiy bilimning avtonom manbai deb hisoblagan va inson aqlining, hatto o‘ziga xos vahiy kelmagan paytda ham Allohni va axloqiy qonunning universal mohiyatini bilib olish uchun umumiy vahiyni rad eta bilish qobiliyati borligini e'tirof etishgan. Faqat ehtiyotkor tajriba va kuzatuv intuitsiya sifatida bizga to‘yimli va zaharli ovqatlarni bir-biridan ajratish imkonini beradi, xuddi shu tariqa insonlar o‘ziga xos vahiy yordamisiz ham yaxshilikni yomonlikdan ajratib olishi mumkin [362] . Darhaqiqat, moturidiya tarafdorlari shu ma'noda vahiy tushmagan va musulmon bo‘lmaganlarni mukallaf etish, ya'ni majburlash kerak, deb hisoblagan, garchi Alloh ularga vahiy tufayli nozil bo‘lgan mukammal qonunga ega bo‘lishni buyurmagan bo‘lsa-da, Ul zotga aks sado bergani uchun ularni kechiradi, deb biladi [363] . Chunki ular ham, xuddi musulmonlar singari toifadadir, ammo [islom dini] payg‘ambari va shariat hukmlaridan g‘ofil bo‘lishgani uchun ma'zur tutiladi [364] , ular funktsional diniy jamoa deb qaralashi kerak, bu jamoa kelgusida o‘zini jannat yoki do‘zax kutib turganini biladi. Ash'ariylikning keyingi davri vakillarining o‘zini vahiyning "yuksak" nuqtai nazariga daxldor deb bilishi musulmon bo‘lmaganlar ham Allohni va axloq qonunini bilishga majburdir, degan qarashni istisno qilar edi. Shunga qaramasdan, aksariyat ash'ariylar ularni shunday qilishi kerak, deb hisoblar edi. Allohning birligi va adolatli ekanini tan oladigan, ammo vahiy yordamida nozil bo‘lgan qonunidan g‘ofil kishilar "musulmonlar maqomidadir" va narigi dunyoda jannatga tushishlari mumkin. Allohning bir va adolatli ekanini bilmasdan kufr holatida o‘lib ketadigan kishilar, garchi Alloh ularni "ajr berib emas, o‘zining beadad marhamati sababli xuddi balog‘at yoshiga yetmay o‘lib ketgan norasida go‘daklarni tushirganday jannatga tushirsa-da, ajr ham, jazo ham olisholmaydi [365] . Garchi kalom ilmi shu tariqa vahiy kelmagan bir paytda ham ilohiyotshunoslik mavjud bo‘ladi (ash'ariya) yoki hatto zarur (moturidiya) deb hisoblasa-da, Allohning bandalari XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 111 o‘z davrining payg‘ambarini tan olish majburiyatidan ozod etilmaydi. Uning dini bandalarining ehtiyojlariga qarab ilohiy bir tarzda bichilgan, bandasiga esa uni qabul qilish uchun mo‘‘jizalar mukofot qilib yuborilgan; binobarin, Muhammadning payg‘ambarligi bilan bog‘liq ishonarli alomatlar, bular jumlasiga uning qo‘lida Allohga hamdu sano aytgan tosh, oyning shiqqa bo‘lishi, uning barmoqlari orasidan oqqan suvni kiritish mumkin [366] ; Kimdir u mo‘‘jiza ko‘rsatishda jodu yoki ko‘zboylag‘ichlikdan foydalandi, deb da'vo qilsa, bu da'vosi uning Musoga nisbatan qilgan da'vosidan yaxshiroq emas [367] . Ammo oldinroq hadisda qayd qilingani va kalom ilmi murosasi talab etayotganiday, solih amallarni qilgandagina (oxir) zamon payg‘ambariga bo‘ysunish kerak. Ash'ariya va moturidiya vakillari o‘zlari aybdor bo‘lmagan hollarda bundan bexabar esa, faloh (najot kutish)ga nomzod bo‘ladi. Shunga qaramasdan, ikkala maktabga mansub ilohiyotshunoslar ham aynan qaysi nuqtada yangi vahiy dinini qabul qilish boshlanishini aniqlashda ojiz qolmoqda. Rum ilohiyotshunoslari Allohni rad etishday gunohi - chunki ular musulmonlar botiq mis sfera [368] (kura)ga e'tiqod qiladi - uchun yoki lotin salb yurishi peshvolari ularning Chansons de Geste [369] da ko‘pxudolilik dini deb kuylangan bu dinni rad etishday vazifani bajarish uchun yollangan, deb ishongani uchun aybdor bo‘lganmi? [370] Garchi turli xil qarashlar ilgari surilgan bo‘lsa-da, islom ilohiyotshunosligi hech qachon aniq bir aqidaga ega bo‘lmagan. G'azzoliy ash'ariylarning tabiiy bilim borasidagi tushkunliklariga qaramasdan, bir ishonchli ko‘zqarashni ilgari suradi. U ushbu ko‘z qarashi bilan Qur'ondan oldingi (ya'ni johiliyat davri jamoalari) o‘zlariga yangi vahiy yetarli darajada yetkazib berilmagani uchun islomni rad etish yo‘lini tutgan taqdirda ham falohga mustahiq bo‘lishi mumkin, deb ishonishini bayon qiladi. Quyidagi uzun iqtibos G'azzoliyning bu qarashi muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi: Garchi johiliyat davri ahlining aksariyati yo bir oz fursat yoki soat, yoki bo‘lmasa, uzoq vaqt jahannam olovida kuysa ham Alloh ulardan o‘z rahmatini darig‘ tutmaydi, chunki "Olov ahli" atamasi aynan o‘shalarga nisbatan qo‘llanishi mumkin [371] . Boz ustiga, men bugungi kunning xudojo‘y Rum xristianlari va turklarini Alloh rahmatiga olgan, deb hisoblayman. Men bu bilan (islomga) da'vat yetib bormagan Rum va turk yerlarining olis joylarida yashovchi kishilarni nazarda tutyapman. O'sha kishilar uch toifaga bo‘linadi: [Birinchi] toifaga Muhammad (sallallohi alayhi vasallam) otini umuman eshitmagan va shuning uchun kechiriladigan kishilar kiradi. [Ikkinchi] toifaga uning otini eshitgan, uning fazilatlari va ko‘rsatgan mo‘‘jizalarini biladigan kishilar mansubdir. Bu kishilar islom zaminiga qo‘shni hududlarda istiqomat qilishadi va o‘zlarini musulmonlar deb bilishadi. Ular kofir va mulhidin (inkor qiluvchi) lardir. Ana shu ikki toifa o‘rtasida uchinchi toifa (vakillari) bor. Ular Muhammad (sallallohi alayhi vasallam) nomini eshitgan. Ammo uning fazilatlari va tiynatidan bexabardir. Ular buning o‘rniga bolaligidan boshlaboq, xuddi bizning farzandlarimiz, meni Alloh yuborgan, deb xiyonatkor bir tarzda payg‘ambarlik da'vo qilgan Al-Muqanna [372] ismli yolg‘onchining gapini eshitganday, men Muhammadman, deb payg‘ambarlik da'vo qilgan soxtakorlarning safsatalarini eshitishadi. Mening nazarimda, bular [uchinchi toifaga mansub kishilar] birinchi toifadagilar qatoriga qo‘shiladi. Garchi ular payg‘ambar nomini eshitgan bo‘lsa-da, aslida rasullohning tabiatiga xos bo‘lmagan fazilatlarni unga xos deb eshitgan. Bu hol izla(ni)sh uchun hech bir turtki bermaydi [373] . XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter www.ziyouz.com kutubxonasi 112 Hindistonning 18-asrda yashagan eng mashhur musulmon ilohiyotshunosi Shoh Valiulloh ad-Dehlaviy yetarli darajada musulmon bo‘lmaganlar ham muvaffaqiyat (Allohning marhamati) ga erishishi mumkin, deb ta'lim bergan. U Qur'onning "Al-A'rof" (ruhlar oxir- oqibat jannat saodatiga erishiladigan joyga o‘tiladigan "devor") [374] sifatidagi mashhur esxatologik xususiyatlariga munosabat bildirar ekan, o‘zining biografi so‘zlari bilan aytganda, mana bunday deb yozadi: Allohning nomasini olmagan, shuningdek, tog‘ tepasida Ul zotga e'tiqod qilmasdan, yoki uning mavjudligini ham bilmasdan, xuddi faqat o‘zining tabiiy ehtiyojlarini qondirishni o‘ylaydigan mollar singari yashayotgan kishilar ham A'rofda yashovchilar orasida bo‘ladi. Ular islom yorlig‘ini olgan bo‘lsalar ham, johilliklari sabab, dindan foyda ola bilmagan. Ular teran fikrlashga to‘sqinlik qilgan sharoitda unib-o‘sgan, tarbiyalangan. Ular faqat mana bunday bilimga qodir edi: musulmonlar falon-falon narsalarni tanovul qiladi, falon- falon narsalar esa yeyish uchun harom qilingan [...]. Ular xuddi to‘rt oyoqli jonivorga o‘xshab, Alloh xususida hech qanday tushunchaga ega emas. (Shuning uchun) Ularni ayblab ham, [islomni rad etish uchun] yollab ham bo‘lmaydi [375] . Kalom ilmi doirasida Qur'on vahiysiga javoban Bag‘dodiy va boshqalar tomonidan rivojlantirilgan G'azzoliy va Dehlaviy ta'limoti «keng miqyosli umid»ga yo‘l ochib berishi shubhasiz. Ilohiyotshunoslar Muhammadga ummat bo‘lish sog‘lom e'tiqod va hayot muqaddasligi uchun maksimal imkoniyatlar yaratib berishini olqishlar ekan, Allohning marhamati islom chegaralaridan nariga ham yoyilishi mumkinligini xuddi musulmonchilikdan oldingi dinlarning ba'zi bir islom ta'limotidan bexabar qavmlar to shu kungacha e'tiqod qilib kelayotgan shakllari chin ma'noda yakkaxudolilik g‘oyalari va ilohiy adolat printsipini saqlab qolganiday, osongina qabul qilishlari mumkin. Bunday qavmlarga kelsak, ular uchun nasx tushunchasi o‘ta nazariydir. Ilohiyotshunoslar o‘z asoschilarining haqiqiy qarashlari nimadan iborat ekanini bilib olish uchun bunday din shakllarini tadqiq qilib, ulardan ba'zilari boshqalariga nisbatan sofroq holda saqlanib qolganini, ular islomning mavjudligi o‘z individual tarafdorlarining pirovard taqdirini qoralaydi, deb hisoblamasligini bilib olishlari mumkin. Shu o‘rinda, erkak yoki ayolning o‘z madaniy muhitida mavjud bo‘lgan diniy tutimlarga qanchalik rioya qilayotgani sifatini baholash mezonini faqatgina Alloh bilguvchidir, degan aqidaga amal qiladigan mulohazali agnostitsizm [376] ning ahamiyati beqiyosdir. Ko‘rib chiqanimizday, Qur'on pirovard fikrni aytishni Allohning zimmasiga yuklaydi, «Moida» surasining 48-oyatida aytilganiday, Ul zotning o‘zi dinlararo munozaralarga oydinlik kiritadi, deb hisoblanadi. Hadisda, ushbu oydinlik kiritilgandan so‘ng har bir payg‘ambar o‘z qavmi uchun shafoat qiladi, hatto chiqarilajak salbiy ilohiy hukmni bekor qilishga tiyiqsiz johillik ham bahona bo‘lolmasa-da, u yumshatilishi yoki har bir qavm himoyachilarining esxatologik himoyasidan so‘ng rahm qilinib, gunoh kechirilishi mumkin, deyiladi. Binobarin, Muso adashgan yahudiylar uchun marhamat so‘raydi, Iso esa xristianlarning yonini oladi. Bundan tashqari, Hazrati Muhammadning yakka o‘zi marhamatli payg‘ambar va Buyuk Ahdning mujaddidi sifatida qiladigan Buyuk shafoat oldingi din tarafdorlarining ham gunohini so‘rab olish uchun islom dini chegaralaridan tashqariga ham yoyiladi [377] . Bu hol postmodern yevangellashtirish [378] deb tushunilmasligi kerak; bu Alloh rahmatining Rasululloh orqali zuhur bo‘lishidir. Ushbu muhokamalar qanday soterilogiya (najotshunoslik)ni yaratishi mumkin? Shunisi aniqki, oldingi sahifalarda bayon etilgan teologik tushunchalarni oddiy zamonaviy XXI asrda Islom: Postmodern dunyoda qiblani topish. Timoti J. Uinter Download 5.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling