Xxi asrning 80-yillariga kelib Angliyada yaratilgan tarixiy sport turi ``futbol`` ga barham berildi


Download 18.28 Kb.
Sana04.11.2020
Hajmi18.28 Kb.
#140813
Bog'liq
Jahon drabllari


***

XXI asrning 80-yillariga kelib – Angliyada yaratilgan tarixiy sport turi ``futbol`` ga barham berildi. Yuksak darajadagi olimlar yangi texnologiyalar ishlab chiqarish bilan bir qatorda tasavvur qilib bo`lmaslik darajasi- dagi futbol oyoq kiyimini yaratdi. Uning boshqalarida farqli tomoni, oyoq kiyimiga bitta signal – faqat to`pni darvozaga kiritish buyrug`I joylangan bo`lib, oyoq kiyimini kiygan har qanday odam to`pni istalgan masofadan darvozaga kiritish mumkin…

Auksion

Yillar o`tib, biznesmenlarga yangidan-yangi yo`llar, marralar ochildi. Qanday boyib ketish, tezroq pul topish yo`llari izlandi. Endi yurib, boshni qotirib, ertayu-kech siqilib pul topish davrlari o`tib, odamlarning hayoliga yangidan g`oyalar kela boshlasdi ya`ni endi bir joyda hech qanday ish qilmasdan pul topish yo`li topildi. Bu g`oyaning asoschisi hozir dunyoning birinchi raqamli milliarderi. U yoshligidan maktabda o`qiyotib pul topish yo`llarini topdi. Darsdan so`ng auksionlik bilan shug`ullanardi. U shifoxonalarda navbati ko`p bo`ladigan okulistga ikki kun oldin navbat olib, navbati yaqinlashgach uni boshqa bemorlarga sotardi.

***

Avtobusda ketayotgan yigit bir mo`jiza guvohi bo`ldi. U uzoq masofaga, qariyb ikki kunda yetib boradigan manzilga ketayapti. Avtobusda ketar ekan, ikki narsadan ko`ngli to`lmadi: birinchisi yonidagi sherigi – qari bir chol bo`lsa, ikkinchisi yo`lning notekisligi. Yo`l notekisligidan avtobus goh u yoqqa, goh bu yoqqa silkinar edi. Bir vaqt chol soatga qaradida, gavdasini bir rostlab oldi. Yigit hayron bo`lib qoldi. Boshida hech narsani sezmadi, keyinroq tekis yo`l boshlanganligini bilib ko`ngli biroz bo`lsa ham xotirjam bo`ldi. Yigit sekingina cholga qaradi, chol bir nima deb pichirlardi. Yigit esa ``Esini yegan chol`` - deb unga e`tibor bermay qo`ydi. Biroz o`tib, chol pichirlashdan to`xtadi va narigi tomonda o`tirganlardan biri ``Ota avtobusda o`tirib nomoz o`qisa bo`ladimi?`` - deb so`radi. ``Albatta, nomoz o`qish vaqtida hech kimga xalaqit bermaslik kerak, shuning uchun joyimda o`tirib o`qidim. Muhimi ko`ngil toza bo`lsa bo`ldi``.



Yigitning ko`nglidan har xil holatlar o`tdi. Bir vaqtlar olamdan o`tgan bobosining gapi esiga tushib qoldi: ``Ollohga ibodat qilsang, senga hech qanday g`ov xalaqit bera olmaydi``.

Yigit o`yladi ``Shu sababli birdan tekis yo`l boshlanibdida``.

***

Ikki marta Nobel mukofoti sovrindori bo`lgan ``Biologiya uyushmasi`` professori 88 yoshida o`ziga-o`zi bir gap aytib kulib yubordi: ``Qanchadan-qancha ilmiy kashfiyotlar qildim, kasalliklarga da`vo topdim, hayotimni biologiyaga bag`ishladim. Ammo biologiyaning eng muhim qonunini shu yoshga kirib bildim – yashashdan maqsad nasl qoldirish ekan``. Qizig`i u uylanmagan edi.



***

Gitlerga ikkinchi jahon urushidan so`ng savol berishdi:



  • Agar ikkinchi jahon urushi mana shunday ayanchli kechishini, ko`p qurbonlar bo`lishi oldindan bilganingizda nima qilgan bo`lar edingiz?

  • Moskvaga qiladigan urushimga puxta tayyorlangan bo`lardim.

Vijdon azobi.

Tun qorong`u. Uzoqdan boyo`g`lining ovozi mayin eshitilardi. Yulduzlar yog`dusi ostida uchib ketayotgan laylaklar u uchun huddi ajal elchilari kabi edi. Birdan sukut saqladi va qo`lini ko`kragiga qo`yib g`ijimladida, ko`ziga yosh olib ``meni kechir`` dedi va shu kun hayolidan o`ta boshladi.

Ikkinchi jahon urushi arafasi. Sovuq qish. Qahraton shamol odamlar yuzini har tomondan urayotgandek. U esa yuzini bir qo`li bilan to`sar, bir qo`li bilan esa yaqin hamrohini sudrardi. Hamrohi bazo`r qimirlar, gapirishga ham madori yo`q edi. Shu vaqt boshliq birin-ketin familiyalarni o`qidi va ``bular jangda mardonovor olishdi. Hozir mashina keladi. Familiyasi chiqqanlar hujjatlari bilan mashinaga o`tirib, uyiga ketadi. Biz esa keyingi atryadga jo`naymiz`` dedi. Bu familiyalar orasida hamrohi ham turardi. U esa hamrohining cho`ntagidagi hujjatni olib uning o`rniga o`zi uyiga ketishni o`ylab qoldi. Va, ``…`` degan familiya chiqqach, hamrohining hujjatini olib ``Men, men …man`` deya o`ng oyog`ini yaralanganlikka solib, hujjatni ko`rsatdi. Bir hafta o`tar-o`tmas oilasi bag`riga ``Urush qahramoni`` sifatida kirib bordi.

Kechikkan qaror.

U uzoq o`yladi. Tun o`yladi kun o`yladi. Ishxonaga borishda o`yladi, qaytishda o`yladi. Uyqudan oldin o`yladi, uyqudan turib o`yladi. Oy o`yladi yil o`yladi va ohiri bir qarorga keldi.

– Ameliya birga tushlik qilmaymizmi?

– Oliver endi kech. Ikki farzandim bor.

*** U ajoyib edi. Yurgan yo`lida turgan joyida faqat kitob o`qirdi. Uyquda o`qigan narsasi tushiga kirardi. Kitob uning butun borlig`iga aylanib borardi. Biz unga ``Gerodot`` deb laqab qo`ygan edik. Uni ohirgi marta maktabdan so`ng ko`rgan edim. Mana hozir oradan yigirma yil o`tib, uni yana uchratdim.



  • Salom Leo, meni tanidingmi? Aleksandrman.

  • Albatta tanidim. Senga aytadigan gapim bor edi.

  • Gaping bor… Qanaqa gap?

  • Bezgakdan ehtiyot bo`l.

  • Qanaqa bezgak? Tushunmadim…

Shu vaqt bir ayol kelib:

  • Leo shu yerdamiding, seni yo`qotib qo`ydim deb o`ylabman.

  • Men shu yerdaman. Makedonskiyni bezgakdan ogohlantirayotgan edim… Shuncha yillar mobaynida tarix Leoning butun aql-idrokini egallab olibdi.

Qo`rqinchli tush. Uning ko`zlari hiralashdi, so`ng esa ko`z oldini qop-qora zulmat bosgandek bo`ldi. U tomon sekin-asta yurib borar ekan, negadir xayoliga turli xil narsalar: bir bolaligi, bir maktab vaqti, bir esa nikoh to`yi, xullas shu qisqa fursat ichida butun hayoti gavdalandi. Keyin esa hayoli qochib, butun tanasini sovuq ter bosdi, huddi ichidan bir nima chiqqisi kelayotgandek, qayd qilgisi kelardiku, ammo hiqildog`I bunga yo`l qo`ymasdi. Ko`z-qorachig`I kattalashdi, lablari quruqlashib, yuragi tezlashib borardi. So`ng esa yetib keldi. U yon atrofga qarar ekan, katta zal ichida yigirma nafarga yaqin insonlar sukut saqlaganini ko`rdi. Hamma jim. Shu vaqt uning yonidagi ikki soqchidan bittasi uni dorga chorlagandek imo qildi. Hazrat esa ``- So`nggi so`zingni ayt, bo`tam`` degancha barmoqlarini bir-biriga chigallashtirdi. U ``Men aybdor emas edim`` dan boshqa hech nima gapirgani yo`q. Soqchi uni stul ustiga chiqarib, boshiga dor arqonini to`g`irlagach, stulni tepib yubordi. Arqon esa uni juda qattiq azoblardi, qo`llari bilan arqonni tomog`idan bo`shashtirishga harakat qilardiku, ammo arqon qo`liga ilinmasdi. U bu qo`rqinchli tushdan birdaniga uyg`onib ketdi va darhol tomog`ini ushladi: ``Hayriyat tush ekan``. Aynan shu vaqt soqchi kelib, ``Tong otdi. Seni dorga osishga olib ketishimiz kerak`` - dedi.

Mehr Ikkita kesishgan yo`lning burchagida joylashgan sartaroshxonaga har to`rt kun oralig`I ichida bir bola sochini oldirishga kelardi. Uning bunday ko`p sochini oldirishi boshqa insonlar tomonidan quyidagicha baholandi: ``Boy bo`lsa o`ziga, shuni ko`z-ko`z qilish uchun maqtanish shartmi?``. Haqiqatan ham u boy oilaning farzandi edi. Bir kuni bir inson u boladan nega munchalik tez sochini oldirishini qiziqib so`radi. Shunda bola ``Sartaroshdan boshqa hech kim boshimni bunday silamaydi`` deb javob berdi…



G`aroyib orzu Universitet professori talabalardan kelajakdagi orzularini so`rashdi. Biri professor bo`lishini, boshqasi Eynshteyn kabi daho bo`lish orzusini aytdi. Ammo bir talaba boshqalariga nisbatan mutlaqo boshqacha javob berdi:

``Qani edi kelajakda mening keng adirlikning o`rtasida uyim bo`lsa. Yon atrofimda esa qo`shnilarim bo`lishini istamayman. Faqat yonimda go`zal rafiqam va jajjigina farzandlarim bilan shu uyda yashasam. Uyimdan sal uzoqroqda kichik sharshara bo`lishini ham istayman. Ertalabdan, quyosh chiqishidan oldin qo`limga portfelimni olib, keng adirlikka yigirmaga yaqin qo`ylarni va itimni olib chiqardim. Qo`ylarni adirlikka haydab, o`zim esa daraxt soyasida portfelimdagi bir qog`oz va mo`yqalamlarimni olib quyosh chiqishini chizardim. Itim esa qo`ylarning oldini qaytarib turardi. Rasm chizib bo`lganimdan so`ng daraxt ostida yotib, samodagi suzib ketayotgan bulutlarga nazar solib turardim. Soat 7:30 larga yaqinlashganda qo`ylarni uyga haydab kelardim. Bu vaqtgacha esa rafiqam va farzandlarim uyqudan uyg`onib, nonushta qilishga tayyorgarlik ko`rayotgan bo`lardi. Men yuz-qo`limni yuvib farzandlarimni mahkam bag`rimga bosardim. Nonushtadan so`ng kiyinib farzandlarimni avval bolalar bog`chasiga, keyin o`zim universitetga otlanardim. Universitetda soat 10:00 gacha dars o`tib, keyin o`zimning kichik bo`lsa ham ixchamgina laboratoriya xonamda ``OITS`` ga qarshi davo topish uchun tajribalar o`tkazardim. Tushlik yaqinlashishi bilan laboratoriyamni yopib, uyga qaytardim. Uyimda esa rafiqam menga tushlik tayyorlayotgan bo`lardi. Tushlikdan so`ng xonamda kursiga o`tirib, Abdulla Qodiriyning ``O`tkan kunlar`` romanini o`qib o`tirayotgan bo`lardim menimcha. Romanni o`qiyotib kipriklarim bir-biriga tegib, shirin uyquga ketib qolardim. Uyqudan meni qo`lida coppuchino ushlagan rafiqam uyg`otardi va men qo`ylarni yana adirlikka boqib ketardim. Daraxt soyasi ostida portfelimdan qog`oz-qalam olib she`r yozib o`tirardim. Quyosh botish arafasida qo`ylarni uyga haydab kelardim va mashinamga o`tirib, farzandlarimni bolalar bog`chasian olib kelardim. So`ng barchamiz kechki dasturxon ustida gaplashib ovqatlanardik. Farzandlarim ``Bolalar bog`chasi``da qanaqa narsalar bo`lganligini aytib berardi. Hammamiz kulishib o`tirardik. Ovqatlanib bo`lganimizdan so`ng, rafiqam va bolalarim bilan televizorda qiziqarli multfilm ko`rib o`tirardim. Multfilm ko`rib, uxlab qolgan bolalarimni ko`tarib o`z xonalariga olib chiqardim va ularning yuzidan o`pib xayrli tun tilardim. Keyin rafiqam bilan ``oilaviy albom``imizni olib, oilaviy tushgan rasmlarimizni birin-ketin tomosha qilib, suhbatlashib o`tirardim. Ertalab esa yana qo`ylarni boqishga chiqib ketardim…``.
Download 18.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling