Xxi-bob: O„rta osiyo xonliklarida tarixshunoslik fani
Download 352.12 Kb. Pdf ko'rish
|
11 (2)
“...men kim Xorazm mamlakatining farmonravosi, ushbu ulug„vor hukmni
o„zimga qabul qilishni lozim deb bildim hamda sultonu sohibqiron, saxovat va xayr-ehson manbasi, tinchlik va xotirjamlikning sababchisi bo„lmish u zotga bo„lgan itoatni o„zimga vojib deb bildim. Zero, Allox subhanaxu va taolo Qur‟oni majid va Furqoni hamidda marhamat qilganidek: “Allohga, uning payg„ambarlariga va o„zlaringizdan bo„lgan amirlarga itoat qiling” (Niso 59). Ushbu kundan e‟tiboran men amiri sohibqironning farmonlariga buysunaman. Agar men tomonga marhamat nazarlari bilan ishora qilib, sarkashligi bilan ma‟lum bo„lgan Buxoro podshohining ahvolini xarob qilishga amr qilsalar, agar Parvardigor o„z lutfi marhamati bilan madadkor bo„lsa, umidvormanki, ularni tag-tugi bilan yulib tashlardim. Assalom at-taqsir. ‖ Elchilar keltirgan maktub va Umarxonning unga javobi Xiva xonligi bilan Qo‗qon xonligi o‗rtasida Buxoro amirligiga qarshi harbiy ittifoq tuzilganini anglatar edi. Chunki bu ikki tomon o‗rtasidagi elchilar bordi-keldisi uchta davlat o‗rtasida yuz bergan harbiy-siyosiy jarayonlarga bevosita aloqadordir. ―Shoxnoma-i nusratpayom‖da elchilarning kelish yillari ko‗rsatilmagan, faqatgina sha‘bon oyidaligi aytilgan. ―Tarixi jahonnamoyi‖da 1236 yil sha‘bon (mil. 1821 yil may) oyi deb berilgan. Bunaday aniq sana balki ―Shoxdoma-i nusratpayom‖ning Tojikiston nusxasida kelgan va Avaz Muxdmmad Attor uni o‗sha manbadan olgandir. XIX asr boshida taxt tepasiga kelgan uchchala hukmdor-Amir Xaydar, Muhammad Raximxon va Umarxon o‗rtasidagi munosabatlar mahalliy manbalarda turlicha yoritilgan. Masalan, Amir Haydar Umarxonga taxtga o‗tirishi munosabati bilan tabriklab hadyalar jo‗natib, do‗stlik taklif qilgani haqidagi matn saqlanib qolgan. Balki Amir Haydar davlatlararo munosabatlar rasmiy an‘anasiga amal qilgan holda shunday xat jo‗natgandir. Qo‗qon va Buxoro tarixi aks etgan ―Muntaxab-ut tavorix‖ asarining muallifi Hakimxon to`ra ma‘lumotlariga qaraganda, Umarxon Buxoroga elchi qilib yuborgan Sayyid Eshonxoja to‗ra Maxdumi A‘zamiyni (vaf.1834/35 y.) Amir Haydar juda iliq kutib olgan. Bundan tashqari, boshqa manbada Oxund domla Mir Boqiy Buxoro olimlari bilan bellashish uchun yuborilgani va Buxoro amiri qo‗qonlik olimning ilmiga tan berib hadyalar bilan kuzatib qo‗ygani haqida 280 tafsilotlar ham aytiladi. Biroq ikki hukmdor o‗rtadagi do`stona aloqalar uzoqqa cho‗zilmagan. Xususan, Buxoro tarkibidagi O‗ratepa hokimi Maxmudxojaning (Maxmudxon Ahroriy, vaf. 1821Y.) Umarxon xizmatiga o‗tib ketishi o‗rtadagi iliq munosabatlar buzilishining boshlanishi bo‗ldi. Umarxonning 1810-1820 yillar oralig‗ida amirlik chegarasidagi Jizzaxga uch-to‗rt marotaba yurishi va O‗ratepa uchun doimiy urushlar hamda Turkistonda hukmron bo‗lib turgan To‗qi to‗ra Buxoro amiridan yordam olib Qo‗qon xonligi hududlarini talon-taroj qilib, karvonlarini talashi ikki davlat o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni butkul yomonlashtirgan edi. O‗rta Osiyo mintaqasida asosiy ta‘sirga ega hukmdor mavqeini egallash borasida ham Amir Haydar bilan Umarxon o‗rtasida kurash ketgan. Amir Haydar hukmronligining dastlabki yillarida Usmonli davlati bilan aloqalarini yaxshilab, Qo‗qon va Xiva xonliklarini turk Sultoni bilan yaqinlashishiga to‗sqinlik qilib turadi. Shuning uchun dastlab Umarxonning Sulton Maxmudga bay‘at qilish, to‗g‗, bayroq va yorliq so‗rab yuborgan elchilari natijasiz qaytgan. Qo‗qon-Xiva o‗rtasidagi munosabatlar masalasida ham qator ziddiyatlar bor. Xo‗sh, Xiva xoni Muxammad Raximxon Umarxonga shunday maktub yuborishi mumkinmidi? ―Shoxnomai nusratpayom‖da kelgan maktub mazmunidan Xiva xoni Muhammad Raximxon Umarxonga so‗siz itoat qilishga qaror qilgani tasvirlangan. Albatta, bu yerda vaziyat biroz bo‗rttirilgan ko‗rinadi. Qolaversa, Muxammad Raximxonning bunday taklifi tug‗risida boshqa manbalarda deyarli ma‘lumot yo‗q. Uchchala davlat hukmdorlari o‗rtasidagi tortishuvlarni o‗sha davr manbalarida mashhur bo‗lgan she‘riy musobaqada ko‗rish mumkin. Unda, Umarxon amir Haydardan yuqori turishini ko‗rsatishga uringan. Shunga qaramay, Umarxon va Muhammad Rahimxon davrida Qo‗qon Xiva munosabatlari ancha yaxshi bo‗lgani ma‘lum. 1822-yil bahorida turk sultoni Sulton Mahmudxonning (1808-1839) Umarxon uchun yuborgan hadyalari va ―xoni xonon‖ yorlig‗ini olib kelayotgan Mir Qurbon Xorazm orqali kelgan. Xiva xoni Muhammad Rahimxon uning xavfsizligini ta‘minlash uchun ikki elchini hamroh kilib yuborgan . Muhammad Rahimxonning Buxoroga qarshi kurashish uchun Qo‗qon bilan ittifoq tuzishini tushunsa bo‗ladi. Chunki, birinchidan Muhammad Rahimxonga Umarxondan boshqa amaliy yordam ko‗rsata oladigan ittifoqchi topish qiyin edi. Qolaversa, Dashti Qipchoq bo`ysundirilgach, Qo‗qon bevosita Xorazm hududi bilan chegaradosh davlatga aylanib, kelgusida Xiva saroyida tinch qo‗shnichilik munosabatlarini kafolatlash masalalari ham ko‗ndalang turardi. Muhammad Rahimxonning xonlik davri aks etgan ―Firdavs-ul iqbol‖ 281 asarida Marvdagi taka va boshka turkman urug‗lari Xorazm hududlariga hujum qilib talonchilik qilgani, Muhammad Raximxonning bunga chora ko‗rish uchun Amir Haydarga yuborgan maktublari natijasiz qolgani aytiladi. Shu sababdan qo‗shin to‗plab 1821-yil boshlarida Buxoro hududlariga hujum qilgani ko‗rsatiladi. Buxoro tarixchilari esa, Xiva xonlarining amirlik chegara hududlariga yurishlarini ko‗prok talonchilik deb baholaydilar. Xususan, ―Tarixi Amir Haydar‖ asari mualliflari ayni o‗sha 1236-yilning sha‘bon (1821-yil may) oyidagi Muham- mad Rahimxonning Buxoroga yurishini akasi uchun Amir Haydardan o‗ch olish niyati bilan bog‗liq deb yozadilar. Umuman olganda, Buxoro amirligida 1821 yil markaziy hokimiyatga qarshi bosh ko‗targan Samarqand hududidagi xitoy-qipchoqlar hamda Muhammad Rahimxon va Umarxonning amirlik hududiga qaratilgan harbiy harakatlari bir-biri bilan chambarchas bog‗liq edi. Umarxon Xiva xoniga javob xatini yozishi Qo‗qon bu urushga rozi ekanini bildirardi: "... ushbu vaqtlarda Buxoro podshohi kuchsizlanib qolganimizni nazarda Download 352.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling