Xxiii. Gidromeliorativ tizimlarda suv isrofgarchiligi sabablari, salbiy tomonlari va kamaytirish yo’llari
Download 36.22 Kb.
|
1 2
Bog'liqXxiii. Gidromeliorativ tizimlarda suv isrofgarchiligi sabablari,-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 23.1. Sug’oriladigan maydonlarda suv isrofgarchiligi sabablari va xajmi
Xxiii. Gidromeliorativ tizimlarda suv isrofgarchiligi sabablari, salbiy tomonlari va kamaytirish yo’llari XXIII. GIDROMELIORATIV TIZIMLARDA SUV ISROFGARCHILIGI SABABLARI, SALBIY TOMONLARI VA KAMAYTIRISH YO’LLARI 23.1. Sug’oriladigan maydonlarda suv isrofgarchiligi sabablari va xajmi Suvdan foydalanish rejasini amalga oshirishda suv taqsimotidagi suv isrofgarchiligi qiymatlarini bilish juda zarurdir. Sug’orish tarmoklarida suv isrofgarchiligi qiymati juda katta mikdorlarni tashkil etib Respublikamiz sug’orish tizimlarida suv manbasidan sug’orish uchun olinadigan suvni 50% dan ortiq qismini tashkil etadi. Sug’orish tizimlarida suvni isrofi sug’orish kanal tubi va yon devorlarida sizilishidan, suv yuzasida bug’lanishdan, inshootlarni noto’g’ri ishlashi, nosozligi va suvni tashlamalarga tashlashdan xosil bo’ladi. Suv isrofini aksariyat kismini uni sizilishga bulgan isrof, ikkinchi urinda texnik isroflar, oxirgi urinda esa parlanishga bulgan isroflar tashkil etadi. Sizilishga bulgan isrof qiymati kanal o’zani tuprogini suv utkazuvchanligi, kanalning uzunligi va undagi suv sarflar mikdoriga boglik bulib, uning mikdori sug’orish tarmogini ish tartibiga kanal tubini xolatiga, ish mavsumiga, tabiiy shart-sharoitlarga boglikdir. Tuproq o’zanli sug’orish tarmoklarida sizilishga bo’lgan suv isrofi kanalni dastlabki ish davrida katta qiymatga ega bo’ladi. Keyinchalik kanal tubi va yon devorlarini shibbalanishi xamda loyka cho’kishi natijasida bu qiymat keskin kamayadi. Bu xolat yarim qazilma va yarim ko’tarma hamda qazilma kanallar uchun o’rinlidir. Agarda kanal to’lik ko’tarmada o’tgan bo’lsa, teskari xolat namoyon bo’ladi. Ba’zida kanallarda suvni isrof bulishini keskin ortishi ularda ildiz poyali usimliklarni usishi yoxud yer kavlovchi jonivorlar xosil kilgan teshiklar sababli xam vujudga keladi. Kanal o’zani loykalardan tozalanganda suv isrofi ortadi, sungra loyka chukishi bilan yana kamayadi. Yilni issik davrida isrof mikdori ortib kuz va kishda bu qiymat kamayadi. Kanal bir xil tartibda ishlaganda suv isrofi nisbatan kam bo’ladi. Kanal ish tartibini tez-tez uzgarib turishi va ayniksa kanalda suv sarfini kam bulishi suv isrofi qiymatini kupayishiga sabab bo’ladi. Tizimni foydali ish koeffitsiyenti qiymati fakat unda yukolgan absolyut suv isrofgarchilik qiymatigagina boglik bulib kolmasdan balki uning nisbiy suv isrofgarchilik qiymatlariga xam boglikdir. SHuning uchun suv isrofgarchiligiga karshi kurashishda tadbirlar belgilash chog’ida tizimni foydali ish koeffitsiyenti va undagi kismlar bo’yicha yil davomidagi absolyut suv isrofi qiymatlarini xam aniq bilishni taqozo etadi. Bu xolatda aniklangan suv isrofgarchilik qiymati tizimni kaysi kismida suv isrofini katta bulganligini aniklash imkonini beradi. Amaliyotda aniklanilishicha suv isrofini turlari buyicha taksimoti quyidagicha: Umumiy suv isrofi 100 % dan sizilishga –(90-95)% parlanishga-(2-4)%, texnik sabablarga kura (3-6)%. Bundan kurinib turibdiki suv isrofini asosiy turi bu kanallardan suvni sizilishga bulgan isrof qiymatidir. Sug’orish tizimlaridagi suv isrof qiymatini uning turiga karab turli uslublar yordamida aniklashishadi. 1 uslub- tizimni aloxida kismlari va butun uzunligi buyicha muvozanat xisoblariga asoslangan usul. Bu usulda tizimdagi barcha suv tugunlari anik ulchaydigan suv ulchash asbob yoki kurilma yoki jixozlar bilan jixozlangan bulishi va ulardan utadigan suv sarf mikdorlari anik bulishi shart. Bunda isrof suv sarf mikdori (Q N ) quyidagi muvozanat tenglamasidan aniklanildi. Q N = Q kb –EQ t – Q ox , m 3/ s bu yerda Q kb, Q ox - tizimni kulok boshi va oxiridagi suv sarf mikdori: yeQ t –suv tugunlarida suvni tarkatilgan mikdori yigindisi. Muvozanat xisoblari yordamida kunlik,10 kunlik, oylik mavsumiy va yillik suv isrof mikdori aniklaniladi. Aniqlanilgan suv isrof qiymatini kanal boshidagi suv sarf qiymatiga nisbatdan olingan qiymatlarni kanalni ish davrlari buyicha maxsus grafoydali ish koeffitsiyentka tushirilib, suv taksimotida suv isrof grafigini tuzish mumkin. Xar bir sug’orish tarmogida suv isrofi unda urnatilgan ish tartibiga asosan aniklanadi. Suv isrofini muvozanat xisoblari xar bir kanal, nov va kuvurni butun uzunasi buylab ular tulik suv ulchash kurulmalari bilan jixozlanganda va suv ulchashda aniklik +-5% dan oshmagan takdirda amalga oshiriladi. Suv isrofi muvozanat xisoblari yordamida sug’orish tizimidagi suv isrof qiymatini tizimdan foydalanish yillaridagi uzgarishini taxlil kilish, tizim ishini yaxshilash buyicha va suv isrofini kamaytirish buyicha takliflar kiritish imkoni tugiladi. Muvozanat xisoblarida suv sarfini xisobga oluvchi postlarni ish anikligi ortadi. Tizim dispetcheri tizim buyicha suv isrof qiymatlarini analizi buyicha suv sarf xisoblarini anikligi tugrisida ma’lumotga ega bo’ladi. Mabodo suv isrof qiymati oldingi davrda aniklanilgan qiymatlardan fark kilsa, unda uning sababi tezda urganiladi va kerakli tadbirlar belgilanadi. 2-uslub.- Suv isrofi solishtirma qiymatini aniklashga asoslangan usul (imperik boglanishlar usuli). Bu usul tizimni ba’zi kismlariga suv sarfini xisobga oluvchi kurilma yoki jixozlar yukligida va muvozanat xisoblarini amalga oshirish imkoni bulmaganda kullaniladi. Bunda sug’orish tizimini xarakterli kismlarida ma’lum uzunliklar belgilab olinadi. Bu uzunlik qiymati katta kanallarda kamida 10 km, kichikrok kanallarda 3- 4 km, shox ariklarda 0.8-1 km.dan kam bulmasligi kerak. Belgilangan kanal kismlarida uning solishtirma suv isrof qiymati aniklanadi. (xar 1 km uzunlikga % xisobida) Bu qiymatlar maxsus logarifmik grafoydali ish koeffitsiyentlarga tushirilib xisobiy qiymatlar aniklanadi. Bunda suv isrof qiymati (Q i )quyidagi tenglikdan aniklaniladi: Q i =Q yu - EQ t – Q k Bu yerda Q yu - Q k – xisobiy kismni yukori va kuyi kismlaridagi suv sarf qiymati; EQ t - xisobiy kismda tarmoklangan suv sarf yigindisi. Q
=G x Q yu 1/100 formuladan solishtirma suv isrof qiymati aniklanadi. Xisoblar xar bir xisobiy kismdagi xosil bulgan xar bir suv sarfi qiymati uchun kamida 3 marotaba aniklanadi. Solishtirma suv isrof qiymati, turlicha chikishi tabiiy shuning uchun xam ularni nima uchun turli qiymatga ega bulganligini analiz kilish va xisobiy qiymatlarini kabul kilish kerak bo’ladi. Kanchalik tajriba natijalari kup bo’lsa urtalashtirilgan qiymatni va solishtirma suv isrof formulasidagi «A» va “ m” kursatkichlari qiymatini aniklash imkoni ortadi. G x = A\Q m % 1 km.ga. «A» kursatkich grafigidan Q= 1,0 m 3 /s bulganda kabul kilinib sung logarifmlash natijasida «m» kursatkich aniklanadi. Kanallarni texnik xolatiga kura turli guruxdagi kanallar uchun solishtirma suv isrof qiymati turlicha bo’ladi. Kanalda suv sarfi uzgarmas bulganda bu qiymat kichik bo’ladi. Kichik davriy ishlaydigan sug’orish tarmoklarida va yukori suv utkazuvchan tuproq o’zanli kanallarda bu qiymat katta bo’ladi. Tuproq o’zanli va beton qoplamali sug’orish tarmoklarida solishtirma suv isrofi grafigi bir xil kurinishga egadir. Xar bir sug’orish tarmogini aloxida kurinishdagi foydali ish koeffitsiyent qiymati =1-G x 1 x Q x /100 bogliklikdan aniklanadi. Bu kanallarni boshidagi suv sarf Q br =Q net / kurinishda aniklanadi. 3 uslub- suv isrofini oxiri butunlay berk kanaldan suv xarakatsiz turganda aniklashga asoslangandir. Bu uslubda tanlangan kanal kismini uzunligi bir necha un metrdan kam bulmasligi va kanal o’zani tuprogini mexanik tarkibi unga loyka chukish, sizot suvlarini joylashgan chukurligi, kanal dambalarini xolati tizim kanallarinikiga uxshash bulishligi shart. Ishlamaydigan kanalni bu qismi maxsus suv satxini o’lchash reykalari bilan jixozlangan bulib kanal normal satxgacha suv bilan tuldiriladi. Kanalni bu kismiga suv tuldirilgach reyka orkali dastlabki suv satxi va undan keyingi davrda suv satxini kamayishi kayd etib boriladi. Ma’lum vakt davomida aniqlangan suv isrof xajmini kanalni namlangan o’zan yuzasiga nisbati xakikiy suv isrof qiymatini kursatadi. Sug’orish tarmoklarida suv isrofi asosan sizilishga isrof bulganligi uchun kanallardan suvni sizilishga isrof qiymatini maxsus formulalardan aniklash mumkin, ya’ni 3 usul nazorat usul xisoblanadi Bizga ma’lumki sizilish 2 xil kurinishda: erkin sizilish va tusilgan (sizot suvlari yakin bulganda) sizilish kurinishida namoyon bo’ladi. Qoplangan kanallardan sizilishlar isrofi 1 km ga m 3 /s da xisoblashni kanal tubi va yon kiyaliklari bir xil kalinlikdagi qoplama bilan koplanganda, erkin sizilishda quyidagi formuladan aniklash tavsiya etiladi: Q s = 0,0116Q k /t v(x+t)+2x(x/2+mt\ ) 2 1 m ,` 2 1 m m 3 /s 1 km ga, Bu yerda Q k – qoplamaning sizilish koeffitsiyenti, m/kun, T – koplash kalinligi, m. V - kanalni osti eni, m. X – kanalda suv chukurligi, m. M- kanalni yon kiyalik koeffitsiyenti. Download 36.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling