Xxiii. Gidromeliorativ tizimlarda suv isrofgarchiligi sabablari, salbiy tomonlari va kamaytirish yo’llari


Download 400.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana19.04.2023
Hajmi400.21 Kb.
#1363880
  1   2
Bog'liq
8vUU59jn46aSqebgkm4d8YoQQB00Hhg3vQX4HTMq



XXIII. GIDROMELIORATIV TIZIMLARDA SUV ISROFGARCHILIGI 
SABABLARI, SALBIY TOMONLARI VA KAMAYTIRISH YO’LLARI 
23.1. Sug’oriladigan maydonlarda suv isrofgarchiligi sabablari va xajmi 
Suvdan foydalanish rejasini amalga oshirishda suv taqsimotidagi suv 
isrofgarchiligi qiymatlarini bilish juda zarurdir. 
Sug’orish tarmoklarida suv isrofgarchiligi qiymati juda katta mikdorlarni 
tashkil etib Respublikamiz sug’orish tizimlarida suv manbasidan sug’orish uchun 
olinadigan suvni 50% dan ortiq qismini tashkil etadi.
Sug’orish tizimlarida suvni isrofi sug’orish kanal tubi va yon devorlarida 
sizilishidan, suv yuzasida bug’lanishdan, inshootlarni noto’g’ri ishlashi, nosozligi 
va suvni tashlamalarga tashlashdan xosil bo’ladi. 
Suv isrofini aksariyat kismini uni sizilishga bulgan isrof, ikkinchi urinda 
texnik isroflar, oxirgi urinda esa parlanishga bulgan isroflar tashkil etadi. Sizilishga 
bulgan isrof qiymati kanal o’zani tuprogini suv utkazuvchanligi, kanalning uzunligi 
va undagi suv sarflar mikdoriga boglik bulib, uning mikdori sug’orish tarmogini ish 
tartibiga kanal tubini xolatiga, ish mavsumiga, tabiiy shart-sharoitlarga boglikdir. 
Tuproq o’zanli sug’orish tarmoklarida sizilishga bo’lgan suv isrofi kanalni 
dastlabki ish davrida katta qiymatga ega bo’ladi. Keyinchalik kanal tubi va yon 
devorlarini shibbalanishi xamda loyka cho’kishi natijasida bu qiymat keskin 
kamayadi. Bu xolat yarim qazilma va yarim ko’tarma hamda qazilma kanallar uchun 
o’rinlidir.
Agarda kanal to’lik ko’tarmada o’tgan bo’lsa, teskari xolat namoyon bo’ladi. 
Ba’zida kanallarda suvni isrof bulishini keskin ortishi ularda ildiz poyali 
usimliklarni usishi yoxud yer kavlovchi jonivorlar xosil kilgan teshiklar sababli xam 
vujudga keladi. Kanal o’zani loykalardan tozalanganda suv isrofi ortadi, sungra 
loyka chukishi bilan yana kamayadi. Yilni issik davrida isrof mikdori ortib kuz va 
kishda bu qiymat kamayadi. 
Kanal bir xil tartibda ishlaganda suv isrofi nisbatan kam bo’ladi. Kanal ish 
tartibini tez-tez uzgarib turishi va ayniksa kanalda suv sarfini kam bulishi suv isrofi 
qiymatini kupayishiga sabab bo’ladi. 


Tizimni foydali ish koeffitsiyenti qiymati fakat unda yukolgan absolyut suv 
isrofgarchilik qiymatigagina boglik bulib kolmasdan balki uning nisbiy suv 
isrofgarchilik qiymatlariga xam boglikdir. SHuning uchun suv isrofgarchiligiga 
karshi kurashishda tadbirlar belgilash chog’ida tizimni foydali ish koeffitsiyenti va 
undagi kismlar bo’yicha yil davomidagi absolyut suv isrofi qiymatlarini xam aniq 
bilishni taqozo etadi. 
Bu xolatda aniklangan suv isrofgarchilik qiymati tizimni kaysi kismida suv 
isrofini katta bulganligini aniklash imkonini beradi. 
Amaliyotda aniklanilishicha suv isrofini turlari buyicha taksimoti 
quyidagicha: 
Umumiy suv isrofi 100 % dan sizilishga –(90-95)% parlanishga-(2-4)%, texnik 
sabablarga kura (3-6)%. 
Bundan kurinib turibdiki suv isrofini asosiy turi bu kanallardan suvni 
sizilishga bulgan isrof qiymatidir. 
Sug’orish tizimlaridagi suv isrof qiymatini uning turiga karab turli uslublar 
yordamida aniklashishadi. 
1 uslub- tizimni aloxida kismlari va butun uzunligi buyicha muvozanat xisoblariga 
asoslangan usul. 
Bu usulda tizimdagi barcha suv tugunlari anik ulchaydigan suv ulchash asbob 
yoki kurilma yoki jixozlar bilan jixozlangan bulishi va ulardan utadigan suv sarf 
mikdorlari anik bulishi shart. Bunda isrof suv sarf mikdori (Q
N
) quyidagi muvozanat 
tenglamasidan aniklanildi. 
Q

= Q
kb 
–EQ

– Q
ox
, m
3/

bu yerda Q
kb,
Q
ox
- tizimni kulok boshi va oxiridagi suv sarf mikdori: yeQ
t
–suv 
tugunlarida suvni tarkatilgan mikdori yigindisi. 
Muvozanat xisoblari yordamida kunlik,10 kunlik, oylik mavsumiy va yillik 
suv isrof mikdori aniklaniladi. 
Aniqlanilgan suv isrof qiymatini kanal boshidagi suv sarf qiymatiga nisbatdan 
olingan qiymatlarni kanalni ish davrlari buyicha maxsus grafoydali ish 
koeffitsiyentka tushirilib, suv taksimotida suv isrof grafigini tuzish mumkin. 


Xar bir sug’orish tarmogida suv isrofi unda urnatilgan ish tartibiga asosan 
aniklanadi. Suv isrofini muvozanat xisoblari xar bir kanal, nov va kuvurni butun 
uzunasi buylab ular tulik suv ulchash kurulmalari bilan jixozlanganda va suv 
ulchashda aniklik +-5% dan oshmagan takdirda amalga oshiriladi. 
Suv isrofi muvozanat xisoblari yordamida sug’orish tizimidagi suv isrof 
qiymatini tizimdan foydalanish yillaridagi uzgarishini taxlil kilish, tizim ishini 
yaxshilash buyicha va suv isrofini kamaytirish buyicha takliflar kiritish imkoni 
tugiladi. 
Muvozanat xisoblarida suv sarfini xisobga oluvchi postlarni ish anikligi 
ortadi. Tizim dispetcheri tizim buyicha suv isrof qiymatlarini analizi buyicha suv 
sarf xisoblarini anikligi tugrisida ma’lumotga ega bo’ladi. Mabodo suv isrof qiymati 
oldingi davrda aniklanilgan qiymatlardan fark kilsa, unda uning sababi tezda 
urganiladi va kerakli tadbirlar belgilanadi. 
2-uslub.- Suv isrofi solishtirma qiymatini aniklashga asoslangan usul (imperik 
boglanishlar usuli).
Bu usul tizimni ba’zi kismlariga suv sarfini xisobga oluvchi kurilma yoki 
jixozlar yukligida va muvozanat xisoblarini amalga oshirish imkoni bulmaganda 
kullaniladi. 
Bunda sug’orish tizimini xarakterli kismlarida ma’lum uzunliklar belgilab 
olinadi. Bu uzunlik qiymati katta kanallarda kamida 10 km, kichikrok kanallarda 3-
4 km, shox ariklarda 0.8-1 km.dan kam bulmasligi kerak. Belgilangan kanal 
kismlarida uning solishtirma suv isrof qiymati aniklanadi. (xar 1 km uzunlikga % 
xisobida) Bu qiymatlar maxsus logarifmik grafoydali ish koeffitsiyentlarga tushirilib 
xisobiy qiymatlar aniklanadi. Bunda suv isrof qiymati (Q
i
)quyidagi tenglikdan 
aniklaniladi: 
Q
i
=Q
yu
- EQ
t
– Q
k
Bu yerda Q
yu
- Q
k
– xisobiy kismni yukori va kuyi kismlaridagi suv sarf qiymati;
EQ

- xisobiy kismda tarmoklangan suv sarf yigindisi. 


Q
i
=G
x
Q
yu
1/100 formuladan solishtirma suv isrof qiymati aniklanadi. Xisoblar xar 
bir xisobiy kismdagi xosil bulgan xar bir suv sarfi qiymati uchun kamida 3 marotaba 
aniklanadi. 
Solishtirma suv isrof qiymati, turlicha chikishi tabiiy shuning uchun xam 
ularni nima uchun turli qiymatga ega bulganligini analiz kilish va xisobiy 
qiymatlarini kabul kilish kerak bo’ladi. 
Kanchalik tajriba natijalari kup bo’lsa urtalashtirilgan qiymatni va solishtirma 
suv isrof formulasidagi «A» va “ m” kursatkichlari qiymatini aniklash imkoni 
ortadi. 

x
= A\Q
m
% 1 km.ga. 
«A» kursatkich grafigidan Q= 1,0 m
3
/s bulganda kabul kilinib sung logarifmlash 
natijasida «m» kursatkich aniklanadi. Kanallarni texnik xolatiga kura turli 
guruxdagi kanallar uchun solishtirma suv isrof qiymati turlicha bo’ladi. Kanalda suv 
sarfi uzgarmas bulganda bu qiymat kichik bo’ladi.
Kichik davriy ishlaydigan sug’orish tarmoklarida va yukori suv utkazuvchan 
tuproq o’zanli kanallarda bu qiymat katta bo’ladi.
Tuproq o’zanli va beton qoplamali sug’orish tarmoklarida solishtirma suv 
isrofi grafigi bir xil kurinishga egadir. 
Xar bir sug’orish tarmogini aloxida kurinishdagi foydali ish koeffitsiyent qiymati 

=1-G

1
x
Q
x
/100 bogliklikdan aniklanadi. Bu kanallarni boshidagi suv sarf Q
br
=Q
net
/

kurinishda aniklanadi. 
3 uslub- suv isrofini oxiri butunlay berk kanaldan suv xarakatsiz turganda aniklashga 
asoslangandir. 
Bu uslubda tanlangan kanal kismini uzunligi bir necha un metrdan kam bulmasligi 
va kanal o’zani tuprogini mexanik tarkibi unga loyka chukish, sizot suvlarini 
joylashgan chukurligi, kanal dambalarini xolati tizim kanallarinikiga uxshash 
bulishligi shart. 
Ishlamaydigan kanalni bu qismi maxsus suv satxini o’lchash reykalari bilan 
jixozlangan bulib kanal normal satxgacha suv bilan tuldiriladi. 


Kanalni bu kismiga suv tuldirilgach reyka orkali dastlabki suv satxi va 
undan keyingi davrda suv satxini kamayishi kayd etib boriladi. 
Ma’lum vakt davomida aniqlangan suv isrof xajmini kanalni namlangan 
o’zan yuzasiga nisbati xakikiy suv isrof qiymatini kursatadi. 
Sug’orish tarmoklarida suv isrofi asosan sizilishga isrof bulganligi uchun 
kanallardan suvni sizilishga isrof qiymatini maxsus formulalardan aniklash mumkin, 
ya’ni 3 usul nazorat usul xisoblanadi 
Bizga ma’lumki sizilish 2 xil kurinishda: erkin sizilish va tusilgan (sizot 
suvlari yakin bulganda) sizilish kurinishida namoyon bo’ladi. 
Qoplangan kanallardan sizilishlar isrofi 1 km ga m
3
/s da xisoblashni kanal tubi 
va yon kiyaliklari bir xil kalinlikdagi qoplama bilan koplanganda, erkin sizilishda 
quyidagi formuladan aniklash tavsiya etiladi: Q
s
= 0,0116Q
k
/t v(x+t)+2x(x/2+mt\ 
)
2
m


,`
2
m

m
3
/s 1 km ga, 
Bu yerda Q

– qoplamaning sizilish koeffitsiyenti, m/kun, 
T – koplash kalinligi, m. 
V - kanalni osti eni, m.
X – kanalda suv chukurligi, m. 
M- kanalni yon kiyalik koeffitsiyenti. 

Download 400.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling