Xxvii bob. Nafosaò Òarbiyasi badiiy did va go‘zallikka muhabbatni tarbiyalash
Download 0.59 Mb. Pdf ko'rish
|
pedagogika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Òiðik xatolar
- Savol va topshiriqlar
Metodik tavsiyalar: agar bolalar maksimal ravishda faol bo‘lsalar, mashg‘ulotning rivojlantiruvchi, to‘g‘rilovchi, shakllanti- ruvchi, tarbiyalovchi, ta’lim beruvchi vazifalarini amalga oshirishda tarbiyaviy samara yuqori bo‘ladi. Sinfdan tashqari mashg‘ulotda bolalarni faollashtirishda darsdan farq qiladigan alohida emotsional muhitni yaratish birinchi darajali ahamiyatga ega. Masalan, bolalardan qo‘llarini ko‘tarish, o‘rinlaridan turish talab etilmaydi. Intizomni saqlab turish uchun alohida qoidalar joriy qilinadi (kiritiladi): strelka ko‘rsatgan, fant tushgan o‘quvchi javob beradi. Bir masala yuzasidan bir necha o‘quvchi o‘z fikrini bildirishi eng qulaydir. Pedagogning nutqida „to‘g‘ri“, „balli“, „ofarin“ kabi rag‘batlantiruvchi so‘zlarning bo‘lmasligi, buning o‘rniga xayri- xohlik, his-hayajon, pedagogning his-tuyg‘ularini ifodalovchi, hayrat bilan aytilgan „ha“, „juda qiziqarli“, „yangi xabaring uchun rahmat“, „shundaymi?“, „buni qarang-a!“ kabi iboralardan foydalanish iliq, xayrixohlik muhitining yaratilishiga yordam beradi. Agar pedagog xulq-atvorni shakllantirishning xilma-xil metod- laridan (tarbiyalovchi mashqlardan foydalanish, o‘rgatish, topshi- riqlar berish) iloji boricha ko‘p foydalansa, mashg‘ulotga turli xil faoliyat turlari: mehnat, ijodiy ishlar, sport elementlari va hokazolarni kiritsa, asosiy qismning samaradorligi oshib boradi. Pedagog xilma- xil faoliyat turlarini tashkil etishda bolalarni komandalarga birlashtirar ekan, ularni bir-birlari bilan erkin muomalada bo‘ladigan qilib joylashtirishi, vazifalarni esa har bir ishtirokchi o‘zi uchun alohida 478 emas, balki o‘zini jamoaning bir qismi deb his etadigan qilib taqsimlashi kerak. Òopshiriqni bajarish uchun vaqt berishda komandaga uni bajarishni muhokama qilishga bir necha daqiqa vaqt ajratish va komanda vakilidan tayyorligini so‘rash lozim. Shunday taqdirdagina bolalarda faoliyatning umumiy maqsadi, xilma-xil vazifalar va hamkorlik uchun sabab (motiv)lar bo‘ladi. Ongni shakllantirish metodlari bolalarda e’tiqodning, amaliy etik (axloqiy) tushunchalarning tarkib topishiga yordam berishi kerak. Bu maqsadlarda hikoya metodini o‘quvchining axboroti, dokladi (ma’ruzasi) tarzida o‘zgartirish, tez-tez munozaradan foydalanish yaxshi samara beradi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning ommaviy shakllarida bolalarni munozara qoidalariga o‘rgatish lozim: 1. Shuni yodda tutingki, bahslashuvchilar haqiqatni izlaydilar, ammo uni turlicha tasavvur qiladilar; bahsda umumiy mazmunni aniqlash, keyin esa qarashlardagi farqni oydinlashtirish va ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish kerak. 2. Munozaraning maqsadi — tomonlardan birining haqligini aniqlash emas, balki haqiqatni qaror toptirishdir. 3. Haqiqatni opponent shaxsiga ayblar qo‘yish bilan emas, balki faktlar yordamida qidirish zarur. 4. So‘zlovchini avval diqqat bilan tinglash, keyin esa o‘z nuqtayi nazarini bildirish lozim. 4. Mashg‘ulotning yakuniy qismi. Pedagogik maqsad: bolalarni egallagan tajribalarini o‘zlarining maktabdan tashqari hayotlarida amalda qo‘llashga moyil qilish (xohish uyg‘otish) va mashg‘ulot g‘oyasini amalga oshirishga qan- chalik muvaffaq bo‘lganligini aniqlash. Shunday qilib, yakunlovchi qism pedagogning bolaga boshqa muhitda tarbiyaviy ta’sir ko‘rsa- tishga imkon beradi. Òiðik xatolar: bu qism umuman inkor qilinadi yoki „Yoq- dimi?“, „Nimalarni bilib oldingiz?“ qabilidagi ikki savoldan iborat bo‘lib qoladi. Òavsiyalar: dastlabki natijalarni aniqlash uchun krossvord, kichik viktorina, berilgan savolga uzoq o‘ylamay tez javob qaytarish, o‘yin vaziyatlari kabi bolalarni qiziqtiradigan test xarakteridagi kontrol topshiriqlar; bolalarning egallagan tajribalarini shaxsiy hayotlarida qo‘llashga doir turli tavsiyalar berish. Bu esa mazkur muammoga doir kitoblarni ko‘rsatish, bolalarning mashg‘ulotda egallagan bilim, malaka va ko‘nikmalarini qo‘llashi mumkin bo‘lgan 479 vaziyatlarni muhokama qilish bo‘lishi mumkin. Hosil qilingan tajribani qo‘llashga doir bolalarga maslahatlar: ular o‘z yaqinlariga nimalarni gapirib berishlari, mazkur mavzu yuzasidan nimalar haqida so‘rash mumkin; qayerga borish, u yerda nimalarga e’tibor berish, qanday o‘yinlar o‘ynash, mustaqil ravishda nimalar qilish mumkin va hokazo. Yakunlovchi qismda mashg‘ulot mavzusini kelgusida yana yoritib berish zarurati bormi, bor bo‘lsa, buni qanday yo‘l bilan amalga oshirish mumkinligini aniqlash maqsadga muvofiqdir. Mashg‘ulotning yakunlovchi qismidan pedagog bundan keyingi sinf mashg‘ulotlarini o‘tkazishda bolalar tashabbusini rivojlantirish uchun ham foydalanishi mumkin. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning individual va ommaviy shakllarini tashkil etish va o‘tkazishda ota-onalar bevosita ishtirok etsalar, ularning tarbiyaviy ta’siri ancha samarali bo‘ladi. Savol va topshiriqlar 1. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari olib boradigan sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarga ta’rif bering. 2. Bo‘lg‘usi pedagog sifatida Siz sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar haqida 1-, 2-¾ navbatda nimalarni bilishingiz kerak? (Mazkur bob materiallari asosida ro‘yxat tuzing.) O‘zingiz tanlagan usul- larni asoslab bering. Hech narsa kerak emas, shuning o‘zi yetarli deb hisoblasangiz, bunda ham o‘z qaroringizni asoslang. 3. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat? 4. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning tashkil etilishiga doir qanday talablarni eslab qolishni istardingiz? Nima uchun? 5. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning individual shakllarini tashkil etish va o‘tkazishda mazkur bobdagi qaysi ko‘rsatmalardan foy- dalanar edingiz? 6. Istalgan sinfda, istalgan mavzuda umumsinf tarbiyaviy mashg‘uloti konspektini tuzing yoki mavjud konspektni mazkur bobda bayon qilingan talablar nuqtayi nazaridan tahlil qiling. 7. Pedagogik vaziyatni hal etish algoritmi yordamida shaxsiy tajriban- gizdagi istalgan bir vaziyatni tahlil qiling. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling