Y angi mavzuning bayoni mavzu № Post va uning jihozlanishi
Yangi mavzuni mustahkamlash
Download 0.53 Mb.
|
Мавзу №12
Yangi mavzuni mustahkamlash:
1 Post va uning jihozlanishi?.. 2, Qorovullik xizmati nima degini? 3. Qorovulning tarkibi va vazifalarini aetib bering? 4. Soqchining huquq? 5.Sogchini majburiyatlari? 6. Soqchiga nimalar taqiqlanadi? “CHYT” fanidan o’qituvchi: _____________________________ OS.Shoxobaev Qo‘riqlanayotgan obyektni va o‘zini himoya qilish uchun qo‘l jangiga kirishga to‘g‘ri kelsa, soqchi qo‘ndoq va nayza bilan bemalol harakat qilishi kerak. Postda yong‘in chiqqanida soqchi bu haqda zudlik bilan qorovulxonaga xabar beradi va o‘zi qo‘riqlayotgan obyektlarni davom etgan holda yong‘inni o‘chirish choralarini ko‘radi. Qo‘riqlanayotgan obyektning texnik hududida yoki ichki va tashqi devorlar bilan o‘ralgan obyektlarda, shuningdek, post yaqinida yong‘in bo‘lsa, u bu haqda qorovulxonaga xabar beradi va postdagi xizmatini davom ettiradi. Soqchi birdan kasal bo‘lib qolsa (jarohatlansa), soqchi o‘z xizmatini davom ettirgan holda tarqatuvchi yoki qorovul boshlig‘ini chaqiradi. Chidab bo‘lmaydigan so‘nggi holatlarda yoki aloqa vositalari ishlamay qolgan paytlarda soqchi osmonga o‘q otish bilan qorovul boshlig‘ini chaqirishi mumkin. Jangovar harbiy burchini bajarayotgan soqchi o‘zi bo‘ysunadigan boshliqlariga va ular bilan birga postga kelgan boshliqlarga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining saf nizomida ko‘rsatilgan holatda salom beradi. Bunday paytda avtomat otishga shay holatdan «tasma yelkaga» holatiga olinadi, karabin esa «oyoqqa» olinadi. Jangovar bayroq oldida turgan soqchi «erkin» turgan holda o‘z vazifasini bajaradi, harbiy xizmatchilar Jangovar bayroqqa salom berganda soqchi tik qotgan holatda turadi. Soqchi Jangovar bayroqni qo‘riqlashga qabul qilib olayotganda g‘ilofi (javon) va undagi muhr buzilmaganligiga e’tibor berishi kerak. Jangovar bayroqni topshirish faqat qorovul boshlig‘i ishtirokida va uning buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. Jangovar bayroq turgan postga xavf solinsa (yong‘in chiqsa yoki tabiiy ofat ro‘y bersa), soqchi Jangovar bayroqni xavfsiz joyga olib chiqadi va qorovul boshlig‘ini chaqiradi. J ihozlar: 1—yoritish plafoni; 2—plakatlar (o‘zlashtiriladigan o‘quv-mashq mavzulari) uchun lavha; 3—o‘t o‘chirgichlar; 4—aloqa vositalari; 5—taqiqlangan chegara (begona kishilarga yaqin kelishi taqiqlangan masofa); 6—qo‘riqlashning texnik vositalari, nazorat-o‘tish yo‘lagi va soqchining hamda transport vositalarining yurishi uchun so‘qmoq (yo‘l) bilan jihozlangan postlar perimetri belgilari; 7—post boshpanasi; 8—boshqarish pulti; 9—qo‘l jangi usullarini mashq qiladigan joy; 10—qorovul saflanadigan maydoncha; 11—plakat (postdagi soqchining qo‘lidagi qurol holati); 12—soqchi uchun o‘ralgan to‘siq; 13—plakat (qorovulda turadiganlar majburiyatlari va harbiy yuk ortilgan transportni qo‘riqlash chog‘idagi xavfsizlik talablari); 14—qorovul shaxsiy tarkibi bilan mashg‘ulot o‘tkazish rejasi; 15—pul solinadigan quti; 16—o‘qdonlarga (o‘q joylaydigan ramkalarga) o‘q solinadigan joy; 17—poyabzal tozalaydigan joy. kirish Vzvoddan (batareyadan) tayinlangan qorovul shaxsiy tarkibini tayyorlash shaxsan vzvod (batareya) komandiri tomonidan amalga oshiriladi. Qorovullik xizmatini o‘tashga tayyorgarlik uch bosqichda olib boriladi: - birinchi, naryadga kirishdan ikki-uch kun oldin postlar raqami bo‘yicha qorovul shaxsiy tarkibi tayinlanadi va bo‘linadi; - ikkinchi, naryadga kirishdan bir kun oldin kun tartibida ko‘rsatilgan soatlarda qorovul shaxsiy tarkibi bilan harbiy nizom qoidalarini, qo‘riq lanadigan obyektlar maketiga post raqamini qo‘ygan holda postdagi soqchining asosiy majburiyatlari va harakat turlarini o‘rganish, xavfsizlik talablarini bajarish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi; -uchinchi, qorovullikka kiradigan kun postdagi soqchining vazifasi haqida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Nizom qoidalari va soqchining asosiy vazifalarini o‘rganish mashg‘ulotlari qorovullar tayyorlash sinfida, garnizon qorovullari bilan amaliy mashg‘ulot — harbiy komendatura qorovullik shaharchasida, ichki qorovullar bilan mashg‘ulot esa — harbiy qism qorovullik shaharchasida o‘tkaziladi (7-rasm). Soqchi va uning majburiyatlari Soqchi daxlsiz shaxsdir. Uning daxlsizligi quyidagilardan iborat: -uning huquqlari va insoniy qadr-qimmati qonun bilan himoya qilinishida; -uning qat’iy ma’lum shaxslarga — qorovul boshlig‘iga, uning yordamchisiga va o‘zining tarqatuvchisiga bo‘ysunishida; -xizmati bo‘yicha barcha shaxslar uning talablarini so‘zsiz bajarishlarida; -Nizomda ko‘rsatilgan hollarda qurol ishlatish huquqi berilishida. Faqat qorovul boshlig‘i, qorovul boshlig‘i yordamchisi va soqchi bo‘ysunadigan tarqatuvchi soqchini postdan almashtirish va olish huquqiga ega. Qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi va tarqatuvchi vafot etsa yoki jismoniy jihatdan o‘z vazifasini bajara olmay qolsa, qorovullarni postdan olish va almashtirishni garnizon (harbiy qism) bo‘yicha navbatchi o‘z vzvodi (batareya) yoki batalyoni (divizioni) komandiri ishtirokida amalga oshiriladi. Qorovul postni qabul qilib olishdan oldin tarqatuvchi (qorovul boshlig‘i yoki uning yordamchisi) va navbatchi topshirayotgan soqchi bilan shaxsiy tabel raqami bo‘yicha qo‘riqlashga qabul qilinayotgan barcha narsaning mavjudligini tekshirishi; bandilarni qo‘riqlashi uchun — postda turayotgan paytda esa qulflar, panjaralarning holatini va kameralarda saqlanayotgan bandilarning sonini tekshirishi kerak. Soqchi quyidagilarga majburdir: -o‘z postini sergaklik bilan qo‘riqlashga va tik turgancha himoya qilishga; -sergak himoya qilishga, hech narsaga chalg‘imaslikka, qurolini qo‘ldan qo‘ymaslikka va hech kimga, hatto o‘zi bo‘ysunadigan shaxslarga ham bermaslikka; -ko‘rsatilgan yo‘nalish bo‘yicha harakat qilib yoki kuzatuv minorasida turib, postga keladigan yo‘llarni, to‘siqlarni diqqat bilan kuzatishga va post raqamida ko‘rsatilgan vaqtlarda xizmatning borishi haqida aloqa vositalari orqali xabar qilib turishga; -navbat almashmasa yoki uni postdan olishmasa, hayotiga xavf tug‘ilgan paytda ham postni tashlab ketmaslikka (postni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish harbiy jinoyat hisoblanadi); -postda doimo o‘qlangan qurol olib turishga va doimo hamma narsaga tayyor bo‘lib turishga; - post raqamida ko‘rsatilgan va maxfiy chegara ko‘rsatkichlari bilan ajratilgan joydan ichkariga, post yaqiniga qorovul boshlig‘i, uning yordamchisi va o‘zining tarqatuvchisi va ular boshlab kelgan shaxslardan boshqa hech kimni qo‘ymaslikka; -qorovul transporti vositalari harakat yo‘nalishini va tanishish, shuningdek, uning tanitish belgi va signallarini bilishga; Òashqi postlarda: kunduzi — «kamarga» holatida yoxud qurolni tik turib o‘q uzishga tayyorlash holatida; kechasi — qurolni tik turib o‘q uzishga tayyorlash holatida. 8-rasm. Postdagi soqchi qo‘lidagi qurol holati. O‘t o‘chirish holatida. Plash-chodir kiygan holda. Ichki postlar va Jangovar bayroq yonidagi postda. -postda o‘t o‘chirish vositasini ishlata olishi; - obyekt (post) to‘siqlarida biror buzilgan joy, o‘z posti yaqinida yoki qo‘shni postda tartib buzilganini sezsa, qorovul boshlig‘ini chaqirishga; -qo‘riqchi itning hurganini eshitgan zahoti, bu haqda qorovulxonaga xabar beradi. Soqchi postda nayza ulangan qurol bilan turishi kerak. Buklanadigan qo‘ndoqli avtomat nayzasiz bo‘ladi (uning pichoq nayzasi kamardagi qinda turadi); tunda tik turib otishga tayyor turgan holda; kunduzi — «tasma yelkaga» yoki tik turib otishga turgan holda ichki postlarda va harbiy qism Jangovar bayroq qo‘riqlanayotgan postda yog‘och qo‘ndoqli avtomat «tasma-yelkaga», buklanadigan qo‘ndoqli avtomat «ko‘krakka», karabin «oyoqqa» holatida ushlanishi lozim; o‘q to‘ldirilgan o‘qdon (oboyma) solingan sumka tugmalangan bo‘lishi lozim. Yong‘inni o‘chirish yoki tabiiy ofat oqibatlarini tugatish paytida soqchiga qurolni «qurol orqaga» holatida olib yurishga ruxsat etiladi (8-rasm). Soqchiga quyidagilar taqiqlanadi: uxlash, o‘tirish, biror narsaga enkayish, yozish, o‘qish, kuylash, gaplashish, yeyish, ichish, chekish, tabiiy ehtiyojlarga borish, kimligidan qat’i nazar, birovga biror narsa berish va birovdan biror narsa olish, keraksiz paytda patronnikka patronni jo‘natish. Soqchi faqat qorovul boshlig‘ining, uning yordamchisining, o‘z tarqatuvchisining va tekshirish uchun kelgan shaxsning savollariga javob berishi kerak. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling