Y= C+ I + g + Xn


Download 15.26 Kb.
Sana22.10.2020
Hajmi15.26 Kb.
#135743
Bog'liq
ayniyat

Turli makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar, yoki ko‘rsatkichlar guruhlari o‘rtasidagi mavjud bo‘ladigan, yoki mavjud bo‘lishi iqtisodiy qonuniyat hisoblagan o‘zaro tenglikka makroiqtisodiy ayniyat deyiladi.

Xarajatlar va daromadlar ko’rinishida hisoblangan YaIM ko’rsatkichlarining o’zaro tengligi asosiy makroiqtisodiy ayniyat hisoblanadi.

Y= C+ I + G + Xn

Ikkinchi bir makroiqtisodiy ayniyat investitsiyalar va jamg’armalar o’rtasidagi tenglik hisoblanadi.

Investitsiyalar miqdori mamlakatdagi jamg’armalar miqdoriga bog’liq bo’ladi. Bu ikki ko’rsatkich o’rtasidagi tenglikka erishish makroiqtisodiy barqarorlikka erishishning muhim shartidir. Agarda, milliy iqtisodiyot tashqi dunyo bilan hech qanday aloqaga ega emas (Xn = 0) va davlatning iqtisodiyotga aralashuvi nolga teng (G=0), deb faraz qilinsa, unda YaIM orqali ifodalangan ishlab chiqarish hajmi ShTD ga teng bo’ladi. Ya’ni:

YaIM = ShTD = C + S, ayni paytda:

YaIM = C + I

Bu yerda makroiqtisodiy ayniyat quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:

C + I = C + S yoki I = S

Ushbu ayniyatdan ko’rinib turibdiki, uy xo’jaliklarining jamg’arishga bo’lgan istaklari tadbirkorlikning qancha miqdorda investitsiyalash xohishlariga mos tushsa, unda daromadlar hajmi (C+S) va yalpi xarajatlar (C+I) hajmiga tengligiga yoki ishlab chiqarishning muvozanat darajasiga erishish mumkin.

Aytaylik, mamlakat iqtisodiyoti ochiq, ya’ni eksport-import aloqalari yo’lga qo’yilgan, soliq solish va transfert to’lovlari ko’rinishida davlat aralashuvi mavjud bo’lsin. Bunday holatda jamg’arish tushunchasi murakkablashib, quyidagi ko’rinishga ega bo’ladi:13

S = Sp + Sg + Sx

Bu yerda: Sp - xususiy jamg’armalar;

Sg - davlat jamg’armalari;

Sx - boshqa mamlakatlar jamg’armalari.

Bunda xususiy jamg’armalar daromadlar (Y), transfert to’lovlari (TR), davlat zayomlari bo’yicha foizlar yig’indisidan (N) soliqlar (T) va iste’mol (C) xarajatlari yig’indisini ayirish natijasiga teng bo’ladi.

Sp = (Y + TR + N - T) – C

Davlat jamg’marmalari quyidagi miqdorga teng bo’ladi:

Sg = (T - TR - N) – G

Agar davlat jamg’armalari nolga teng bo’lsa, davlat budjeti muvozanatlashgan, jamg’arishning manfiy miqdori budjet taqchilligini (BT) bildiradi:

BT = - Sg

Bu yerda: BT – budjet taqchilligi miqdori.

Boshqa mamlakatlarning jamg’armalari tashqi dunyoning bizning importimiz hisobiga olgan daromadlaridan ularning bizning eksportimizga sarflangan harajatlarini ayirib topiladi.

Sx =M – X yoki Sx = -Xn

Agar mamlakat

eksportiga nisbatan ko’proq import qilsa, unda daromadlarning bir qismi xorijda qoladi va keyinchalik undan xorijiy sheriklar tomonidan mamlakatimizda ko’chmas mulk va moliyaviy aktiv sotib olishda foydalaniladi.

Har qanday holatda ham barcha turdagi jamg’armalarning umumiy yig’indisi investitsiyalarga teng bo’ladi:

Sp + Sg + Sx = (Y + TR + N –T ) -C + (T – TR – N )) - G + (-Xn)

yoki


Sp + Sg + Sx = Y - C - G – Xn

S = C + I + G +Xn - C - G - Xn



S = I

Demak, iqtisodiyotdagi investitsiya xarajatlari nafaqat ichki jamg’armalar hisobiga, balki tashqi dunyo jamg’armalari hisobiga ham amalga oshirilishi mumkin. Mamlakatda investorlarga kafolatlangan yuqori foyda olishi uchun yaratilgan shart-sharoitlar xorijiy investorlar oqimining o’sishiga olib keluvchi muhim shartlardan biridir.



Keynschilar fikriga ko’ra, S= I ayniyatga bozor mexanizmlari vositasida tasodifan erishiladi, xolos. Chunki investorlar va jamg’aruvchilarnnig rejalari o’zaro mos kelavermaydi. Shu tufayli davlat to’g’ri iqtisodiy siyosat yurgizib makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashi shart.
Download 15.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling