Y. Hamrayeva O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi (ma’ruzalar matni) Qarshi-2007


Download 0.58 Mb.
bet3/7
Sana01.10.2020
Hajmi0.58 Mb.
#132083
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. (Ma’ruzalar matni) by Hamrayeva Y. (z-lib.org)


Yettinchidan, rus tilida so’z suppletiv usul bilan o’zgarishi (ya‘ni qo’shimcha olish jarayonida ma‘lum o‘zak boshqa o‘o’zak bilan almashishi) mumkin: я-меня, он-его, хорошо-лучше, мы-нас, человек-люди, идёт-шёл.

Biz yuqorida ko‘rib chiqqan o’zbek tili (ya‘ni agglutinativ tillar)ga oid hodisani tilshunos olim A.A.Reformatskiy agglutinatsiya, rus tili misolida ko‘rib o‘tilgan flektiv tillarga oid hodisani esa fuziya deb nomlagan.

Shuni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, rus tilida turli turkumlarga ajratiluvchi mustaqil so’zlarning maxsus morfologik ko‘rsatkichlari bor. Masalan, хороший so’zining sifat, хорошо so’zining ravish хорошеть so’zining fe‘l turkumlariga mansubligini ularning tugalmasiga qarab aniqlash oson. O‘zbekcha so’zlar esa bunday grammatik ko‘rsatkichlarga ega emas.

Ammo agglutinativ tillar bilan flektiv tillar o’rtasiga qat‘iy chegara qo‘yib bo’lmaydi, holbuki agglutinatsiya hodisasi flektiv tillarda, flektiv tillarga xos bo’lgan xususiyatlar agglutinativ tillarda uchrashi ham mumkin. Bunga ingliz tilida ko’plik shaklini hosil qiluvchi -‘s qo’shimchasi, shuningdek qo’shimcha qo‘shilishi natijasida o‘zagida o’zgarish yuz bergan sana, yasha, meni, o‘rni, burni kabi o‘zbekcha so’zlar misol bo’la oladi.

O‘zbek tilshunosligiga oid ilgarigi adabiyotlar, xususan, G‘.Abdurahmonov, Sh.Shoabdurahmonov, A.Hojievlar hammuallifligida chop etilgan «O‘zbek tili grammatikasi», A.Abduazizovning «O‘zbek tili fonologiyasi va morfonologiyasi», shuningdek ular bilan bir davrda rus tili andozalari asosida yaratilgan boshqa bir qancha kitobo’lar bilan tanishar ekanmiz, rus tili qonuniyatlarini sun‘iy ravishda o’zbek tiliga yopishtirishga urinishlar bo’lganligiga guvoh bo’lamiz. Binobarin, ushbu adabiyotlarda o’zbekcha so’zlar ham rus tilidagi kabi o‘zak morfema, negiz, affiksal morfemalardan tarkib topadi (misol uchun, ishchilarga so’zidagi ish o‘zagi bilan -chi so’z yasovchi morfemasi birgalikda so’zning negizini, qolgan qo’shimchalar esa so’zning ma‘lum grammatik formasini tashkil etadi), degan fikrlarni uchratamiz. Biroq har ikkala tilga mansub so’zlardan olib taqqoslaydigan bo’lsak, ruscha kornevaya morfema o’zbekcha o‘zakdan tubdan farq qilishiga amin bo’lamiz.

Rus tilidagi o‘zak morfemalar affikslarsiz, mustaqil holda deyarli qo‘llanmaydi. Bunga yuqoridagi (mas. -да o’zak morfemasi) kabi misollardan istalgancha keltirish mumkin: брать-берёт-набрал-перебрал yoki летать-лётчик-лечу. Misollardagi бр yoki лт (леч) o’zak morfemalarini ajratib olib alohida holda ularga ta‘rif berib bo’lmaydi, chunki ular na grammatik va na leksik ma‘noga ega. Игра, играть, игрушка, проигрыватель yoki писать, письмо, пишу, писанный, писатель so’zlarining o’zaklaridan o‘ynamoq, yozmoq ma‘nolari anglashilib tursa­da, игр yoki пис o’zaklarini ham mustaqil qo‘llab bo’lmaydi.

O‘zbek tilidagi o’zaklar esa har qanday qo’shimchalardan holi bo’lganida ham mustaqil leksik va grammatik ma‘nolarga egadir. Masalan: ber–bo’lishli, aniq nisbat, II shaxs, birlik, buyruq maylidagi fe‘l, shuningdek uch-bo’lishli, II shaxs, birlik, buyruq maylidagi fe‘l, son turkumiga oid uch so’zi bilan omonimik munosabat hosil qiladi.

Ma‘lumki, o’zbek tilida qo’shimchalar so’z yasovchi, so’z o‘zgartuvchi va shakl hosil qiluvchilarga ajratiladi. Rus tilida esa so’z negizini hosil qiluvchi affikslar prefiks (uni pristavka deb ham atashadi), postfiks yoki suffiks va interfikslarga ajratiladi. Pristavkalar o’zakning oldidan qo‘shilib, odatda bir turkumga oid yangi so’zlarni hosil qiladi: вход, выход, заход, исход, доход, приход, расход va h.k. o’zakning ketidan qo‘shiluvchi suffiks (postfiks)lar yordamida esa turli turkumlarga mansub so’zlar yasaladi. Masalan, -e suffiksi sifat o’zaklaridan fe‘llar hosil qiladi: белеть, синеть, желтеть; -н suffiksi bilan esa ot o’zaklaridan sifatlar yasaladi: железный, бумажный, книжный, автобусный. Rus tilida prefiks va suffikslar nihoyatda ko’p bo’lib, ular faol yasovchilar hisoblanadi. Interfikslar esa faqat qo‘‘shma so’zlarni yasashda ishtirok etadi. O‘zbek tilida ikki yoki uchta so’zni hech qanday vositasiz birlashtirib, yangi so’z hosil qilinaveradi: gultojixroz, belbog’, qo‘lqop. Rus tilida esa qo‘shma so’z hosil qilish uchun birlashtirilgan o’zaklar o’rtasida albatta –o yoki –e interfiksi bo’lishi shart: пароход, самолёт, пулемёт, вездеход, дымоход va h.k.

Yuqorida aytib o‘tganimizdek, so’zlarni bir­biriga bog’lash uchun xizmat qiladigan qo’shimchalar rus tilida okonchanie, ya‘ni tugalma deb ataladi. Tilshunos V.I.Koduxov rus tilidagi bunday qo’shimchalarni fleksiya, turkiy tillarda mavjud qo’shimchalarni prilepa (ya‘ni yopishgich) deya atab, ulardagi tafovutlarni quyidagi ikki jihat bilan isbotlashga uringan edi: 1) Fleksiya polifunksional, prilepa esa monofunksionaldir: розу so’zidagi -у fleksiyasi so’zning jenskiy rod, birinchi turlanish guruhiga mansub, birlik, tushum kelishigida ekanligini bildiradi, atirgulni so’zidagi -ni qo’shimchasi esa faqat tushum kelishigiga ishora qiladi holos. Buni yuqorida –a qo’shimchasi misolida ham ko‘rib o‘tgan edik. 2) Fleksiya ko’p variantli, prilepa esa bir ko‘rinishga ega. Masalan, o’zbek tilida so’zlarning ko’plik shakli birgina –lar qo’shimchasi yordamida hosil qilinadi. Rus tilida ko’plik qo’shimchasining ы, -и, -а, -я, -ые, ие kabi turlari bor (школы, книги, дома, листья, столвые, рабочие).

Rus tilida uch xil rod mavjud bo’lganligi uchun, otlar rodlari va tugalmalaridan kelib chiqib, kelishiklar bo‘yicha turlanuvchi uch guruhga ajratiladi. Bu masalaga ot mavzusini o‘rganayotgan paytimizda alohida to‘xtalamiz. Ammo shunday so’zlar ham borki, ular odatda turlanmaydi, ya‘ni kelishiklar bo‘yicha ma‘lum tugalmalarni olib o‘zgarmaydi. Bunga kofe, ragu, taksi, palto, kino kabi o‘zlashmalar misol bo’la oladi. O‘zbek tilidagi kelishik qo’shimchalari esa har qanday o‘zlashma so’z bilan ham birika oladi: kompyuterni, kompyuterga,taksini, taksiga, kinoda, kinodan, samolyotni, samolyotning.




Mavzuni mustahkamlash uchun

savol va topshiriqlar:
1. O‘zbek va rus tillarida so’z va so’zshakllar dastlabki bo’linishda qanday qismlarga ajratiladi? Ular o’rtasidagi tafovutlarni tushuntiring.

  1. Agglutinatsiya va fuziya hodisalariga misollar keltiring.

  2. O‘zbekcha «o’zak»ning ruscha «kornevaya morfema» dan farqini izoshlang. Bu to‘g’rida ilgarigi va yangi adabiyotlarda aytilgan fikrlarni muqoyasa qiling.

  3. Qo‘shimchalar o’zbek va rus tillarida qanday turlarga ajratiladi. Ularga misollar keltiring.

  4. Rus tilidagi suffikslar vazifasiga ko‘ra o‘zbek tilidagi qaysi qo‘shimchalarga o‘xshaydi?

  5. Fleksiya, prilepa atamalari qaysi manbada uchraydi. Ularning o’zaro farqlari nimalarda namoyon bo’ladi?

  6. Rus tilidagi interfiksning o‘ziga xos xususiyatini ayting.

  7. Rus tiliga mansub bo’lgan tugalmaga ta‘rif bering. Uning o’zbekcha qo’shimchalardan qanday farqi bor?

  8. Suppletiv usul deganda nimani tushunasiz?

  9. Tilshunoslikda mavjud soddalashuv, qayta tuzilish, murakkablashuv hodisalariga o’zbek va rus tillarida misollar keltiring.


Informatsion­uslubiy ta’minot,

tavsiya etiladigan adabiyotlar:


  1. Азизов О.А. Сопоставительная грамматика русского и узбекского языков. Морфология. T., 1966;

  2. Azizov O. Safaev A. Jamolxonov. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy grammatikasi. T., 1986;

  3. Hamrayeva Y., Elmurodova L. O‘zbek va rus tillarining qiyosiy tipologiyasi. Qarshi: «Nasaf», 2007.

  4. Киссен И.А. Курс сопоставительной грамматики русского и узбекского языков. T.,1979;

  5. Кодухов В.Н. Введение в языкознание. M., 1979;

  6. Mengliev B.R. Hozirgi o’zbek adabiy tili. Qarshi, 2004;

  7. Ожегов С.И. Словарь русского языка. M.: «Русский язык», 1990.

  8. Rahmatullaev Sh. O‘zbek va rus tillarini qiyoslash. T., 1993;

  9. Rahmatullaev Sh. O‘zbek tilining etimologik lug’ati. T.,2000;

  10. Реформатский A.A. Введение в языковедение.M., 1967;

  11. O‘zbek tili grammatikasi. I tom. T.: «Fan», 1975.



5-Mavzu: O’zbek va rus tillarida so‘z turkumlari

tasnifi. Ot.
Har bir tilda so’zlar ma‘lum belgi va xususiyatlariga ko‘ra ayrim guruhlarga, ya‘ni turkumlarga ajratiladi. o’zbek tilida so’zlarni turkumlar bo‘yicha tasniflash rus tilidagiga nisbatan qiyinroq, chunki avvalgi bo’limlarda aytib o‘tganimizdek, turli turkumlarga mansub bo’lgan o’zbekcha so’zlar rus tilidagi kabi maxsus morfologik ko‘rsatkichga ega emas. Rus tilidagi sifatlar ий, -ый, -ая, -яя,-oe, -ee; ravishlar –o, -e, fe‘llar -ать, -ять, -ить, -ться kabi maxsus tugalmalarga ega, binobarin so’z o’zaklari ana shu qo’shimchalarsiz qo‘llanmaydi. O‘zbek tilidagi so’zlarni dastlabki shakklaridanoq qaysi turkumga mansub ekanligini aniqlash, shuningdek mustaqil holda qo‘llash mumkin. Masalan, ot, oq, ol, oz, oh kabi bir xil konstruksiyadan iborat bo’lgan so’zlar ularning ma‘nosiga qarab ot, sifat, fe‘l, ravish, undov kabi ma‘lum turkumga kiritiladi. Shuning uchun ayrim manbalarda rus tilidagi so’zlar lug’aviy­semantik xususiyatlari, morfologik belgilari va sintaktik vazifalariga ko‘ra turkumlarga ajratilsa, o’zbekcha so’zlarni turkumlarga ajratishda, asosan, ularning semantik va sintaktik belgilari ko‘zda tutiladi, degan fikrlarni uchratish mumkin. Biroq o’zbek tilida yasama so’zlarni tasniflashda ularning nafaqat semantik, balki morfologik belgilari ham muhimdir. Masalan, -chi, -kash, -dosh, -zor kabi qo’shimchalarni olgan so’zlarni ot turkumiga, -li, -siz qo’shimchali so’zlarni sifat turkumiga yoki tarkibida –la qo’shimchasi bor bo’lgan so’zlarni fe‘l turkumiga kiritishda ana shu qo’shimchalarning mavjudligi ham e‘tibordan chetda qolmaydi.

O‘zbek tilida otlar ma‘lum grammatik vositalarni olmasdan ham gapda biror sintaktik vazifa bajara oladi Masalan: Tosh betondan qattiq (ega); Rustam Anvarga tosh otdi (to‘ldiruvchi); Arava tosh ko‘chadan shaqirlab borardi (aniqlovchi). Rus tilida bosh kelishikdagi, ya‘ni har qanday grammatik vositadan holi bo’lgan otlar gapda ega, sifat morfologik ko‘rsatkichiga ega bo’lgan so’zlar aniqlovchi, ravish ko‘rsatkichli so’zlar hol, ma‘lum shakl hosil qilgan fe‘llar kesim (infinitivlar bundan mustasno) bo’lib kelishi aniq. Demak, sintaktik vazifa nuqtai nazaridan o’zbekcha so’zlar mustaqil va yordamchi so’zlarga ajraladi holos. O‘zbek va rus tillarida so’zlar quyidagicha tasniflanadi:

O‘zbek va rus tillaridagi so’z turkumlarining eng asosiy farqlarini quyidagilar bilan belgilash mumkin: a) o’zbek tilida taqlid so’zlar ma‘lum grammatik belgilari asosida mustaqil so’zlar qatoriga kiritiladi, rus tilida esa mimemalar nihoyatda kam uchraydi va alohida so’zlar turkumidan joy oladi; b) o’zbek tilida old ko‘makchi (predlog)lar, rus tilida esa ort ko‘makchi (poslelog) lar mavjud emas. v) o’zbek tilida alohida olingan so’zlar yoki so’z­gaplar ham mustaqil va yordamchi so’zlar kabi ma‘noviy, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli guruhlarga ajratiladi, rus tilida bunday so’zlarning barchasi modal so’zlar hisobo’lanadi.


Ot turkumi

O’zbekcha va ruscha otlarga xos grammatik kategoriyalar
Har ikki tilda ham otlar predmetning yoki predmetlik tushunchalarining nomlarini bildiradigan mustaqil so’zlar hisobo’lanadi. O‘zbek tilida ham, rus tilida ham otlar kelishik va son kategoriyalariga ega. Biroq ushbu kategoriyalarning ifodalanish usullari o’rtasida ma‘lum tafovutlar bor. Masalan, o’zbek tilida otlarning ko’plik shaklini hosil qilish uchun birgina –lar qo’shimchasini qo‘llash kifoya, rus tilida esa ot turkumiga mansub biror so’zning ko’plik shaklini hosil qilish uchun so’z o’zaklarining oxiri qattiq yoki yumshoqligiga qarab bir necha affikslardan birini tanlash kerak, bu fikrni avvalgi bo’limlarda ham maxsus misollar bilan bayon qilgan edik. Otlarda son kategoriyasi xususida so’z yuritilar ekan, shuni ham ta‘kidlash lozimki, ayrim ruscha otlarning (мас., молоко, холпок, мясо, любовь, храбрость) ko’plik shaklini mutlaqo hosil qilib bo’lmaydi, ba‘zi otlar esa (часы, брюки, ворота, ножницы, Сочи, Альпы) faqat ko’plikda qo‘llanadi va birlik shakliga ega emas. Tg’ri, o’zbek tilida ham faqat birlikda qo‘llanadigan mavhum otlar yoki suv, g’alla, xalq, to‘da kabi so’zlar bor, ammo o‘rni kelganda bunday so’zlarga ham turli ma‘no bo‘yoqlarini hosil qilish maqsadida, ko’plik qo’shimchasini qo‘sha olamiz.

Bundan tashqari, o’zbek tilida mavjud bo’lgan egalik kategoriyasiga rus tilidagi otlar ega emas, shuningdek ruscha otlarga mansub bo’lgan rod kategoriyasi o’zbek tilida yo‘q. Rus tilida egalik, ya‘ni tegishlilik, qarashlilik ma‘nolarini hosil qilish uchun otlar egalik olmoshlari bilan birga qo‘llanadi: мой стул, моя книга, моё пальто. Rod kategoriyasi esa rus tilida birlikdagi otlarning eng muhim morfologik belgisi hisoblanadi. Bu belgi hatto bosh kelishikdagi so’zlarda ham aks etib turadi, uni hosil qiluvchi yagona grammatik kщ‘rsatkich bu tugalmadir: Bosh kelishikda, birlikda а, -я tugalmalariga ega bo’lgan otlar jenskiy rodga kiradi (мама, сумка, земля, цапля); Bosh kelishikda, birlikda undosh bilan tugagan, ya‘ni nol tugalmali so’zlar mujskoy rodga kiradi (стол, диван, герой, отец, дед, брат, друг); Bosh kelishikda, birlikda oxiri –o yoki –e (ё) bilan tugagan otlar (слово, окно, море, платье, ружьё) sredniy rodga kiradi. Ammo bu belgilarni qat‘iy deb hisoblab bo’lmaydi. Chunki ruscha so’zlarni rodlar bo‘yicha guruhlashda ma‘lum istisnolar ham yo‘q emas. Masalan, oxiri yumshoq undosh bilan tugagan so’zlarning ba‘zilari mujskoy rodga (портфель, конь, дождь, пень, день), ayrimlari esa jenskiy rodga (голубь, ночь, сталь, лошадь) kiritiladi. Oxiri мя bilan tugaydigan o’nta so’z (бремя, время, вымя, знамя, имя, пламя, племя, семя, стремя, темя) sredniy rodga kiradi. Папа, дедушка, дядя kabi so’zlar –a, -я tugalmalariga ega bo’lsa­da, ular erkak jinsidagi shaxsni ifodalagani uchun mujskoy rodga kiritiladi. Chet tilidan o‘zlashgan пальто, кино so’zlari tugalmasiga ko‘ra sredniy rodga kiritilsa­da, кофе so’zi mujskoy rod hisoblanadi. Rus tiliga xos bo’lmagan oxiri -у bilan tugallanadigan so’zlardan kenguru mujskoy rodga, ragu esa sredniy rodga kiritiladi. Shuningdek, жюри, такси so’zlari sredniy rodga mansub. Ammo bunday o‘zlashmalarning birortasi ham kelishiklar bo‘yicha turlanmaydi, ya‘ni o‘zgarmaydi. O‘zbek tilida esa har qanday o‘zlashma so’z ham o’zbek tili qonuniyatlariga asosan istalgan kelishik qo’shimchasini olib o’zgarish xususiyatiga ega.

Rus tilida otlar jonli yoki jonsiz predmetlarni ifodalashiga qarab ham ikki guruhga ajratiladi. Bunda shaxs hamda hayvon nomlarini ifodalovchi so’zlar jonli predmetlar guruhiga kiritiladi va bunday otlar кто? so‘rog’iga javob bo’ladi: учитель, водитель, адвокат, врач, собака, лев, жук, черепаха va h.k. Narsa­buyum, joy, mahsulot va hodisalarning nomlarini ifodalovchi qolgan barcha otlar jonsiz predmetlar guruhiga kiritilib, что? so‘rog’iga javob bo’ladi: ручка, карандаш, город, государство, независимость, освобождение.

Ot turkumidagi so’zlarning bunday guruhlarga ajratilishining boisi, kelishiklar bo‘yicha turlanganda, jonli otlar bilan jonsiz otlar o’rtasida ma‘lum grammatik tafovutlar yuzaga keladi. Masalan, jonli predmetlarning tushum kelishigidagi so‘rog’i ularning qaratqich kelishigidagi so‘rog’iga, jonsiz predmetlarning tushum kelishigidagi so‘rog’i esa bosh kelishikdagi so‘rog’iga muvofiq keladi. O‘zbek tilidagi otlarni esa jonli va jonsiz predmetlar guruhiga ajratish uchun hech qanday grammatik asos yo‘q.

Har ikki tilda ham oltita kelishik mavjud bo’lib, otlar ana shu kelishiklar bo‘yicha turlanadi. O‘’zbek va rus tillaridagi kelishiklar o’rtasida qisman o‘xshashlik mavjud. Buni quyidagi jadvaldan ko‘rish mumkin.
Именительный падеж: кто? что? - Bosh kelishik: kim? nima? qaer?
Родительный падеж: кого? чего? - Qaratqich kelishigi: kimning? nimaning? qaerning?
Дательный падеж: кому? чему? - Jo‘nalish kelishigi: kimga? nimaga? qaerga?
Винительный падеж: кого? что? Tushum kelishigi: kimni? nimani? qaerni?
Demak, o’zbek tilidagi bosh, qaratqich, tushum va jo‘nalish kelishiklari rus tilidagi imenitelniy, roditelniy, vinitelniy va datelniy kelishiklariga mos keladi. Biroq rus tilida qaer srog’iga javob bo’luvchi otlar o’zbek tilidagi kabi kelishiklar bo‘yicha turlanmaydi. Rus tilidagi tvoritelniy hamda predlojniy padejlari o’zbek tilida, o’zbek tilidagi o‘rin­payt va chiqish kelishiklari rus tilida mavjud emas.

Morfologik hodisa sifatida otlarning turlanishi, ya‘ni kelishiklar bo‘yicha o’zgarishi ham o’zbek va rus tillarida turlichadir. O‘zbek tilida ot yoki otlashgan so’zlar birlikda ham, ko’plikda ham ma‘lum kelishiklar bo‘yicha aniq va barqaror qo’shimchalar yordamida turlanadi. Masalan, qarashlilik ma‘nosi har doim –ning qo’shimchasi yordamida hosil qilinadi. Rus tilida esa bunday ma‘noni hosil qilish uchun -и (книги, сумки), -a (стола, озера), -я (коня, хрусталя) affikslaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, o’zbek tilida ma‘lum kelishik qo’shimchalari birlikdagi otlarga ham, ko’plikdagi otlarga ham qo‘shilaveradi, faqat –lar qo’shimchasi kelishik qo’shimchalaridan oldin keladi. Rus tilida esa ko’plikdagi otlarning roditelny padej shakli turlicha qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi: столов (стол-столы), сараев (сарай-сараи), печей (печь-печи), чашек (чашка-чашки), собраний (собрание-собрания), столовых (столовая-столовые), книг - nol qo’shimcha (книга-книги)*.

*Qavslar ichida so’zlarning birlik va ko’plik shakllari berilgan.

Rus tilidagi otlarning kelishiklar bo‘yicha turlanishida ulardagi son va rod kategoriyalari muhim o‘rin tutadi.

Sintaktik vazifasiga ko‘ra ham o’zbek va rus tillaridagi otlar ma‘lum o‘xshashlik va farqlarga ega. Masalan, har ikkala tilda otlar ega, kesim, to‘ldiruvchi, qaratqich aniqlovchi hamda hol vazifalarida kela oladi. Bundan tashqari, o’zbek tilida otlar hech qanday grammatik vositani olmagan holda sifatlovchi­aniqlovchi vazifasida ham kela oladi: asfalt ko‘cha, temir eshik. Mazkur xususiyat rus tilidagi otlarga xos emas. Bunday hollarda rus tilida ot-o’zakdan yasalgan sifatlar qo‘llanadi: асфальтная дорога, железная дверь. To‘g’ri, rus tilida ham ot+ot shaklidagi atributiv birikmalar uchraydi, ammo bunda avval aniqlanmish, keyin aniqlovchi keladi va bunday birliklar juft shaklda beriladi: Родина-мать, город-герой.
Kelishiklarning ma’nolari

O‘zbek va rus tillaridagi to‘rt kelishik so‘roqlariga ko‘ra o‘xshash hisoblansa­da, ma‘noviy jihatdan o’zaro farqlanadi. O‘zbek tilidagi bosh kelishikdagi so’zlar rus tiliga ma‘nosiga ko‘ra ayrim hollarda imenitelny padej shaklida, ba‘zan esa roditelny padej shaklida beriladi. Masalan: Mening do‘stim bor. – У меня есть друг; Mening do‘stim yo‘q. – У меня нет друга.

Bosh kelishikdagi so’zlar har ikkala tilda ham ega hamda kesim vazifalarida kelishi mumkin. Masalan: Navoiy – buyuk shoir. Навоивеликий поэт.

O‘zbek tiligagina xos bo’lgan o‘rin­payt va chiqish kelishiklaridagi otlar rus tilida turli grammatik vositalar bilan beriladi. Masalan: Men universitetda o‘qiyman. – Я учусь в университете (bunda в predlogi bilan otning predlojny padejdagi shakli berilgan); Bahorda yurtimizda Navro‘z bayrami nishonlanadi. – Весной в нашей стране отмечается праздник Навруз. (bunda ot tvoritelniy padej shaklini hosil qilgan); Do‘stimda yurtimiz tarixiga oid kitobo’lar ko’p.-У моего друга много книг об истории нашей страны. (bunda ot u predlogi bilan roditelniy padejda qo‘llangan); Kecha akam Toshkentdan keldi. – Вчера мой брат приехал из ташкента. (chiqish kelishigidagi so’z predlogli qaratqich kelishigi bilan ifodalangan); Sayohatchilar tog’ yo‘lidan borishar edi. – Туристы шли по горной дорожке. (chiqish kelishigidagi so’z predlojniy padejda berilgan); O‘qituvchilar Rustamdan mamnun edilar. – Преподаватели были довольны Рустамом. (bunda ot tvoritelniy padej shaklini olgan).

Rus tilidagi tvoritelny kelishigi o’zbek tilida quyidagicha ifodalanadi: 1) Rus tilida чем? с кем? so‘roqlariga javob bo’luvchi otlar rnida o’zbek tilida bosh kelishikdagi ot va bilan ko‘makchisi qo‘llanadi: Я рисую карандашом (чем?). – Men qalam bilan chizaman. В библиотеку я ходил с другом (с кем?). – Kutubxonaga men do‘stim bilan bordim; 2) Rus tilida кем? so‘rog’iga javob bo’ladigan ot o’zbek tilida bo’lib, qilib so’zlari bilan birikib kelgan bosh kelishikdagi ot bilan beriladi: Моя мама работает учительницей (кем?). – Onam qituvchi bo’lib ishlaydi. Рустама выбрали старостой группы (кем?). – Rustamni guruh sardori qilib sayladilar; 3) Rus tilida кем? so‘rog’iga javob bo’luvchi ot быть fe‘li bilan birikma holida qo‘llansa, o’zbek tilida bu so’z bo’lmoq, edi so’zlari bilan birga keladi: Амир Тимур был великим полководцем (кем?). – Amir Temur buyuk sarkarda bo’lgan; Бабур был ипоэтом, и правителем (кем?). – Bobur ham shoir, ham shoh edi. 4) Agar кем? so‘rog’iga javob bo’ladigan so’z harakat bajaruvchisini ifodalasa, u holda o’zbek tilida bosh kelishikdagi ot tomonidan so’zi bilan birga qo‘llanadi: Эта обсерватория была создана Улугбеком (кем?). – Bu rasadxona Ulug’bek tomonidan barpo etilgan. Первая «Хамса» (Пятерица) на узбекском языке была написана великим поэтом Алишером Навои (кем?). – «Hamsa» ilk bor o’zbek tilida buyuk shoir Alisher Navoiy tomonidan yozilgan.

Rus tilidagi predlojny kelishigi ham o’zbek tiliga turlicha tarjima qilinadi. Masalan: 1) Rus tilida o (ob) predlogli otlar o’zbek tilida haqida, to‘g’risida ko‘makchilarini olgan otlar bilan beriladi: Наше правительство заботится о мире и спокойствии.Hukumatimiz tinchlik va osoyishtalik haqida qayg’uradi. 2) в, на predlogli otlar o’zbek tilida rin­payt kelishigidagi otlar bilan ifodalanadi: В нашем городе много исторических достопримечательностей.Shahrimizda tarixiy obidalar ko’p. 3) при predlogli otlar o‘rnida o’zbek tilida qoshida ko‘makchisini olgan bosh kelishikdagi otlar qo‘llanadi: При нашем университете имеется Центр молодёжиUniversitetimiz qoshida Yoshlar markazi bor.

Yuqoridagilarga asoslanib, umumiy xulosalar chiqaradigan bo’lsak, rus tilidagi kelishiklarning muhim atributlaridan biri bu predlog bo’lib, roditelniy, datelniy, vinitelniy padejlarda otlar predlogli ham, predlogsiz ham, predlojniy padejda esa hamisha predlog bilan qo‘llanadi. Faqat imeniteniy padejdagi otlar bundan mustasno.

Ko‘rib o‘tganimizdek, kelishik kategoriyasi grammatik tuzumi jihatidan ham, boshqa xususiyatlariga ko‘ra ham o’zbek va rus tillarida anchagina farqlarga ega, shuning uchun bu grammatik kategoriyani ikki til doirasida qiyosiy tahlil qilish uchun tilshunos bu tillarni yaxshi o‘zlashtirishi lozim.



Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling