Y urtimiz hududida Toshkent viloyatida porey piyozining 1 ta navi ekiladi
Download 415.36 Kb.
|
Porey piyozi yoki marvarid piyoz – Piyozdoshlar oilasi, piyoz turkumiga mansub tur hisoblanadi. Vatani Old Osiyo bo‘lib, u yerdan O‘rta Yer dengiziga kelgan. O‘rta asrlarda esa Misrda va butun Yevropada yetishtirilgan. Hozirgi paytda sabzavot ekini sifatida Yevropada, O‘rta Yer dengizi atrofidagi davlatlarda, Shimoliy Amerikada, ko‘proq qismi esa G‘arbiy Yevropa, asosan Fransiyada yetishtirilmoqda. Bugungi kunda porey mashhurligi jihatidan sarimsoq piyoz va bosh piyozdan keyingi o‘rinda turadi. Uni baʼzan marvarid piyoz deb ham yuritishadi. Porey – sovuqqa chidamli ekin. Namlikka talabchan, qumoq, yuqori gumusli tuproqlarni afzal ko‘radi. Og‘ir loyli va yengil qumli hamda sernam va kislotali tuproqlar porey ekish uchun yaramaydi. Y urtimiz hududida Toshkent viloyatida porey piyozining 1 ta navi ekiladi. Mamlakatimizda yetishtirilgan porey piyozi mahsuloti Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Ukraina davlatlariga eksport qilinadi. Porey piyozida boshqa sabzavotlarda yo‘q bo‘lgan xususiyatlar mavjud: saqlash davrida oq qismidagi askorbin kislotasi miqdori bir yarim baravarga ortadi. Yangi uzilgan piyozni dastlab bir hafta sovutgichda saqlab, keyin ishlatilsa, S vitamini miqdori yanada oshishi kuzatiladi. Ozuqa moddalarining asosiy qismi porey hosili yig‘ib olingandan 3-4 oydan keyin to‘plana boshlaydi. Download 415.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling