Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga


Download 0.89 Mb.
bet32/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga
oluvchi schyotlarning (2500) bog‘lanishi

2510 "Umumishlab chiqarish xarajatlari" schyotida umumishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidagi axborot umumlashtiriladi. Bunday xarajatlar:


- mashina va uskunalarni ushlab turish va ishlatish bo‘yicha xarajatlar;
- ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha amortizatsiya ajratmalari;
- ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan asosiy vositalarni ta’mirlash bo‘yicha sarf-xarajatlar;
- ishlab chiqarish mol-mulkining sug‘urtasi bo‘yicha sarf-xarajatlar;
- ishlab chiqarish xonalarini isitish, yoritish va ushlab turish bo‘yicha sarf-xarajatlar;
- ishlab chiqarish xonalari, mashina va uskunalar hamda ishlab chiqarishda foydalaniladigan boshqa ijara vositalari uchun ijara haqi;
- ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan band bo‘lgan ishlab chiqarish xodimlariga to‘lanadigan mehnat haqi;
- ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlardan iborat.
Umumishlab chiqarish xarajatlari umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning debeti bo‘yicha ishlab chiqarish zaxiralari, xodimlar bilan mehnat haqi bo‘yicha hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Umumishlab chiqarish xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarda hisobga olingan xarajatlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish", 2310 "Yordamchi ishlab chiqarish" schyotlarining debetiga hisobdan chiqariladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning bevosita va bilvosita (umumishlab chiqarish) xarajatlaridan iborat bo‘lgan tannarxining to‘g‘ri hisoblanishi korxona uchun muhim ahamiyatga ega. Bilvosita xarajatlarni taqsimlashning muqobil usullari mavjud. Korxona ushbu usullardan eng oqilonasini tanlab olishi lozim. Umumishlab chiqarish xarajatlarini alohida hisob ob’ektlari o‘rtasida taqsimlash tartibi korxonaning hisob siyosati bilan belgilanadi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling