Y3000 ta buxgalteriya O‘tkazmasi hisobvaraqlar rejasi bo‘yicha bog‘lanishlar* Muqaddima I bob. Buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasining umumiy tavsifi


Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni


Download 0.89 Mb.
bet75/131
Sana24.09.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1687134
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131
Bog'liq
3000 та БУХГАЛТЕРИЯ ЎТКАЗМАСИ

Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni
hisobga oluvchi schyotlarning (6700) bog‘lanishi

Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlarni hisobga oluvchi schyotlar korxona ro‘yxatida bo‘lgan va ro‘yxatda turmagan xodimlarga mehnatga haq to‘lash (mehnat haqining hamma turlari, mukofotlar, nafaqalar, ishlaydigan pensiya oluvchilarga hisoblangan pensiya va boshqa to‘lovlar) bo‘yicha joriy qarzlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


Hisob quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar";
6720 "Deponentlangan mehnat haqi".
6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" schyotining kredit tomonida, xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda, mehnat haqi bo‘yicha hisoblashishlar; 4520 "Maqsadli davlat jamg‘armalariga bo‘nak to‘lovlari" schyoti bilan bog‘langan holda, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar, pensiyalar va hokazo summalar; 8910 "Kelgusi xarajatlar va to‘lovlar rezervlari" schyoti bilan bog‘langan holda, xodimlarning mehnat ta’tiliga haq to‘lash, korxonada ko‘p yil xizmat qilganligiga taqdirlash uchun belgilangan tartibda tashkil etilgan rezervlar hisobidan hisoblangan haq va ta’mirlash rezervi hisobidan hisoblashlar summalari aks ettiriladi.
6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" schyotining debet tomonida, hisoblangan summadan daromad solig‘ini ushlab qolish, ijro varaqalari bo‘yicha to‘lovlar va boshqa ushlab qolishlar, shuningdek mehnat haqini, mehnat ta’tili bo‘yicha to‘lovlarni, mukofotlarni, pensiyalarni, nafaqalarni va hokazolarni to‘lash va ulardan ushlanmalar aks ettiriladi.
Hisoblangan, biroq belgilangan muddatlarda to‘lanmagan mehnat haqi, mehnat ta’tili bo‘yicha to‘lovlar, mukofotlar, pensiyalar, nafaqalar va hokazo summalar 6710 "Mehnat haqi bo‘yicha xodimlar bilan hisoblashishlar" schyotining debetida, 6720 "Deponentlangan mehnat haqi" schyotining kreditida aks ettiriladi.
Mazkur schyotlar bo‘yicha tahliliy hisob korxonaning har bir xodimi bo‘yicha alohida yuritiladi.


Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   131




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling