Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi
schyotlarning (8400) bog‘lanishi
Qo‘shilgan kapitalni hisobga oluvchi schyotlar oddiy va imtiyozli aksiyalarni sotishdan olingan summalarning aksiyalar nominal qiymatidan oshgan miqdori ko‘rinishidagi qo‘shilgan kapital mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotni, ya’ni aksiyalar boshlang‘ich sotilishida nominal qiymatidan yuqori baholarda olingan daromadni, shuningdek ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘ladigan kurs farqlari summalarini umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.
Hisob quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
8410 "Emissiya daromadi";
8420 "Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi".
8410 "Emissiya daromadi" schyoti aksiyalarni boshlang‘ich sotishda nominal qiymatidan yuqori bahoda olingan mablag‘lar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Mazkur schyotning kreditida mablag‘lar kelib tushishi, debeti bo‘yicha - sotib olingan xususiy aksiyalarni bekor qilishda nominal va sotib olish qiymati o‘rtasidagi farqni qoplash uchun mablag‘lardan foydalanish hisobga olinadi.
Ustav kapitalini shakllantirishda paydo bo‘ladigan kurs farqlari 8420 "Ustav kapitalini shakllantirishdagi kurs farqi" schyotida aks ettiriladi. Ta’sischilar tomonidan chet el valyutasida kiritiladigan qiymatliklarni baholashda paydo bo‘ladigan musbat kurs farqi ushbu schyotning kreditida, manfiy kurs farqi esa - debetida aks ettiriladi. Ustav kapitalini shakllantirishda manfiy kurs farqi summasining musbat kurs farqi summasidan oshishi 9620 "Valyuta kurs farqlaridan zararlar" schyoti debetiga kiritiladi. Kurs farqlarining bu tartibda hisobdan chiqarilishi ta’sis hujjatlarida oldindan kelishilgan ustav kapitalidagi ta’sischilar ulushini o‘zgartirmaslik imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |