Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish texnikasi
Download 53.15 Kb.
|
Yadro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish
ULOQTIRISH TURLARI TEXNIKASI VA O‘RGATISH USLUBIYATI YAdro itqitish texnikasi Disk itqitish texnikasi Nayza itqitish texnikasi Engil atletikadagi uloqtirishlar (yadro itqitish, disk, nayza, granata va bosqon uloqtirish) ma’lum jismoniy sifatlarni (kuch tezkorlik, egiluvchanlik va harakat uyg‘unligini) rivojlantirishni talab qiladi. Uloqtirish texnikasini o‘zlashtirish samaradorligi tashkil qilish omillariga bog‘liq. Har bir shug‘ullanuvchini bitta yoki ber nechta snaryad bilan ta’minlash (bu holda mashg‘ulot paytidagi uloqtirishlar soni ko‘payadi) zarur. Mashg‘ulotni shunday tashkil qilish kerakki, bunda snaryad olib kelish uchun yurish va h.k. ga ketgan vaqtni kamaytirish (snaryadni tepalikka yoki to‘silgan to‘rga uloqtirish, snaryad tushadigan maydonga to‘siq devor qo‘yish va b.) maqsadga muvofiq. Asosiy diqqatni texnika xavfsizligiga qaratish shart (qarama-qarshi uloqtirishga yo‘l qo‘ymaslik). Uloqtirishlar texnikasini o‘rgatishdagi uslubiy ko‘rsatmalar: Uloqtirish texnikasining xususiyatlari bilan tanishish. Snaryadni ushlash usullari va uni qo‘ldan chiqarishni o‘zlashtirish. Uloqtirish texnikasining final qismini o‘rganish (final kuchlanishi). Snaryadning tezlik olish texnikasini o‘rganish: granata va nayzani uloqtirishda yugurish va snaryadni elka orqasiga olib borish, yadro itg‘itishdagi sakrashlar: disk va bosqonni uloqti-rishdagi qaytarishlar. Snaryadni ushlash usulini o‘rganish ko‘rsatish va sportchining o‘zi tomonidan bajarish orqali amalga oshiriladi. Snaryad bilan bajariladigan har xil faoliyatlarda asosiy mashqlar: yadro bilan jonglirovka qilish, snaryadni har xil dastlabki holatdan va har xil yo‘nalishga uloqtirishlar hisoblanadi. Hamma sharoitda snaryadni ushlash sportchiga final kuchlanishida ko‘proq kuch bilan ta’sir qilishni ta’minlashi shart. Tezlik olishni o‘zlashtirishda dastlabki holat va tayyorgarlik harakati ahamiyatli bo‘lib, uloqtiruvchiga diqqatni keyingi faoliyatlarga qaratishga imkon beradi. Disk va bosqonni uloq-tirishda dastlabki holat uloqtirish yo‘nalishiga orqasi bilan turishdan boshlanadi; to‘p, granata va nayzani uloqtirishda tezlik olish uloqtirish yo‘nalishi bo‘yicha dastlabki holatda turish bilan boshlanadi. To‘p, granata va nayza uloqtirishda, disk va bosqon bilan aylanishda, yadro itqitishda, sakrashlarda tezlik olish optimal bo‘lib, sportchini snaryadga maksimal kuchlanish berib, tezlik olishi oxirida yanada kuchaytirish shart. Final kuchlanishiga tayyorlanishda uloqtirishda asosiy ish bajaruvchi mushaklar cho‘ziladi. Bu snaryadni quvib o‘tish hisobiga amalga oshiriladi (bunda tos va oyoqlar gavdaning yuqori qismi va snaryad ushlagan qo‘lni quvib o‘tadi). Final kuchlanishda uloqtiruvchining har xil gavda qismlarining ketma-ket bajargan harakati katta ahamiyatga ega bo‘lib, u chap oyoqni tuproqqa qo‘yish bilan boshlanadi. Oldin son, tos, elka va elka bo‘g‘imlari hamda qo‘l mushaklari qisqaradi. Engil atletikada uloqtirish mashqlari texnikasini o‘zlashtirish o‘ziga xos bo‘lib, u uloqtirish turiga bog‘liq. Uloqtirishning tuzilishiga qarab maxsus mashqlar ushlash usuli, final kuchlanishi, tezlik berish kabi harakat qismlari bo‘yicha birlash-tirilgan. Download 53.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling