Yadro kimyosining tibbiyotdagi o`rni


Download 17.12 Kb.
bet3/5
Sana30.01.2024
Hajmi17.12 Kb.
#1817009
1   2   3   4   5
Bog'liq
Yadro kimyosining tibbiyotdagi o`rni-fayllar.org

Yadroviy tibbiyot – radiofarmasotik deb ataladigan radioaktiv izotoplarni o‘z ichiga olgan farmatsevtik preparatlardan foydalangan holda kasalliklarni tashxislash va davolashdir. Radiofarmatsevtik preparatlar turli organlarning saratonini tashxislash va davolash uchun keng qo‘llaniladi.Radiofarmatsevtik preparatlar bilan davolashning afzalliklari orasida uning mahalliy ta’sir etuvchi xususiyati hisoblanib, kimyoviy terapiyadan farqli o‘laroq butun organizmga ta’sir ko‘rsatmaydi, - deb izoh beradi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida faoliyat yurituvchi “Radiopreparat” korxonasi direktori, texnika fanlari nomzodi Ayubxon Abduqayumov.
Har qanday kasallikning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish muhimdir. Saraton kasalliklarida esa bu juda ham muhim rol o‘ynaydi. Yadroviy tibbiyot usullari saratonning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish imkonini beradi.
“Eng so‘nggi jihozlar va yuqori malakali xodimlar bilan birgalikda minimal miqdordagi preparatlardan foydalanish qulay, tezkor va aniq tekshirishni ta’minlaydi. Yadrokimyoviy usullarning noyobligi kasallikning dastlabki bosqichlarida, ya’ni inson kasallik alomatlarini sezmaydigan davrda, organlarning hayotiy funksiyalarining anomaliyalarini aniqlashga imkon beradi. Bu turli kasalliklarni tezda aniqlash va davolash imkonini beradi hamda davolanish uchun sarflanuvchi xarajatlarni ham tejashda qo‘l keladi. Masalan AQSh, Yaponiya, G‘arbiy Yevropa va Avstraliyada olib borilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bu mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimiga nisbatan solishtirilganda, yadro tibbiyotiga sarflangan 1 AQSh dollari boshqa sog‘liqni saqlash harajatlarini, ya’ni jarrohlik amaliyotlari, shifoxonada davolanish va h.k., 1,5 AQSh dollaridan 2,5 AQSh dollarigacha tejash imkonini beradi”,— deb ta’kidladi, Rossiya Federatsiyasi Tibbiyot va texnika fanlari akademiyasining a’zosi, tibbiyot fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh radiologi Damir Zaredinov.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda yadroviy tibbiyot usullari akademik Ya. Xolmatov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazining Yadro tibbiyoti kafedrasida va akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining radioizotop tashxis laboratoriyasi bo‘limida qo‘llanilmoqda. Ushbu bo‘limda yod-131 radioizotopini qo‘llash yordamida qalqonsimon bez kasalliklari tashxisi va davolanishi, shuningdek, qalqonsimon bez saratonining ham davolanishi amalga oshiriladi. So‘nngi yillarda 850 dan ortiq bemorlar yod-131 radioterapiyasini o‘tadi. Shuningdek, Endokrinologiya IAI va V. Voxidov nomidagi RIJM samariy-153 oksabifor radiofarmpreparati va texnetsiya generatoridan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.
- Atalishi qiyinroq bo‘lgan samariy-153 oksabifor preparati suyak metastazasidagi og‘riqni qoldirish va davolash uchun foydalaniladi. V. Voxidov nomidagi RIJMda texnetsiy-99 (saraton, yurak-qon tomir kasalliklari, bosh miya, buyrak, jigar va boshqa kasalliklar tashxisida qo‘llaniladigan radiofarmpreparat) yordamida yiliga 2000 tagacha tashxis tadqiqotlari va samariy-153 oksabifor dori vositasini qo‘llagan holda 300 tagacha suyak metastazasining radioterapiyasi o‘tkaziladi. Samariy-153 preparati qon tomirlari ichiga yuboriladi, dori suyak to‘qimasida va asosan saraton metaztazalarida to‘planadi. Preparatning bir dozasi 6 oy mobaynida og‘riqsizlantiradi va saraton o‘smalarini remissiyada (saraton rivojlanishini to‘xtadi) ushlab turadi va kunlik qabul qilinadigan kuchli og‘riqni qoldiruvchi dori vositalarini, misol uchun – morfiy, o‘rnini bosadi. Shuningdek, dorilardagi radiatsiya miqdori butun organizmni nurlantirish uchun kam hisoblanadi, ammo ma’lum bir joydagi saraton hujayralarini yo‘q qilish uchun yetarli, deydi Ayubxon Abduqayumov. Agar bugungi kunda mamlakatdagi ikkita tibbiyot markazida yadro tibbiyoti usullarini qo‘llagan holda tashxis va terapiya qilish mumkin bo‘lsa, ideal holatda, har bir viloyatning aholisi innovatsion usuldan foydalanish imkoniga ega bo‘lishi kerak. Bu masala bo‘yicha O‘zbekistonda AESni qurish bo‘yicha qaror qabul qilingandan so‘ng haqiqiy o‘zgarishlarga bo‘lgan qadamlar kuzatilmoqda. Zero, mamlakatda AESni qurish nafaqat yadro texnologiyalarini, jumladan, yadroviy tibbiyot rivojlanishiga ham turtki bo‘ladi. “Kelgusida ‘Rosatom’ davlat korporayatsiyasi bilan hamkorlikda Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi instituti negizida ‘Yadroviy tibbiyot markazi’ qo‘shma korxonasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Bu markazda nafaqat radiofarmpreparatlari yordamida tashxis qo‘yish va davolash, proton va neytron terapiyasi ham amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Oldimizga qo‘ygan rejalarimiz bisyor va katta investitsiyalarni, shuningdek, malakali kadrlarni tayyorlashni ham talab qiladi. AES uchun bo‘lajak kadrlarni tayyorlash maqsadida hozirgi kunda Moskva muxandislik – fizika instituti (MMFI) filialini ochish uchun tayyorgarliklar amalga oshirilmoqda va bu loyiha amalga oshsa, umid qilamizki mazkur institutdan yadroviy tibbiyot sohasi uchun ham malakali kadrlar yetishib chiqadi”, —deb ta’kidladi

Download 17.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling