Yadro kimyosining tibbiyotdagi o’rni


Download 203.25 Kb.
bet2/7
Sana28.01.2023
Hajmi203.25 Kb.
#1135075
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yadro kimyosining tibbiyotdagi o’rni

Yadroviy tibbiyot – radiofarmasotik deb ataladigan radioaktiv izotoplarni o‘z ichiga olgan farmatsevtik preparatlardan foydalangan holda kasalliklarni tashxislash va davolashdir. Radiofarmatsevtik preparatlar turli organlarning saratonini tashxislash va davolash uchun keng qo‘llaniladi.Radiofarmatsevtik preparatlar bilan davolashning afzalliklari orasida uning mahalliy ta’sir etuvchi xususiyati hisoblanib, kimyoviy terapiyadan farqli o‘laroq butun organizmga ta’sir ko‘rsatmaydi.Har qanday kasallikning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish muhimdir. Saraton kasalliklarida esa bu juda ham muhim rol o‘ynaydi. Yadroviy tibbiyot usullari saratonning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish imkonini beradi.“

  • Yadroviy tibbiyot – radiofarmasotik deb ataladigan radioaktiv izotoplarni o‘z ichiga olgan farmatsevtik preparatlardan foydalangan holda kasalliklarni tashxislash va davolashdir. Radiofarmatsevtik preparatlar turli organlarning saratonini tashxislash va davolash uchun keng qo‘llaniladi.Radiofarmatsevtik preparatlar bilan davolashning afzalliklari orasida uning mahalliy ta’sir etuvchi xususiyati hisoblanib, kimyoviy terapiyadan farqli o‘laroq butun organizmga ta’sir ko‘rsatmaydi.Har qanday kasallikning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish muhimdir. Saraton kasalliklarida esa bu juda ham muhim rol o‘ynaydi. Yadroviy tibbiyot usullari saratonning dastlabki bosqichlarida tashxis qo‘yish imkonini beradi.“

Hozirgi kunda O‘zbekistonda yadroviy tibbiyot usullari akademik Ya. Xolmatov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazining Yadro tibbiyoti kafedrasida va akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining radioizotop tashxis laboratoriyasi bo‘limida qo‘llanilmoqda. Ushbu bo‘limda yod-131 radioizotopini qo‘llash yordamida qalqonsimon bez kasalliklari tashxisi va davolanishi, shuningdek, qalqonsimon bez saratonining ham davolanishi amalga oshiriladi. So‘nngi yillarda 850 dan ortiq bemorlar yod-131 radioterapiyasini o‘tadi. Shuningdek, Endokrinologiya IAI va V. Voxidov nomidagi RIJM samariy-153 oksabifor radiofarmpreparati va texnetsiya generatoridan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.

  • Hozirgi kunda O‘zbekistonda yadroviy tibbiyot usullari akademik Ya. Xolmatov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy markazining Yadro tibbiyoti kafedrasida va akademik V. Voxidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik markazining radioizotop tashxis laboratoriyasi bo‘limida qo‘llanilmoqda. Ushbu bo‘limda yod-131 radioizotopini qo‘llash yordamida qalqonsimon bez kasalliklari tashxisi va davolanishi, shuningdek, qalqonsimon bez saratonining ham davolanishi amalga oshiriladi. So‘nngi yillarda 850 dan ortiq bemorlar yod-131 radioterapiyasini o‘tadi. Shuningdek, Endokrinologiya IAI va V. Voxidov nomidagi RIJM samariy-153 oksabifor radiofarmpreparati va texnetsiya generatoridan foydalanishni yo‘lga qo‘ydi.

Download 203.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling