Yadro magnit rezonansi spektroskopiyasida (ymr) signallar jadalligi


Download 17.63 Kb.
Sana28.01.2023
Hajmi17.63 Kb.
#1135535
Bog'liq
PRAKTIKA 10-MA\'RUZA


10 – MA’RUZA
Yadro magnit rezonansi spektroskopiyasida (YMR) signallar jadalligi
Tayanch so’zlar: integrator, ekvivalent, protonlar, spektr, “zina” balandligi, integral jadallik, yadro magnit rezonans, proton.
Magnit ekvivalent protonlar bitta cho’qqi berishini ko’rib o’tdik. Xo’sh, unda ekvivalent protonlar sonini nima belgilaydi? Har qaysi signal jadallikligi cho’qqining soniga proportsionaldir. Lekin cho’qqilar balandligini o’lchash ishonchli emas, chunki bu jadallik boshqa omillarga ham bog’liq, bo’lishi mumkin. Shuning uchun xam odatda cho’qqi balandligini uning kengligiga ko’paytmasidan, ya’ni cho’qqi maydonini o’lchash usulidan foydalaniladi. Bu usul protonlar sonini aniq, topishga imkon beradi, YMR – spektrometrlarga maxsus electron qurilmalar o’rnatilgan bo’ladi. Uni integrator deyiladi. Bu usulda topilgan protonlar jadalligiga integral jadalliklik deyiladi. Integrator xuddi zinapoyaga o’xshash egri chiziq chizadi. Sodda qilib bu “zina” balandligi cho’qqining kengligi bilan balandligi xisobga olingan holdagi balandligidir. Zinalarning balandligi protonlar soniga proportsionaldir. Integrator pog’onalarni signallarining ustida chizadi. “Zina” larning balandligini istalgan birikmalar (sm, mm) da o’lchash mumkin. Ko’pincha spektr olinadigan qog’oz juda kichik katakchalarga bo’lingan bo’ladi:
Rasmda o’lchov birligi sifatida ana shu katakchalar (ular rasmda ko’rsatilmagan) dan foydalanilgan. “Zina”larning balandliklari o’lchab olingandan keyingi bajariladigan ish xuddi moddaning foiz tarkibi hisoblash asosida uning formulasini chiqarishga o’shash.
8,8:2,9:3,8 = 3,0:10:1,3 yaxlitlash uchun 3 ga ko’paytirilsa, 9,0:3,0:3,9 yoki 9,0:3,0:4. Shunday qilib, balandligi 8,8 katak bo’lgan cho’qqiga 9 ta, 2,9 ga 3ta, 3,8 ga esa 4ta proton to’g’ri keladi. Moddaning formulasi ma’lum bo’lgani uchun natijalarni tekshirib ko’rish mumkin.
Molekuladagi jami (16ta) proton 8,8+2,9+3,8+=15,5 katakka teng

Jadallikga ega. U holda bitta protonga birlik muvofiq keladi. Demak, 8,8·1,03 = 9,06; 2,9·1,03 = 2,98 yoki 3; 3,8·1,03 = 3,9 avval natijaga ega bo’lamiz. To’rtta proton aromatik halqada (signal kuchsiz maydonda), 9 ta proton metil radikallariga (signal kuchli maydonda) va uchta proton bitta metil radikaliga (signal kuchli maydonda) tegishli ekanligini sezish ham qiyin emas. Agar moddaning formulasi bo’lmasa, integral jadalliklaridan foydalanib protonlar soni quyidagicha topiladi. Noma’lum modda spektri integrator yordamida olinadi, yani unda cho’qqilarning integral jadalliklari keltirilgan bo’lsin. Aytaylik, modda molekulasi o’ziga xos signallar beruvchi funktsional gurux ( C=O H, COOH, CH3 CO ) ga ega. Odatda, guruxlar kuchsiz maydonda signal beradi. Masalan, molekulada metoksi gurux bo’lsa uning qayarda rezonans berishi bizga ma’lum. Shu signalning integral jadallikligi 1,5 katakka teng deylik. U holda integral jadallikligi 9,0 bo’lgan cho’qqiga 6 ta proton to’g’ri keladi. Boshqa cho’qilar uchun ham shunday hisoblashlarni bajarish qiyin emas.
Download 17.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling