Massa defekti. Yadro massasini mass-spektrometrlar deb ataluvchi asbob yordamida katta aniqlikda o‘lchash mumkin.
Bunday o‘lchashlarning ko‘rsatishicha, yadroning massasi uning tarkibiga kiruvchi nuklonlar massalarining yig‘indisidan kichik ekan. Boshqacha aytganda, nuklonlardan yadro hosil bo‘lishida
ga teng massa yetishmovchiligi vujudga keladi. Bu yerda: m p , mn , mya – mos ravishda proton, neytron va yadroning massalari. Massaning yetishmagan bu qismi massa defekti deyiladi.
Bizga ma’lumki, massaning har qanday Δm o‘zgarishiga energiyaning Δmc2 o‘zgarishi mos keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |