Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my gov uz saytida xizmatlar
Download 9.56 Kb.
|
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz saytida xizmatlar
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz saytida xizmatlar Portal haqida O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o'rinlarda Yagona portal deb ataladi) Internet tarmog'ida O'zbekiston Respublikasining Hukumat portali doirasida, shu jumladan, «bir darcha» tamoyilida faoliyat ko'rsatadi. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 728-sonli qarorida keltirilgan O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali to‘g‘risida nizomiga muvofiq ro‘yxatdan o‘tish va avtorizatsiya qilish jarayonlaridan o‘tgan foydalanuvchilar uchun amalga oshiriladi. Yagona portal maqsad va vazifalari: Yagona portal davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan, shu jumladan pulli asosda ko'rsatiladigan interaktiv davlat xizmatlaridan erkin foydalanishning yagona nuqtasi hisoblanadi. Yagona portalning asosiy vazifalari; ·foydalanuvchilarga davlat organlariga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish; ·foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash; ·foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o'zaro hamkorligi samaradorligini oshirish; ·davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik to'siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish; ·«Elektron hukumat» tizimini yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko'maklashish. Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchilarning shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo'ljallangan. Yagona portal orqali interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish Yagona portal, foydalanuvchilarga davlat organlari tomonidan ko'rsatiladigan bir tomonlama, ikki tomonlama va tranzaktsion shakldagi interaktiv davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi. Interaktiv davlat xizmatlari Yig'ma reestri (keyingi o'rinlarda Yig'ma reestr deb ataladi) 2013-2020 yillarda O’zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtirish bo’yicha Respublika komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Yig'ma reestrga kiritilgan interaktiv davlat xizmatlari majburiy tartibda Yagona portal orqali berilishi kerak. Yagona portalni qo`llab-quvvatlash: Ахbоrоt ta`minoti vа tuzilmаviy mа’muriyatchilik – Davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yagona integrator “UZINFOCOM” Me'yoriy hujjatlar bazasi: "Elektron hukumat to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 15 sentyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 728-sonli qarori O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 dekabrdagi "Internet tarmog`ida O`zbekiston Respublikasining Hukumat portalini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi 259-son qarori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 23 avgustdagi “Davlat va xo'jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o'zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi 181-son qarori TEGLAR litsenziya tijorat o'qish hisob gramplastinka diplom xosting o'qituvchi xavfsizlik staj rieltor XUJMSh soliq murojaat qurilish bolalar bog'chasi to'lov kredit eksport sertifikat TIAISV ekspertiza kommunal kollej jarima vakansiya SMS ruxsat karta lotereya gaz YHQ elektrta'minot ta'mirlash WEBSUM yarmarka maktab oylik AKT ta'lim xavf-hatar plastik ma'lumotlar markazi sport internet ish sayt isitish shikoyat sog'liq arxiv pasport bank rezyume avtosug'urta ro'yxat shaharsozlik noshirlik telekommunikatsiya Yangi xizmatlar Yagona interaktiv davlat xizmatlar portalining yangi talqini
09.02.2017 Yagona portalda murojaatlar soni milliondan oshdi 02.02.2017 Fuqarolarni shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varag‘i holati haqida ma’lumot olish 31.01.2017 Bojxona organlariga elektron bojxona yuk deklaratsiyalarini taqdim etish 25.01.2017 Suvga quduqlarni burg‘ulash uchun ruxsatnoma Download 9.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling