Yagona va betakror


Download 7.87 Kb.
Sana13.11.2023
Hajmi7.87 Kb.
#1769512
Bog'liq
Yagona va betakror


Yagona va betakror
O.Umarov
Botqoqlashuvning oldini oladi. Zax, sho’rni yo’qotadi. Ozuqa beradi. Mebelsozlik sanoati uchun hom-ashyo beradi. Ipak, qog’oz beradi. Tabiiy bo’yoq beradi. Kiyim-bosh beradi. Tibbiy vositalar beradi. Kosmetologiya sanostini hom-ashyo bilan ta’minlaydi. Yana ko’p turdagi mahsulotlar olish mumkin. Hom-asyolarni tekin beradi. Yuz yilgacha har yili beradi. Yechimini topilsa 2,5 mln serdaromda yengil ish o’rinlari beradi. Mahsulotlar uzoq saqlanadi. Dunyo bozorida tayyor mahsulotlarga raqobat yo’q hisobi. Ekin yerini band qilmaydi. Ko’p suv so’ramaydi. Soya-salqinda o’saveradi. Manzara uchun ham foydalaniladi. Yagona va betakror.
Bu nima?
Bu noyob daraxt eramizning 5-asridan buyon O’zbekistonda ham foydalanib kelinayotgan, Qur’oni Karim suralarini yozib olish uchun qog’oz bergan tutdir.
Tut. Mahkam tut. Mehr bilan, ikki qo’lingda mahkam tut. Sev, e’zozla. Foydalan. Boy-badavlat yasha.
Uni istirohat maydonlarida, ko’chalarning ikki tomonida, tashkilot va muassasalarning hovlilarida, ko’p qavatli uylarning atroflarida manzarali daraxtlar orasidagi bo’sh joylarda ekib o’stir.
Mayli past bo’yli bo’lsin. Mayli ipak qurti boqib pillani 5 marta yetkazishning iloji bo’lmasin. Sen ekib qo’yaver. Manzarali ko’rinishda payvand-ulama qilib foydalan. Barglarini 4 marta terib olib chet ellik choy qadoqlovchilarga eksport qil. Eplasang o’zing ham ichlab chiqarib ekasport qilgin. Yilda bir novdalarini kesib olib, yog’ochni qayta ishlash korxonasiga sot. Yoki o’zing tsex tashkil qilgin.
Shahar va qishloqlardagi mahallalar hududida marvarid tut, shotutlar meva berib tursin. Tabib bobo aytganlar: uzoq va sog’lom yashamoqchi bo’lsang tut yegin. Begona mevalar senga asqotmaydi. Yana o’zing bilasan. Men eshitganimni aytdim, qo’ydim.
Boshqalar bilan ishing bo’lmasin. O’z kelajagingni o’yla. 2-3 soat bo’sh vaqt top. Yurtga xizmat qil. Umid 12-28 yoshli O’zbekistonlik yoshlardan. May-iyun oylari tut mevalarini to’plab, urug’ini ajratib ol. Bo’sh turgan joylarga 1-2 tadan urug’ tashlab qo’y. Engasha olsang pichoqcha uchi bilan ururg’ni tuproqqa aralashtirib qo’y. toki, O’zbekistonning istirohat hududlarida kamida 100 mln. tup tutlar o’zib chiqib, 3 yildan keyin 20 turdagi mahsulotlar beradigan, bepul beradigan, har yili beradigan, 12 tur hom-ashyolar olish imkoniyati vujudga kelsin.
Keyincha, ko’zimiz ochilgach, ipak qurti boqib, bir boqishda 30 ming tonna, uch marta takror boqishda 80-85 ming tonna pilla yetishtirib, ko’pchilikning doimimiy, yengil, serdaromda ish o’rinlari bilan ta’minlamoqchi bo’lsak. Buni ham yechimi bor. Plastic materiallardan, ichiga 5-7 qavat so’ngaklar o’rnatiladigan, yig’ma-ko’chma qurtxonlar yasab, ijaraga beradigan tadbirkorlarga taklif beramiz. Qurtxonlarni, bog’-xiyobonlarga o’rnatib ishxona, to’quv, tikuv, hunarmandchilik tsexi sifatida foydalanamiz. Pilasidan jarrohlik ipi, parashyut, gilam to’qiymiz.
Siz hozir buni tasavvur qila olmaysiz. Bu tabiiy. Lekin, hamma, ko’p qavatli uylarda yashovchilar, hatto talablar ham ishli, daromadli bo’lishadi. Keksalar haj ziyortalariga, yoshlar Parij, Londonga sayohatga bori kelish imkoniyatlariga ega bo’lishadi.
Shu niyatlarga sizlar, faqat yoshlar ozgina mehnatingiz bilan sharoit yaratib bera olasiz. To’siqlar bo’ladi. Quloq solmang. President ruxsat bergan va o’zi qo’llab-quvvatlab turadi. Eng ko’p ko’chat undirgan yoshlarni oliygohlarga yo’llanma va avtomobillar bilan, ota-onalarining esa haj safarlariga bepul yo’llanmalar bilan taqdirlaydi. Vaqt va xohish bo’lsa bo’ldi. Pul, ko’p mehnat, yer, suv ruxsat kerak emas. XXI asr yoshlari tarixda qoling. Savob oling.
Download 7.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling