Yahudiylik. Buxoro yahudiylari jamoasi tarixi


Download 35 Kb.
bet7/7
Sana23.01.2023
Hajmi35 Kb.
#1111648
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Yahudiylik

Kommunikativ funksiya muloqotni ta’minlaydi. U ham diniy, ham diniy bo‘lmagan faoliyat va munosabatlarda vujudga keladi, axborot almashish, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish, insonni inson tomonidan idrok etish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Diniy ong ikki xil muloqotni belgilaydi: dindorlarning o‘zaro bir-birlari bilan muloqoti va dindorlarning ibodat, namoz, meditatsiya, maxfiy qarashlar paytidagi mediator va vositachilari tomonidan gipostazir jonzotlar (xudo, farishta, o‘lganlarning ruhi, avliyolar va b.) bilan muloqoti.
Regulyativ funksiya ma’lum bir g‘oyalar, qadriyatlar, yo‘l-yo‘riqlar, stereotip qoliplar, fikrlar, an’analar, rusumlar, institutlar orqali individ, guruh va jamoalarning faoliyati, munosabatlari, ongi va axloqini boshqarishdan iborat. Ayniqsa, me’yorlar tizimi (diniy huquq, axloq va h.z.), namunalar (taqlid uchun ko‘psonli misollar), nazorat (qoidalar bajarilishini kuzatish), rag‘batlantirish va jazo berish (haqiqiy va o‘limdan keyin taqdirlanishiga va’da berish) muhim ahamiyatga ega.
Integratsion-dezintegratsion funksiyasi individ, guruh va institutlarni bir tomondan birlashtiradi, boshqa tomondan ularni ajratadi. Integratsiya shaxslarayrim ijtimoiy guruhlar, tashkilotlar, bir butun jamiyatdagi barqarorlik va chidamlilikni saqlasa, dezintegratsiya uni zaiflashishiga olib keladi. Integratsion funksiya ma’lum bir ma’noda yagona diniy e’tiqod mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Agar shaxslarning diniy ongi va xulq-atvorida bir-biriga muvofiq bo‘lmagan g‘oyalar, ijtimoiy guruh va jamiyatda bir-biriga qarama-qarshi konfessiyalar paydo bo‘lsa, dinning funksiyasi dezintegratsion bo‘ladi.
Madaniyatni targ‘ib qilish funksiyasi oldin madaniyatning ma’lum bir qatlamlari - yozuv, kitob bosish, san’atning umuman rivojlanishiga yordam bergan bo‘lsa, hozirda ba’zi madaniy fenomenlarni rag‘batlantirib, ba’zilarini inkor etgan holda diniy madaniy qadriyatlarni saqlash va ko‘paytirish, ilmiy-ma’naviy merosni nasldan naslga qoldirish vazifalarini bajaradi.
Legitimlashtirish-legitimlarni olib tashlash funksiyasi ba’zi jamoat tartiblari, institutlar, munosabatlar, me’yorlar, namunalarni majburiyat sifatida qonuniy qilish yoki ularning ba’zilarini qonundan chiqarish vazifalarini amalga oshiradi. Din ma’lum huquqiy talab va majburiyatlarni ilgari suradi va uning asosida ba’zi ko‘rinishlarga, ularga ma’lum munosabatni shakllantirgan holda baho beradi. Bunda majburiy va e’tiroz qilib bo‘lmaydigan xarakter muhim ahamiyat kasb etadi.
Yuqoridagilardan qisqa xulosa qilib aytganda, din insoniyat tarixidabirinchidan, umuminsoniy axloq me’yorlarini o‘ziga singdirib olib, ularni hamma uchun majburiy hulq-atvor qoidalariga aylantirgan; ikkinchidan, odamlarning bahamjihat yashashiga ko‘malashgan; uchinchidan, odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan hamda hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan; to‘rtinchidan, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan-avlodga yetkazishga yordam bergan va shu yo‘l bilan madaniyat rivojiga katta ta’sir ko‘rsatgan.
Download 35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling