Tadqiqotning ob’yekti. Yakkaxudolik dinlari sirasiga kiruvchi yahudiylik,
xristianlik va islom dinlaridagi g’ayb bilan bogliq masalalar.
Tadqiqotning predmeti. Bitiruv malakaviy ishini yoritishda tayaniluvchi
dinlardagi muqaddas manbalar, olimlarning bu boradagi tadqiqotlari.
Mavzuning maqsadi va vazifalari. Yurtimizda yoshlar tarbiyasi, ularni komil
inson qilib tarbiyalash, turli xil zaharlovchi unsurlardan himoya qilish hamda
yuqori madaniyat va salohiyatli qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb
muammolaridandir. Mavzuning maqsadi turli din vа mаdаniyаtlаrdа o’limdаn
keyingi jаrаyon turlichа tаsvirlari haqida yoshlar ongida tushunchalar hosil qilish,
shu bilan birga ularni turli mafkuraviy tayziq hamda diniy oqimlar faoliyatidan
saqlashdan iboratdir.
Mavzuning vazifalari esa quyidagilardan iborat:
- Yakkaxudolik dinlaridan sanalgan yahudiylik, xristianlik va islom dinlari
aqidalarida o’rin olgan g’ayb bilan bog’liq qarashlarni tavsiflash;
- Dinlardagi g’ayb tushunchalarini o’xshash va farqli tomonlarini aks ettirish,
qiyosiy tahlil qilish;
- Islom dinida keltirilgan kavniyot masalasi va uning muqaddas manbalar,
Qur’oni karim va hadislarda aks etilgan ma’lumotlarni keltirish;
- Islom ta’limotida g’aybiyot masalalarining aks etishi, undagi holatlar va
tushunchalarni tadqiq qilish;
6
- Musulmon ilohiyotchilarining yuqoridagi mavzu yuzasidan bergan ta’riflari,
dalillari va xulosalarini o’rganish va tahlil etish;
Do'stlaringiz bilan baham: |