Yakka tartibda uy-joy yoki koʻp kvartirali uylardan kvartira taʼmirlash uchun kredit ajratish boʻyicha ipoteka shartnomasi № creditnumber


Download 314.7 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana19.06.2023
Hajmi314.7 Kb.
#1612040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ipoteka KRIU (tamirlash)

??creditnumber??
 (
??creditnumber??
) soʻm belgilandi.
2.2. Kredit foizi, yillik
??creditnumber??
%. 
2.3. Kreditdan foydalanish muddati: 
??creditnumber??
(
??creditnumber??
) oy. 
2.4. Kreditdan foydalanganlik uchun foizlar ushbu shartnomada belgilangan nominal stavkada 
kredit qoldigʻiga nisbatan kunlik hisoblab boriladi. 
2.5. Kredit qarzdorlikni qaytarish shartnomaning ajralmas qismi boʻlgan qaytarish jadvali (1-
ilova) asosida amalga oshiriladi. 
2.6. Kredit va unga hisoblangan foiz (jarima, penya)larni qaytarish Kredit oluvchi /Birgalikda 
kredit oluvchining istagiga koʻra, bankning avtotoʻlov xizmati, bank kartasi, naqd pul, pul 
oʻtkazish yoʻli bilan va qonunchilik hujjatlariga zid kelmaydigan boshqa toʻlov usullari bilan 
amalga oshiriladi. Bunda, kelib tushgan mablagʻlar birinchi navbatda neustoyka, muddati oʻtgan 
kredit foizi, muddati oʻtgan kredit tani, muddatli kredit foizi soʻngra muddatli kredit tanini 
soʻndirishga yoʻnaltiriladi. 
3. Taraflar majburiyatlari 
3.1. Kredit oluvchi/birgalikda kredit oluvchining majburiyatlari. 
3.1.1 Kredit va unga hisoblangan foizlarni ushbu shartnomaning ajralmas qismi hisoblangan 
qaytarish jadvalida (1-ilova) belgilangan muddatlarda, toʻliq toʻlash; 
3.1.2 Kreditdan faqat mazkur shartnomada koʻrsatilgan maqsadlarda foydalanadi. 
3.1.3 Kreditdan foydalanish davomida kreditlashning asosiy tamoyillari: muddatlilik, 
toʻlovlilik, qaytarishlik, maqsadililik va taʼminlanganlikka rioya kilish; 
3.1.4 Bankka yashash manzilini, telefon raqamlarini (uyali, uy, ish) elektron pochta manzilini, 
ijtimoiy tarmoqlardagi pochta manzillarini (Telegram, WhatsApp, IMO va boshqalar) haqidagi 
haqqoniy maʼlumotlarni taqdim etish. Ushbu manzillar orqali olingan har qanday maʼlumot bank 
uchun qonuniy kuchga ega; 
3.1.5 Oʻzining ish joyi, yashash joyi, familiyasi va ismi oʻzgarganda, telefon raqamlari, 
elektron pochta manzili, ijtimoiy tarmoqdagi manzillari oʻzgarganda yoki mazkur shartnomada 


________Кредит олувчи 
________ БКО 
_________ Банк 

belgilangan majburiyatlarini bajarilishiga salbiy taʼsir koʻrsatadigan boshqa holatlar toʻgʻrisida 
yozma shaklda yoki oʻzlari uchun maqbul boʻlgan boshqa aloqa kanallari orqali 5 (besh) kun 
ichida bankka xabar berish. Ushbu talab bajarilmasligi oqibatida kelib chiqqan salbiy holatlarga 
Kredit oluvchi/BKO javobgar hisoblanadilar; 
3.1.6 Kredit hisobiga taʼmirlanayotgan (remont) uy-joy yoki kvartirani bankka garovga 
qoʻyadi.
3.1.7 Ipoteka krediti hisobidan taʼmirlangan uy-joy/kvartirani 3(uch) bank ish kuni ichida 
ipoteka predmetini yoʻqolish va shikastlanish tavakkalchiliklaridan sugʻurtalash, belgilangan 
tartibda kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish, garovni rasmiylashtirish chiqimlarini toʻlash; 
3.1.8 Garov mulkiga shikast yetkazilgan, yaroqsiz holga kelgan, yoʻqolgan taqdirda zudlik 
bilan bankka xabar berish va garov mulkini 10 (oʻn) kun ichida yuqori likvidli boshqa mulkka 
almashtirish; 
3.1.9 Kreditni qaytarish jadvaliga nisbatan ortiqcha toʻlangan mablagʻ kelgusi davrlarda 
soʻndirilishi rejalashtirilgan boʻlsa, u holda toʻlovni amalga oshirishdan 3 (uch) kun oldin Bankka 
bu haqida yozma murojaat qilish; 
3.1.10 Shaxsiy (BKOni xam) bank kartasini bankning “Avto-toʻlov” xizmatiga ulash; 
3.1.11 Kredit hisobidan taʼmirlangan uy-joy/kvartirani but holda saqlanishini taʼminlaydi. Uy-
joy/kvartiraning butligi saqlanmaganligi aniqlanganida yoki uy-joy/kvartiraga qasddan shikast 
yetkazilgan taqdirda, yetkazilgan zarar miqdorini oʻz hisobidan yoki garovga qoʻyilgan mulk 
hisobidan toʻlaydi. 
3.1.12 Kredit hisobiga taʼmirlangan uy-joyni/kvartirani ijaraga berish, uchinchi shaxslarni 
roʻyxatga qoʻyish faqat Bank roziligi bilan amalga oshirilishi shart. 
3.1.13 Bankka kreditdan maqsadli foydalanilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni, uy-
joy/kvartirani Kredit oluvchiga tegishliligini tasdiqlovchi hujjat (kadastr hujjati asli yoki 
nusxasi)ni monitoring uchun taqdim etadi. 
3.1.14 Shartnoma va garov shartnomasi boʻyicha majburiyatlarni bajarishga taʼsir 
koʻrsatadigan oilaviy holati oʻzgarganligi, ish joyi almashtirganligi, daromadlari oʻzgarganligi 
(shu jumladan, birgalikda Kredit oluvchilarniki) va boshqa maʼlumotlarni oʻz vaqtida taqdim etib 
borishi lozim. Kredit shartnomasida belgilangan muddatlarda Kredit oluvchi Bankka oʻzining 
moliyaviy holati haqida yangilangan maʼlumotlarni taqdim etishga majbur. 
3.1.15 Kredit muddati davomida birgalikda qarz oluvchi turli sabablarga koʻra toʻlov 
qobiliyatini yoʻqotsa (ishga umuman yaroqsiz boʻlib qolsa, turli kasallik guruhlariga chiqsa yoki 
vafot etsa va x.k.) boshqa toʻlov qobiliyati mavjud fuqaroni belgilangan tartibda birgalikda qarz 
oluvchi hujjatlari taqdim etish. 
3.1.16 Kreditdan maqsadsiz foydalanilganligi aniqlanganida, maqsadsiz foydalanilgan kredit 
miqdorining 25% miqdorida bankka jarima toʻlash bilan birga maqsadsiz ishlatilgan kredit 
mablagʻini bankka muddatidan oldin qaytaradi. 
3.1.17 Shartnoma shartlaridan biri bajarilmaganligi va hujjatlar taqdim etilmaganligi oqibatida 
shartnoma bekor boʻlgan holda ipoteka kreditidan foydalanganlik uchun hisoblangan foizlar, 
kredit mablagʻlarini akkreditiv hisobvaraqqa oʻtkazish paytidan boshlab bitim bekor boʻlgan 
paytga qadar kredit oluvchidan undiriladi. 
3.1.18 Kredit oluvchi mobil telefon raqami oʻzgarganligi haqida bankni oʻz vaqtida 
ogohlantirmaganligi sababli kelib chiqadigan, yaʼni, SMS xabar bankka berilgan dastlabki telefon 
raqamidan yangi foydalanuvchiga yuborilganligi oqibatida yuzaga kelishi mumkin boʻlgan 
holatlar uchun Kredit oluvchining oʻzi javobgar hisoblanib, SMS xabar yuborish uchun taqdim 
etilgan mobil telefon raqami oʻzgarganda ushbu oʻzgarish haqida bankni xabardor qiladi va yangi 
mobil telefon raqamini bankka taqdim etadi. 
3.1.19 Qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchi ipoteka krediti hisobiga taʼmirlangan uy – 
joy/kvartirada roʻyxatdan oʻtgan holda doimiy yashashi shart. 
3.1.20 Ushbu shartnoma va qonunchilik hujjatlaridagi boshqa majburiyatlar. 

Download 314.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling