Yakka tartibdagi tadbirkorlik sub’ektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati


Download 8.89 Kb.
Sana08.07.2018
Hajmi8.89 Kb.
background image
YAKKA TARTIBDAGI TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINI 

RO‘YXATDAN O‘TKAZISH UCHUN ZARUR BO‘LGAN HUJJATLAR 

RO‘YXATI 

 

Yakka  tadbirkorni

  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  uchun  jismoniy  shaxs 

tomonidan  o‘z  yashash  joyidagi  Tadbirkorlik  sub’ektlarini  ro‘yxatdan  o‘tkazish 

inspektsiyasiga  o‘zi  kelgan  holda,  pochta  aloqasi  yoki  Internet  tarmog‘i  orqali 

ariza-xabarnoma taqdim etiladi. 

Davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  ariza-xabarnomaga  quyidagilar 

ilova qilinadi:  

- 3x4 sm o‘lchamdagi ikkita fotosurat;  

- davlat  bojining  belgilangan  miqdori  to‘langanligi  haqidagi  bank  to‘lov 

hujjati; 

- ikki nusxada muhr va shtamp eskizlari 

- pasport nusxasi. 

 

Yuridik  shaxs  bo‘lmagan  oilaviy  tadbirkorlik  sub’ektini

  davlat 

ro‘yxatidan  o‘tkazish  uchun  oilaviy  tadbirkorlik  sub’ekti  nomidan  ish  ko‘ruvchi 

jismoniy  shaxs  tomonidan  o‘z  yashash  joyidagi  Tadbirkorlik  sub’ektlarini 

ro‘yxatdan  o‘tkazish  inspektsiyasiga  kelgan  holda,  pochta  aloqasi  yoki  Internet 

tarmog‘i  orqali  davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  to‘g‘risida  ariza-xabarnoma  taqdim 

etiladi. 

Davlat  ro‘yxatidan  o‘tkazish  to‘g‘risidagi  ariza-xabarnomaga  quyidagilar 

ilova qilinadi: 

- yuridik  shaxs  bo‘lmagan  oilaviy  tadbirkorlik  shaklida  faoliyatni  amalga 

oshiruvchi oila a’zolarining 3 x 4 sm o‘lchamdagi ikkita fotosurati; 

- davlat  bojining  belgilangan  miqdori  to‘langanligi  haqidagi  bank  to‘lov 

hujjati; 

- ikki  nusxada  muhr  va  shtamp  eskizlari  (yuridik  shaxs  bo‘lmagan  oilaviy 

tadbirkorlik sub’ektining xohishiga ko‘ra); 

- pasportlar  nusxalari  va  yuridik  shaxs  bo‘lmagan  oilaviy  tadbirkorlik 

shaklida  faoliyatni  amalga  oshiruvchi  oila  a’zolarining  qarindoshlik  darajasini 

tasdiqlovchi boshqa hujjatlar. 

 

Yollangan xodimlarni hisobga qo‘yish 

Tadbirkor  yollangan  xodimni  hisobga  qo‘yish  to‘g‘risida  xodim  bilan 

mehnat  shartnomasi  tuzilgan  sanadan  boshlab  uch  ish  kunidan  kechikmay  soliq 

bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga ariza taqdim etadi. 

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 

-  xususiy  tadbirkor  va  xodim  o‘rtasida  tuzilgan  mehnat  shartnomasi 

nusxasi; 

- xodimning 3x4 sm hajmdagi 2 dona fotosurati; 

- yollangan xodimning pasport nusxasi. 




Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling