Yakubjonova zarnigor mavzu: nomlovchi birliklar


Lug‘aviy qatorlarni ajratishning ekstralingvistik asoslari


Download 0.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/18
Sana10.09.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1675222
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
nomlovchi birliklar

3.2.Lug‘aviy qatorlarni ajratishning ekstralingvistik asoslari 
G‗ayrilisoniy asoslar tamoyilining mohiyati shundaki, borliqdagi narsa-buyum, belgi-
xususiyatlarda sifat farqlari bilan bir qatorda miqdoriy farqlar ham mavjud. Chunonchi, istagan 
turdagi organizm o‗sadi, rivojlanadi. Uning o‗sib rivojlanishi zamon (vaqt yoki yosh) bilan 
bevosita bog‗liqdir. Masalan, odam go‗daklik yoshlik navqironlik yetuklik qarilik holatlarini
o‗simlik navnihollik, ko‗chatlik, yetilganlik, quriganlik davrlarini boshidan kechiradi. 
Tabiatdagi rang va boshqa belgilar shunchalik xilma-xilki, bir butadagi ikki qizil gul bir-biridan 
rangining ochroq yoki to‗qroq ekanligi bilan farqlanadi. Borliqdagi narsalar orasidagi bunday 
miqdoriy farqlar shunchalik rang barangki, ularni to‗laligicha tavsiflab va sanab nihoyasiga 
yetish qiyin. Insonning faol ongi borliqdagi ana shunday miqdoriy farqlarni ma‘lum darajada 
aks ettiradi. Til ongning shakli bo‗lgani uchun u ongda aks ettirilgan mana shunday miqdoriy 
farqalarni turli usullar (aniqlovchilar, miqdoriy ko‘rsatkichlar, o‘lchov birliklari va hokazolar
bilan, jumladan alohida NBlar bilan ham ifodalanadi. Masalan, tilimizda nihol-ko‗chat-daraxt; 
ninni-chaqaloq-go‗dak-bola; 
buzoq-tana-g‗unajin-sigir 
kabi 
NBlar 
tizimida 
gradual 
munosabatlar mavjudligi, ularning lug‗atlarda berilgan izohida ham qayd etilgan. Jumladan, 
fikrimizning isboti uchun nihol-ko‗chat-daraxt; ninni-chaqaloq-go‗dak-bola NBlarining izohini 
ko‗zdan kechiraylik. 
NIHOL. Bu NB ―yosh novda yoki ko‘chat” ma‘nosini bildiradi. Bolani yoshdan asra, 
niholni boshdan asra (Maqol); Yosh niholga ustalik bilan qilingan payvand tez amal oladi 
(M.Ismoiliy. Farg‗ona tong otguncha) kabilar. Tilimizda shu leksema asosida ―nozik nihol‖ 
iborasi hosil qilingan: Nozik nihol daraxtlar. 
KO‘ChAT. Bu NB ―urug‘ yoki qalamchadan o‘sib chiqqan va boqqa joyga olib 
o‘tqaziladigan yosh daraxt nihol” ma‘nosini bildiradi. Mana shu anjirning ko‗chatini Ilhomjon 
Chorterakdan oldirib kelgan edi (Said Ahmad. Ufq) 
1
Расулов Р., Нарзиева М. Лексикологияни ўрганиш. –Тошкент: Ўқитувчи: 1992. -24-б. 


DARAXT. Bu NB ―tana qo‘yib, shox va novdalar chiqarib, tomir otib o‘sadigan ko‘p 
yillik o‘simlik” ma‘nosini bildiradi. Mevali daraxt; Mevasiz daraxt: Olma daraxti. Bu daraxtlar 
bir necha asr umr ko‗rgan, zo‗r dahshatli voqealar guvohidir (Oybek. Nur qidirib) kabilar. 
NINNI. Bu bolalar nutqiga xos NB bo‗lib, ―yangi tug‘ilgan bola, chaqaloq‖ ma‘nosini 
bildiradi. Azimjonning onasi unga yangi ukacha - ninni olib keldi (so‘zlashuv nutqidan). 

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling