Якуний назорат саволлари
Download 40.71 Kb.
|
1 2
Bog'liqMoliyaviy hisobdorlik yozgi imtihon
Якуний назорат саволлари. Бухгалтерия ҳисобининг таркибий тузилиши–молиявий ва бошқарув ҳисоби. Ma‘lumki, buxgalteriya hisobi qarorlar qabul qilish uchun zarur bolgan axborotni ulchash, ishlash va topshirish tizimi sifatida ta‘riflanadi.Bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda buxgalteriya hisobi ikki turga bulinadi, ulardan birinchisi Moliyaviy hisob va ikkinchisi Boshqaruv hisobidir. Moliyaviy hisobni qisqacha ta‘riflaydigan bolsak, u davlat va nodavlat organlarning ishlab chiqqan va tavsif etilgan barcha qonun va qoidalariga rioya qilingan holda yuritiladigan buxgalteriya hisobining turidir. Uning ma‘lumotlaridan faqat sub‘ektning raxbariyati tomonidan ichki maqsadlar uchungina foydalanilmay, bu ma‘lumotlar sub‘ektdan tashqaridagilarga ham foydalanish uchun topshiriladi.Buxgalteriya hisobotini oluvchilar ulardan togri foydalanishlari uchun buxgalteriya hisobining amaliyotiga ta‘sir etadigan tashkilotlar tomonidan buxgalteriya hisobi buyicha kullanmalar tizimi ishlab chiqildi. Bunday kullanma bozor iqtisodiyotidagi mamlakatlarda, jumladan A+SH da umumqabul qilingan buxgalteriya prinsiplari deb nomlanadi. Bu prnsiplar buxgalter va ishbilarmonlar tomonidan ulardan foydalanuvchilarning talablarini kondirish uchun doimo rivojlantirilib va ozgartirilib boriladi. Boshqaruv hisobi axborot turlaridan biridir. U sub‘ekt doirasidagi jaryon hisoblanib, sub‘ektning xodimlari tomonidan rejalashtirish, uzini boshqarish va sub‘ektning faoliyatini nazorat qilish uchun foydalaniladigan axborot bilan ta‘minlaydi. Bu jarayon boshqaruv xodimlariga uz funksiyalarini bajarish uchun zarur bolgan axborotni topish, ulchash, yigish, taxlil qilish, tayyorlash, tushuntirib (izox) berish, topshirish va qabul qilishlarni uz ichiga oladi.Ma‘lumki, tashkilotning kundalik faoliyati natijasida turli tuman va har kuni sodir bolgan vokealar buyicha tezkor axborot yuzaga keladi. Bu axborot moliyaviy va boshqaruv hisobida aks ettiriladigan yakuniy axborot uchun xomashyodir. Umuman olganda, menedjer uchun har qanday axborot ham, u hisob obe‘ktimi yoki yukmi?, baholash mumkinmi yoki yukmi?, undan kat‘iy nazar, u juda muximdir. Masalan, buyurtmachi kompaniya maxsulotining sifatidan norozi va u boshqa mol etkazib beruvchini kidirishga tayyor ekanligi togrisidagi xabarni oldi, garchi u hisob ob‘ekti bolmasa ham va uni mikdoriy jixatdan baholab bolmasa ham, bunday axborot uzicha juda muximdir. Пул маблағлари ва ҳисоб китоблар ҳисоби Pul mablaglari hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining beshinchi bulimidagi, hisob-kitoblar esa oltinchi bulimidagi schyotlarda yuritiladi. Pul mablaglari va hisob-kitoblar hisobining asosiy vazifalari qoyidagilardan iborat: -pul mablaglari va hisob-kitob maomalalarini oz vaqtida va togri hujjatlashtirish; -korxona kassasidagi Naqd pul mablaglari va kimmatli qogozlarni butligini operativ, kundalik nazorat qilish, pul mablaglarini kat‘iy belgilangan maqsadga sarflanishini, byudjet, banklar, xodimlar va boshqa muassasalar bilan togri va oz vaqtida hisoblashishlarni, mol sotib oluvchi va mol yuboruvchilar bilan shartnomada belgilangan hisoblashish shakllariga amal qilishni nazorat qilish; -karzlarni kaytarish muddatidan utkazib yubormslik maqsadida debitolar va kreditorlar bilan olib borildigan hisob-kitoblarni oz vaqtida solishtirish.Bozor iqtisodi sharoitida pul mablagini va uning ekvivalentlarini saklash, kirimi va sarfini ustidan kattik va tizimli nazorat urnatish lozim. CHunki ular tez harakat qiladigan va ugirlanishi nisbatan oson bolgan mablaglardir. YUridik shaxs sifati faoliyat ko‗rsatayotgan va mustaqil balansiga ega bo‗lgan korxonalar tijorat banklarining birida o‗zlarining hisob - kitob schyotini ochadilar. Ular talab qilib olinguncha, jamg‗arma, muddatli va boshqa depozit hisobvaraqlarini ochish, boshqa bankka o‗tkazish va yopish tartibi “O„zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to„g„risida Yo„riqnoma” (O„zR AV tomonidan 27.04.2009 y. 1948-son bilan ro„yxatdan o„tgan) bilan tartibga solinadi. Hisob -kitob schetini ochish uchun bankka quyidagilarni taqdim qilish kerak: - ariza; - davlatdan royxatdan otganligi togrisida guvoxnoma nusxasi; - imzolar va muxr namunalari bosib tushirilgan kartochkaning ikkita nusxasi. Асосий воситаларни эскириши ҳисоби Asosiy vositalarning eskirishi - asosiy vositalar ob‘ektlarining boshlang‗ich imkoniyatlarini (jismonan va ma‘nan) yo‗qotganligini tavsiflovchi jarayondir. Eskirish me‘yori - asosiy vositalarning boshlang‗ich (tiklash) qiymatiga foizlarda ifodalangan eskirish kattaligi. Amortizatsiya - foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va kiritish. Amortizatsiya ajratmalarini hisoblash, ob‘ektni foydalanishga qabul qilingan oydan keyingi oyning dastlabki sanasidan boshlanadi hamda mazkur ob‘ektning amortizatsiyalanadigan qiymati to‗liq qoplangunga qadar yoxud uni balansdan hisobdan chiqarilguncha amalga oshiriladi (5-son BHMSning 30-bandi). IAS 16 standartiga asosan asosiy vosita ob‘ektining qandaydir qisminingtannarxi ushbu ob‘ektning umumiy tannarxiga nisbatan katta bo‗lganida, bunday har bir qism bo‗yicha eskirish alohida hisoblanishi kerak. 5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar bo‗yicha amortizatsiya summasi quyidagi usullardan birini qo‗llash yo‗li bilan hisoblanishi mumkin: 1) amortizatsiyani bir tekisda (to‗g‗ri chiziqli) hisoblash; 2) amortizatsiyani bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda hisoblash (ishlab chiqarish usuli); 3) ikki karrali amortizatsiya meeri bilan kamayib boruvchi qoldiq usuli; 4) yillar yig‗indisi usuli (kumulyativ usul). Бухгалтерия баланси ва ундаги ўзгаришлар Баланс - (французча balance-торози) – «тенглик», «тарозининг икки палласи» деган маъноларни билдиради. Бухгалтерия балансининг таркибий тузилиши: Актив ва пассив. Актив: 1-bolim Uzoq muddatli aktivlar, 2-bolim Joriy aktivlar. Пассив: 1-bolim oz mablaglari manbalari, 2-bolim majburiyatlar. Balans turlari: boshlangich balans, hisobit balans, tugatish balans. Boshlangich balans korxona tashkil topayotganda tuziladi. Hisobot balans korxona faoliyati davomida tuziladi. Тугатиш баланси эса корхона, ташкилот, муассасанинг тугатилаётган муддатдаги хўжалик маблағлари ва уларнинг манбалари қай ҳолатда эканлиги ҳақида маълумот беради. Бухгалтерия балансига таъсир этувчи асосий омиллар: 1.Хўжалик юритувчи субъектлар фаолия-тини амалга ошириш давомида турли жараёнлар рўй бериб, бу жараёнлар натижасида шу корхонага тегишли бўлган хўжалик маблағлари ва уларнинг ташкил топиш манбалари таркибий ҳамда миқдорий жиҳатдан ўзгаради. 2.Балансга таъриф берилганида, унинг икки қисми — актив ва пассив томонлари мос равишда хўжалик маблағлари ҳамда хўжалик маблағларининг ташкил топиш манбаларини акс эттиради дейилди. Демак, табиийки, хўжалик маблағлари ва улар ташкил топиш манбаларининг хўжалик жараёни натижасида ўзгариши балансда ўзгариш рўй беришига олиб келади. Баланснинг асосий маълумот манбайи бўлиб, бухгалтерия ҳисобининг бошланғич ва йиғма ҳужжатлари ҳисобланади. Шунингдек,Бухгалтерия ҳисобининг асосий тамойили ёки ўзига хос усули ҳисобланган «Иккиёқлама ёзув» баланс томонларининг тенглигини таъминловчи усулдир. Балансдаги хўжалик маблағлари ва уларнинг келар манбалари бўйича охирги қолдиқ асосан бош китобдан олинади. Номоддий активлар ҳисоби. 38-sonli ―Nomoddiy aktivlar‖ MHXSga mufofiq tadbirkorlik sub‘ektlari nomoddiy aktivlarni, masalan, ilmiy yoki texnik bilim, yangi jarayonlar yoki tizimlar dezayni va amalga oshirilishi, litsenziyalar, intellektual mulk, bozor bilimi va savdo mulklarini (jumladan, brend nomlar va chop etish nomlari) sotib olishda, takomillashtirishda, saqlash yoki yaxshilashda tez-tez resurslarni kengaytiradilar yoki majburiyatlarni tan oladilar. Ushbu keng ko‗lamni qamrab oladigan oddiy misollarga kompyuter dasturi, patentlar, avtorlik huquqlari, tasviriy filmlar, mijozlar ro‗yxatlari, ipotekaga xizmat ko‗rsatish huquqlari, baliq ovlash litsenziyalari, import kvotalari, franchayzinglar, mijoz yoki ta‘minotchi aloqalari, mijoz sodiqligi, bozor ulushi va marketing huquqlarini keltirish mumkin. Nomoddiy aktivlarga - intellektual mulk ob‘ektlariga quyidagi ob‘ektlar kiritilgan: - patent egasining ixtiro, sanoat namunalari va foydali modellarga bo‗lgan mutlaq huquqi; - muallif yoki boshqa huquq egasining EHM uchun dasturlar va ma‘lumotlar bazalariga bo‗lgan mutlaq huquqi; - muallif yoki boshqa huquq egasining integral mikrosxemalarning topologiyalariga bo‗lgan mutlaq huquqi; - huquq egasining tovar belgisi va xizmat ko‗rsatish belgisiga bo‗lgan mutlaq huquqi, shunigdek tovar ishlab chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi; - huquq egasining seleksiya yutuqlariga bo‗lgan mutlaq huquqi; Nomoddiy aktivlar kelib tushishi boshlang‗ich xujjatlar bilan rasmiylashtirilishi lozim. Nomoddiy aktivlarni xarid qilish bilan bog‗liq xarajatlar uzoq muddatli investitsiyalarga kiritiladi va 0830-"Nomoddiy aktivlarni xarid qilish" hisobvarag‗ining debeti bo‗yicha aks ettiriladi. Ushbu hisobvaraqda nomoddiy aktivlarni mo‗ljallangan maqsadlarda foydalanish uchun yaroqli holatgacha keltirish bilan bog‗liq xarajatlar yig‗iladi. Пул оқимлари тўғрисидаги ҳисобот Pul oqimi to‗g‗risidagi hisobot ma‘lum bir hisobot davrida korxonaning pul mablag‗lari holatiga operastion, investistiya va moliyaviy faoliyati ta‘sirini aks ettiradi va shu davr ichida pul mablag‗lari o‗zgarishini ko‗rsatadi. Pul oqimi to‗g‗risidagi hisobot ma‘lumotlaridan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni beradi: - korxonaning pul mablag‗lari va ularning ekvivalentlarini ishlab topish qobiliyatini, shuningdek shunga o‗xshagan pul mablag‗laridan foydalanishda korxona ehtiyojini baholash; - korxonaning sof aktividagi o‗zgarishlarni, moliyaviy tarkibi va uning o‗zgaruvchan vaziyat hamda imkoniyatlarga moslashish maqsadida pul oqimlarining summalari, shuningdek, o‗z vaqtida tushishiga ta‘sir etish qobiliyatini baholash; - turli korxonalarning operastion faoliyati to‗g‗risidagi hisobotni taqqoslash. Chunki bu xo‗jalik faoliyatining bir xil muomala va vaqealari uchun buxgalteriya hisobining turli usullaridan foydalanish oqibotlarini bartaraf etadi. Pul oqimi to‗g‗risidagi hisobotda pul mablag‗lari oqimi quyidagi faoliyatlar bo‗yicha tasniflanadi: operastion faoliyati; investistion faoliyati va moliyaviy faoliyati. Operastion faoliyatidan olinadigan pul mablag‗lari hajmi korxona faoliyati samarasining hal etuvchi ko‗rsatkichi hisoblanadi. Chunki u tashqi moliyalash manbalarisiz ssudalarni qaytarish, mehnat unumdorlik darajasini saqlash, dividendlar to‗lash va yangi kapital qo‗yilmalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Operastion faoliyatidan bo‗lgan pul mablag‗lari harakati birinchi navbatda daromad olish bo‗yicha asosiy faoliyat natijasi hisoblanadi. Investistion faoliyat – bu pul ekvivalentiga kirmaydigan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investistiyalarni sotib olish va sotish, qaytariladigan kreditlarni berish va olish. Bularga bino, asbob – uskuna, nomoddiy va boshqa aktivlarni sotish va sotib olish, akstiya yoki boshqa qarz majburiyatlarini sotishdan tushgan tushum va boshqa korxonalarning akstiyalari va qarz majburiyatlarini sotib olish,fyuchers, forvard, opsion va svop – shartnoma bo‗yicha tushumlar va ular bo‗yicha to‗lovlar kiradi. Moliyaviy faoliyat – bu shunday faoliyat turiki, uning natijasida korxonaning xususiy kapitali va qarzlari hajmi va tuzilishida o‗zgarish hosil bo‗ladi. Пул оқимлари тўғрисидаги ҳисобот – молиявий ҳисобот ҳужжати бўлиб, унда жорий хўжалик фаолияти жараёнида пул маблағлари келиб тушиши, сарфланиши ва уларнинг йил боши ва охиридаги қолдиғи, шунингдек, инвестиция ва молиявий фаолиятга йўналтирилган пул маблағлари акс эттирилади. Товар моддий заҳиралар ҳисоби. Tovar-moddiy zaxiralar hisobining asosiy qoidalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: tan olish paytini aniqlash, tasniflash, balans qiymatini baholash; tovar-moddiy zaxiralar tannarxiga kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, kelgusi xarajatlarni, shu jumladan tovar-moddiy zaxiralar qiymatini xarajat sifatida tan olish; tovar-moddiy zaxiralar qiymatini realizatsiya qilishning sof qiymatiga qadar kamaytirish (baholash); ularning chiqib ketishidan moliyaviy natijalarni aniqlash hamda moliyaviy hisobotda ular bo‘yicha axborotni yoritib berish tartibi. tovar-moddiy zaxiralar — keyinchalik sotish maqsadida normal faoliyat yuritish jarayonida tutib turiladigan va ishlab chiqarish jarayonida mavjud bo‘lgan, shuningdek mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun foydalaniladigan moddiy aktivlar; Tovar-moddiy zaxiralar aktiv sifatida tan olinadi, agar: a) tashkilotga aktiv bilan bog‘liq kelgusidagi iqtisodiy naf kelishiga ishonch mavjud bo‘lsa; b) aktiv qiymatini ishonchli baholash mumkin bo‘lsa; v) ularga bo‘lgan mulk huquqi o‘tsa. Tovar-moddiy zaxiralarga bo‘lgan mulk huquqi, ular bilan bog‘liq xatarlar va mukofotlarning o‘tish payti mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartlari kelishiladigan mahsulot yetkazib berish (oldi-sotdi) shartnomasi asosida belgilanadi. Харажатлар ҳисоби. Одатда харажатлар деганда истеъмол қилинган ресурслар ёки товарлар ва хизматлар учун тўлаш лозим бўлган пул тушунилади. Бошқариш учун менежерларга шунчаки харажатлар эмас, балки бирор нарсага (маҳсулотга, унинг туркумига, хизматга) чиқимлар тўғрисидаги, яъни «харажатлар ҳисоби объектига» чиқимлар тўғрисидаги ахборот зарур. Харажатлар – маълум мақсадларда фойдаланилган ресурслар ҳажмининг пулдаги ифодаси. Харажатларнинг мақсади - харажатлари алоҳида ўлчанадиган ҳар қандай фаолиятдир. Маҳсулот, цех, савдо ҳудуди ёки аниқлаш мумкин бўлган ҳар қандай фаолият бунга мисол бўла олади. а) Маҳсулотга тегишли харажатлар ва давр харажатлари Маҳсулотга тегишли харажатлар тайёр маҳсулот ишлаб чиқариш билан боғлиқ. Бу харажатлар заҳиралар қийматига киритилади. Маҳсулотга тегишли харажатларга асосий материалларни, асосий меҳнатни ва ишлаб чиқаришга устама сарфларни киритишади. Умумий ишлаб чиқариш харажатлари – (ишлаб чиқариш устама харажатлари) – булар маҳсулот ишлаб чиқаришга сарфланган асосий материаллар ва асосий меҳнатдан ташқари барча харажатлардир, яъни ишлаб чиқариш билан боғлиқ бўлган, лекин тайёр маҳсулотнинг аниқ бир турига тегишли деб бўлмайдиган турли сарф-харажатларнинг йиғиндисидир. Давр харажатларига улар пайдо бўлган даврда қилинган, лекин заҳиралар қийматига қўшилмайдиган сарфлар киради. Давр харажатларига сотиш харажатлари ва маъмурий харажатлар киради. Маҳсулотни сотиш билан боғлиқ харажатлар – корхонанинг маҳсулотни сотиш, уни бозорга олиб бориш харажатларидир. Маъмурий харажатлар – корхонанинг умумий фаолияти билан боғлиқ (масалан, маъмурий ходимларнинг иш ҳақи, маъмурий бино ва офис анжомлари амортизацияси ва шу каби харажатлардирУмумий ишлаб чиқариш харажатлари – (ишлаб чиқариш устама харажатлари) – булар маҳсулот ишлаб чиқаришга сарфланган асосий материаллар ва асосий меҳнатдан ташқари барча харажатлардир, яъни ишлаб чиқариш билан боғлиқ бўлган, лекин тайёр маҳсулотнинг аниқ бир турига тегишли деб бўлмайдиган турли сарф-харажатларнинг йиғиндисидир. Давр харажатларига улар пайдо бўлган даврда қилинган, лекин заҳиралар қийматига қўшилмайдиган сарфлар киради. Давр харажатларига сотиш харажатлари ва маъмурий харажатлар киради. Маҳсулотни сотиш билан боғлиқ харажатлар – корхонанинг маҳсулотни сотиш, уни бозорга олиб бориш харажатларидир. Маъмурий харажатлар – корхонанинг умумий фаолияти билан боғлиқ (масалан, маъмурий ходимларнинг иш ҳақи, маъмурий бино ва офис анжомлари амортизацияси ва шу каби харажатлардир). Тайёр маҳсулотларни жўнатиш, сотиш, ишларни бажариш ва хизмат кўрсатишнинг аналитик ҳисоби. Yuklab jo‗natilgan mahsulotlar (bajarilgan ish va ko‗rsatilgan xizmat) lar –mahsulot hamda xizmatlar uchun to‗lov hujjatlari, mol yuboruvchilar tomonidan bankka topshirilgan, lekin xaridorlar tomonidan to‗lanmagan summani anglatadi. Oy oxirida yuklab jo‗natilgan, lekin to‗lov hujjatlari bankka topshirilmagan mahsulotlar balansda ombordagi tayyor mahsulotlar bilan birga aks ettiriladi va korxonaning aylanma mablag‗lari tarkibida ko‗rsatiladi. Tayyor mahsulotlar harakatining sintetik hisobi 2810 «Ombordagi tayyor mahsulotlar» schyotida yuritilib, u mavjud tayyor mahsulotlar va ularning harakati to‗g‗risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Bu schyotning debetida omborga tushgan mahsulotlar, kreditida esa ombordan jo‗natilgan mahsulotlar aks ettiriladi. Agar mahsulotlar harakatining joriy hisobi reja tannarxida yuritilsa, 2810-schyotning debetida ikkita ko‗rsatkich reja tannarxi va reja tannarxidan farq summasi hisobga olinadi. Agar joriy hisobda korxonaning ulgurji baholari qo‗llanilsa, 2810 schyotning debetida quyidagi ko‗rsatkichlar bo‗ladi: ishlab chiqarilgan mahsulot qiymatining korxona ulgurji bahosi va ulgurji baho qiymati bilan haqiqiy tannarxi orasidagi farqi. Mahsulot (ish va xizmat) larni sotish hisobi 9010 -«Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar», 9020 -«Tovarlarni sotishdan daromadlar» va 9030- «Ishlar bajarish va xizmatlar ko‗rsatishdan daromadlar» schyotlarida yuritiladi. Ushbu schyotlar tranzit bo‗lib, passiv schyotlarga mansubdir. Bu schyotlar tayyor mahsulotlar tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‗rsatilgan xizmatlarni sotish jarayoni to‗g‗risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan. Bu schyotlarning kredit qoldiqlari moliyaviy natijani aniqlash maqsadida har oyning oxirida 9910 - «YAkuniy moliyaviy natija» schyotiga o‗tkazilib boriladi. Маҳсулот, товар (иш, хизмат)лрни сотиш ҳисоби 1. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibi Mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish tannarxiga bevosita mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan, ishlab chiqarish texnologiyasi va uni tashkil etish bilan shartlangan xarajatlar kiritiladi. Ularga quyidagilar tegishli bo‘ladi: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari, boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ustama xarajatlar. Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxini hosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruhlarga ajratiladi: ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda); ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mehnatga haq to‘lash xarajatlari; ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar; asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi; ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar. Mahsulot, ishlar va xizmatlar sotishdan olingan yalpi foyda va zarar hisobot davri oxirida sotishdan tushgan sof tushum bilan sotilgan mahsulot, ishlar va xizmatlarning haqiqiy tannarxi orasidagi farqi miqdorida aniqlanadi. Tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko‗rsatilgan xizmatlar, olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytarilishi, sotish narxlaridan chegirmalar to‗g‗risidagi axborotlar quyidagi: 9010-«Mahsulot sotishdan olingan daromad», 9020-«Tovarlar sotishdan olingan daromadlar», 9030-«Bajarilgan ishlar va ko‗rsatilgan xizmatlardan olingan daromadlar», 9040-«Sotilgan tovarlarni qaytarish», 9050-«Xaridor va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar» schyotlarda aks ettiriladi. Капитал ва фондлар ҳисоби Iqtisodiyotni modernizastiyalash sharoitida korxonalar o‗z moliyaviy resurslarini mustaqil shakllantirishlari mumkin. Korxona moliyaviy resurslarinining asosiy manbalari bo‗lib foyda, amortizastiya ajratmalari, qimmatli qog‗ozlarni sotishdan olingan mablag‗lar, aksionerlar yuridik va jismoniy shaxslarning pay va boshqa badallari, shuningdek, kreditlar va qonunchilikka zid bo‗lmagan boshqa tushumlar hisoblanadi. Korxonaning o‗z mablag‗larini shakllantirish asosiy manbai bo‗lib, uning mulkdorlari tomonidan korxonaga qo‗yilgan mablag‗lar majmui bo‗lgan ustav kapitali hisoblanadi. Ustav kapitalini shakllantirish tartibi qonunchilik va ta‘sis hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Chunonchi, davlat korxonalarining ustav fondi korxona foydalanishga topshirilgan vaqtida o‗z faoliyatini amalga oshirish uchun davlat tomonidan ajratilgan mablag‗larni aks ettiradi. Ustav (fondi) kapitalining hisobi 8300 «Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‗lib quyidagi: 8310 «Oddiy akstiyalar»; 8320 «Imtiyozli akstiyalar»» 8330 «Pay va ulushlar» schyotlarga bo‗linadi. Davlat subsidiyalari - bu kompaniya tomonidan o‗tgan davrda yoki kelajakda uning operastion faoliyati bilan bog‗liq bo‗lgan ma‘lum shartlarni bajargani yoki bajarishi evaziga resurslarni o‗tkazib berish shaklidagi hukumat yordamidir. Asosli ravishda baholab bo‗lmaydigan, shuningdek kompaniyaning odatdagi savdo muomalalaridan ajratib bo‗lmaydigan hukumat bilan olib boriladigan operastiyalar davlat subsidiyalariga kiritilmaydi. Молиявий натижалар ҳисоби. Korxona faoliyatining moliyaviy natijasini ta‘riflovchi sintetik ko‗rsatkich bo‗lib balans (yalpi) foyda va zarari hisoblanadi va Nizomga asosan tartibga solinadi.12 Ushbu Nizomning ahamiyati behad katta bo‗lib u soliqqa tortiladigan foyda bilan buxgalteriya schyotida (balans foyda) hosil bo‗ladigan foyda farqini aniqlash imkoniyatini beradi; foydalanuvchilar tomonidan qarorlar qabul qilish uchun moliyaviy hisobotning ahamiyatini oshiradi. Nizomga ko‗ra, bir tomonidan korxonalarga hisobot davri ichida sodir bo‗lgan xarajatlar va daromadlar to‗g‗risidagi aniq ma‘lumotlarni olish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan soliq qonunlariga binoan soliq organlariga hisobotlarni tuzib topshirish imkoniyatini yaratadi. Bunda davlat o‗z vakolatli organlari orqali soliq hisobotini to‗g‗riligini tekshirish huquqiga ega. Moliyaviy natijalarning shakllanishi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining 9- bo‗limida hisobga olinadi. Бошқарув ҳисобини ташкил этиш. Boshqaruv hisobi - bu bozor munosabatlari zamriyati bilan paydo bo'lgan, korxona va uning turli bo'g'inlaridagi tarkibiy tuzilmalarining faoliyatlari yuzasidan taktik va strategik boshqamv qarodarini qabul qilish uchun xarajatlar va daromadlar to'g'risidagi axborotni taqdirn etuvchi; korxona hisob siyosatiga muvofiq yuritiladigan, tarkibiga korxona moliyaviy-xo:jalik faoliyatini budjctlashtirish, investitsiya loyihalarini tahlil qilish, xarajatiami hisobga olish va mahsulotlar tannarxini kalkulatsiya qilishning ilg'or usullarini qo'llash, javohgarlik markazlari ho'yicha segmentar hisobot tuzish, ichki xO'Jalik bo'linmalari o'rta~idagi muomalalarda foydalaniladigan transfert baholarni shakllantirish; l30shqaruv hisobida hujjatlashtirish va inventarizatsiya, baholash va kalkulatsiya, schotlar va ikkiyoqlama yozuv, balansda umumlashtirish va hisobot kabi moliyaviy hisob usullarining barcha clementlaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, unda iqtisodiy tahIil, iqtisodiy-matematik va statistik usullar ham keng qo'llaniladi. Boshqamv hisobi an'anavjy buxgalteriya hisobi, operativ-texnik va statistika hisobi hamda iqtisodiy tahlilning ko'pgina unsurlaridan foydalanadi. Boshqamv hisobining tashkil etilishi va o'z vaqtida yuritilishi oqilona boshqaruv qarorlarining o'z vaqtida qabul qilinishi, kOI-xona faoliyatini rejalashtirish, tahlil va nazorat qilish imkonini berib, ishlab chiqarish samaradorligini oshiradi. Odatda, korxonalarda boshqaruv hisobi quyidagi faoliyat turlari bo'yicha yuritiladi: ta'minot-tayyorlov faoliyati; ishlab chiqarish faoliyati; moliya-tijorat faoliyati; tashkiliy faoliyat. Инвистициялар ҳисоби Investisiyalar - investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari ob'ektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk ob'ektlariga bo‘lgan huquqlardir. Investisiya resurslari: pul mablag‘lari (shu jumladan chet el valyutasi) va boshqa moliyaviy mablag‘lar, shu jumladan kreditlar, paylar, ulushlar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar; ko‘char va ko‘chmas mol-mulk hamda ularga bo‘lgan huquqlar; intellektual mulk ob'ektlari, shu jumladan ishlab chiqarish tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar, patentlangan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlar; Investitsiya turlari: Moliyaviy investisiyalar — xo‘jalik sub'ekti tasarrufidagi (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) daromad olishga mo‘ljallangan, investisiya qilingan kapital qiymatining ortishi yoki investisiya qiluvchi kompaniyaning boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar. Qisqa muddatli (joriy) investisiyalar - muomalada bo‘lish muddati 12 oydan oshmaydigan oson realizasiya qilinadigan investisiyalar. Uzoq muddatli investisiyalar — qisqa muddatli (joriy) investisiyadan tashqari barcha investisiyalar. Ko‘chmas mulkka investisiya — investisiya qiluvchi sub'ektning yoki investisiya qiluvchi sub'ekt guruhiga kiruvchi boshqa sub'ektning ishlab chiqarish faoliyati davomida foydalanilmaydigan yer maydonlariga yoki imoratlarga investisiyalar. Boshqa korxonalarning qimmatli qog‘ozlariga, mamlakat hududida va xorijda tuzilgan sho‘'ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ustav kapitallariga qilingan uzoq muddatli investisiyalar (qo‘yilmalar)ning mavjudligi va harakati hamda boshqa korxonalarga berilgan uzoq muddatli qarzlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi: 0610 "Qimmatli qog‘ozlar"; 0620 "Sho‘'ba xo‘jalik jamiyatlariga investisiyalar"; 0630 "Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investisiyalar"; 0640 "Chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investisiyalar"; 0690 "Boshqa uzoq muddatli investisiyalar". Устав капитали ва уни ҳисобга олиш. Ustav (fondi) kapitalining hisobi 8300 «Ustav kapitalini hisobga oluvchi schyotlar» schyotida yuritiladi. Bu schyot passiv bo‗lib quyidagi: 8310 «Oddiy akstiyalar»; 8320 «Imtiyozli akstiyalar»» 8330 «Pay va ulushlar» schyotlarga bo‗linadi. Yuqorida keltirilgan schyotlar davlat korxonalari, birlashmalari va tashkilotlarining ustav fondini va aksioner jamiyatlari va shirkatlarning ustav kapitalini hisobga olish uchun tayinlagan. Bu schyotlarda ro‗yxatdan o‗tkazilgan miqdor doirasidagi haqiqiy ustav kapitali yoki to‗langan akstiyalarni nominal qiymati aks ettiriladi. Ustav kapitalining miqdori ustavda ro‗yxatdan o‗tkazilgan summadan ortiq bo‗lishi mumkin emas. Ta‘sischilarga qaytarilgan ulushi ustav kapitalni kamaytirmaydi, balki aksioner jamiyati tomonidan o‗z akstiyalarini sotib olingandek rasmiylashtirilib 8610 «Sotib olingan xususiy akstiyalar - oddiy» va 8620 «Sotib olingan xususiy akstiyalar - imtiyozli» schyotlarning debetida aks ettiriladi. Бухгалтерия ҳисоби фанининг предмети ва усуллари Buxgalteriya hisobining predmetini o’rganishda, uning tarixiy xarakterini hisobga olish kerak. Chunki buxgalteriya hisobi predmetning mazmuni har xil iqtisodiy tuzumlarda bir xil bo’lmagan. Ularning o’zgarishi bir tuzumdan boshqasiga o’tish paytida, mulkchilik shakllarining rivojlanishi bilan belgilanib borilgan. Boshlang’ich jamoa tuzumida hisobning predmeti sifatida umumiy mulkchilik tashkil qilgan mablag’lar va shu mablag’lardan foydalanishga doir operatsiyalar qaralgan. Ushbu mulkchilik jamiyatida feodallarning ishlab chiqarish vositalariga va qullarga bo’lgan egaligi hisobning predmeti bo’lgan.Ishlab chiqarish vositalari, mehnat buyumlaridan tashqari, bevosita jonli mehnat sohibi va dehqonga ega bo’lgan feodal o’z xohishiga ko’ra ularni xarid qilishi hamda sotishi mumkin edi. Shuning uchun ham bu davrda mehnat kuchlari hisob predmetiga kiritilgan.Turli xil mulkchilik shakllariga asoslangan, rivojlangan bozor iqtisodiyotidagi jamiyatda individual kapital yoki mulk egasining kapitali buxgalteriya hisobining predmeti hisoblanadi. Buxgalteriya hisobi bu yerda birinchi navbatda, mulk egasi yoki mulk egalari tomonidan korxonalarga qo’yilgan resurslarni samarali boshqarish maqsadlari uchun axborotni shakllantiradi. Foydani oshirish maqsadida, xo’jalik yuritish subyektlari Nizomida ko’rsatilgan asosiy va boshqa moliyaviy faoliyat hisobiga boy berilgan imkoniyatlarni qidirib topish bilan shug’ullanadi.Demak, buxgalteriya hisobi predmetining mazmuni u yoki bu ijtimoiy tuzumga xos bo’lgan mulkchilik shakli bilan belgilanadi. Ya’ni, har bir jamiyatda moddiy ishlab chiqarishni tashkil qilish va samarali boshqarish uchun qanday ma’lumotlar talab qilinishiga bog’liq bo’ladi.Jamiyat rivojlangan sari hisobning ahamiyati ham uzluksiz o’sib boradi. Bunda uning qo’llanish doirasigina emas, balki unda aks ettiriladigan predmeti va bajaradigan funksiyalari ham tobora kengayib boradi.Buxgalteriya hisobining predmeti bilan bir qatorda uning obyektlarini ham farqlab olish lozim. Buxgalteriya hisobining obyektlari deganda, muayyan korxona ega bo’lgan moddiy va pul mablag’lari, uning boshqa tashkilotlar va muassasalar bilan bo’lgan yuridik munosabatlari, shuningdek mablag’lar hamda munosabatlarni o’zgartrfadigan xo’jalik operatsiyalari tushuniladi. Korxonaning moddiy va pul qiymatliklari o’z faoliyatini amalga oshirish uchun foydalaniladigan mablag’larini ifodalaydi. Хo’jalik muomalalari esa ishlab chiqarishning mazmunini ifodalovchi jarayonlarni tashkil qiladi.Ba’zida buxgalteriya hisobining predmeti deb o’z faoliyatini aks ettiruvchi operatsiyalar tushuniladi. Lekin bunday tushuncha hisob kategoriyalarini ilmiy talqiniga chalkashlik kiritadi. Chunki aks ettiriladigan narsalar buxgalteriya hisobining predmeti bo’lgani bilan, uning qo’llaniladigan joyiga ham shunday qarashimiz lozimligini bildirmaydi Бюджетлаштириш ва харажатларни назорат қилиш. Хo’jalik yurituvchi subyektning ishlab chiqarish quvvati va ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi boshqaruv hisobi tizimini qo’llashni belgilaydi. Boshqaruv hisobining tizimi ma’lumotning hajmi, uning oldiga qoyilgan maqsadlari, kriteriyalar va maqsadga erishish vositalari, elementlarning tarkibi va ularning ozaro harakati bilan tavsiflanadi. Faoliyat turlarini, subyektning tashkiliy tizimini, mahsulotni malumot bilan qamrab olish kengligi boyicha tizimli va muammoli hisob jamlamidan va ularning asosli qismlarining maqsadli to’plami tizimidan tarkib topgan to’liq tizimlar farqlanadi. Хarajatlarning tizimli hisobi - buxgalterlarning tarkibi bo’yicha qayd qilish usuli, identifikatsiya va guruhlashtirishi, hisobotda ko’rsatilishi bo’yicha reglamentatsiya bilan ishlab chiqarishga bo’lgan xarajatlarning moliyaviy hisobidan tashkil topgan. Тizimli hisobning elementlari quyidagilardan tashkil topgan: ishlab chiqarish zaxiralarini sotib olish bo’yicha xarajatlarning o’lchovi va baholanishi; natural o’lchovlarda ta’minot, ishlab chiqarish, sotish jarayonlarini nazorat qilish; xarajatlarni sarflarning moddalari va eyelementlari boyicha, vujudga kelish joylari boyicha, mahsulot, ish va xizmatlarning turlari boyicha guruhlashtirish, bunga xarajatlarni tannarxga kiritish tartibi ham kiradi; oz foydalanuvchilarini muddati, mazmuni va namoyish etish tezligi boyicha qondiruvchi ichki va tashqi hisobotlar. Асосий воситалар ҳисоби 5-son BHMSga muvofiq, asosiy vositalar korxonalar mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalanish, ishlarni bajarish yoki xizmat korsatish maqsadida yoxud xojalik faoliyati olib borishda uzoq vaqt davomida mamuriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish uchun saqlaydigan moddiy aktivlardir. Asosiy vositalar bazan korxona barcha aktivlarining asosiy qismini tashkil etadi, shuning uchun uning moliyaviy holatini moliyaviy hisobotda korsatish uchun katta ahamiyatga ega. 5-son BHMSning 6-bandiga muvofiq asosiy vositalar, agar: a) korxonada kelgusida aktiv bilan bogliq iqtisodiy foyda tushishiga ishonch bolsa; b) aktivning qiymati aniq baholangan bolsa, aktiv sifatida tan olinadi. Korxona asosiy vositalar obekti etirof etishning birinchi shartiga mos kelishini belgilashda dastlabki etirof etish paytigacha mavjud dalillar asosida kelgusida iqtisodiy foyda olish ehtimoli darajasini baholashi kerak. Bu korxona kelgusida olingan aktivga ega bolish, foydalanish va boshqarish bilan bogliq barcha haqlar unga tegishli bulishiga ishonch hosil qilishi va mazkur obyektga ega bolish bilan bogliq barcha tavakkallikni oz zimmasiga olishni bildirali. Ushbu iqtisodiy foydani olishning yetarlicha yuqori ehtimoli korxonaning aktiv bilan bogliq iqtisodiy foyda korishi va oz zimmasiga tegishli tavakkalchilikni yuklashi boyicha aniqlikni taqazo etadi. Bunday aniqlik odatda iqtisodiy foyda va tavakkalchilik butunlay korxonaga otgandagina mavjud boladi. Ungacha aktivni sotib olish operatsiyasi odatda muayyan yoqotishlarsiz bekor qilinishi mumkin, shuning uchun aktiv etirof etilmaydi. Asosiy vositalarni etirof egishning ikkinchi sharti, odatda, buxgalteriya hisobi amaliyotida oson qanoatlantiriladi, chunki aktivni sotib olishni tasdiqlaydigan almashtirish opera iiyasi natijasida uning qiymati aniqlanadi. Shu bilan birga, agar aktiv xojalik subyektining oz kuchi bilan vujudga kelsa, uning qiymatini ishonchli baholash tashqi taraflar bilan materiallar, ishchi kuchini sotib olish va asosiy vositani barpo etish jarayonidagi boshqa sarflar asosida amalga oshirilishi mumkin. Касса операциялари ҳисоби Korxonaning kassasi buxgalteriya aparatining tarkibida bolib, unga naqd pul mablaglari va boshqa qimmatliklar (qimmatli qogozlar, pulli hujjatlar, pochta markalari va boshqa) ni qabul qilish, berish hamda saqlash operatsiyalarini amalga oshirish majburiyati yuklatilgan. Pul mablaglarining butligi, kassa operatsiyalarini bajarish boyicha moddiy javobgarlik korxona rahbari tomonidan tayinlanadigan kassirga biriktirilgan. Kassa operatsiyalarini yuritish amaldagi qoidaga kora tartibga solinadi. Kassada kechiktirib bolmaydigan xarajatlarni qoplash uchun zarur bolgan belgilangan limit doirasida qoldiq bolishi mumkin. Belgilangan limitdan ortiqcha naqd pul kassada faqat ish haqi, pensiya, nafaqa, stipendiya berish kunlari, bank muassasasidan pul olingan kun ham qoshilgan holda, uch kun ichida saqlanishi mumkin. Kassaga pulni qabul qilish bosh buxgalter yoki uning yordamchisi tomonidan imzolangan kassa kirim orderi (KO-1-shakl) bilan rasmiylashtiriladi. Bunda pul topshiruvchiga kassir va bosh buxgalter tomonidan imzolangan (0402004-kvitansiya) kvitansiya beriladi. Kassadan naqd pul kassa chiqim orderi (KO-2-shakl) yoki kassa chiqim orderi rekvizitlari ornini bosuvchi maxsus shtamp qoyilgan talabga muvofiq rasmiylashtirilgan hujjatlar (tolov qaydnomai, pul berish togrisida ariza, schyotlar va b.) boyicha beriladi. Kassadan pul rahbar va bosh buxgalter yoki ular vakolat bergan shaxslar tomonidan imzolangan hujjatlar boyicha beriladi. Agar kassa chiqim orderlariga ilova qilinadigan pul berish togrisidagi hujjatlarda rahbarning imzosi bolsa, kassa chiqim orderlariga imzo qoyish shart emas. Хусусий капитал тўғрисидаги ҳисобот Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot joriy buxgalteriya ma’lumotlariga asosan tuzilib, unda tashqi va ichki foydalanuvchilar uchun muhim ko’rsatkichlar mavjud. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot ma’lumotlariga asosan korxonaning bozor faolligi korsatkichlarini tahlil qilish mumkin. Bu korsatkichlar kompaniyaning aksiyalarini qiymati va daromadliligini tariflaydi. Bir aksiyaga togri keladigan foyda (AF) quyidagicha aniqlanadi: AF = Sof foyda imtiyozli aktsiyalar bo’yicha dividеndlar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar Bu ko’rsatkich muomaladagi bir oddiy aksiyaga qancha sof foyda to’g’ri kelishini ko’rsatadi. Bu bozor iqtisodiyoti sharoitida eng zaruriy ko’rsatkichlardan biri hisoblanadi. Aksiyaning bozor bahosi bilan bir aksiyaga togri keladigan foydaning munosabati (BF) quyidagicha aniqlanadi: BF = Bir aktsiyaning bozor qiymati / AF Bu korsatkich kompaniyaning bir som sof foydasiga aksionerlar necha som tolashga roziligini bildiradi. Masalan, «A» kompaniyasida bu korsatkich 10 bolib, «B» kompaniyasida 8 bolsa, investorlar «A» kompaniyasining investitsiya sifatini afzalroq baholaydi. Bu korsatkich boshqa kompaniyalarning bir aksiyaga togri keladigan foyda dinamikasi va umumiy bozor dinamikasi bo’yicha baholanadi. Bir aksiyaning balans qiymati (ABQ) quyidagicha aniqlanadi: ABQ = Aktsionеr kapitalining qiymati – imtiyozli aktsiyalar / Muomaladagi oddiy aktsiyalar Bir aksiyaning balans qiymati buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlariga binoan bir oddiy aksiyaga togri keladigan korxonaning sof aktivlari qiymatini korsatadi. Bir aksiyaning bozor qiymati bilan balans qiymatining nisbati uning balans qiymatiga qaraganda bozor qiymati qancha ekanligini korsatadi va u quyidagicha aniqlanadi: Bq = Bir aktsiyaning bozor qiymati / Bir aktsiyaning balans qiymati Dividend daromad yoki dividend normasi quyidagicha aniqlanadi: Dividеnddan daromad ( haq. qiymat mе'yori) = Bir aktsiya bo’yicha dividеnd / aktsiyaning bozor qiymati 6. Aksiyaning daromadliligi (AD) muhim ahamiyatga ega bo’lib, u quyidagicha aniqlanadi: AD = D + (S* - S) / S, bu yerda D – aksiyaga egalik qilish davrida olingan dividend summasi, S* - sotish narxi, S – sotib olish narxi 7. Тo’lanadigan dividendlar ulushi (ТDU) quyidagicha aniqlanadi: TDU = Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan dividеnd / Bir aktsiyaga to’g’ri kеladigan sof foyda Солиқлар ва бошқа мажбурий тўловлар ҳисоби Soliqlar deganda - muayyan miqdorlarda undiriladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va begʻaraz xususiyatga ega boʻlgan, budjetga yoʻnaltiriladigan majburiy pul toʻlovlari tushuniladi. Boshqa majburiy toʻlovlar deganda - davlat maqsadli jamgʻarmalariga majburiy pul toʻlovlari, bojxona toʻlovlari, shuningdek, vakolatli organlar hamda mansabdor shaxslar tomonidan yuridik ahamiyatga molik harakatlarni toʻlovchilarga nisbatan amalga oshirish uchun, shu jumladan, muayyan huquqlarni yoki lisenziyalar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlarni berish uchun toʻlanishi lozim boʻlgan yigʻimlar, davlat boji tushuniladi (OʻzR soliq kodeksi. 12-moddasi. 2019 yil 1 yanvar‟ holatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan holda). Soliq yoki boshqa majburiy toʻlov soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida soliq toʻlovchilar, shuningdek, ushbu soliq yoki boshqa majburiy toʻlovni hisoblab chiqarish va toʻlash uchun zarur elementlar belgilab qoʻyilgan taqdirdagina belgilangan, deb hisoblanadi. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning elementlari quyidagilardir: -soliq solish ob‘ekti; -soliq solinadigan baza; -stavka; -hisoblab chiqarish tartibi; -soliq davri; -soliq hisobotini taqdim etish tartibi; - toʻlash tartibi (OʻzR Soliq kodeksi, 24-moddasi, 2019y). Soliq yoki boshqa majburiy toʻlov belgilanayotganda soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida soliq imtiyozlari, shuningdek, ularning soliq toʻlovchi tomonidan qoʻllanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin. Soliq toʻlovchilar, soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarning elementlari har bir soliq yoki boshqa majburiy toʻlovga tatbiqan belgilanadi. Молиявий ҳисобот тузиш ва тақдим этиш тартиби. Moliyaviy hisobot – xo‗jalik yurituvchi subektlar tomonidan mahsulot (ish va xizmat) lar sotish natijalari to‗g‗risidagi ma‘lumotlar majmui bo‗lib, u subektning moliyaviy -xo‗jalik faoliyatining holatini ma‘lum davr (chorak, yillik) ga qiymat ko‗rinishida aks etishidir. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot (ish va xizmat) lar, ishlab chiqarish xarajatlari, xo‗jalik mablag‗lari va ularning tashkil topish manbalari, ishlarning moliyaviy natijalari, soliqqa tortish hamda dividendlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni o‗z ichiga oladi. Yillik moliyaviy hisobot quyidagi hajmida topshiriladi: buxgalteriya balansi (1-shakl); moliyaviy natijalar to‗g‗risida hisobot (2-shakl); pul oqimlari to‗g‗risida hisobot (4-shakl); xususiy kapital to‗g‗risida hisobot (5-shakl). Kichik korxonalar va mikrofirmalar faqat quyidagi shakllardan iborat bo‗lgan yillik moliyaviy hisobot topshiradi: a) buxgalteriya balansi (1-shakl); b) moliyaviy natijalar to‗g‗risida hisobot (2-shakl); e) debitor va kreditor qarzlari to‗g‗risida ma‘lumot (2-a-shakli). Moliyaviy hisobotlarni o‗z vaqtida tuzishni ta‘minlash uchun buxgalteriyaning barcha bo‗limlari ishlarini bajarish muddatlarini ko‗rsatib yig‗ma ish grafigi tuziladi. Buxgalteriya hisobi qo‗lda yuritilsa, grafik bilan belgilangan muddatlarda jurnal - orderlarning jami chiqariladi, zarur bo‗lsa bir registrdagi summa boshqa registrlarga o‗tkaziladi va har bir schyotning oboroti muqobil tekshiriladi. Jurnal - order shaklida hisob yuritilganda oy oxiriga qolgan summalarini o‗tkazish va hisob registrlarini yakunlash bo‗yicha hisob ishlarining ketma - ketdigi quyidagicha: - ma‘lumotnoma - varaqalaridan debet va kredit oborotlari jurnal - orderlar va qaydnomalarga o‗tkaziladi, bunda rasshifrovka - varaqalari va jurnal orderlarda tegishli belgilar qo‗yiladi; - 5010- schyotining debeti bo‗yicha 1- qaydnoma va 5110- schyotining debeti bo‗yicha 2- qaydnomalarning yig‗indisi 3, 10/1, 13- jurnal orderlariga o‗tkaziladi; - 7, 12, 14, 15, 16, 17 va boshqa qaydnomalarning analitik hisob yig‗indisi hisoblab chiqariladi, shundan keyin jami ma‘lumotlari tegishli jurnal - orderlarda aks ettiriladi; - jurnal orderlarning kredit oborotlari jami hisoblab chiqiladi. Меҳнат ва унга хақ тўлаш ҳисоби Mehnatga haq to‗lashda ishning sifatini, ishlab chiqarish normalarini bajarilishini hisobga olish va ish haqi hisoblashning ma‘lum tartibini belgilash zarur. Demak, korxonada mehnatga haq to‗lashni tashkil etish biri-biriga bog‗liq bo‗lgan uchta elementlar bilan aniqlanadi: tarif tizimi, mehnatni normalashtirish va mehnatga haq to‗lash shakllari. Sifat jihatidan mehnat tarif tizimi bilan baholanadi, sarflangan mehnat miqdori normalashtirish bilan hisobga olinadi, ish haqi hisoblash tartibi esa mehnatga haq to‗lash shakllari bilan aniqlanadi. Ishchilar mehnatiga haq to‗lashda tarif setkasi asos bo‗lib hisoblanadi. Tarif setkasi ishlovchilarning malakasi, mehnatga haq to‗lash shakli va mazkur sohaning xalq xo‗jaligidagi ahamiyatini inobatga olgan holda tuziladi. Tarif tizimiga quydagilar kiritiladi: - bir soat yoki bir kunlik mehnatiga to‗lanadigan haq miqdorini belgilovchi tarif stavkasi; -haq to‗lashda ish va ishchilarning (malakasi) turli razradlari orasidagi munosabatlarini ko‗rsatuvchi tarif setkasi; - tarif-malakaviy ma‘lumotnoma. Uning yordamida tarif setkasiga binoan ish va ishchining razradi aniqlanadi. Бухгалтерия ҳисоби ва унинг аҳамияти. Buxgalteriya hisobi ayrim sub‘ektlarda sodir bulayotgan xujalik mablag‗lari va jarayonlarining harakatini ma‘lum hujjatlar bilan asoslangan holda ruyxatga olish va pulda baholab umumlashtirilgan tarzda yoppasiga va bevosita kuzatish tizimidir. U sub‘ektning xujalik faoliyatini boshqarish va unda xujalik hisobini joriy ettirishning muxim vositasi hisoblanib, sub‘ektning mablag‗laridan to‗g‗ri va unumli foydalanish va uning butligini ta‘minlash ustidan ham dastlabki, hamkorlik) va kelgusi nazoratni yuritish imkonini beradi. Buxgalteriya hisobi yordamida mavjud moddiy qiymatliklar, pul mablag‗larining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, maxsulot ishlab chiqarish va sotish bilan bog‗liq harajatlar aniqlanadi, xujalik faoliyatining moliyaviy natijalari va sub‘ektlarning umumiy mulki haqidagi ma‘lumotlar yigiladi. Buxgalteriya hisobi har qanday tizimda ham qo‗yidagi uchta funksiyani bajaradi 1) axborot berish, 2) nazorat qilish, 3) boshqaruv echimlarini ishlab chikish. Bu funksiyalarni bajarishda buxgalteriya hisobi har xil usullar, texnika va shakllardan foydalanishi mumkin. SHuning bilan birga, buxgalteriya hisobi har xil ijtimoiy tizimlarda muayyan ijtimoiy tizimning maqsadlariga karab har xil vazifalarni bajarishi mumkin. Hayotda ko‗pincha buxgalteriya hisobi bilan hisobchilik tushunchasi chalkashtirib yuborilgan. Vaholanki hisobchilik - buxgalteriya hisobini yuritish jarayoni, xujalik muomalalarini kayd qilish va hisob hujjatlarini saklash jarayonidir. Bu beixtiyor va kayta-kayta bajariladigan ish buxgalteriya hisobining bir kismidir. Buxgalteriya hisobi esa uzida axborotdan foydalanuvchilarning talablariga javob beradigan axborot tizimini yaratishni ham kamrab oladi. Uning asosiy maqsadi axborotni taxlil qilish, tushuntirish va foydalanishdir. Buxgalteriya hisobi tizimlar ijrosini aks ettirish, smetalar tuzish, muomalalarni taxlil qilish, auditorlik tekshiruvlar utkazish, soliqlarni uz vaqtida hisoblash va uni rejalashtirishdan iborat. Давр харажатлари деганда нимани тушунасиз Davriy xarajatlar (hisobot davrining xarajatlari) – mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish bilan bevosita bog‗liq bo‗lmagan xarajatlar. Ushbu xarajatlar asosan tijorat (sotish) va ma‘muriy boshqaruv va moliyaviy faoliyat bilan bog‗liq xarajatlaridan tashkil topgan. Давр харажатларига улар пайдо бўлган даврда қилинган, лекин заҳиралар қийматига қўшилмайдиган сарфлар киради. Давр харажатларига сотиш харажатлари ва маъмурий харажатлар киради. Асосий воситаларни қайта баҳолаш ҳисоби Asosiy vositalarning boshlang‗ich qiymati inflyasiya hisobiga vaqti-vaqti bilan qayta baholab turiladi. Qayta baholangandan keyingi qiymat tiklash qiymati deb ataladi. Asosiy vositalar ob‘ekti qiymatini qayta baholash ularning muayyan muddatdagi haqiqatdagi qiymatini belgilash uchun amalga oshiriladi. Qayta baholash quyidagi holatlarda amalga oshirilishi mumkin: - respublika hukumati qarori bo‗yicha; - korxona mulkdorlari (ta‘sischilari)ning qarori bo‗yicha. Asosiy vositalarni majburiy qayta baholash: -mikrofirma va kichik korxonalar tomonidan - 2014 yil 1 yanvardan boshlab uch yilda bir marta, -qolgan korxonalar tomonidan - har yili amalga oshiriladi. Korxonalarda asosiy fondlarni qayta baholash "1 yanvar holati bo„yicha asosiy fondlarni har yili qayta baholashni o„tkazish tartibi to„g„risida"gi Nizom (O„zR AV tomonidan 04.12.2002 yilda 1192-son bilan ro„yxatga olingan) ga muvofiq amalga oshiriladi. Yuqoridagi Nizomga asosan, quyidagi asosiy vositalar ob‘ektlarining qayta baholanishi talab etiladi: - tashkilotlar mulkida, ularning xo‗jalik yuritishida, tezkor boshqaruvida bo‗lgan va moliyaviy ijara (lizing) shartnomasi bo‗yicha olingan, ularning texnik holatidan qat‘i nazar; - ishlab turgan va foydalanilmaydigan, konservatsiyada bo‗lgan; - hisobdan chiqarishga tayyorlangan, lekin belgilangan tartibda tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan; -tugallanmagan qurilish ob‘ektlari va o‗rnatish uchun mo‗ljallangan uskunalar. Quyidagilar qayta baholanmaydi: - er maydonlari, 2009 yil 29 noyabrdan boshlab qonunchilikda belgilangan tartibda xususiylashtirilgan er maydonlaridan tashqari; - tabiatdan foydalanish ob‘ektlari. Asosiy vositalarni qayta baholashning ikkita usuli bor: bevosita aniqlash usuli va indekslash. Пул маблағлари ва уларнинг эквивалентлари, таснифи, моҳияти ҳамда аҳамияти. Hozirgi iqtisodiyotni raqamlashtirishsharoitida pul mablag‗lari va ekvivalentlari muomalalarining hisobini yuritishning asosiy vazifasi qo‗yidagilardan iborat: -pul mablag‗larining harakati va hisoblashish muomalalarini to‗g‗ri vavaqtida hujjatlashtirish; -korxona, tashkilot va muassasalarning kassasidagi Naqd pullar, kimmatbaxo qog‗ozlar mavjudligining tezkor va kundalik nazoratini tashkil qilish; -pul mablag‗laridan maqsadli foydalanish ustidan nazorat qilish; -byudjet, bank, shaxslar bilan hisoblashishni o‗z vaqtida va to‗g‗ri amalga oshirishni nazorat qilish; -mol etkazib beruvchilar va iste‘molchilar bilan amalga oshiriladigan hisoblashish turlarining tuzilgan shartnomadagi hisoblashish turlari va vaqtiga to‗g‗ri kelishini nazorat qilish; -debitor va kreditorlar bilan hisoblashishlarni tekshirib borish. Xujalik yurituvchi sub‘ektlar – korxona, firma va tashkilotlarning joriy aktivlari, pul mablari, ularning ekvivalentlari va olinadigan schyotlari muomaladagi muddatiga karab ushbu aktivlar qo‗yidagilarga bulinadi: -uzoq muddatli (bir yildan ortik) aktivlar; -qisqa muddatli yoki joriy (bir yilgacha) aktivlar. Joriy aktivlar likvidlikning pasayishi tartibida qo‗yidagilardan tashkil topgan: -pul mablag‗lari va ularning ekvivalentlari; -qisqa muddatli investitsiyalar; -olinadigan schyotlar; -tovar - moddiy zaxiralari; -oldindan tulangan sarflar (berilgan bunaklar). Pul ekvivalentlari – bu pul mablag‗lariga uxshaydigan lekin boshqacha turkumlanadigan aktivlardir. Ular xazina vasikalari (xazina vasikalari – bu muomalaga chikarilgan, keyin bir yildan kam muddatga kaytariladigan xukumatning foizsiz majburiyatlaridir. Ular chegirma bilan sotiladi va o‗z vaqtida tulanadi. Асосий воситаларни дастлабки баҳосини аниқлаш тартиби. Asosiy vositalar tushunchasi. Uzoq muddatli aktivlar – asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‗lib: a) bir yildan ko‗proq foydali xizmat qilish muddatiga ega bo‗ladi; b) ishlab chiqarish, ma‘muriy maqsadlar uchun foydalaniladi yoki ijaraga beriladi; v) sotish uchun mo‗ljallanmaydi. Asosiy vositalarning baholanishi. Asosiy vositalardan foydalanish o‗ziga xos xususiyatlarga ega bo‗lganligi sababli, ularni baholashda quyidagi xususiyatlarni hisobga olish zarur. Asosiy vositalarni hisobga olishning zaruriy sharti bo‗lib ularni baholash yagona prinsipi hisoblanadi. Asosiy vositalar quyidagicha baholanadi: dastlabki, tiklash, qoldiq, tugatish. Dastlabki qiymati mazkur korxonada ob‘ektni foydalanishga topshirish vaqtida aniqlanadi. Tiklash qiymati deb- asosiy vositalarni qayta ishlab chiqarish qiymati tushuniladi, ya‘ni qaytadan baholash vaqtiga bo‗lgan amaldagi bahoda inventar ob‘ektlarini sotib olish yoki qurish. Бухгалтерия ҳисобининг ахборотларидан фойдаланувчилар Buxgalteriya hisobi va uning ma‘lumotlaridan hayotda juda keng mikyosda foydalaniladi. Bu axborotlardan foydalanuvchilarni uch guruxga bulish mumkin: 1) sub‘ektning boshqaruvchilari; 2) sub‘ektdan tashqarida turib, undan moliyaviy manfaatdor bo‗lganlar; 3) sub‘ektning moliyaviy xujalik faoliyatidan to‗g‗ridanto‗g‗ri moliyaviy qiziqishda bo‗lmagan shaxslar, guruxlar yoki agentlar. Sub‘ektning boshqaruvchilarini odatda ma‘muriyat deb nomlashadi. Ma‘muriyat korxona yoki tashkilotning faoliyatini boshqarish va uning oldida turgan maqsadlariga erishish uchun tula javob beradigan shaxslar guruxiga aytiladi. Sub‘ektning maqsadlari, kuchi turli-tuman bulishi mumkin, lekin raqobatchilikning juda kiyin bo‗lgan sharoitlarida kompaniyaning muvaffaqiyati va raqobat bordoshligi ma‘muriyatdan barcha kuchni ikkita eng muxim bo‗lgan maqsadga, ya‘ni foydalilik (rentabellik) va likvidlikni ta‘minlashga karatilishini talab qiladi. Foydalilik investitsiya qilinadigan kapitalni ishga jalb qilish va ushlab kolish uchun zarur bo‗lgan foydani etarli darajada ishlab topish kobiliyatini anglatadi. Likvidlik esa korxona yoki tashkilotlarning uz karzlarini tulay olish yoki boshqa majburiyatlarini uz vaqtida bajaraolish imkoniyatlarini anglatadi. Bevosita(to‗g‗ridan-to‗g‗ri) moliyaviy manfaatdor bo‗lgan foydalanuvchilar investorlar haqiqiy investorga aylanadigan hozirgi paytda va kelgusida shaxs va tashkilotlardan iborat bulib, ular sub‘ektning moliya hisobotlarini taxlil qilib, kompaniyaning «Kelgusidagi moliyaviy istikbollari qanday, unga mablag‗larni qo‗yishga arziydimi yoki yukmi?» kabi savollarni echishga harakat qiladilar. Kreditorlar sub‘ektning foizlarni tulashga va uz vaqtida karzlarini uzishga etarli mablag‗larining borligini aniqlashga harakat qiladilar. Egri (bilvosita) moliyaviy manfaatdor bo‗lgan foydalanuvchilar har xil davlat xizmatchilari va jamoat guruxlaridan iborat bulib, ular sungi paytda buxgalteriya hisobi axborotlaridan foylanuvchilarni tashkil qilmokda. Tashki foydalanuvchilarni asosan qo‗yidagi ko‗rsatkichlar kiziktiradi: Sub‘ektning aktivlari va passivlarining tarkibi: Sub‘ektning likvidligi: Uzining va jalb qilingan kapitalning xissasi: Aktivlarning aylanish tezligi: Barcha aktivlar va realizatsiya qilingan maxsulotning rentabellik darajasi; Sub‘ektning ixtiyorida koladigan sof foyda: Tulangan dividendlarning xissasi (agar aksiyadorlik kompaniyasi bo‗lsa). Buxgalteriya hisobining xalkaro standartlaridan birida buxgalteriya hisobi va hisobotning ma‘lumotlari undan foydalanuvchilarning talablariga moslangan va tushunarli bulishligi, agar ular ma‘lumotlarni tushunaolmasalar buxgalteriya xodimlari ogzaki yoki xat bilan tushuntirib berishlari lozimligi ta‘kidlangan. Mamlakatimizning bozor iqtisodiyotiga o‗tishi munosabati bilan unga xos bo‗lgan yangi iqtisodiy tushunchalar, mulkchilikning yangi turlari va ilgari bizga tanish bo‗lmagan yangi iqtisodiy hodisalar hayotimizga kirib keldi. Masalan, iqtisodiyotni raqamlashtirishsharoitidagi mulkchilikning yangi turlari bo‗lgan xususiy, shaxsiy, jamoa, aksiyadorlik, shirkat va boshqa shu kabi tashkilotlarning yuzaga kelishi, xujalikni yuritishdagi har xil tavakkalchiliklar va bekorliklar, jumladan haridorning pul utkazmay qo‗yishi, maxsulot iste‘molchilarining topilmay kolinishi, narxlarning keskin o‗zgarib ketishi va xokazolarga duch kelishi mumkin. Download 40.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling