Yakuniy imtihon – 5 (8-sinf)


Download 24.17 Kb.
bet1/2
Sana18.06.2023
Hajmi24.17 Kb.
#1585681
  1   2
Bog'liq
YAKUNIY IMTIHON - 5






YAKUNIY IMTIHON – 5 (8-sinf)
1. “Til – inson ma’naviy qiyofasi va ichki go’zalligini namoyon etadigan benazir ko’zgudir. O’z tiliga mehr-muhabbatli inson xalqini, Vatanini, milliy qadriyatlarini, madaniy merosini e’zozlaydi. Bundan besh asr ilgari Alisher Navoiy bobomiz “Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz”, deb bejiz yozmaganlar”. Ushbu parcha adabiy nutqning qaysi uslubiga xos?
A) badiiy uslub B) ilmiy uslub
C) publitsistik uslub D) so’zlashuv uslub
2. Quyidagilarning qaysi birida ot kesim va ega orasida tire qo’yiladi?
A) Saxovat go’zallikdan ko’ra afzalroq.
B) Kiyinishda oliftalikdan qochib, yoqimtoy bo’lishga harakat qiling: odob ko’rkamlik, isrofgarchilik esa oliftalik belgisi.
C) Ma’no yo’q joyda go’zallik bo’lishi mumkin emas.
D) Samimiylik ham xuddi husn va aql kabi ehson.
3. Qaysi javobda ega otlashgan so’z bilan ifodalangan?
A) O’qigan o’qdan o’zar, o’qimagan turkidan shoshar.
B) Qars ikki qo’ldan chiqadi.
C) Sen o’zingni maqtama, seni birov maqtasin.
D) Ikkalasi ham chiqib ketishdi.
4. “Kitobni tushunib mutolaa qilish kerak”. Ushbu gap ega ishtirokiga ko’ra qaysi turga kiradi?
A) egali gap B) shaxsi ma’lum gap
C) shaxsi umumlashgan gap D) shaxsi noma’lum gap
5. Qaysi qatorda ega+aniqlovchi+aniqlovchi+kesim qolipidagi gap berilgan?
A) Ularga iltifot va ikromda bo’l.
B) Olimlar, fozillar, adiblar davlatning tanasidagi kuch hisoblanadi.
C) Vaqt hamma narsaga ta’sir o’tkazadi.
D) Ovchilar ta’qibidan qochib kelayotgan tulki bog’ ichiga yashirinadi.
6. Qaysi gapda odatdagi gap tartibi buzilmagan?
A) Bolalar – jamiyatning hayotbaxsh kuchi.
B) Farzand mehri aritar g’am zangini.
C) Odamning mevasi farzand emish derlar bu dunyoda.
D) Menga tanish bu yo’llar.
7. Kesim mantiqiy urg’u olgan gapni toping.
A) Odamlarga achchiq va dag’al so’zlamagin.
B) ) Kechirasanmi uni? C) Bir ovchi kaklik tutib olibdi. D) Aql ojizlansa, hasad kuchga kiradi.
7. "- Ukangni ko‘proq yaxshi ko‘rasanmi, do‘stingnimi?
- Ukamni." To‘liqsiz gapda qaysi gap bo‘laklari tushib qolgan?

A) to‘ldiruvchi, ega, hol C) ega, hol, to‘ldiruvchi


B) ega, hol, kesim D) to‘ldiruvchi
8. Qaysi javobda aniqlovchi uyushib kelgan?
A) Adolatli, fanni sevuvchi aqlli hukmdor insonparvarlik munosabatlarini adolat talablariga moslashtirib turishi kerak.
B) Donishmandlik haqiqatni so‘zlamoq va tabiatga quloq tutib, unga bo‘ysunmoqlikdan iboratdir.
C) Olim kishilar har yerda aziz va hurmatli.
D) Ustoz va muallimlar hurmatini o‘rniga qo‘yganlar bu dunyoda ham, oxiratda ham savob topadi.
9. Qaysi qatorda vergul ajratilgan bo‘laklar uchun ishlatilgan?
A) Rostgo‘ylikda xavf-u xatar ko‘rsanglar ham, rost so‘zlanglar.
B) Haqiqat shunchalar achchiqki, odatda, ziravor sifatida xizmat qiladi.
C) Yolg'on, ko‘pincha, ikkiyuzlamachilikdan emas, befarqlikdan kelib chiqadi.
D) Biz ko‘proq yoki boshqacharoq ko‘rishni, muayyan narsada mavjud bo‘lmasa-da, boshqa bir narsada bor bo‘lgan nimanidir ko‘rishni xohlaymiz.
10. Kiritma ishtirok etmagan gapni toping.
A) To‘g'ri yo‘lda chekinmaslik lozim.
B) Naql qilibdilarki, yo‘ldan uzoq, o‘tkinchidan xoli bir yerda ko‘l bor edi.
C) Mo‘tabar (men bilgan eng yaxshi o‘qituvchi) bu yo‘nalishda ilmiy ish qilmoqda.
D) Gapingizni, ang avvalo, o‘ylab gapiring.
11. Qaysi gapda punktuatsion xato mavjud?
A) Tong yorishadi, tun qushi qop-qora qanotlarini yig'adi.
B) Shoshmagin, ey, karvon, to‘xtagin biroz.
C) Azizim, dil qasriga beso‘roq kira ko‘rma...
D) Boshing egma sira, xoksor banda, erta ruhing topgay oliy ohanglar.
12. Sodda gapni toping.
A) Dono suhbatidan bosh tortsa nodon, davrondan yaxshilik ko‘rmas hech qachon.
B) To‘rt yo‘lovchi bilimsizlik, nodonlik tufayli bir-birlarini rosa do‘pposlashadi.
C) Oqillar oldida aql tarozisiga sig'magan so‘zlarni gapirsangiz, xijolatda qolasizlar.
D) Tarbiyachi o‘z tarbiyalanuvchilarini qanday ko‘rishni istasa, avvalo, uning o‘zi o‘shanday bo‘lmog'i lozim.
13. Qaysi qatorda shart mayli vositasida ergashgan qo‘shma gap berilgan?
A) Yerga mehringni bersang, u senga rizq beradi.
B) Unda bu xislat bo‘lmasa-chi?
C) Hammasini go‘zal orzu qilasan, barbod bo‘lganida xatolaringni anglaysan.
D) Qayerga bosh suqsang, adolatsizlikni ko‘raverasan.
14. Qadr-qimmat va izzat-e'tibor bilim tufaylidir bilimsiz zakovatsiz kishining bir kaft tuproqcha ham qimmati yo‘qdir. Ushbu gapda qanday tinish belgilari qoldirib ketilgan?
A) vergul, vergul C) ikki nuqta, tire
B) vergul, nuqtali vergul D) ikki nuqta, vergul
15. Hadisda: "Yaxshi xulqdan boshqa oliy nasab yo‘q",- deyilgan. Mazkur gap qaysi javobda o‘zlashtirma gapga to‘g'ri aylantirilgan?
A) Hadisda yaxshi xulqdan boshqa oliy nasab yo‘q deyilgan.
B) Hadisda eng oliy nasab yaxshi xulq deyilgan.
C) Hadisda yaxshi xulqdan boshqa oliy nasab yo‘qligini aytib o‘tilgan.
D) Yaxshi xulqdan boshqa oliy nasab yo‘q deb hadisda keltirilgan.
16. Taxtga o‘xshash o‘rindiqda yigirma yoshlardagi, bug'doyrang chehrali, chiroyli qosh-ko‘zli, nigohi jiddiy va sinovchan boquvchi, burnida qora xoli bor yigit o‘tirardi. Uning vazmin qarashlari, qat'iy qimtilgan labi kuchli iroda, og'ir tabiatli va havoyi hirslarga tamom begona kishi ekanidan guvohlik berib turardi. Ushbu parcha maqsadiga ko‘ra matnning qaysi turiga kiradi?
A) hikoya B) tasviriy C) muhokama D) adabiy
17. Qaysi javobda zidlov bog'lovchisi yordamida bog'langan qo‘shma gap mavjud?
A) Dono aybni o‘zidan axtaradi, ahmoq bo‘lsa do‘stini ayblaydi.
B) To‘g'ri so‘z har narsadan yaxshi-yu, yolg'onchi va chaqimchidan eshitilgan to‘g'ri so‘z ham yoqimsizdir.
C) Gulnora "piq" etib kuldi-da, egilib tugunni oldi.
D) Shunday odamlar borki, ular bilan gaplashib bahra olasan.
18. Bog'lovchisiz qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplar mazmun jihatidan tugal fikrni anglatib, bir-biriga yaqin bo‘lmagan hollarda sodda gaplar orasiga qanday tinish belgisi qo‘yiladi?
A) vergul B) tire C) ikki nuqta D) nuqtali vergul
19. Aralash murakkab qo‘shma gapni toping.
A) Har qanday tushuncha muhokamaning natijasidir; muhokama esa tajribaning natijasidir, tajriba esa sezgi a'zolarimizning faoliyati tufayli qo‘lga kiritiladi.
B) U zehni o‘tkir, bilimga chanqoq bo‘lgan va boshqalardan so‘rab o‘rganishdan uyalmagan, shuning uchun uni "ma'rifatli" deb ataganlar.
C) Yukni ko‘proq ortsang, ovozi o‘chadi, o‘zingga oson bo‘ladi.
D) U mushtlardi-yu, allaqanday xunuk ovoz bilan baqirardi.
20. Xolbeka sandiqqa nimalarni solib, Kuntug'mish tomonga oqizib yuboradi?
A) soch tolasi, oltin, uzuk C) oltin, uzuk, surat, soch tolasi
B) soch tolasi, oltin, surat D) uzuk, surat, soch tolasi
21. "Gul va Navro‘z" dostonining muallifi kim?
A) Lutfiy B) Navoiy C) Nodira D) Haydar Xorazmiy
22. Xalq og'zaki ijodi namunalari, asosan, she'riyatning qaysi vaznida yoziladi?
A) aruz B) barmoq C) erkin D) sa'j
23. "Doda keldim, ey salotin sarvari, dodim eshit,

Download 24.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling