Yakuniy nazorat savollari 1-kazus // Mavzu: Oliy Majlis


Download 37.35 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi37.35 Kb.
#1587754
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Kons huquq uzb


YAKUNIY NAZORAT SAVOLLARI


1-kazus // Mavzu: Oliy Majlis

2023-yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Samarqand viloyati Nurobod va Pastdarg‘om saylov okruglaridan saylangan deputatlari boshqa lavozimga o‘tganligi sababli ushbu tumanda yashovchi fuqarolar ularning o‘rniga ushbu tumanlardan yangi xalq vakillari – deputatlarni saylashni so‘rab Qonunchilik palatasining Kengashiga murojaat qilishdi.


Qonunchilik palatasi Kengashi ushbu murojaatga saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish Markaziy saylov komissiyasi vakolatiga kirishini, Qonunchilik palatasi hozirgi holatda ham to‘liq vakolat bilan ishlayotganligi va bo‘shab qolgan o‘rinlarga saylovlarni o‘tkazish zarurati yo‘qligini, yozib javob yo‘lladi.


2-kazus// Mavzu: Prokuratura
Jizzax viloyati Forish tumani 2-sektori hududida yashovchi bir guruh fuqarolar tuman prokurori faoliyatini qoniqarsiz baholab, uning o‘rniga boshqa xodimni ushbu lavozimga tayinlashni so‘rab, O‘zbekiston Respublikasi Bosh Prokuroriga murojaat qilishdi.
Bunga sabab sifatida tuman prokurori sektorida aholi uchun yangi ish o‘rinlari yaratilmayotganligi, aholining kechki vaqtlarda oilaviy dam olishi uchun qulay sharoitlar yo‘qligi, bahorgi mavsumda ariqlar va zovurlar tozalanmaganligi oqibatida ko‘chalarni suv bosganligini ko‘rsatishdi.
Fuqarolarning ushbu murojaati viloyat prokurori tomonidan shaxsan atroflicha o‘rganildi hamda tuman prokuroriga ogohlantirish berildi.


3-kazus // Mavzu: Mahalliy davlat hokimiyati
Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimi yordamchisi A.Buriyev
10 yildan beri hokimiyat tizimida faoliyat olib boradi.
2022-yil yoz mavsumida u oilasi bilan Turkiya Respublikasi Antaliya shahriga sayohat qilishni reja qilib, mehnat ta’tiliga chiqdi.
Ammo Toshkent shahar hokimiyati kadrlar bo‘limi unga chet elga chiqishi mumkin emasligini aytib, xorijga chiqish pasportini bo‘limga topshirishini so‘radi.
Xodim A.Buriyev esa Konstitutsiyaning 28-moddasida hammaga harakatlanish, O‘zbekiston Respublikasiga kirish va chiqish huquqi kafolatlanganligini va uning 37-moddasida har kimning dam olish huquqi borligini aytib, oilaviy dam olishga aviabiletlar olingani, mehmonxonalar bron qilinganini, sayohatga dam olish va davolanish maqsadida borishi zarurligini ma’lum qildi.
Shahar hokimiyati kadrlar bo‘limi unga agar bu ishni qilsa, ishdan bo‘shatilishi va kerak bo‘lsa, huquqiy oqibatlariga ham duch kelishini aytib ogohlantirdi.



Download 37.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling