30) Ko’p processorlar platalr qanday xotirada qo’llaniladi?
31) Doimiy xotira kompyuterda vazifalarini ayting, Operativ xotirani qanday tiplarini bilasiz?
Doimiy eslab qolish qurilmasi (DEQQ) ham bosh platada o’rnatilgan modullar (kassetalar) asosida quriladi va ushbu o’zgarmaydigan axborotlarni saqlash uchun ishlatiladi: operacion tizimning yuklovchi dasturlari, kompyuter qurilmalarining testlash dasturlari va kiritish-chiqarish bazaviy tizimining (BIOS) bazi drayverlari va b. DEQQ dan faqat ma’lumotlarni o’qish mumkin, DEQQ ga ma’lumotni yozish EHM dan tashqarida laboratoriya sharoitlarida bajariladi. DEQQ ning modullari va kassetalari, odatda, bir necha yuz kilobaytdan ortmaydigan
sig’imga ega. DEQQ, energiyaga bog’lik, bo’lmagan eslab qolish qurilmasidir.Izox,. Keyingi yillarda ba’zi SHK larda yarim doimiy, qayta dasturlanadigan eslab qoluvchi qurilmalar Flash-xotira ishlatila boshlandi. Flash-xotiraning modullari yoki kartalari tug’ridan to’g’ri bosh plata raz’yomlariga o’rnatilishi mumkin va quyidagi parametrlarga ega: sig’im 32 Kbaytdan 15 Mbaytgacha; o’qish bo’yicha murojaat qilish vaqti 0,06 mks; bir baytni yozish vaqti taxminan 10 mks; Flash-xotira energiyaga bog’liq bo’lmagan eslab qolish qurilmasidir.
Ma’lumotni qayta yozish uchun Flash-xotiraning maxsus kirishiga dasturlash kuchlanishini berish kerak (12 V), bu ma’lumotning tasodifiy o’chib ketish imkoniyatining oldini oladi. Flash-xotirani qayta dasturlashni bevosita disketadan yoki SHK klaviaturasidan maxsus nazoratchi bor bo’lganda yoki SHK ga ulanadigan tashqi dasturlagich orqali bajarish mumkin.Flash-xotira juda tez harakat qiladigan, ixcham, alternativ MDY eslab qolish qurilmalarini - «qattiq jismli disklarni» yaratish uchun ham, BIOS dasturlarini saqlaydigan DEQQ, ni almashtirish uchun ham juda qulay bo’lib, u SHK ni modernizaciya qilishda bu dasturlarni «to’g’ridan to’g’ri disketadan» yangilash va yangiroq versiyalarga almashtirish imkonini beradi.
Tuzulish jihatdan asosiy xotira har biri 1 bayt sig’imga ega bo’lgan millionlab alohida xotira yacheykalaridan tashkil topadi. SHK lar asosiy xotirasining umumiy sig’imi 1 Mbaytdan 128 Mbayt oraliqda bo’ladi. TEQQ, sig’imi DEQQ, sig’imidan bir-ikki tartib yuqoridir: DEQQ, 64,128, (kamroq 256) Kbaytni band etadi, qolgan
sig’im - bu TEQQ, dir.
Do'stlaringiz bilan baham: |