88.Nutq uslublarini o’rganuvchi tilshunoslik bo’limiga nima deyiladi?
A.Stilistika
B. Fonetika
C. Publitsistika
D. Leksikologiya
89.Nechta nutq uslubi bor?
A.5ta
B.7 ta
C.8 ta
D.4 ta
90.Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo`llanadigan
nutq uslubi qanday uslub sanaladi.
A.So’zlashuv
B. Badiiy
C. Ilmiy
D. Rasmiy
91.Qaysi uslubning eng muhim jihati ta’sir ko’rsatish ya’ni ekspressivlikdir?
A.Badiiy
B. Ilmiy
C. So’zlashuv
D. Rasmiy
92,Qaysi uslubning eng muhim jihati atamalardan keng foydalanish va aniqlik
hisoblanadi?
A.Ilmiy
B. Rasmiy
C. Badiiy
D. So’zlashuv
93.Qaysi uslubning eng muhim jihati erkinligi, shevalardan keng foydalanish
hisoblanadi?
A.So’zlashuv
B. Badiiy
C. Rasmiy
D. Ilmiy
94.Qaysi uslubda tavsiya qilinsin, ozod etilsin, tadbiq etilsin kabi bir xil qolipli
gaplardan foydalaniladi?
A.Rasmiy
B. Ilmiy
C. Badiiy
D. So’zlashuv
95.Qaysi usubda badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bo`lib, unda badiiylik,
ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchli bo’ladi?
A.Badiiy
B. Ilmiy
C. Rasmiy
D. So’zlashuv
96.Qaysi uslub davrning eng muhim, dolzarb masalalarini o`quvchilarga,
tinglovchilarga,tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish,
ommani jonlantirish kishilarning ongiga atrofda sodir bo`layotgan voqealarni singdirish,
va ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
A.Publitsistik
B. Ilmiy
C. rasmiy
D. So’zlashuv
97.Ijtimoiy-siyosiy masalalarga bag`ishlangan bosh maqolalar, felyeton va pamfletlar,
murojaatnomalar, chaqiriqlar, deklaratsiyalar publitsistik uslubning qaysi shakliga
mansubdir?
A.Yozma
B. Og’zaki
C. Oddiy
D. Adabiy
Do'stlaringiz bilan baham: |