Yakuniy nazorat uchun


Download 21.83 Kb.
Sana16.06.2020
Hajmi21.83 Kb.
#119208
Bog'liq
ELYOR


Yakuniy nazorat uchun

66-kazus

Qadimgi Rimda Valeriy degan shaxs kechasi Kvintga tegishli omborxona eshigini buzib, 100 qop bug’doy orasidan 5 kg don o’g’irlagan va u yerdan katta yog’och idishda saqlanayotgan vinoga ko’zi tushib, u yerdan bir litrcha sharobni ham o’g’irlagan. Bunday vaziyatga baho berishda qadimgi davr yuristlari bilan klassik davr yuristlari o’rtasida turlicha yondashuvlar bo’lgan.

Ushbu holatni tahlil qiling.

Qadimgi Rim davlatida deyarli barcha munosabatlar “XII jadval” qonunlari bilan tartibga solingan. XII jadval qonunlari bo’yicha tartibga solinadigan munosabatlardan biri majburiyatlar huquqi hisoblangan. Majburiyatlar faqat shartnpmalardan emas, balki delict, ya’ni huquqbizarlik natijasida ham kelib chiqqan. Kvirit huquqida ko’zda tutilgan ko’p deliktlar hali ijtimoiy manfaatlarni buzish hisoblanmagan, balki xususiy shaxs huquqiga tajovuz sifatida, xususiy delikt sifatida ko’rilgan, uni sodir etishlik huquqbuzar kishini jabrlanuvchining qarzdori mavqeiga tushirgan.

XII jadval qonunlariga ma’lum bo’lgan shunday deliktlardan ko’plari kelajakda jinoyat sifatida ko’rila boshlangan. Lekin kvirit huquqi bo’yicha xususiy huquqbuzarliklar turkumiga shaxsiy ozor yetkazish (injuria), og’ir tan jarohati yetkazish, shuningdek, o’g’irlik (furtum) taalluqli bo’lgan. Bubdan ko’rinib turibdiki, Valeriy sodir etgan huquqbuzarlik kvirit huquqi bo’yicha xususiy huquqbuzarliklar turkumigakirgan. XII jadval qonunlari bo’yicha aybga e’tibor berilmagan, delikt sodir etish faktining o’zi kifoya bo’lgan. Aybdor huquqbuzarlik yuzasidan zimmasidagi majburiyat avvalo jabrlanuvchi foydasiga jarima to’lash majburiyatida ifodalangan. Biroq tan jarohati yetkazganda tallionga ham yo’l qo’yilgan. Agar o’g’ri jinoyat ustida qo’lga tushsa, darra bilan urilgan. O’g’ri kaltaklangandan so’ng jabrlanuvchiga berilgan. Jabrlanuvchi unga qarzini to’lamagan qarzdordek muomila qilgan. Kechasi o’g’rilik qilgan o’g’ri jinoyat qilgan joyida o’ldirilishi mumkin bo’lgan. “XII jadval” qonunlarida alohida moddalarda voyaga yetmaganlar uchun jazolarning yumshatilishi ko’zda tutilgan. Masalan, birovning maydonida kechasi ekinni payhon qilgan (VIII, 9), o’g’rilik qilgan joyda qo’lga tushgan (VIII, 14) voyaga yetmaganlarga yengilroq jazo nazarda tutiladi. Eng qadimgi davrlardayoq jinoyat huquqi hukmron tabaqapar manfaatiga xizmat qilgan. Umumiy qoida bo’yicha, qullar ozod kishilarga qaraganda ancha og’ir jazolarga tortilgan. Qullar ozod kishilarga qaraganda ko’proq o’limga mahkum qilingan.

Klassik davrda Rimda hokimiyatchilikning o’sishi bilan bog’liq o’zgarishlar ta’sirida rim jinoyat huquqi sohasida ham muhim o’zgarishlar yuz bergan. Rim jinoyat huquqi bu vaqtda imperiyaning butun hududiga va aholining barcha toifalariga, jumladan, peregrinlarga ham yoyilgan. Mavjud tartibotlarni har tomonlama himoya qilish maqsadida jinoiy repressiya kuchaytirilgan. Mazkur davrda jinoyat huquqi rivojlanishidagi xarakterli tendensiya shundan iborat bo’lgan ediki, qator xususiy deliktlar asta-sekin jinoiy jazolanadigan bo’lgan, jinoyatlar kategoriyasiga kiritilgan. Masalan, o’g’rilik ilgarigidek xususiy delikt hisoblangan, lekin qator hollarda an’anaviy jarima choralariga yana davlat tomonidan beriladigan jazolar ham qo’shilgan. Klassik davrning Rim jinoyat huquqida yuridik texnika sohasida ba’zi progress holat ko’zga tashlangan. Masalan, ayb, ishtirokchilik, suiqasd va boshqa tushunchalar ishlab chiqilgan.

Xullosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, Qadimgi Rim XII jadval qonunlari bo’yicha o’g’rilik xususiy delikt tarkibiga kiritilgan bo’lsa, (ya’ni huquqbuzar faqat javobgar oldida majburiyat olgan hamda jarima to’lagan), klassik davrga kelib o’grilik ham xususiy ham ommaviy delict tarkibiga kiritila boshladi. Bunda huquqbuzar ham javobgar oldida ham davlar oldida javob bergan.



Yakuniy nazorat uchun

3-MANTIQIY SAVOL

Qadimgi Sharq davlatlari davlat tuzumida sud ishlarini yurituvchi organlar o’ziga xos o’ringa ega bo’lib, bunday ishlar turli mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshirilgan. Sud hokimiyati ma’muriy hokimiyatdan ajratilmagan edi.

Qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va Hindistonda sud ishlarini amalga oshiruvchi organlar va ularning faoliyatini muhokama qiling.

Qadm Sharq davlatlarida sud ishlarini yuritish sohasidagi muhim xususiyat shundan iboratki, Sharq mamlakatlarida sud asosan hukmdorning izmida bo’lgan. Shuning uchun sud hokimiyati ma’muriy hokimiyatdan ajratilmagan edi. Bu hodisani bir qancha davlatlar misolida ko’rishimiz mumkin.

Qadimgi Misr - Fir’avnning qo`lida butun qonun chiqarish, ijro etish va sud hokimiyati to`plangan. Fir’avnlarning asosiy diqqat-e’tibori barcha muhim davlat ishlariga qaratilgan. Sug`orish bo`yicha tadbirlar, sud, mansablarga tayinlash va bo`shatish, yorliqlar berish, majburiyatlar yuklash va ulardan ozod qilish, harbiy yurishlar, kemachilik bo`yicha tadbirlar, davlat qurilishi va yer osti boyliklarini qazib olish - bularning hammasi podshoning buyrug`i bilan amalga oshirilgan. Qadimgi Misrda Vazir – jati lavozimi ham bo’lib, u fir’avndan keying ikkinchi odam hisoblangan. Jatining vakolatlar doirasiga sud fapliyatini boshqarib turish ham kirgan. Qadimgi Misrda jamoa sudlari borgan sari podsho yurisdiksiyasi vakillari tomonidan siqib chiqarilgan. Oliy sud instansiyasi - "Oltita buyuk uylar" poytaxtda bo`lgan. Eng oliy sud hokimiyati fir’avnga tegishli edi. U kechiktirib bo`lmaydigan hollarda ishonchli kishilaridan davlat ahamiyatiga ega bo`lgan jinoyatlar bilan bog`liq maxfiy ishlarni hal etish uchun maxsus sudyalar tayinlagan. Bundan ko’rinib turibdiki, Qadimgi Misrda sud ishlarini yuritish to’laqonli davlat boshlig’i – fir’avn qo’lida bo’lgan.

Bobil davlati – Bobil davlatida ham xuddi Misr davlatida bo’lganidek, barcha hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatlari podshoh qo’lida bo’lgan. Qadimgi Bobil jamiyatida Xammurappiga qadar sud ishlarini yuritishda ibodatxonalar va jamoalar sudlari asosiy o`rin tutgan. Sud organlari sifatida ibodatxonalarning kengashlari, jamoa majlislari yoki ular tomonidan maxsus (ajratilgan jamoa sudlari hay’atlari maydonga chiqqan. Manbalarda podsholik sudlari haqida ancha barvaqt eslatib o`tiladi. Masalan, Lagash shahar - davlatida maxsus oliy sudya - hukmdorning yirik amaldorlaridan biri mavjud bo`lganligi ma’lum. Podsho hokimiyatining kuchayishi jamoalar va ibodatxonalarning sud vakolatlarining cheklanishiga olib kelgan. Jamoalardagi kollegial sudlar ilgarigidek oqsoqollar kengashi a’zolaridan iborat bo`lgan, lekin ularga endi rabianumlar rahbarlik qila boshlaganlar. Bu sudlarga podsho odamlarning ishi taalluqli bo`lmagan, ular podsho mulkiga tegishli ishlarni ko`rib, hal qila olmaganlar. podsholik sudlari Xammurapi davrida barcha katta shaharlarda joriy etilgan, ular asosan podsho odamlari ishlarini ko`rib hal qilgan. Sud hokimiyati boshqa qadimgi Sharq davlatlarida bo`lganidek ma’muriy hokimiyatdan ajratilmagan. Podsho va podsho chinovniklari bir vaqtda ham ma’muriy, ham sud ishlarini yuritganlar.

Podsho amalda oliy sudya bo`lgan. U xohlasa har qanday fuqarolik yoki jinoyat ishlarini shaxsan o`zi ko`rishi yoki ularni ko`rishni quyi sud organlariga jo`natishi mumkin bo`lgan. Podsho jinoyatchilarni avf etish huquqiga ega bo`lgan. Xammurapi ibodatxonalar sudlarini saqlab qolgan bo`lsa ham, ammo ularning vazifalarini cheklab qo`ygan: ular tomonlarni qasam ichishga olib keltirganlar va buni tasdiqlaganlar.

Hindiston davlati – yuqoridagi ikki davlatdan farqli ravishda Hindiston davlatida ikki xil sud tizimi faoliyat yuritgan: podshoh sudi bilan ichki jamoa sudlari. "Braxmanlar va tajribali maslahatchilar bilan birgalikda" podshoning shaxsan o`zi qatnashgan sud yoki uning tomonidan vakolat berilgan maxsus sud hay’ati (sabxa) oliy sud instansiyasi hisoblangan. Podsho oliy sudya sifatida har yili amnistiya e’lon qilish huquqiga ega bo`lgan. barcha ma’muriy birliklarda uchta sudyadan iborat sud hay’atlari tuzilishi lozim edi. Bundan tashqari maxsus sudyalar jinoyat ishlarini hal qilganlar, "o`g`rilar ustidan nazorat"ni amalga oshirganlar. Jinoyatchilikka qarshi kurashda ayniqsa shahar hokimiyat organlari zimmasiga katta mas’uliyat yuklangan.

Xitoy davlati - Qadimgi Xitoyda sud hokimiyati ma’muriy hokimiyatdan ajratilmagan. Asosiy sud ishlari viloyatlarning ma’muriy boshliqlari -"prefektlar" tomonidan ko`rib hal etilgan. Prefekt to`la sud hokimiyatiga ega bo`lgan; u barcha turdagi jazolarni, jumladan, o`lim jazosini ham bera olgan. Faqat "shubha tug`diradigan hollarda" prefektlar ishni ko`rishni yuqori turuvchi sud hokimiyatiga taqdim etishlari lozim edi. Prefektlarning sud faoliyatini hukumatning tanikli chinovniklaridan biri - "Buyuk ma’mur" kuzatib turgan. Unga har yilning oxirida viloyatlarning hukmdorlari hisobot berganlar. Eng oliy sud hokimiyati imperatorga tegishli bo`lgan. Imperator oliy sud instansiyasi hisoblangan.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, deyarli barcha qadimgi Sharq davlatlarida davlat boshliqlari: imperator, fir’avnlar – oliy sud hikimiyati egasi bo’lgan. Shuning uchun ham sud hokimiyati ma’muriy hokimiyatdan mustaqil faoliyat yurita olmagan.

Yakuniy nazorat uchun

96-MANTIQIY SAVOL

XX asrda Yevropa mamlakatlarida mehnat va ijtimoiy sohalardagi qonunchilikning rivojlanishi qisman huquqdagi o’zgarishlarning mohiyatini tashkil etdi.

Ushbu masalani muhokama qiling.

Yevropa mamlakatlarida, xususan Angliya davlatida ham barcha davrlarda mehnat va ijtimoiy sohalar tartibga solib turilgan. Angliyada yangi davrda mehnat haqidagi dastlabki qonunlar Tudorlar ishchilar qonunlarining bevosita davomi sifatida chiqdi. Bu qonunlar kapitalizm qaror topishining og‘ir sharoitlarini aks ettirib, keskin choralar bilan (jumladan, jinoiy jazolar yordami bilan) mol-mulkidan, ishlab chiqarish vositalaridan mahrum qilingan dehqonlar ommasini mehnat intizomiga o‘rgatdi. Lekin aynan XX asr Angliya mehnat va ijtimoiy sohalardagi qonunchilikning rivojlanish asri bo’ldi. Xususan, 1906-yil hukumat ishchilar harakatining tazyiqi bilan Taf vodiysining ishi yuzasidan chiqarilgan qarorni parlament orqali bekor qildi va o‘sha yilning o‘zidayoq ishlab chiqarishda baxtsiz hodisalar bo‘lgan taqdirda ishchilarga haq to‘lash to‘g‘risidagi ilgarigi qonunning amal qilish doirasini kengaytirdi. 1908-yilda yer ostida ishlayotgan konchilar uchun 8 soatlik ish kuni joriy qilish to‘g‘risida va keksa ishchilar pensiyalari to‘g‘risida qonunlar qabul qilindi; 70 yoshga etgan ishchilarga pensiya beriladigan bo‘ldi va ishchilar bunga “o‘liklar pensiyasi” deb nom berishdi, chunki ishchilarning juda oz qismigina shu yoshga yeta olar edi. 1911-yilda ishchilarni ishsizlik va kasallikdan sug‘rta qilish to‘g‘risidagi qonun uzoq davom qilgan tashviqot kompaniyasidan keyin qabul qilindi. Shuningdek, to‘lanadigan haq oylik ish haqining juda ozgina qismini tashkil etardi. 1906-yilda qonun qabul qilinib, unga asosan korxona egasi jabrlanuvchining o‘zini aybdor ekanligini “isbotlab” javobgarlikdan ozod bo‘lishi mumkin bo‘ldi.

Angliyada mehnat qonunchiligining rivojlanishida muhim bosqich 1911-yilgi qonunning qabul qilinishidan boshlandi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu qonun kasallik, nogironlik, tuqqanlik hollaridagi ijtimoiy sug‘urta bilan bir qatorda ishsizlik haqidagi sug‘urtani ham nazarda tutdi. Lekin, ishsizlik bo‘yicha sug‘urtaning dastlabki miqdorlari hali juda kam edi. Umuman olganda, Angliyadagi ijtiomiy sug‘urta o‘zining hozirgi zamon ko‘rinishiga Ikkinchi jahon urushidan keyin ega bo‘ldi.

Fransiyada ishchilar haqidagi qonunlar fuqarolik va savdo huquqidan farq qilib, chuqur tarixiy ildizlarga ega bo‘lmadi, aksincha, fransuzlar inqilobining dastlabki hujjatlari ko‘proq ochiq ko‘rinishdagi ishchilarga qarshi xarakterga ega bo‘ldi. Mehnat nizolari va mehnat sharoitlarini tartibga solishning huquqiy asoslarini yaratishda 1910-yilda qabul qilingan maxsus Mehnat kodeksi muhim bosqich bo‘ldi. Biroq mehnat va ijtimoiy qonunlarning hozirgi zamon tizimining yaratilishi ikkinchi jahon urushidan keyingi davrga va XX asrning oxirgi o‘n yilliklariga, ya’ni umuman olganda, eng yangi davrga to‘g‘ri keladi.

Konsepsiyada nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, so‘zsiz, davlat boshqaruvi tizimini, mamlakatning innovatsion rivojlanish tendensiyalarini va jahon standartlarini hisobga olgan holda modernizatsiya qilishga yangi kuch bag‘ishlaydi.



Davlat rahbari tashabbusi bilan qilinayogan islohot fuqarolarni huquq va erkinliklarini ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlarini yaratadi, xalqning farovonligi va davlat organlarining faoliyatidan, ular tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlardan qoniqish darajasini oshiradi.

Pirovard natijada, O‘zbekiston Respublikasida ma’muriy islohotlarni amalga oshirish «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak»degan ezgu g‘oyani hayotga to‘liq tatbiq etishga xizmat 
Download 21.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling