Yakuniy nazoratni topshirish boʻyicha koʻrsatmalar


Ushbu holatda xususiy korxona oʻz huquqlari doirasida vakolatxona va (yoki) filiallar tashkil eta oladimi, huquqiy asoslantiring. (20ball)


Download 190 Kb.
bet16/17
Sana21.01.2023
Hajmi190 Kb.
#1106385
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Biznes huquqiy YAKUNIY

Ushbu holatda xususiy korxona oʻz huquqlari doirasida vakolatxona va (yoki) filiallar tashkil eta oladimi, huquqiy asoslantiring. (20ball)

KAZUS № 18
“Taraqqiyot” qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyati 2021-yilning ikkinchi moliyaviy hisobot davridagi holatni inobatga olgan holda jamiyatning keyingi ikki yilda olinishi kutilayotgan foydasi 3,7 foizga qisqarishini prognoz qildi. Buning oldini olish maqsadida jamiyat boshqaruv organi tashabbusi bilan jamiyat obligatsiyalarini chiqarish va joylashtirish taklifi ilgari surildi. Ammo jamiyat ishtirokchlarining koʻpchilik qismi mazkur taklifga qarshi chiqib, qimmatli qogʻozlar chiqarish orqali tadbirkorlik faoliyati subyektini moliyalashtirish ijobiy samara bermasligini, mazkur turdagi jamiyatlar uchun eng maqbul variant investitsiyalar kiritish ekanligini aytib oʻtishdi. Ammo jamiyatdagi umumiy ulushi 62 foizni tashkil etuvchi ikki affillangan shaxslarning xohishi bilan qimmatli qogʻoz chiqarish orqali moliyalashtirish ishlari amalga oshiriladigan boʻldi. Tegishli tartibda 2,5mlrd soʻmlik obligatsiyalar sotuvga chiqarilgach, qimmatli qogʻozlarning 25 foizi birjada oldi-sotdi qilindi. Ammo koʻzlangan natijaga erishilmadi.
Mazkur vaziyatda jamiyat qanday moliyalashtirish usullarini tanlaganligi ma’qulligini soʻrab sizga murojaat qildi va quyidagi savollarga javob olishni xohladi:

  1. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish deganda nimani tushunasiz? Uning huquqiy va amaliy ahamiyatini yoritib bering. (15 ball)

  2. Tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish usullaridan ayrimlari sifatida qimmatli qogʻozlar chiqarish va investitsiyaviy moliyalashning oʻziga xosliklari, afzalliklarini ochib bering. (15 ball)

  3. Qoʻshimcha mas’uliyatli jamiyat qimmatli qogʻozlar chiqarish orqali oʻzini oʻzi moliyalashtirishi mumkinmi, mumkin boʻlsa tartibini aytib bering. (15 ball)

KAZUS № 19
YUKSAK MAQSAD” MChJ balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish sohasida oʻz faoliyatini boshlash uchun davlat roʻyxatidan oʻtdi.
Litsenziya olish maqsadida ushbu yuridik shaxs, 2021-yil 21-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligiga maxsus elektron tizim orqali tegishli ma’lumotlarni koʻrsatgan holda ariza bilan murojaat qildi. Ammo oradan bir oy oʻtganiga qaramasdan, “YUKSAK MAQSAD” MChJ litsenziya olish maqsadida yuborgan arizasiga Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligidan hech qanday javob olmadi.
Shundan soʻng, “YUKSAK MAQSAD” MChJ vakolatli organni YIDXP vositasida elektron shaklda xabardor qilib, belgilangan davlat bojini toʻlaganidan keyin, 2021-yil 25-mayidan boshlab balandliklarda sanoat alpinizmi usullarida ta’mirlash, qurilish-montaj ishlarini bajarish faoliyati bilan shugʻullanishni boshladi. 2021-yil 27-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi “YUKSAK MAQSAD” MChJning 2021-yil 21-aprel kuni yuborgan arizasiga javob qaytardi. Javobda litsenziya olish uchun talabgor (“YUKSAK MAQSAD” MChJ) tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda buzib koʻrsatilgan qalbaki ma’lumotlar mavjudligi sababli unga berilgan litsenziyani bekor qilish koʻrsatilgan edi. Bundan tashqari, Qurilish Vazirligi tomonidan “YUKSAK MAQSAD” MChJ litsenziyani qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olib faoliyatini davom ettirganligi uchun jarima solish toʻg‘risida qaror qabul qilindi. Bunga javoban, “YUKSAK MAQSAD” MChJ hech qanday jarima toʻlamasligini, chunki qonunchilikda litsenziya beruvchi vakolatli organ arizaga oʻz vaqtida javob bermasa, tadbirkorlik subyekti ushbu faoliyatni boshlash huquqiga ega ekanligini ta’kidladi. Natijada, Qurilish Vazirligi sudga ushbu yuridik shaxsga nisbatan ba’zaviy hisoblash miqdorining 300 baravari miqdorida jarima solish toʻgʻrisida ariza berdi.


  1. Download 190 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling