Yallig‘-qaytaruvchi pechning konstruksiyasi. Yallig‘-qaytaruvchi pechda eritishning amaliyoti
Download 220.1 Kb. Pdf ko'rish
|
amaliy02
Yallig‘-qaytaruvchi pechning konstruksiyasi. Yallig‘-qaytaruvchi pechda eritishning amaliyoti Birinchi yallig‘ qaytaruvchi pechlar XIX asrning oxirlarida Uels hududida paydo bo‘lgan. Bor-yo‘g‘i 8m 2 maydonni egallagan ushbu eritish pechi mayda bo‘laklardan iborat bo‘lib, toshko‘mirning yonishi natijasida qizitilgan edi. Yonilg‘ining ko‘p sarflanishi, unumdorlikning pastligi bu eritish pechini o‘zgartirishga va uni takomillashtirishga olib keldi. Nihoyat, AQSH ning Anakonda hududida uzunligi 40–50 m bo‘lgan pech ishga tushirildi. Pechning uzunligi o‘sishi bilan eni, balandligi ham orta bordi. Va nihoyat, bugungi kunga kelib, bir me’yorda sutkasiga 1000–1500 tonna qattiq holdagi shixta qorishmasini qayta ishlaydigan pechlar ishga tushirildi. Ularning o‘lchamlari quyidagicha: uzunligi 30–33 m, eni 8–10 m, umumiy ish eritish maydoni 240–300m 2 . Pech asosan tabiiy gazda ishlaydi. Goh gaz, qora moy (mazut) va ko‘mir changi ham ishlatiladi. Yallig‘ pechda yuqori haroratda eriydigan xomashyo moddalari ishlatiladi. Shuning uchun jarayonga nisbatan ko‘p yoqilg‘i sarflanadi. Qattiq, suyuq (mazut) va tabiiy gaz ishlatilishi mumkin. Issiqlik chiqarish qobiliyati mazutniki 38976 kDj/kg, tabiiy gazniki esa 36492 kDj/kg. Yoqilg‘ining turi va shaklini tanlashda, asosan, iqtisodiy muammolarning ahamiyati katta. O‘zbekiston sharoitida qattiq yoqilg‘i – ko‘mir kukuni ishlatilmaydi. Asosan, tabiiy gaz ishlatiladi. Qish davrida, gazning yetishmovchilik sharoitida mazut keng ishlatiladi. Yallig‘ pechda, asosan, mazutning 40, 100 va 200 markalari ishlatiladi. Mazutni tanlashda uning tarkibida parafin borligiga ahamiyat beriladi. Chunki parafin mazutning yopishqoqligini orttirib yuboradi va uni yoqishda katta muammolar tug‘diradi. Zamonaviy pechlarda xomashyo pechning ikki yonida joylashgan maxsus tuynuklar orqali yuklanadi. Devorning yonida joylashgan xomashyo uni yuqori harorat va eritma ta’siridan saqlaydi. Bunda changning ajralib chiqishi xomashyoga nisbatan 1,09 % dan ortmaydi. Agar xomashyo tarkibida 14,4 % mis bo‘lsa, chang tarkibida hisob bo‘yicha 8,1 % dan ortmaydi. Pechga xomashyoni yuklash tezligi va takrorlanishi uning ishlab chiqarish unumdorligiga bog‘liqdir. Bunda sutkada 1500–2000 t xomashyo qayta ishlaydigan pechlarda bir yuklanganda 200–250 t xomashyo yuklanadi. Qoida bo‘yicha zavodda 6 soatda smenada 2–3 marta xomashyo yuklanadi. Xomashyoning uzluksiz yuklanishi pechning yaxshiroq ishlashiga olib keladi. Ammo bunda tuynuklardan texnologik gazlarning va issiqlikning chiqib ketishi pechning issiqlik tarkibini o‘zgartiradi va ishlab chiqarish unumdorligini pasaytirib yuboradi. Masalan, Olmaliq zavodida bir smenada 3 marta o‘rniga 4 marta yuklash ishlab chiqarish unumdorligini 10 % ga pasaytiradi. pechdagi eritmaning harakatlanishiga olib keladi va yonbog‘ning yuvilib ketishiga olib kelishi mumkin. Har bir pech loyihalash davrida suyuq vannaning aniq balandligiga qarab mo‘ljallanadi. Balandligining ko‘tarilishi pech ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi: unda ishchi hajmi kamayadi, yonbog‘ning issiqlik qabul qilish sirti pasayadi, gazning harakatlanish tezligi ortadi. Qoida bo‘yicha, vannaningumumiy balandligi 90–120 sm bo‘lishi kerak. Vannaning balandligi shteyn va toshqollarning balandligiga bog‘liqdir. Shteyn eritmasining balandligi uni halokat holatida oqib chiqishi va magnetitning pech tubida paydo bo‘lishi bilan aniqlanadi. Vannaning balandligi eritma bosimini orttirib, g‘isht oralig‘i orqali suyuq eritma oqib chiqishiga olib kelishi mumkin. Balandlikning pasayishi toshqolning harorati kamayishi va pechning pastiga magnetitning cho‘kishiga olib keladi. Shuning uchun shteynning eng yuqori balandligi 60 sm, pasti esa 25–30 sm ni tashkil qilishi kerak. Toshqolning oqilona me’yoriy balandligi 40–60sm ni tashkil etsa, jarayon yaxshi boradi. Toshqol pechdan maxsus tuynuk orqali chiqariladi. Toshqolda misning isrofgarchiligini kamaytirish uchun toshqolning yuqori qatlamidan 10–100 mm pastroqda joylashgan eritmani chiqarish kerak. Pechdan toshqol eni 2–5 sm bo‘lgan oqim bilan chiqariladi. Yallig‘ pechning me’yoriy ishlashi uning texnikaviy nazoratiga bog‘liq. Nazorat issiqlik tartibini, moddalarning tarozida tortilishi, dastlabki xomashyo va mahsulotlarning kimyoviy tahlili va bir necha boshqa ko‘rsatkichlarni aniqlaydi. Boyitma, flus, konverter toshqoli, aylanma materiallar va jarayon mahsulotlari kimyoviy tahlil qilinadi. Download 220.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling